KIRISH – ODAM ANATOMIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI, METODLARI VA RIVOJLANISH TARIXI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Kirish – odam anatomiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari va rivojlanish tarixi
=== Taqdimot 2 ===
01
Reja:
Anatomiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
02
.
Anatomiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi.
03
.
Odam tanasining tuzilishi.
=== Taqdimot 3 ===
Odam anatomiyasi, hujayra, to‘qimalar, a’zo, a’zolar tizimi, yaxlit organizm, ontogenez, hujayraning bo‘linishi.
​​Tayanch iboralar
=== Taqdimot 4 ===
01. Anatomiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Anatomiya fani odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish o‘rganadigan fandir. Bu fan organizmning tashkil etuvchi har bir tizimiga tegishli a’zolarni joylashuvini, tuzilishini bajaradigan funksiyalari bilan bog‘langan holda, jinsiy tafovutlarni hisobga olgan holda o‘rganiladi.
=== Taqdimot 5 ===
Sistematik anatomiya suyaklar qismi – osteologiya, muskullar–miologiya, ichki a’zolar sistemasi-splanxnologiya, qon tomirlar sistemasi–angiologiya, ichki sekret bezlar qismi–endokrinologiya va nihoyat, nerv sistemasi – nevrologiya bo‘limlaridan iborat.
Anatomiya fanini o‘rganishda guruhlarga bo‘linadi
=== Taqdimot 6 ===
Anatomiyani o‘rganish usullari
Qadimiy usullardan biri bo‘lib, birinchi marotaba Gerofil va Erazistrat tomonlaridan qo‘llanilgan.
Kesib ochish usuli
=== Taqdimot 7 ===
Yorug‘lik va elektron mikroskoplar ostida to‘qima va hujayralarni nozik tuzilishini o‘rganish. Murdalardan olingan a’zo va to‘qimalarni bo‘lakchalariga autopsiya deyiladi.
Gistologik usul
=== Taqdimot 8 ===
Ikkinchi guruh usullari
Birinchi marotaba P.F.Lesgaft tomonidan anatomiyada qo‘llanilgan. Rentgenologik usuli yordamida tirik organizmda a’zolarni tuzilishini, joylashuvini turli funksional holatlarda.
Rentgenologik usuli
=== Taqdimot 9 ===
Ichki a’zolarni ichki yuzalarini va a’zolar ichida ro‘y berayotgan jarayonlarni tekshirish mumkin. Endoskop asbobi yordamida hazm tizimining a’zolarini.
Endoskopik usuli
=== Taqdimot 10 ===
2. Anatomiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi
Gippokrat
Bizning eramizgacha 700-600-yillarda Qadimgi Gretsiyada odam anatomiyasidan sistematik ma’lumotlar to‘plangan
“Tibbiyotning otasi” degan nom bilan mashhur. Shu ko‘nga kadar hamma mamlakatlarda tibbiy oliygohlarni bitiruvchilari Gippokrat qasamini qabul qiladilar.
=== Taqdimot 11 ===
Ibn Sino 100 dan ortiq asarlar yaratdi. Bulardan eng yiriklaridan biri: “Tib qonunlari” – 5 jilddan iborat, anatomiya, fiziologiya, dorivor o‘simliklar va ulardan foydalanish.
Abu Ali ibn Sino
=== Taqdimot 12 ===
Hayvonlar murdalarini yorib, solishtirma anatomiya va embriologiya fanlari uchun bir qancha dalillarni to‘pladi. Aristotel tirik organizmlarni qanday paydo bo‘lishini tushuntirishga harakat qilgan.
Aristotel
=== Taqdimot 13 ===
Buyuk rassom va olim, anatomiya bilan shug‘ullangan odam tanasini tuzilishini o‘rganish maqsadida murdalarni yorib, 400 yaqin muskullarni ajratib ularni rasmlarini albomga chizgan.
Leonarda da Vinchi
=== Taqdimot 14 ===
Fan sifatida anatomiyaning asoschisi
A. Vezaliy hisoblanadi. Zehni baland, talantli A.Vezaliy Luven va Parijda oʻqib, 1538-yilda Paduan universitetiga anatomiya kafedrasiga professorlik lavozimiga taklif etiladi.
A. Vezaliy
=== Taqdimot 15 ===
1859-yilda ingliz olimi Charlz Darvin “Turlarni kelib chiqishi” degan asarida turli muhit sharoitlariga moslanish jarayonida turlarni o‘zgaruvchanligini aniqlagan va tabiatni evolyutsion qonuniyatlar asosida rivojlanishini ko‘rsatgan. Irsiy nazariyasining asosiy qonunlari chex olimi Gregor Mendel (1820-1884) tomonidan kashf etilgan.
Charlz Darvin
=== Taqdimot 16 ===
3. Odam tanasining tuzilishi
Har qanday organik shakl, jumladan odam tanasi ham tarixiy rivojlanish protsessining natijasida, tuban shakllardan oliy shakllarga takomillanishi va organik tabiatda bo‘ladigan evolyutsiya natijasidir.
=== Taqdimot 17 ===
A’zo deb, organizmda ma’lum joyni egallaydigan, oʻziga xos shaklga va tuzilishga ega bo‘lgan va muayyan funksiyani bajarishga moslangan tana qismlariga aytiladi. Har bir organ ikkita asosiy qismdan – parenxima va stromadan iborat.
=== Taqdimot 18 ===
A’zolar o‘z navbatida to‘qimalardan tashkil topgan
=== Taqdimot 19 ===
To‘qima
To‘qima – bu kelib chiqishi, rivojlanishi, tuzilishi jihatdan bir xil bo‘lgan va organizmda muayyan funksiyani bajarishga moslangan hujayralar yig‘indisiga aytiladi. Odam organizmida 4 xil to‘qima farqlanadi: epiteliy to‘qimasi, muskul to‘qimasi, biriktiruvchi to‘qima va nerv to‘qima.
=== Taqdimot 20 ===
Biriktiruvchi toʻqima – odam va hayvonlarda rivojlanadigan toʻqimalar guruhi. Organizmda trofik, himoya, plastik va mexanik funksiyalarni bajaradi. Xususiy, togʻay va suyak biriktiruvchi toʻqima lari bilan farq qilinadi.
Biriktiruvchi to‘qima
=== Taqdimot 21 ===
Epiteliy to‘qimasi bir qavatli epiteliy va ko‘p qavatli epiteliy turlariga bo‘linadi. Biriktiruvchi to‘qima 3 xilga bo‘linadi: asl biriktiruvchi to‘qima, tog‘ay to‘qimasi va suyak to‘qimasi. To‘qimalar hujayralar va hujayra aro moddadan tarkib topgan.
=== Taqdimot 22 ===
Hujayra deb – tarixiy kelib chiqqan tirik, oʻz-oʻzini boshqaradigan, o‘z-o‘zidan ko‘payadigan, butun tirik o‘simlik va hayvon organizmlarining tuzilish, rivojlanishining va hayotiy faoliyatining elementar birligidir. Demak, odam organizmining ham, morfologik va funksional birligi bu hujayralardir.
Hujayra
=== Taqdimot 23 ===
Hujayraviy nazariyaning asosiy holatlari 1665-yilda ingliz fizigi R.Guk o‘zi yasagan mikroskop ostida po‘kak kesmasini tuzilishini tekshirib ko‘rgan. Bunda u birinchi bo‘lib, po‘kak kesmasi katakchalardan yoki hujayralardan tashkil topganligini aniqlagan. “Hujayra” terminini biologiyaga birinchi marotaba R.Guk kiritgan. 1671-yilda Malpigi, Gryu o‘simlik to‘qimalari hujayralardan tashkil topganini oʻz tekshirishlarida ko‘rsatdilar va Gukning kashfiyotini tasdiqladilar.
Hujayra tarixi
=== Taqdimot 24 ===
Xulosa qilib aytganda odam anatomiyasi faning maqsadi, vazifasi, predmenti va rivojlanish tarixini o‘rganib o‘tdik. Bu mavzuda odamni hujayralar, to‘qimalar, organlar va organlar sistemasidan tashkil topganini bildi.
=== Taqdimot 25 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“KIRISH – ODAM ANATOMIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI, METODLARI VA RIVOJLANISH TARIXI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar