=== Taqdimot 1 ===
Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot
=== Taqdimot 2 ===
Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi.
Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti.
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Tayanch iboralar
Ma’naviy meros, ilmiy-ijodiy muassasa, oltin meros, fan, madaniyat va maorif, qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi namunalari, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, xalqaro jamg‘arma, «Ijtimoiy fikr».
=== Taqdimot 4 ===
Cancun night review
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlandi.
=== Taqdimot 5 ===
Cancun night review
Ma’naviy meros – qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun ma’naviy meros bo‘lib qoladi.
=== Taqdimot 6 ===
Bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari mamlakat va xalqaro miqyosda keng nishonlandi
1991 yil Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1993 yil Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi;
1993 yil Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi;
1994 yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
1995 yil Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi;
1996 yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
=== Taqdimot 7 ===
Bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari mamlakat va xalqaro miqyosda keng nishonlandi
1998 yil Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi;
1998 yil Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999 yil Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi;
2000 yil Burhoniddin Marg‘ilonining 910 yilligi;
2000 yil Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi;
2000 yil Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
2003 yil Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi;
2004 yil Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi;
=== Taqdimot 8 ===
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Farmoni asosida “Navro‘z” milliy bayrami, “Ro‘za hayiti”, “Qurbon hayit” kabi diniy bayramlari rasman tiklandi va dam olish kuni sifatida belgilanib, xalq o‘rtasida keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlarimiz “Mustaqillik kuni” va “Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun” keng miqyosda nishonlanadigan bo‘ldi.
=== Taqdimot 9 ===
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami navro’z qayta tiklandi, bu kunlar prezident farmoni bilan bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi.
=== Taqdimot 10 ===
Cancun night review
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda keng miqyosda nishonlandi. YUNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKOning Parij shahridagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” mavzusida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar tarixi” muzeyi, Amir Temur ordeni ta’sis etildi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi.
=== Taqdimot 11 ===
Xalqaro YUNESKO tashkilotiningtashabbusi bilan 1996- yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
=== Taqdimot 12 ===
1996-yil 28-avgustda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi. 1996-yil 18-oktabrda Toshkentda Amir Temur haykali va muzeyi, Shahrisabzda esa Amir Temur haykali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
=== Taqdimot 13 ===
Prezident farmoni bilan 1996-yil Amir temur yili deb e’lon qilindi
=== Taqdimot 14 ===
Cancun night review
Buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari o‘zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog‘lar yaratildi. 1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi.
=== Taqdimot 15 ===
Cancun night review
Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida “ Lison ut-tayr”, “Sab’ayi sayyor”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Hayrat-ul Abror” asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
=== Taqdimot 16 ===
1994-yil oktyabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktyabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida “Ulug‘bek va temuriylar davri” mavzusida Xalqaro konferensiya hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi.
=== Taqdimot 17 ===
1998-yil 23-oktyabrda Farg‘ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan bog‘ yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi. Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi va keng xalq ommasiga tatbiq etildi.
=== Taqdimot 18 ===
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-jome as-sahih” (Ishonarli to‘plam), “Al-adab al-mufrad” (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
=== Taqdimot 19 ===
Cancun night review
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18-dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil 24-oktyabr kuni esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Birinchi prezidentimiz tantana qatnashchilariga yo‘llagan tabrigida ulug‘ ajdodlarimizning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni nihoyatda bebaho ekanligi alohida ta’kidlangan. Shu davrda Behbudiyning “Padarkush” asari, Fitratning “Qiyomat” qissasi va “Abulfayzdan” tarixiy dramasi nashr qilindi. Cho‘lponning ayrim she’rlari “Guliston” jurnalida, “Kecha va kunduz” asari esa “Sharq Yulduzi” jurnalida e’lon qilindi. Keyinroq ular alohida kitob holida nashr etildi.
=== Taqdimot 20 ===
=== Taqdimot 21 ===
1991-yilda haj qilish baxtiga 350 kishi sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 2001-yili Haj ziyoratiga borganlarning soni 3801 kishiga yetdi. Jami mustaqillik yillari haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo‘lganlarning soni 31 057 kishini tashkil qildi. 1991-yil Birinchi Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami, deb e’lon qilindi. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri – “Navro‘z” umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.
=== Taqdimot 22 ===
Musulmonlar O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili haj va umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar.
=== Taqdimot 23 ===
Cancun night review
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 15-iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilish maydoniga tashrif buyurib, inshoot poydevoriga ramziy tamal toshi qo‘ydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda xalqimizning milliy-diniy qadriyatlarini tiklash, ma’rifiy islomni rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizning dinimiz sofligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasini keng o‘rganish va targ‘ib etish yuzasidan ko‘plab tashabbuslarni boshlab berdi.
=== Taqdimot 24 ===
Cancun night review
Davlatimiz rahbari BMT minbaridan turib islomning dunyo miqyosidagi o‘rniga, ajdodlarimizning dinimiz rivojiga qo‘shgan hissasiga yuksak baho berdi hamda “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish taklifini ilgari surdi. Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi, din masalasidagi jaholatga barham berishni ko‘zda tutuvchi “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori joriy qilingani O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik sohasidagi tashabbuslarining yaqqol ifodasi sifatida dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi.
=== Taqdimot 25 ===
Xulosa qilib aytganda, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o‘rin tutgan keyingi 32 yilda tom ma’noda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektiga aylangan, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib va mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan – O‘zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda.
=== Taqdimot 26 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.