JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI

8000 so'm


JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI
=== Taqdimot: JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI.pptx ===

=== Slayd 1 ===
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI

=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Jismoniy tarbiya tizimining tushunchasi va maqsadi.2. Jismoniy tarbiyaning vositalari, tamoyillari, metodlari va shakllari tizim sifatida shakllanishi.3. Jismoniy tarbiya tizimining bo‘g‘inlari.

=== Slayd 3 ===
1. Jismoniy tarbiya tushunchasi nima?
Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon bo‘lib, kishi organizmini maxsus tanlangan mashqlar orqali morfo funksional xususiyatlarini shakllantirish hamda ularni jismoniy barkamol shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi nima?
Shunday ekanki tarixga bir nazar tashlaganimizda, Quldorlik davrida jismoniy tarbiya tizimi Quldorlarning maqsadi uchun xizmat qiladi. Quldorlar farzandlarini baquvvat, kuchli, chaqqon va qullarni qo‘riqlash hamda qo‘lida qurolni ishlata olish maqsadida xizmat qiladi.

=== Slayd 4 ===
O‘rta asrlarga kelib jismoniy tarbiya tizimi boylar va savdogarlar uchun xizmat qiladi. Jismoniy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan hamda jismoniy sifatlari yaxshi rivojlangan harbiylarni soqchi sifatida mulklarini qo‘riqlash maqsadida jalb qilgan. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, o‘zbek xalqini jismoniy barkamol, ruhiy va ma’naviy boy, huquqiy demokratik davlatning faol quruvchisi bo‘lmish yoshlarni ijodiy mehnatga hamda vatan mudofaasiga tayyorlashdan iborat.

=== Slayd 5 ===
Jismoniy tarbiyaning vositalari
2. Jismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina oldindan ko’zlangan maqsadga erishiladi. Shunday ekanki jismoniy tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning vositalari, tamoyillari, metodlari va shakllari kiradi.
Jismoniy mashqlar
Tabiatni sog‘lomlashtiruvchi kuchlar
Gigiyenik omillar

=== Slayd 6 ===
Jismoniy mashq
Jismoniy mashq deb – jismoniy tarbiyaning qonuniyatlari asosida ongli ravishda ixtiyoriy harakatlarning turli turkumlariga aytiladi.
Jismoniy mashq turlari
Harakatli o‘yinlar
Gimnastika
Yengil atletika
Sport o‘yin elementlari

=== Slayd 7 ===
Jismoniy mashqlardan foydalanish, ularni qo‘llanishi maqsadiga ko‘ra tasnifi:
5
Asosiy mehnat faoliyatidan dam olishga yo‘naltirilgan mashqlar

=== Slayd 8 ===
O‘z o‘rnida bu yo‘nalishdagi jismoniy mashqlar ham turlarga bo‘linadi:
Masalan sport mashqlari, maxsus tayyorgarlik, umumiy tayyorgarlik, musobaqa mashqlari turlariga bo‘linadi.
Jismoniy mashqlarni, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilganligiga ko‘ra tasniflash:
Kuch
Eguluvchanlik
Chaqqonlik
Chiddamiylik
Tezkorlik

=== Slayd 9 ===
Jismoniy mashqlarni harakatlar tuzulishiga ko‘ra turlari
Siklik jismoniy mashqlar
Asiklik jismoniy mashqlar
Aralash jismoniy mashqlar

=== Slayd 10 ===
Jismoniy mashqlarni harakat ko‘nikma va malakalariga ko‘ra tasnifi:
Gimnastika

=== Slayd 11 ===
Tabiatni sog‘lomlashtiruvchi kuchlar
Suv
Havo
Quyosh nuri
Yer

=== Slayd 12 ===
Gigiyenik omillar
Shaxsiy gigiena
Jamoat gigienasi

=== Slayd 13 ===
Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillari
1. Jismoniy tarbiyada mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi.
2. Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilganlik.
3. Jismoniy tarbiyada sog‘lomlashtirishga qaratilganlik.
1. Jismoniy tarbiyada mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyili
Bu tamoyil kishilarni harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi.

=== Slayd 14 ===
2. Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilganlik tamoyili
Ma’lumki mavjud jamiyatda yashaydigan kishilar ruhiy, ma’naviy va jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlangan xolda tug‘ilmaydi. Bu sifatlarni kamol topishi, sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog‘liqdir.
3. Jismoniy tarbiyada sog‘lomlashtirishga qaratilganlik tamoyili
Shug‘ullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, murabbiylar sog‘ligiga javob beribgina qolmay, uni mustahkamlash va takomillashtirishga ham javob beradilar.

=== Slayd 15 ===
Jismoniy tarbiyaning metodlari
So‘zdan foydalanish.
Ko‘rgazmalilikni his qilish.
Amaliy.
So‘zdan foydalanish metodi
Muhokama, ko‘rsatma, tushuntirish, topshiriq, suhbat, buyruq, baholash

=== Slayd 16 ===
Ko‘rgazmalilikni his qilish metodi
Video
Ko‘rsatish

=== Slayd 17 ===
Amaliy metod

=== Slayd 18 ===
Jismoniy tarbiyaning shakllari
Maktabdan tashqari jismoniy tarbiya ishlar
Jismoniy tarbiya darslari
Darsdan va sinfdan tashqari ishlar
Oilada jismoniy tarbiya

=== Slayd 19 ===
Jismoniy tarbiya darsi
Maktabda DTS asosida belgilangan bir xil kontingentdagi bolalarga biriktirilgan mutaxassis tomonidan dars jadvali asosida o‘tiladigan 45 daqiqalik jarayonga dars deb aytiladi.
Darsdan va sinfdan tashqari jismoniy tarbiya ishlar
Darsgacha gimnastika mashqlar
O‘yinlar
Jismoniy tarbiya daqiqalari
Sport bayramlari
Musobaqalar

=== Slayd 20 ===
Oilada jismoniy tarbiya
Uy sharoitida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish
Har-xil o‘yinlar uyushtirish
Ota-ona qo‘l ostida oilaviy sayohatlar

=== Slayd 21 ===
Maktabdan tashqari muassasalardagi jismoniy tarbiya ishlar
Bolalar va o’smirlar sport maktablari
Madaniyat saroylari
Mahallalarda sport to‘garaklarni tashkil etish va musobaqalar uyushtirish
Sport inshootlari va suv havzalari

=== Slayd 22 ===
3. Jismoniy tarbiya tizimining bo‘g‘inlari
1. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya tizimining bo‘g‘inlari.
2. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya tizimining bo‘g‘inlari.
3. Akademik litsey va texnikumlarda jismoniy tarbiya tizimining bo‘g‘inlari.
4. Oliy ta’limda jismoniy tarbiya tizimining bo‘g‘inlari
5. Harbiylar jismoniy tarbiya tizimining bo‘g‘inlari.
6. Havaskorlik jismoniy tarbiya tizimining bo‘g‘inlari.

=== Slayd 23 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar