PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanish to‘g‘risidagi fan. Ilmiy – pedagogik tadqiqotlar metodlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Pedagogikaning predmeti va uning bahsi.
Asosiy pedagogik tushuncha.
Pedagogika fanining tuzilishi va uni boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
01
02
03
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.
04
=== Taqdimot 3 ===
Pedagogika (yunoncha pedagogov “bola” va “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.
Pedagogika nima? Nima bilan shug‘ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi?
=== Taqdimot 4 ===
Pedagogika fanining predmet, o‘qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollashtiruvchi fan bo‘lganligi uchun uning metodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Pedagogika fanining obyekti faqat ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy, metodologik amaliy ta’minlovchi fan emas, balki komil inson shakllanishi, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh obyekti va subyekti sifatida qaraladi.
=== Taqdimot 5 ===
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
=== Taqdimot 6 ===
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
=== Taqdimot 7 ===
Tibbiy fanlar
Estetika
Tarix
Psixologiya
Madaniyatshunoslik
Ma’naviyat asoslari
Fiziologiya
Gigiyena
Pedagogika
Iqtisodiyot nazariyasi
Sotsiologiya
Falsafa
Etika(Axloq-shunoslik)
=== Taqdimot 8 ===
Pedagogika fanlari tizimi
Umumiy pedagogika
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi
Korreksion (maxsus) pedagogika
Metodika
Pedagogika tarixi
Pedagogik texnologiya
Pedagogik mahorat
Ta’limni boshqarish
Ijtimoiy pedagogika
Surdopedagogika
Oligofrenopedagogika
Tiflopedagogika
Logopediya
=== Taqdimot 9 ===
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari
Pedagogik kuzatish metodi.
Suhbat metodi.
Anketa metodi.
Intervyu metodi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
Test metodi.
Pedagogik tahlil metodi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
Pedagogik tajriba metodi.
Matematik-statistik metod.
=== Taqdimot 10 ===
Kuzatish metodi
Pedagogikaning kuzatish metodi ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig‘ish imkonini tug‘diradi. Bu metodni qo‘llanish jarayoni ancha murakkab bo‘lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo‘llaniladi.
=== Taqdimot 11 ===
tajribalarning ko‘rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma’lum reja asosida yig‘ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil etilsagina samarali bo‘ladi.
kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig‘ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 12 ===
odatdan pedagogik kuzatish orqali o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi.
ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o‘quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi va tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug‘diradi. Bunday kuzatishlar pedagogika fani mazmuningning boyishiga sabab bo‘ladi.
=== Taqdimot 13 ===
Suhbat metodi
ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi. Odatda, suhbat metodi maktab o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Bunda suhbat metodini tatbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi, amalga oshirish yo‘llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli tomonga yo‘naltira olishni bilishi, suhbatdoshining ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtira bilishi g‘oyat muhimdir.
=== Taqdimot 14 ===
Bunda:
suhbat uchun oldindan savol tuzish;
vaqti va o‘tkazish joyini belgilash;
suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo‘lishi;
suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish;
mahmadona va bachkana bo‘lmaslik;
suhbatdoshning kimligini, fe’l-atvor xususiyatini sedan chiqarmaslik;
suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish, lozim bo‘lsa qo‘shimchalar kiritish va maktab hayotiga tatbiq etish pedagogik jihatdan qimmatlidir.
=== Taqdimot 15 ===
Bolalar ijodini o‘rganish metodi
pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o‘rganish va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab o‘quvchilarning o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir ma’lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi. Maqsad O‘zbekiston yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirishdir. Shu sababli yoshlarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari bolalar ijodini o‘rganish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
=== Taqdimot 16 ===
Oqibatda, maktab o‘quvchilari orasidan etishib chiqayotgan qobiliyatli, iste’dodli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning iste’dodlarining namoyon bo‘lishi uchun reja va sharoitlar yaratish imkoni yaratiladi. Odatda, bolalar ijodini o‘rganish manbai ko‘p bo‘lib, ular: fan olimpiadalari, mavzular bo‘yicha tanlovlar, maktablar bo‘yicha ko‘rgazmalar, musobaqalar, ekskursiyalar va sayllar va hokazo.
=== Taqdimot 17 ===
Test, so‘rovnomalar metodi
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod so‘rovnoma va test savollardan foydalanishdir. So‘rovnoma-anketa (fransuzcha “tekshirish” ma’nosini bildiradi) metodi qo‘llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o‘quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi.
=== Taqdimot 18 ===
O‘zbekiston, ta’bir joiz bo‘lsa Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib test metodini maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga tatbiq etdi. Test sinovlaridan ko‘zlangan maqsad oz vaqt ichida o‘quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash, baholashdir.
Bunda test savollarini qanchalik aniqlik va aql bilan, fikrlash jarayoniga zarar tegmaydigan qilib tuzish ahamiyatli ekanligini nazarda tutish lozim. Test savollarining o‘rni va ularni mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlarini o‘stiradi, kelajakni haqiqiy baholash imkonini beradi.
=== Taqdimot 19 ===
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi
Respublikamiz rahbariyatining xalq ta’limi yuzasidan qabul qilingan qaror va yo‘l-yo‘riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.
Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma’lumotlar olinadi.
=== Taqdimot 20 ===
Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o‘qituvchi va o‘quvchilarning soni va sifati; o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilarning umumiy miqdori, uning o‘sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag‘batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy bazasiga e’tibor beriladi.
=== Taqdimot 21 ===
Eksperiment-tajriba sinov metodi
“Eksperiment” so‘zi lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib ko‘rish” ma’nosini anglatadi.
odatda eksperimental-tajriba ishlari ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e’tibor beriladi.
o‘tkaziladigan tajriba ishlari ta’lim va tarbiya o‘rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tatbiq etishga, ta’lim-tarbiya samaraliligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi.
=== Taqdimot 22 ===
Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o‘tkaziladi:
1) tabiiy eksperiment;
2) laboratoriya eksperimenti;
3) amaliy tajriba.
Pedagogik eksperiment o‘z mazmuniga ko‘ra didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik muammolari yuzasidan o‘tkaziladi.
=== Taqdimot 23 ===
Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o‘tkazishda quyidagi talablar mavjud:
1) ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va kutilishi lozim bo‘lgan natija uchun reja belgilash lozim.
2) ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq obyekt belgilash, amalga oshirish borasida qo‘shimcha metodlarni aniqlash.
3) tajriba ishi o‘tkazish vaqtini va muddatini belgilash.
4) tajriba uchun lozim bo‘lgan asbob-uskuna va boshqa hokazolarning tayyor turishi;
Eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish va tavsiyalar berish kerak.
=== Taqdimot 24 ===
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi
Pedagogik tadqiqot statistika ma’lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o‘zligini namoyon eta olmaydi. Chunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag‘larning oshirilishi, xalq ta’limi muassasalarining doimo o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘larni statistika metodi orqali aniqlanadi.
respublikamizning deyarli barcha ta’lim-tarbiya muassasalari statistika ma’lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega.
=== Taqdimot 25 ===
Respublikamizning mustaqil bo‘lguniga qadar statistika sohasidagi chalkashliklar, atayin orttirib, qo‘shib yozishlar xalq ta’limi tizimida ham mavjud edi. Ularning nazorati bo‘shligi va obyektiv emasligi xalq ta’limi sohasidagi chuqur islohot o‘tkazilishiga olib keldi.
=== Taqdimot 26 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlara kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar