OLIMPIADA VA OLIMPIADA SARI YO‘L. QADIMGI OLIMPIADA O‘YINLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
OLIMPIADA VA OLIMPIADA SARI YO‘L. QADIMGI OLIMPIADA O‘YINLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Mavzuni o‘rganishdan asosiy maqsad – Qadimgi Olimpiya o‘yinlari tarixini chuqur va atroflicha o‘rganish orqali qadimgi Olimpiya o‘yinlarining ahamiyatini tushunish
Olimpiada va Olimpiya sari yo‘l qadimgi Yunonistondan boshlangan sport an’anasining zamonaviy talqini sifatida ko‘rib chiqiladi. Olimpiya o‘yinlari qadimiy Yunonistonda diniy va sport bayramlari sifatida tashkil etilgan bo‘lib, ular asosan Olimpiya shahrida, Zevs xudosi sharafiga o‘tkazilgan. Ular Yunoniston tarixida katta madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, tinchlik davrini ta’minlashga xizmat qilgan.
=== Taqdimot 4 ===
Qadimgi Olimpiya o‘yinlari
Qadimgi Olimpiya o‘yinlari miloddan avvalgi
776-yildan boshlangan va ular har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilgan. Ushbu o‘yinlarda Yunonistonning turli shahar va davlatlaridan sportchilar qatnashgan. O‘yinlar faqat erkaklar uchun ochiq bo‘lgan, ularning asosiy maqsadi nafaqat jismoniy kuch va mahoratni namoyish etish, balki yunonlarning diniy e’tiqodlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
=== Taqdimot 5 ===
Yugurish
01
Birinchi va eng qadimiy musobaqa hisoblangan. U uzunlik bo‘yicha har xil masofalarga yugurishni o‘z ichiga olgan.
Disk uloqtirish
Bu o‘yinlarda disk uloqtirish orqali kuch va aniqlik sinovidan o‘tilgan.
Kurash
02
03
Yunon kurashi, bu esa jang sanʼati bilan bog‘liq bo‘lgan sport turidan biri bo‘lgan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining asosiy musobaqalari quyidagilar edi:
=== Taqdimot 6 ===
Ot poygasi
Qadimgi Yunoniston uchun ot poygalari juda mashhur sport turi edi.
Pentatlon
Bu bir nechta sport turlari – yugurish, disk otish, nayza uloqtirish, uzunlikka sakrash va kurashdan iborat musobaqalardan tashkil topgan.
04
05
=== Taqdimot 7 ===
Qadimgi o‘yinlarning asosiy xususiyatlari
Musobaqalar
Ishtirokchilar
Faqat ozod tug‘ilgan yunon erkaklari musobaqalarda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan. Ayollar va qullar ishtirok eta olmagan. Biroq, turmushga chiqmagan qizlar o‘yinlarni tomosha qilishlari mumkin edi.
Dastlab bir kunda faqat yugurish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan bo‘lsa, keyinchalik disk uloqtirish, kurash, ot poygasi, boks va pentatlon kabi sport turlari qo‘shildi. Pentatlon besh turdan iborat bo‘lib, uzunlikka sakrash, javelin (nayza) uloqtirish, disk uloqtirish, yugurish va kurashni o‘z ichiga olgan.
=== Taqdimot 8 ===
Diniy ahamiyati
Mukofotlar
G‘oliblarga zaytun daraxti shoxlari va boshqa sovg‘alar berilgan. Ularning ismlari marmar ustunlarga o‘yib yozilgan. Birinchi Olimpiya o‘yinlarining g‘olibi Elida shahridan oshpaz Koroibos to‘g‘risida ana shu marmar ustundagi yozuvlardan ma’lum bo‘lgan.
O‘yinlar Zevsga sig‘inish marosimlari bilan birga o‘tkazilgan. Musobaqalar paytida muqaddas tinchlik e’lon qilingan va barcha urushlar to‘xtatilgan. Bu davrda Olimpiya shahriga qurol-yarog‘ bilan kirish taqiqlangan.
=== Taqdimot 9 ===
Qadimgi Olimpiya o‘yinlari milodiy 393-yilda Rim imperatori Feodosiy I tomonidan taqiqlangan. Bunga sabab sifatida o‘yinlarning xristian diniga zidligi ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, Olimpiya o‘yinlari uzoq vaqt davomida o‘tkazilmagan. Faqat XIX asrning oxirida, 1896-yilda zamonaviy Olimpiya o‘yinlari qayta tiklangan.
=== Taqdimot 10 ===
Qadimgi olimpiya o‘yinlarning tarixi to‘rt davrdan iborat bo‘lib, Qadimgi Gretsiyaning afsonaviy badiiy merosiga asoslanadi.
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining birinchi davri – qahramonlik davri hisoblanib, rivoyatlarga ko‘ra bu musobaqalarda Ma’budlar, shohlar, afsonaviy qahramonlar o‘zaro kuch sinashganlar. Gomeming mashhur “Illiada” dostonida Qadimgi Gretsiyada Troya urushining buyuk qahramoni Axilles tashkil etgan o‘yinlarda ot aravalardagi poygalarda Frakiya shohi Diomed, Mikan shohi Minilay, Pilos shohi Nestor marraga birinchi bo‘lib yetib kelganlar. Evril, kurashda barcha raqiblarining kuragini yerga tekkizgan shoh Ayaks Telamanid, yugurishda Odissey, nayza uloqtirishda yunon qo‘shinlari lashkarboshisi Agamemnon, kamon otishda Odisseyning eng sodiq xizmatkori Evmey va boshqa afsonaviy qahramonlarning fazilatlarini madh etgan.
=== Taqdimot 11 ===
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining ikkinchi – afsonaviy davri Geraklga bag‘ishlab tashkil etilgan umummilliy musobaqalari to‘g‘risidagi rivoyatlarga asoslangan.
=== Taqdimot 12 ===
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining uchinchi yarim afsonaviy davr miloddan avvalgi IX asrga to‘g‘ri kelib, bunda olimpiya о‘yinlari Likurg va Ifit tomonidan tashkil etilganligi to‘g‘risidagi haqiqiy voqealar rivoyatlarda saqlanib kelgan.
=== Taqdimot 13 ===
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi – qadimgi olimpiya o‘yinlarining tarixiy davri
Miloddan avvalgi 776-yilda birinchi qadimgi olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan va olimpiya o‘yinlari to‘g‘risida yozma manbalar topilgan. Yana boshqa afsonaga ko‘ra o‘yinlarni Zevsning o‘g‘li Gerakl tashkil qilgan. Olimpiya o‘yinlari Geraklning eng shavkatli g‘alabalaridan biriga bag‘ishlangan. Gerakl yugurish masofasini belgilab
bergan va u 600 ta oyoq qadamiga (192, 27sm) to‘g‘ri kelgan.
Qadimgi Gretsiyada bu o‘lchov “stadiya” deb yuritilgan, shundan “stadion” so‘zi kelib chiqqan. Ko‘p yillar davomida yugurish bo‘yicha g‘olib aynan shu masofada aniqlangan.
=== Taqdimot 14 ===
Miloddan avvalgi V asrga kelib, qadimgi Olimpiya o‘yinlari 5 kun davom etgan
1-kun
2-kun
Yoshlar o‘rtasida yugurish, sakrash, disk va nayza
uloqtirish, qo’l jangi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lgan. Olimpiya bayramining boshlanishi to‘rt marotaba kamay chalinishi bilan bildirilgan. Musobaqa ishtirokchilari, murabbiylar va hakamlar Zevs xudosiga qasamyod aytganlar. Tantanali ochilish marosimi davomida jangchi qatnashuvchi atletlarning ismi, kasbi, kelgan shahri e’lon qilingan. Olimpiadaning birinchi kunida xudolarga qurbonliklar keltirilgan.
=== Taqdimot 15 ===
3-kun
4-kun
Eng nufuzli hisoblangan ot aravalarda poyga hamda qurol aslaha bilan yugurish musobaqalari o‘tkazilgan.
Olimpiadaning eng katta kuni – katta yoshli atletlar o‘rtasida yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish, kurash, qo‘l jangi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan.
=== Taqdimot 16 ===
5-kun. G‘oliblar e’lon qilingan, taqdirlash marosimi bo‘lgan
Qadimgi Olimpiya o‘yinlari g‘oliblariga berilgan mukofotlar, asosan, ramziy va sharafli ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular zamonaviy sport musobaqalaridagi pul mukofotlari va moddiy sovrinlardan farq qilgan. Qadimgi Yunonistonda g‘oliblar quyidagi mukofotlarni olgan:
1. Zaytun daraxti novdasidan tayyorlangan toj
2. Shon-sharaf va obro‘ olgan
3. Olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan atletning haykali o‘rnatilgan
4. Moddiy mukofotlar va imtiyozlar berilgan
5. Faxriy joylarda o‘tirish huquqi berilgan
=== Taqdimot 17 ===
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining g‘oliblari olimpionik deb nomlangan va ular sharafiga qo‘shiqlar aytilgan. Qadimgi Olimpiya o‘yinlarga ellanodiklar ya’ni hakamlar rahbarlik qilgan. Ellanodiklar Elida fuqarolari orasidan o‘yinlar boshlanishidan bir yil oldin chek tashlash asosida 9 nafar kishidan 18 nafar kishigacha saylangan. Ellanodiklarning vazifasi musobaqalar joyini tayyorlash, musobaqa ishtirokchilarini tanlash, musobaqalarning borishini kuzatib turish va musobaqa g‘oliblariga mukofotlar berishdan iborat bo‘lgan.
=== Taqdimot 18 ===
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining dasturi quyidagicha bo‘lgan
Ko‘p yillar mobaynida o‘zgarmagan va musobaqalarning eng qadimgi turi 1 stadiyaga (stadionim eramizdan avvalgi 776-yilda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida Gerakl o‘z oyoq kaftlari bilan 600 qadam tashlangan masofaga yugurtilgan. Bu masofa bugungi kundagi o‘lchovda 192,27 sm bo‘lgan) yugurishdan iborat bo‘lgan. Qadimgi 14-o‘yinlardan boshlab musobaqalar dasturiga 2 stadiya (384,54 sm) yugurish-diaulos, 15-olimpiada o‘yinlaridan boshlab esa chidamliligini sinash uchun 24 stadiya (4 614,48 sm) yugurish – dolixodrom kiritilgan. Qadimgi 18-Olimpiya o‘yinlardan boshlab dasturga pentatlon bo‘yicha musobaqalar kiritilgan.
=== Taqdimot 19 ===
Pentatlon yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish, kurash mashqlaridan iborat bo‘lgan.
25-o‘yinlarda ot aravalarda poyga.
33-o‘yinlarda pankration (qo‘l jangi va kurash) musobaqalari dasturga kiritilgan. Olimpiya shahrining sharqiy qismida o‘sha davrlarda ot aravalar poygasi o‘tkaziladigan ulkan ippodrom joylashgan va 730×336 metr kattalikda bo‘lgan.
=== Taqdimot 20 ===
Qadimgi davrda olimpiya o‘yinlarining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi juda yuqori bo‘lib, ular Qadimgi Gretsiyaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Qadimgi Gretsiyada jismoniy mashqlarning ikki xil usuli bo‘lgan:
1. Gimnastika – umumiy jismoniy tarbiya;
2. Agonistika – maxsus tayyorgarlik va musobaqalarda ishtirok etish. Agonistika (agon – musobaqa) gimnastika o‘yinlar va musiqa musobaqalaridan (musiqa, raqs, she’riyat sohalari bo’yicha) iborat bo‘lgan.
=== Taqdimot 21 ===
Qadimgi davrda Nemeya o‘yinlari, Istmiya o‘yinlari, Pifiya o‘yinlari, Panafina o‘yinlari kabi musobaqalar keng tarqalgan edi
Nemeya o‘yinlari
Zevs xudosiga bag‘ishlangan borib, ilk bor miloddan avvalgi 573-yilda Argolida shahrida o‘tkazilgan.
Istmiya o‘yinlari
Istmiya o‘yinlari dengiz hukmdori Poseydon xudosiga bag‘ishlangan. Bu o‘yinlar miloddan avvalgi 572-yildan boshlab har ikki yilda bir marta – olimpiada yilining birinchi va uchinchi yillari – bahorda Korinfda o‘tkazilgan.
=== Taqdimot 22 ===
Delfa shahrida Apollon xudosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Apollon sozanda, raqqos va hofizlar rahnamosi bo‘lganligi uchun, dastlab o‘yinlar dasturiga musiqa musobaqalari kiritilgan.
Pifiya o‘yinlari
Panafina o‘yinlari
Panafina o‘yinlari qadimgi Yunonistonning Afina shahrida bo‘lib o‘tgan muhim sport va madaniy festivallaridan biri bo‘lib miloddan avvalgi VI asrda Pisistratusning hukmronligi davriga borib taqaladi
=== Taqdimot 23 ===
Qadimgi Olimpiada o‘yinlari yunon jamiyatida katta ijtimoiy va madaniy ahamiyatga ega edi. Ular faqat sport musobaqalari emas, balki madaniy va diniy tadbirlar sifatida ham o‘tkazilgan. Bu o‘yinlar orqali yunonlar o‘z madaniyatini, diniy e’tiqodlarini va urf-odatlarini namoyish etishgan. Quyida ularning ijtimoiy-madaniy ahamiyati haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan
=== Taqdimot 24 ===
Olimpiya o‘yinlarining diniy ahamiyati
Qadimgi Olimpiada o‘yinlari Zevs xudosi sharafiga o‘tkazilgan. Ular diniy marosimlar va qurbonliklar bilan bog‘liq bo‘lib, bu tadbirlar orqali yunonlar o‘z e’tiqodlarini mustahkamlaganlar.
=== Taqdimot 25 ===
Olimpiya o‘yinlarining jamiyatni birlashtiruvchi omili
Olimpiada o‘yinlari butun Yunoniston bo‘ylab turli shahar-davlatlarni birlashtirgan. Shu tariqa, o‘yinlar jamiyatni birlashtirishda va umumiy yunon madaniyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynagan.
=== Taqdimot 26 ===
Olimpiya o‘yinlarida madaniy tadbirlar
Sport bilan birga sheriyat, musiqa, san’at va falsafiy musobaqalar ham o‘tkazilgan. Bu o‘yinlar san’atkorlar va ijodkorlar uchun o‘z asarlarini keng jamoatchilikka namoyish qilish imkoniyatini bergan.
=== Taqdimot 27 ===
O‘yinlar orqali sport va sog‘lom turmush tarzining targ‘ibot qilinishi
O‘yinlar jismoniy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanishning ahamiyatini targ‘ib qilgan. Ular nafaqat sportchilar uchun, balki butun jamiyat uchun sog‘lom turmush tarzi ahamiyatini ko‘rsatgan.
=== Taqdimot 28 ===
Qadimgi olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan kun tinchlik davri hisoblangan
O‘yinlar paytida barcha janglar va urushlar to‘xtatilgan. Bu tinchlik davri yunon davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni vaqtincha to‘xtatgan va musobaqalarning tinch sharoitda o‘tishini ta’minlagan.
Qadimgi Olimpiada o‘yinlari o‘zining keng qamrovli ijtimoiy, madaniy va diniy ta’siri bilan qadimgi yunon dunyosida markaziy o‘rinni egallagan va zamonaviy Olimpiya harakatiga asos solgan muhim hodisalardan biri bo‘lgan.
=== Taqdimot 29 ===
Zamonaviy Olimpiya harakati XIX asr oxirlarida qayta tiklangan va hozirgi kunda umumbashariy miqyosda o‘tkaziladigan sport va madaniy tadbirlarning asosini tashkil qiladi. Ushbu harakat asoschisi sifatida fransuz aristokrati va pedagogi Baron Pierre de Coubertin tanilgan. U qadimgi Yunonistonning sport va tinchlik idealidan ilhomlangan holda zamonaviy Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklashni taklif qilgan.
=== Taqdimot 30 ===
Zamonaviy Olimpiya harakatining asosiy jihatlari:
Birinchi zamonaviy Olimpiada
1896-yilda Gretsiyaning Afina shahrida bo‘lib o‘tgan. Bu o‘yinlar qadimgi an’analarni tiklash maqsadida tashkil etilgan va keyinchalik har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro sport musobaqasiga aylangan.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ)
1894-yilda Pierre de Coubertin tomonidan tashkil etilgan ushbu tashkilot zamonaviy Olimpiya harakatining boshqaruvchi organi hisoblanadi. XOQ o‘yinlar qoidalarini belgilaydi va tadbirlarni muvofiqlashtiradi
=== Taqdimot 31 ===
Olimpiya ramzlari:
Mash’al va olov
Yunonistonning Olimpiya shahridan kelgan mash’al Olimpiya o‘yinlari davomida yoqilib, tinchlik va umidni ramziy qilgan.
Olimpiya halqalari
Har xil rangdagi beshta halqa besh qit’ani anglatadi va dunyo xalqlarining birligini ifodalaydi.
Shiori
“Tezroq, Yuqoriroq, Kuchliroq” — Olimpiya sportchilarining yuqori natijalar uchun intilishini ifodalaydi.
Citius, Altius, Fortius
=== Taqdimot 32 ===
O‘zgarishlar va rivojlanishlar
O‘yinlar davomida yangi sport turlari qo‘shilib, texnologiya va tashkiliy masalalar takomillashgan. Paralimpiya o‘yinlar va yoshlar Olimpiya o‘yinlari kabi yangi shakllar yaratilgan.
Zamonaviy Olimpiya harakati bugungi kunda butun dunyoda jismoniy tarbiya va sportni, tinchlikni va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlovchi yirik xalqaro tadbir sifatida katta ahamiyatga ega.
Shunday qilib, Olimpiya o‘yinlarining ahamiyati sog‘lom avlod tarbiyasi, xalqaro nufuz, sport infratuzilmasini rivojlantirish va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish kabi ko‘plab omillarni qamrab oladi.
=== Taqdimot 33 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“OLIMPIADA VA OLIMPIADA SARI YO‘L. QADIMGI OLIMPIADA O‘YINLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar