=== Taqdimot 1 ===
Personalni boshqarish fan sifatidagi asoslari
=== Taqdimot 2 ===
Bugun darsimizda
1
Personalni boshqarish fan sifatida.
Menejment; Personal; Personalni boshqarish.
Personalni boshqarish fanining mohiyati, predmati va maqsadlari.
Fan predmeti; personalni boshqarish tizimi mazmuni.
Personalni boshqarish va ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi.
Mehnat munosabatlari ishtirokchilari va ularning vazifalari.
Boshqaruv rivojlanish bosqichlari.
Unumdorlikning 12 tamoyili, Personalni boshqarishning hozirgi davr yo‘nalishlari.
3
2
4
=== Taqdimot 3 ===
Kirish
Maktab muhitida personalni boshqarish nafaqat o‘qituvchilar va boshqa xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish, balki o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadigan jarayondir. Mazkur fan ta’lim muassasalarida personalni boshqarishning muhim tamoyillarini, usullarini, shuningdek, rahbar va xodimlar o‘rtasidagi samarali munosabatlarni shakllantirishda qo‘llaniladigan asosiy yondashuvlarni o‘rganadi.
=== Taqdimot 4 ===
Personalni boshqarish – fan sifatida
01
Menejment; Personal; Personalni boshqarish.
=== Taqdimot 5 ===
Menejment inglizcha“management” so‘zidan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy boshqaruv tamoyillari, funksiya va uslublarini qo‘llagan holda moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga belgilangan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir”.
=== Taqdimot 6 ===
Personalni boshqarish
Alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini
ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir.”
=== Taqdimot 7 ===
Personalni boshqarish
Tanlash
Rivojlantirish
Baholash
Rag‘batlantirish
=== Taqdimot 8 ===
Personal tushunchasining qo‘llanilishi
“Personal” hozirgi vaqtda iqtisodiyot fanida umum e’tirof etilgan atama
hisoblanib, mehnat jamoasi tarkibiy qismlarini qamrab oladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida qayd etilgan “xodim” atamasidan kelib chiqqan holda xodimlar tarkibi ma’nosini beradi. Avvallari bu tushuncha “kadrlar” atamasi sifatida qo‘llanib kelingan.
=== Taqdimot 9 ===
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining kadrlar tuzilmasining tarkibiy tuzilishi
Maktab direktori (shtat birligi asosida);
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
(boshlang‘ich, o‘rta, yuqori sinflar sonidan kelib chiqqan holda) o‘rinbosari;
Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda);
Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda).
=== Taqdimot 10 ===
Personal tuzilma
Kasaba uyushmasi raisi bir nafar pedagogik kengash qarori asosida
Maktab psixologi va inspektor psixologi
Kadrlar menejeri
(1 shtat birligi
asosida)
Xo‘jalik ishlari
mudiri va texnik
Xodimlar (shtatlar
jadvali asosida)
Yoshlar yetakchisi (jamoatchilik asosida)
Fan o‘qituvchilari
(o‘quv soatlar asosida)
=== Taqdimot 11 ===
Ishlab chiqarish personali (ishchilar) – odatda moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlardan iboratdir. Ular mahsulot ishlab chiqarishni, uni sotishni, unga servis xizmati ko‘rsatishni amalga oshiradilar.
Asosiy personal – asosan ishlab chiqarish, mahsulotni yig‘ish bilan band ishchilar;
Yordamchi personal – asosan korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarida band ishchilar.
=== Taqdimot 12 ===
Personalni boshqarish fanining mohiyati, predmeti va maqsadlari
02
Fan predmeti; personalni boshqarish tizimi mazmuni va mohiyati hamda maqsadi.
=== Taqdimot 13 ===
Korxona va tashkilotlarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va ishlovchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida xodimlarga kerakli ta’sir ko‘rsatish bilan bog’liq bo‘lgan bilimlar tizimidir.
Personalni boshqarish fanining predmeti
=== Taqdimot 14 ===
Personalni boshqarish
Tezkor daraja. U bevosita personal mehnat faoliyati va personalni boshqarishning tegishli ta’sir ko‘rsatuvchi sohasini qamrab oladi ya’ni bu darajada personalni boshqarishning barcha funksiyalari – xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil etishdan ular uchun sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo‘lgan funksiyalar hamda personalga rahbarlik amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 15 ===
Taktik daraja. Bu personal bilan ishlash personal umumiy menejmentiga taalluqli ekanligini anglatadi.
Strategik daraja. U personalni boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 16 ===
Personalni boshqarish asosiy tushunchalari va ularning mohiyati quyidagilardan iboratdir:
1. Kadrlar siyosati
2. Personal
3. Personalga ega bo‘lish
4. Personalni rejalashtirish
5. Personalni rivojlantirish
6. Personalni bo‘shatish
7. Personalni baholash
8. Personal ish sifatini baholash
9. Personalga rahbarlik
10. Personalni nazorat qilish
=== Taqdimot 17 ===
Personalni boshqarish va ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi
03
Mehnat munosabatlari ishtirokchilari va ularning vazifalari.
=== Taqdimot 18 ===
Ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarish vazifalari
Personalni boshqarish vazifalari
Faoliyatining moddiy ne’matga aylanishi hisobga olish.
Insonlarni boshqarish orqali moddiy ne’mat hosil qilishga hissa qo‘shishini nazarda tutish.
=== Taqdimot 19 ===
Mehnat munosabatlari quyidagi omillarga bog‘liqdir:
– shaxsning amaliy sifatlari;
shaxsning ahvoli (uning maqsadlari, psixofiziologik qobiliyati, ma’naviy xislatlari, ziyoliligi);
– xodimlar malakasi;
xodimning korxonadagi vaziyatdan hamda korxonani rivojlantirish istiqbolidan xabardorligi;
– mehnatga haq to‘lash miqdori, mukofot va imtiyozlar, ish haqi oshish istiqbollari;
=== Taqdimot 20 ===
– xodimlarning ishlab chiqarishdagi shaxsiy maqsadlari, ijtimoiy muhit;
– xodimlar va rahbarlar, jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlar;
– boshqaruv uslubi.
=== Taqdimot 21 ===
Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari
04
Unumdorlikning 12 tamoyili, Personalni boshqarishning hozirgi davr yo‘nalishlari.
=== Taqdimot 22 ===
Boshqaruv tarixiga nazar tashlansa, inson faoliyatining bu sohasiga oid g‘oyatda muhim muayyan tamoyillari bundan yuzlab, hatto minglab yillar ilgari mavjud bo‘lganligini kuzatish mumkin.
Jumladan, Qadimiy Misrda ehromlarning bunyod etilishi bugungi kunda “personalni boshqarish” nomini olgan ushbu faoliyat turini rejalashtirilishiga misol bo‘la oladi. Shuni ta’kidlash joizki, ehromlar har biri qariyb 2,5 tonna og‘irlikka ega og‘ir toshlardan qad rostlagan. Bu toshlar ehromlar barpo etilayotgan joydan ancha olisda tayyorlangan.
=== Taqdimot 23 ===
Amir Temurning daho darajasidagi sarkarda bo‘lganini butun dunyo tan oladi, Sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etish tartibi o‘z davrida boshqaruv namunasi deb hisoblanadi. Buyuk Amir Temur hokimi mutlaq bo‘lgan, ijroiya hokimiyatni devonbegi – bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkoni davlat – Vazirlik Mahkamasi boshqargan.
=== Taqdimot 24 ===
1776-yilda shotlandiyalik olim, professor Adam Smit tomonidan nashr etilgan “Xalqlarning boyligi tabiati va sabablarini tadqiq qilish” asari erkin bozorga ega bo‘lgan iqtisodiy jamiyat taraqqiyotining nazariy asosi, qisman ijtimoiy modeli bo‘ldi.
=== Taqdimot 25 ===
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga. XVII – XVIII asrlardagi sanoat inqilobi juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Bug‘ dvigatelining ixtiro qilinishi, fabrikalarni rivojlantirish uchun sarmoyaga bo‘lgan ehtiyoj keskin o‘sdi. Bu esa aksiya kapitaliga keng yo‘l ochib berdi.
=== Taqdimot 26 ===
Amerikalik amaliyotchi olim Garrington Emersonning “Unumdorlikning 12
Tamoyili” (1912) kitobi ham menejment fanining mumtoz asari hisoblanadi. Tahlilchi olim iste’dodi, AQSH, Meksika, Kanada kompaniyalarida 20 yil davomida orttirilgan boy tajriba G.Emersonga mehnatni samarali tashkil etishni ta’minlaydigan personalni boshqarish tizimini quyidagi 12 tamoyil asosida qurish zarurligini asoslab berishga imkon tug‘dirdi.
=== Taqdimot 27 ===
Unumdorlikning 12 tamoyili
1) aniq ko‘zlangan g‘oyalar va maqsadlar;
2) Sog‘lom ma’no;
3) malakali maslahat;
4) intizom;
5) personalga adolatli munosabat;
6) tezkor, ishonarli, to‘liq, aniq va doimiy hisob-kitob;
7) dispecherlash (nizomlash);
8) me’yorlar va ish tartibi;
9) sharoitlarni me’yorlashtirish;
10) operatsiyalarni me’yorlashtirish;
11) yozma standart yo‘riqlar;
12) unumdorlik uchun mukofot.
=== Taqdimot 28 ===
Personalni boshqarishning
hozirgi davr yo‘nalishlari
Personalni boshqarishning zamonaviy yo‘nalishlari “inson resurslarini boshqarish” tushunchasini ham qamrab oladi. Inson resurslarini boshqarish ishlab chiqarishda inson omilini hisobga olishga asoslangan.
=== Taqdimot 29 ===
Amerika Qo‘shma Shtatlarida har bir xodimga agar u kuch g‘ayratini ayamasa, o’zining kasbiy mahorati va bilimini oshirib borsa, albatta
muvaffaqiyatga erishadi, degan qat’iy ishonch singdirilgan. Bunday sharoitda faqat o‘z kuchiga ishonadigan, kichikroq bo‘lsa-da o‘z shaxsiy korxonasiga ega, ishchan va malakali xodim tadbirkorlikning “eng maqbul modeli” hisoblanadi.
“Yevropa modeli”ning o‘ziga xos xususiyatlari personalni boshqarishda ishlab
chiqarishni o‘rab turgan muhitni (masalan, qonunchilikni) e’tiborga olish, shuningdek, personalni boshqarishga ikki taraflama (ham tashkiliy jihatdan, ham ijtimoiy masalalar jihatidan) yondashishini talab etishini namoyon etadi.
=== Taqdimot 30 ===
Yaponiyada esa personalni boshqarishni davlat korporatsiyalarida xodimlar bir umrga ishga yollanishi hamda ish haqiga, mehnat stajiga qarab ustamalar to‘lash tizimi mavjudligi xususiyatlarini hisobga olmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi.
Inson resurslarini boshqarish xizmatlari korxona pirovard natijaga erishishi uchun quyidagi omillar orqali ta’sir ko‘rsatishlari mumkin:
1. Mehnat unumdorligini oshirish.
2. Mehnat sifatini yaxshilash.
3. Huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
4. Raqobatda ustunlikka erishish.
5. Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini oshirish.
=== Taqdimot 31 ===
Xulosa
05
Personalni boshqarish fan sifatidagi asoslari
=== Taqdimot 32 ===
Personalni boshqarish – bu alohida xodim va umuman korxona manfaatlari maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. “Personalni boshqarish” fani mehnat munosabatlari va insonning korxonadagi faoliyatini ilmiy tadqiq etib, ushbu ilmiy izlanishlar quyidagi darajalarda olib boriladi: boshqaruv jarayonlari darajasi; korxona darajasi va inson darajasi.
=== Taqdimot 33 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.