NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Nafas a’zolarining tuzilishi. Ayirish a’zolarining tuzilishi
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch tushunchalar:
Nafas olish a’zolari, odam va hayvonlar nafas olishi, burin bo‘shlig‘i, hiqildoq
Traxeya, bronx, bronxiallar, O‘tkazuvshi nafas olish yo`llari.
O‘tkazmaydigan nafas olish yo`llari, O‘pka, O‘pka alveolalari.
Buyraklar, nefron, filtratsiya jarayoni, reabsorbsiya jarayoni, siydik nayi, qovuq, tashqi chiqaruv yo‘llari, erkaklik jinsiy bezlari, urg‘ochilik jinsiy bezlari va organlari.
=== Taqdimot 3 ===
1
2
Reja:
Nafas olish a’zolari haqida ma’lumot.
Nafas olish a’zolarini tuzilishi.
Ayirish a’zolarining tuzilishi.
3
=== Taqdimot 4 ===
Nafas olish yo‘llari
3
1
5
4
2
burun
bo‘shligi
bronx
traxeya
hiqildoq
bronxialla
=== Taqdimot 5 ===
O‘tkazmaydigan nafas olish yo‘llari
=== Taqdimot 6 ===
Burun bo‘shlig‘i
Burun tеshiklari orqali havo kiradigan kеng bo‘shliqdir. Uning pastki yuqorigi va 2 yon dеvori bor. Burun bo‘shlig‘ining suyak dеvorini: burun to‘sig‘ining tog‘ayi, yon dеvorining tog‘aylari to‘ldirib turadi. Burun bo‘shlig‘ining butun ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan.
=== Taqdimot 7 ===
Burun bo‘shlig‘i
=== Taqdimot 8 ===
Halqum
Ularning hammasi shilimshiq bezlar kam bo‘lgan yupqa shilimshiq parda bilan qoplangan. Burun bo‘shlig‘ining orqasida halqumning yuqori bo‘limi joylashgan. Yuqorida aytib o‘tilgandek, halqum mushagi naycha bo‘lib, u orqa tomondan umurtqalar tanasiga yondashib turadi, yuqorida esa ensa suyagining asosiy qismiga etadi. Halqum burun, og‘iz va hiqildoq bo‘shliqlari bilan tutashadi.
=== Taqdimot 9 ===
Hiqildoq
Halqumning oldida bo‘yinning oldingi qismida til osti suyagining ostida bo‘yining 4-5 umurtqalari sathida joylashgan. Uning teshigi Halquming pastki Hiqildoq qismiga ochiladi. Hiqildoq bo‘yinning o‘rta chizig‘i bo‘ylab bevosita teri ostida joylashgan.
=== Taqdimot 10 ===
Hiqildoqda tovush hosil bo‘lishi
Hiqildoqning shilimshiq pardasi qorincha va tovush paylarini urib turadigan joyda shu paylar nomi bilan ataladigan burmalar hosil qiladi. Hiqildoq muskullari ko‘ndalang tarang muskul to‘qimasidir. Bu muskullar qisqarishi natijasida
Hiqildoq tog‘aylari harakatga keladi, buning  oqibatida tovush tezligi kengayishi va torayishi mumkin. Tovush paylari esa taranglashadi va bo‘shashadi. Natijada tovush hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 11 ===
Traxеya
Traxеya ya’ni nafas olish tomog‘i, Hiqildoq halqasimon tog‘ayidan pastda joylashgan, 10-13 sm chamasi uzunlikdagi katta odamlarda pastga tushib turuvchi naychadir. Traxеya gialin tog‘ayning 16-20 yarim halqalaridan hosil bo‘lgan, u halqalarning birinchisi. Halqasimon tog‘ay bilan traxеya o‘rtasidagi pay yordamida halqasimon tog‘ayga birikkan, traxеyaning yarim halqalari zich tolali biriktiruvchi to‘qima bilan birikkan.
=== Taqdimot 12 ===
Bronxlar
Bronxlar tuzilishiga ko‘ra traxеyani eslatadi va orqa tomondan mеmbrana yordamida bir-biri bilan qo‘shilgan tog‘ay yarim halqalardan tuzilgan. O‘ng bronx uzunligi 3 sm chamasidan ancha kalta va kеngaygan naycha bo‘lib, 4-7 ta yarim halqalardan tuzilgan. Chap bronx uzunligi 4-5 sm bo‘lgan ancha uzun va ingichka naycha bo‘lib 7-12 ta yarim halqalardan tuzilgan.
=== Taqdimot 13 ===
Alveolalar
Alveola devori, bazal membrana va kapillyar tomirlar devori orqali gazlar almashinadi – havodan qonga kislorod, qondan alveolaga esa karbonat angidrid va suv bug‘lari o‘tadi. O‘pkalardagi alveolalarni soni 600-700 millionga yetadi. Jismoniy ish ta’sirida alveola devorlari cho‘ziladi va nafas olish yuzasi ancha oshadi.
=== Taqdimot 14 ===
O‘pkalar
O‘pkalar odamda chap va o‘ng tomonda joylashgan ikkita o‘pka bo‘ladi. Bu ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ining o‘rta qismidan tashqari dеyarli hammasini ishg‘ol qilib turuvchi kеng hajimli a’zolardir.
Har bir o‘pkaning diafragmaga yondoshib turadigan pastki kеng qismi asosi deb ataladi. O‘pkaning asosida diafragma gumbaziga mos kеladigan chuqurcha bor.
=== Taqdimot 15 ===
Diofragma va muskullar
1. Diafragma.
2. Suyak va muskullar.
3. Plevra pardalari.
=== Taqdimot 16 ===
Ayirish a’zolarining tuzilishi
=== Taqdimot 17 ===
Buyrak
Buyraklar juft a’zolar bo‘lib, shakli loviyaga o‘xshaydi. Uning tashqi qirg‘og‘i qavariq, ichki qirg‘og‘i botiq bo‘ladi. Ichki botiq qirg‘og‘ida chuqurcha bo‘lib, ana shu yerda buyrak darvozasi shakllanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Buyrakning joylashishi
Buyraklar qorin bo‘shlig‘i orqa devorining ichki yuzasida, umurtqa pog‘onasining XII ko‘krak va I – II bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan. O‘ng va chap buyrak bir tekis darajada turmaydi, chap buyrak o‘ng buyrakka nisbatan 1-1,5 sm yuqoriroq turadi. Katta kishilarda buyrak uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6sm, og‘irligi 120-200g.
=== Taqdimot 19 ===
Buyrakni tuzilishini va funksiyasini tasavvur qilish uchun uning qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini bilish lozim. Bir sutka davomida buyrak arteriyasidan va buyraklardan 1500 l qon o‘tadi. Diametri 7-9 mm teng bo‘lgan buyrak arteriyasi qorin aortasidan boshlanib, buyrak darvozasi sohasida 5-6 shoxlarga tarmoqlanib ketadi. Shoxlangan qon tomirlar buyrakni yuqorigi, quyi qutblariga va markaziy qismlarga qarab yo‘naladi.
=== Taqdimot 20 ===
Nefron-buyrakning morfo-funksional birligi
Buyrak parenximasi epitelial kanalchalar tizimidan iborat bo‘lib, ular bir-biri bilan qo‘shilib nefronlar hosil qiladi. Nefronlarning miqdori buyrakda 1 mln. bo‘ladi.
Nefron – buyrakning struktur va funksional birligidir.
=== Taqdimot 21 ===
Siydik hosil bo‘lishi
Shunday qilib, nefronda siydik hosil bo‘lish jarayoni ikki bosqichdan iborat: filtratsiya va reabsorbsiyadan. Filtratsiya jarayoni koptokchali qismida o‘tib, natijada birlamchi siydik 60-80 l miqdorda hosil bo‘ladi. Reabsorbsiya jarayoni kanalchali qismida o‘tib, natijada ikkilamchi siydik 1-1.5 l miqdorda hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 22 ===
Siydik chiqaruv yo‘llari
Siydik yo‘li. Siydik yo‘li uzunligi 25-30 sm gacha bo‘lgan muskulli naychadir. U buyrak jomidan pastga tomon tushib qovuqqa ochiladi. Siydik yo‘li qorinpardadan tashqarida joylashgan. Siydik yo‘li, joylashishiga ko‘ra 2 qismga bo‘linadi: qorin va chanoq qismlarga. Chanoq bo‘shlig‘iga kirgan siydik yo‘li qiya xolda qovuq bo‘shlig‘iga ochiladi.
=== Taqdimot 23 ===
Qovuq
Qovuq kichik tos bo‘shlig‘ida, qov simfizi orqasida joylashgan ichki kovak toq a’zodir. Qovuqning hajmi 350 ml dan 0,5 l gacha bo‘ladi. Qovuq uch qismga bo‘linadi: cho‘qqisi, tanasi va tubi bo‘ladi. Yuqori tomonida cho‘qqisi joylashgan. Pastdagi qismi keng bo‘lib qovuq tubi deb ataladi.
=== Taqdimot 24 ===
Xulosa
Xulosa qilib aytganda nafas a’zolarining tuzilishi. Ayirish a’zolarining tuzilishi. O‘pkaning tuzilishi. Buyrak va qovuqning tuzilishi hamda ularning siydik chiqarish yo‘llari bilan tanishdilaringiz. O‘pkada nafas olish va chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilaringiz.
Bu mavzuda odamni nafas a’zolarining tuzilishi, ayirish a’zolarining tuzilishini va ayirish jarayonlarini ko‘rdik.
=== Taqdimot 25 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar