O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen tusdagi xavflar

5000 so'm


O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen tusdagi xavflar

=== Taqdimot: O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen tusdagi xavflar.pptx ===

=== Slayd 1 ===
O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen tusdagi xavflar

=== Slayd 2 ===
Reja:
Gidrotexnik inshootlardagi avariyalar.
Yong‘in chiqish va portlash xavfi bo‘lgan obyektlardagi avariyalar.
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar.
Fojiali hodisa va uning oqibatlari.

=== Slayd 3 ===
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-oktyabr 1998-yil 455-son qarorida “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni tasnifi”da ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu vaziyatlarda zarar koʻrgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va koʻlamlariga qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy turlarga boʻlinadi.
Tеxnogеn tusdagi FVlar – bu odamning ishlab chiqarish yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan halokatlar.

=== Slayd 4 ===
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil ko‘rinishidagi falokatlar bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Transport avariyalari va halokatlari:
2. Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariya halokatlar:
3. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar:
4. Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
5. Binolari konstruksiyalarining to‘satdan buzilishi bilan bog‘liq avariya:
6. Radioaktiv va boshqa xavfli ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar:
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar:

=== Slayd 5 ===
1. Gidrotexnik inshootlardagi avariyalar
Gidrotexnika inshootlari, ko‘rsatkichlariga ko‘ra har xil bo‘ladi: Joylashgan o‘rniga ko‘ra, foydalanish maqsadiga ko‘ra, vazifasiga qarab.
Joylashgan o‘rniga ko‘ra:
yer usti inshootlari (daryo, ko‘l, kanal );
yer osti inshootlari (o‘tqazuvchi quvurlar, tunnellar ).

=== Slayd 6 ===
2) Foydalanish maqsadiga ko‘ra:
1. Suv-energetika inshootlari; 2. Suv-ta’minoti inshootlari; 3. Sug‘orish inshootlari; 4. Chiqindi suvlarni chiqarish inshootlari; 5. Suv-baliq xo‘jalik inshootlari;
6. Suv-sport inshootlari.

=== Slayd 7 ===
3) Vazifasiga qarab:
1) GESlar;
2) Suv o‘tkazish inshootlari ;
3) Tarnovlar, osma quvurlar;
4) Tashlandiq suv inshootlari;
5) Suv oqimini tartiblash inshootlari;
6) Baliq xo‘jaligi inshootlari.

=== Slayd 8 ===
Gidrotexnika inshootlari quyidagi ta’sirlar natijasida buziladi:
1. Tabiiy ofatlar oqibatida;
2. Uskunalarning tabiiy emirilishi va eskirishi;
3. Inshoatni loyihalash va qurishdagi xatoliklar;
4. Suvlarni ishlatish qoidalarini buzilishi;
5. Portlatishlar oqibatida.

=== Slayd 9 ===
2. Yong‘in chiqish va portlash xavfi bo‘lgan obyektlardagi avariyalar
Yong‘in — bir zumda shiddat bilan ro‘y beradigan va tez tarqaladigan yonish jarayoni. Moddiy boyliklarni yo‘qotadi va inson hayoti uchun xavf soladi.

=== Slayd 10 ===
Yong‘inning kelib chiqishi uch omilning bir vaqtda, bir joyda duch kelishining oqibatidir
1. Yonuvchan moddani (neft, qog‘oz, yog‘och va boshqalar);
2. Havo harorati (kislorod) ;
3. Uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).

=== Slayd 11 ===
Yong‘in chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
1. Yong‘inga e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lish, yonuvchan moddalarni yoqish. Bunday yong‘inlar umumiy yong‘inning 26 %;
2. Bolalarning o‘t bilan o‘ynashi – 14 %;
3. Elektr jihozlarini qisqa tutashuvi natijasida – 13,5 %;
4. Pechka va tutun quvurlarining noto‘g‘ri o‘rnatilishi oqibatida – 8,5 %;
5. Isitkich jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanishda – 8,3 %;
6. Elektr moslamalarini montaj qilish qoidalarining buzilishi – 5 %;
7. Payvandlash ishlarini bajarishda yong‘in xavfsizlik qoidalarining buzilishi – 2,3%;
8. Texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarining buzilishi – 1,2 % ni tashkil etadi.

=== Slayd 12 ===
Yong‘in vaqti 3 fazaga bo‘linadi:
Boshlanish fazada harorat sekin ko‘tariladi va fazaning oxirida tez ko‘tariladi. Masalan, yopiq eshik va derazalardan havoning etishmasligidan yong‘in kichik miqyosda ketib, tutash bo‘lib bunda issiqlik yig‘ila borib, keyingi fazaning boshlanishini ta’minlaydi.

=== Slayd 13 ===
Ikkinchi fazada – alanga jadal tarqalib, harorat tez ko‘tariladi. Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham chiqishi kuzatiladi.

=== Slayd 14 ===
Uchinchi fazada – yonuvchi narsalarning yonib bo‘lishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi.

=== Slayd 15 ===
Yong‘inning birlamchi sabablari kichik yong‘in manbalari turtki bo‘lishi mumkin – bular sigaret qoldiqlari, uchqunlar va o‘chirilmagan gugurt qoldiqlari, yuqori haroratli issiqlik manbalari – alanga, pechka va tutun chiqadigan quvurlarning qizigan konstruksiyalari va boshqalar bo‘lishi mumkin.

=== Slayd 16 ===
3. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar
Avariya deganda bajariladigan ishni birdan to‘xtab qolishi, yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va boshqa obyektlarda moddiy boyliklarning yo‘q bo‘lishi tushuniladi.

=== Slayd 17 ===
Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo‘lishi mumkin:
1. Tabiiy ofat tufayli;
2. Inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda qo‘yiladigan xatoliklar tufayli;
3. Ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi;
4. Transport, mexanizm, jihozlardan noto‘g‘ri foydalanganda;
5. Portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni noto‘g‘ri saqlanishi va uni ishlatilish qoidalarining buzilishi oqibatida;
6. Texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishida.

=== Slayd 18 ===
4. Fojiali hodisa va uning oqibatlari
Fojiali hodisa – ma’lum bir vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladigan falokat demakdir. Fojia – turli xildagi inshootlarni buzilishi, moddiy boyliklarning yo‘q bo‘lib ketishi hamda odamlarning o‘limi bilan sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, katta avariyalar oqibatida ham fojialar sodir bo‘ladi.

=== Slayd 19 ===
4. Fojiali hodisa va uning oqibatlari
Fojiali hodisa – ma’lum bir vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladigan falokat demakdir. Fojia – turli xildagi inshootlarni buzilishi, moddiy boyliklarning yo‘q bo‘lib ketishi hamda odamlarning o‘limi bilan sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, katta avariyalar oqibatida ham fojialar sodir bo‘ladi.

=== Slayd 20 ===
Misol uchun, 1986-yil 26-aprel Chernobil AESidagi avariya shunga misol bо‘ladi. Bu AESdagi bitta energoblok buzilib, undan tashqariga juda kо‘p miqdorda chiqqan bug‘ holdagi vodorod atmosferadagi havo bilan aralashishi natijasida portlab, radiaktiv chiqindilar atrof-muhitga tarqalgan.

=== Slayd 21 ===
Avariya va fojiali hodisalarni keltirib chiqaruvchi omillar:
Temir yo‘l;
Avtomobil;
Suv yo‘li;
Aviatsiya transportlarida,
Magistral quvurlarda sodir bo‘lishi mumkin.

=== Slayd 22 ===
1988-yil 4-iyunda Arzamas-1 stansiyasida Gorkiydan Qozog‘istonga olib ketilayotgan yuk poyezdining 3 ta vagonida portlash yuz berib, natijada 2 ta lokomotiv, 11 ta vagon, 250 m temir yo‘li va unga yaqin bo‘lgan inshootlar talafot ko‘rgan.

=== Slayd 23 ===
Avtomobil transportida bo‘ladigan avariyalar ham katta fojiali hodisalarni keltirib chiqaradi. Bularga: 1. Yo‘l qoidalarining buzilishi; 2. Avtomobilni texnik nosozligi; 3. Tezlikning haddan tashqari yuqori bo‘lishi; 4. Avtomobil haydovchining yetarli malakaga ega bo‘lmasligi.

=== Slayd 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen tusdagi xavflar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar