=== Taqdimot 1 ===
Mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoga bostirib kirishi va ularga qarshi ozodlik harakatlari
=== Taqdimot 2 ===
01
Chingizxon qo‘l ostida markazlashgan Mo‘g‘ul davlatining tashkil topishi
02
03
04
Reja:
“Yasoq” qonunlar majmui va undagi asosiy qoidalarining mazmuni
Chingizxonning istilochilik yurishlari
Mo‘g‘ullariga qarshi ozodlik kurashlari. Jaloliddin Manguberdi – yurt himoyachisi
=== Taqdimot 3 ===
O‘rta asrlar manbalarida ta’kidlanishicha, XII asr oxiri-XIII asr boshlarida mo‘g‘ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Yozma manbalarda mo‘g‘ullar menu(menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618-908-y.y.) solnomasida tilga olinadi. Aksariyat manbalarda mo‘g‘ullarning birlashuv jarayonlari Temuchin nomi bilan bog‘lanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Temuchin 1155-yilda tug‘ilgan bo‘lib, boy mo‘g‘ul zodagoni Yesugay Bahodirning o‘g‘lidir.
=== Taqdimot 4 ===
1206-yilning bahorida Mo‘g‘ulistondagi Onon daryosi irmoqlaridan birining sohilida o‘z hokimiyatining to‘liq mustahkamlab olgan Temuchin mo‘g‘ullarning umum qurultoyini chaqiradi.
=== Taqdimot 5 ===
O‘z mavqeyi va hokimiyatini mustahkamlab olgan Chingizxon harbiy kuchlarini isloh qilib, davlati sarhadlarini kengaytirish harakatini boshlaydi. U 1209-yilda tang‘utlarni, 1211-yilda uyg‘urlarni, 1215-yilda esa Shimoliy Xitoyni- poytaxt Chjundu (Pekin) shahri bilan birgalikda o‘ziga tobe qilib oladi. Shu tariqa, XIII asr o‘ninchi yillari oxiriga kelib Sharqda ikkita yirik davlat – Xorazmshoh Anushtegin va Chingizxon davlatlari mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar edi.
=== Taqdimot 6 ===
Chingizxon 1219-yilda o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan Xorazmshohlar davlati ustiga yurish boshlaydi.
=== Taqdimot 7 ===
Chingizxon Xorazmshohlar yurtini bosib olish uchun o‘z qo‘shinini to‘rt qismga bo‘ladi:
Chig‘atoy bilan O‘qtoy, qo‘shinning bir qismi bilan O‘trorni qamal qilib egallash uchun qoldiriladi.
Jo‘ji boshchiligida qo‘shin Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchilig‘kent, Sig‘noq shaharlarini bosib olish uchun yuboriladi.
Uloq no‘yon va Suketu Cherbuga O‘trordan janubga, Xo‘jand va Banokatni egallash topshiriladi.
Chingizxonning o‘zi bosh bo‘lgan asosiy qism, yirik shaharlar-Samarqand va Buxoroni egallash uchun yo‘l oladi.
=== Taqdimot 8 ===
Bu yurishlar natijasida 1219-yilda O‘tror, Jand, Yangikent, Borchilig‘kent, 1220-yilda Xo‘jand, Buxoro, Samarqand, 1221-yilda Termiz va Urganch shaharlari mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinadi. Manbalarda “Jahon sultonlari poytaxti” va “Insoniyat buyuk farzandlari beshigi” nomini olgan Urganch, “Qubbatul Islom” nomini olgan Buxoro, “Sayqali ro‘yi zamin” deb atalgan Samarqand kabi shaharlar talon-toroj qilindi. Ba’zi shaharlar, masalan, O‘rtor, Sig‘noq, Borchilig‘kent kabilar uzoq vaqtlargacha dasht-u biyobonlarga aylanib qoldi.
=== Taqdimot 9 ===
Chingizxon 1219-yilda o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan Xorazmshohlar davlati ustiga yurish boshlaydi.
=== Taqdimot 10 ===
Shu davrda yashagan arab tarixchisi ibn al-Asir (1160-1244 yy.) mo‘g‘ul bosqini dahshatlarini shunday ta’riflaydi: “Ular (mo‘g‘ullar) hech kimga shafqat qilmadilar, aksincha, xotinlar, bolalar, erkaklarni o‘ldirdilar, homilador xotinlarning qorinlarini yorib, tug‘ilmagan go‘daklarni nobud qildilar… Bu musibat to‘lqinlari turli tomonlarga tarqaldi va uning fojiasi umumiy bo‘lib qoldi hamda u shamol bulutlarni turli tomonga haydagani kabi butun viloyatlarga yoyildi.
=== Taqdimot 11 ===
Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib Turkistondagi Qashg‘ar va Balasag‘un kabi viloyatlarni vayron etib, qirg‘in qilib, talon-toroj qilib egalladi. Tatarlar hech qaysi shaharlarni omon qoldirmadilar, ketayotib hamma yerni vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o‘tgan bo‘lsalar, o‘zlariga yoqmagan barcha narsalarga o‘t qo‘ydilar”.
=== Taqdimot 12 ===
=== Taqdimot 13 ===
Shunday qilib, talon-tarojlik urushlari natijasida XIII asr 20-yillari o‘rtalariga kelib Chingizxon Sharqda Shimoliy Xitoydan G‘arbda Amudaryogacha bo‘lgan hududlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 1227-yilning avgustida Osiyoning ichkarisiga, tang‘utlar ustiga yurish paytida Chingizxon vafot etadi. Chingiziylarning harbiy yurishlari natijasida 1260-yilda tarixdagi ko‘chmanchilarning yirik davlatlaridan biri – Sharqda Amurdan Sariq dengizgacha, G‘arbda Dunaydan Yevfratgacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan ulkan imperiya tashkil topdi.
=== Taqdimot 14 ===
Tariximizdagi ulug‘ zotlardan biri mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan shaxs, bu – sulton Jaloliddin Manguberdidir.
=== Taqdimot 15 ===
Jaloliddin shunday bir og‘ir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
=== Taqdimot 16 ===
Jaloliddinning har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmasligi, uning jasorati va mardligiga Chingizxon ham tan beradi. Tarixchilardan Juvayniy, Rashididdin va boshqalarning yozishlariga qaraganda, Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib Chingizxon o‘z o‘g‘illariga qarata:
“Otaning faqat shunday o‘g‘li bo‘lishi lozim. U olovli jang maydonidan o‘zini qutqarib, halokatli girdobdan najot qirg‘og‘iga chiqdimi, undan hali ulug‘ ishlar va qiyomatli isyonlar keladi!”,-dedi va uning orqasida ta’qib etishni taqiqlaydi.
=== Taqdimot 17 ===
Hindistonda Jaloliddin 1223-yilning oxirlarigacha bo‘lib, xorazmshohlarning azaliy mulki bo‘lgan Iroq va Eronni o‘z izmiga kiritish maqsadida yo‘lga otlanadi. O‘z o‘rniga noib etib, taniqli sarkarda Jahon polvon O‘zbekni qoldirib ketadi. Jahon polvon to 1229-yilgacha Hindiston mulklarini boshqarib, so‘ngra Jaloliddin huzuriga Iroqqa qarab ketadi va uning harbiy yurishlarida yelkadosh bo‘lib xizmat qiladi. 1224-yilning boshida Jaloliddin Kirmonga kelib, Kirmon sultoni bo‘lmish ukasi G‘iyosiddindan yordam uchun 4000 kishilik qo‘shin oladi. Va o‘zining asosiy maqsadi-mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashib, mustaqil davlat yalovini tiklash ekanligini bildiradi.
=== Taqdimot 18 ===
Jaloliddin murakkab va ziddiyatli davrda yashadi. Shubhasiz, u-o‘z davrining farzandi edi. Sarkarda o‘z qo‘shinlarining ko‘plab harbiy yurishlar vaqtida talonchilik, zo‘ravonlik qilishlariga gohida ko‘z yumdi, xonavayronchilik keltiruvchi ishlarga bosh qo‘shdi. Bu esa Eron, Ozarbayjon, Iroq, Gurjiston ahlida salbiy fikrlarning ko‘payishiga, noroziliklarning kuchayishiga ham olib kelgan. Lekin nima bo‘lganda ham Jaloliddin Manguberdi o‘zining asosiy maqsadi mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashish ekanligini yodida doimo saqladi. Bu kurashda u yon-atrofdagi musulmon hukmdorlarining qo‘llab-quvvatlashlariga ham umid bog‘lagan edi.
=== Taqdimot 19 ===
Biroq, Amida yo‘li yaqinida unga to‘satdan mo‘g‘ullar hujum qilib qolishadi (1231-yil avgust boshi). Uni 15 chog‘li mo‘g‘ul navkarlari ta’qib etishadi. Jaloliddin o‘z sheriklaridan ajrab, Mayafariqin (Hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) yaqinida Ayn-ad-dar qishlog‘iga keladi. Ushbu tog‘lik qishloqda u kurdlar qo‘liga tushadi. O‘zini sulton deb tanishtirgandan so‘ng uni kurdlar o‘ldirishga jazm etolmaydilar. Uni tegishli joyga yetkazib qo‘yish evaziga mukofot va’da qilinadi. Lekin kurdlar rahbari xonadonidan joy olgan, horib-tolgan Jaloliddinni, boshqa bir kurd kishisi o‘lgan inisi xuni evaziga o‘ldiradi. Bu voqea taxminan 1231-yilning avgust oyi 17-20 sanalari oralig‘ida ro‘y beradi.
=== Taqdimot 20 ===
1999-yil noyabrda yurtimizda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Xorazmda unga mahobatli haykal o‘rnatildi.
=== Taqdimot 21 ===
E’tiborngiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.