OILAVIY MUNOSABATLAR VA OILADAGI MULOQOT PSIXOLOGIYASI

5000 so'm


OILAVIY MUNOSABATLAR VA OILADAGI MULOQOT PSIXOLOGIYASI
=== Taqdimot: OILAVIY MUNOSABATLAR VA OILADAGI MULOQOT PSIXOLOGIYASI.pptx ===

=== Slayd 1 ===
OILAVIY MUNOSABATLAR VA OILADAGI MULOQOT PSIXOLOGIYASI

=== Slayd 2 ===
REJA:
1. Oilaning umumiy ijtimoiy psixik xususiyatlari.
2. Oila a’zolarining munosabatlari.
3. Oila turlari.
4. Hozirgi zamon oilalarining bajaradigan vazifalari.

=== Slayd 3 ===
Annotatsiya: Ushbu maqolada siz oilaviy munosabatlar psixologiyasi, oiladagi muloqot va unda yuzga keladigan keladigan to‘siqlar haqida ma’lumotlar yoritilgan. Shuningdek maqolada muloqot madaniyati haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: psixologik to‘siqlar, vaziyatli to‘siqlar, mazmuniy motivatsion to‘siqlar, attaraksiya.
Oila – har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi ravnaqini ta’minlovchi tarbiya maskanidir.

=== Slayd 4 ===
“Halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharm-hayo, mehr-u-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan”.

=== Slayd 5 ===
Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa yosh oilalarda ota-onalik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olib o‘zaro munosabatlar tizimini to‘g‘ri shakllantirish jarayonlarida kuzatiladi. Yosh oila deb, avvalo, er va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi nazarda tutiladi. Birinchi yondashuv, ya’ni, er va xotinning pasport yoshini inobatga olib, oilaga maqom berish to‘g‘riroq bo‘lib, qachon turmush qurganligidan qat’iy nazar, albatta, shu muddat orasida hali yigit ham qiz ham tom ma’noda katta mehnat stajiga ega bo‘lmaydi, va ko‘p hollarda ayol-ona aynan shu davrda farzandli bo‘lib, uy bekasi bo‘lib o‘tirib qolishi ehtimoli katta. Agar ikkinchi yondashuv bo‘yicha yosh oilani oilada yashash muddatiga ko‘ra tabaqalashtirilsa, unda u yoki bu jamiyatda nikoh yoshining o‘rtacha ko‘rsatgichi ortib yoki kamayib borishini nazarda tutish lozim.

=== Slayd 6 ===
Chunki ayrim davlatda va ayrim milliy-madaniy muhitda yoshlarni juda erta turmush qurishi rag‘batlantirilsa, boshqalarida, ayniqsa, oxirgi yillarda aksincha, yigit va qizlarning kasb-hunar orttirish bo‘yicha professional malakaga erishish asosiy qadriyat hisoblangan sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam endi oila qurgan yoki hali ham turmush qurmagan bo‘lishi ham mumkin. Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

=== Slayd 7 ===
Juda yosh oila – nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha;
Yosh oila – 5 yildan 9 yilgacha;
O‘rta oilaviy hayot muddati – 10 yildan 19 yilgacha;
Katta oilaviy hayot muddati – 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi.

=== Slayd 8 ===
oilaviy hayotni bir maromda kechishini ta’minlash, ishlash, o‘qish yoki boshqa masalalarni hal qilish uchun vaqtning yetishmasligi;
vaqtni yaxshi o‘tkazish, ko‘ngilxushliklarning cheklanganligi;
yangi sharoitda erkakning ham ayolning jismonan toliqishi, asablarning charchashi;
iqtisodiy qiyinchiliklar.
qiyinchiliklarni boshdan kechiradiki, bu muammolar quyidagi holatlarga bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi:

=== Slayd 9 ===
Psixologik nuqtai nazardan biologik, psixologik hamda ijtimoiy qovushish turlarining o‘zaro almashib turishi yosh oilalardagi o‘zaro munosabatlarda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bouen nazariyasining uni Oilalarda munosabatlar o‘ziga xos, yosh va individual psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan er-xotin munosabatlari shakllanishining eng nozik va hal qiluvchi shakli hisoblanadi. U yoki bu oilaga xos bo‘lgan er-xotin munosabatlari boshqa er-xotinga kelmasligi mumkin.

=== Slayd 10 ===
Hamkasblar, o‘rtoqlar, do‘stlar va sevishganlar hamma vaqt ham birga bo‘lish imkoniyatiga ega emaslar, qaytanga, o‘z muloqotlarini o‘zlari xohlagan vaqtlarida biroz kamayttirib, hatto uzib (to’xtatib) qo‘yishlari ham mumkin (uchrashuvga borishi lozimligini “unutib” qo‘yish, kutilmaganda “juda band” bo‘lib qolishi mumkin). Er-xotinlar esa ko‘pincha bunday imkoniyatlardan mahrumdirlar. Ular bir xonadonda, ko‘pincha bir xonada birga bo‘lishga “mahkum” etilgan.

=== Slayd 11 ===
Nafaqat sevishib oila qurganlar, balki deyarli barcha motivlarga ko‘ra oila qurgan yoshlarda ham nikohning boshida er-xotin o‘zaro munosabatlarida bir-biriga yaqinlik, bir-birini qadrlash, hurmat qilish nisbatan yuqori bo‘ladi. Shuningdek, yoshlar oila qurish arafasida va nikohlarining dastlabki kunlarida turmush o‘rtog‘i timsolida, o‘zining shu orzu istaklariga, murod-maqsadlariga yetishishda yordam beruvchi, uni qo‘llab-quvvatlovchi, uni har soniya, har onda tushunuvchi o‘z tabiatiga yaqin odamini tasavvur qiladi va unga im kon qadar shunday ijobiy, iliq munosabatda bo‘lishga harakat qiladi. Er-xotinlarning oiladagi muloqoti, shaxslararo muloqotning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunish bilan birga, dast avval ishdan tashqari, bo‘sh vaqtlarini birgalikda o‘tkazish bilan shartlangan o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega.

=== Slayd 12 ===
Chunki hech kim va hech qachon ertaga bo‘lajak turmush o‘rtog‘im, yangi oilamning yangi a’zolari bilan nizo-janjalga boraman, ular bilan urishaman va oxir-oqibatda oilam buzilib, ajrashib ketaman, deb oila qurmaydi (ayrim hollarda majburan oila qurganlar bundan mustasno). Inson oila qurarkan ahil-inoq yashab, murod-maqsadga yetishishni orzu qiladi, nikoh arafasida va nikoh kechasi ham barcha yaqin birodarlar, qarindosh – urug‘lar, to‘yga taklif buyurgan mehmonlar yoshlarga ezgu niyatlar bildiradilar.

=== Slayd 13 ===
Ular bir xonadonda, ko‘pincha bir xonada birga bo‘lishga “mahkum” etilgan. Qadimiy, afsonaviy Sparta qonunchiligida er-xotinlarni ishqiy munosabatlarining sovuqlashib ketishidan saqlash maqsadida ularning muloqotlari imkon qadar chegaralab qo‘yilgan. Unga ko‘ra erlar xotinlaridan ajratilgan holda, ya’ni er va xotin boshqa boshqa yashaganlar va ular faqat ovloq joylardagina, “begona ko‘zlardan” yashirin tarzda uchrashib turishlari mumkin bo‘lgan. Bu tadbir nafaqat Sparta jangchilari o‘zlarining jangovar ruhlarini yo‘qotmasligi, o‘zlarining yosh xotinlari bilan mashg‘ul bo‘lib qolmasliklari uchungina emas edi.

=== Slayd 14 ===
Chunki nikohning boshida kuzatiladigan er-xotin o‘rtasidagi ko‘tarinki emotsional yaqinlik asta-sekinlik bilan pasayib, ular hissiyotlarining o‘tmaslashuvi ro‘y beradi. Bu holatlar albatta har qanday oilada shaxslararo munosabatlar rivojlanishining o‘ziga xos dinamikasini tashkil qiladi. Bu holatdan voqif bo‘lish va uning o‘zgarishlariga tayyor turish yosh oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim ko‘ngilsizliklarning oldini olishga asos bo‘ladi. Oilaviy munosabatlarni chuqur o‘rgangan holda ularni yoshlarga asta-sekinlik bilan o‘rgatib borish zarur.

=== Slayd 15 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“OILAVIY MUNOSABATLAR VA OILADAGI MULOQOT PSIXOLOGIYASI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar