=== Taqdimot 1 ===
INKLYUZIV TA’LIMNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
=== Taqdimot 2 ===
Inklyuziv ta’lim bu –imkoniyati cheklangan va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, ta’limda maxsus yondashuvga muhtoj bolalarni, rivojlanishidagi muammolari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat’iy nazar, ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan, barcha tengdoshlari bilan uyg‘unlashgan holda ta’lim olishni ta’minlaydigan ta’lim tizimidir.
=== Taqdimot 3 ===
INKLYUZIV TA’LIMNING HUQUQIY ASOSLARI
O‘zbekiston miqyosida:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
“Talim to‘g‘risidagi” Qonun;
“Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun;
“Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun (2008-yil 07.01);
“Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risidagi” PF-5712- farmon (2019-yil 29.04.).
=== Taqdimot 4 ===
INKLYUZIV TA’LIM G‘OYASI
Yangi tipdagi zamonaviy maktabda bola ta’limga emas, ta’lim bola imkoniyatlariga moslashtiriladi.
=== Taqdimot 5 ===
Inklyuziv ta’lim ishtirokchilari
Ota-ona.
Nodavlat notijorat tashkilotlari.
Oddiy va imkoniyati cheklangan bolalar.
Sog‘liqni saqlash tizimi.
Mahalla.
Xalq ta’limi tizimi.
Mutaxassis.
Tibbiy psixolog-pedagogik komissiya.
Pedagoglar.
=== Taqdimot 6 ===
INKLYUZIV TA’LIM TAMOYILLARI
Shaxsga yo‘naltirilgan.
Ijobiy munosabat.
Hamkorlikda ishlash.
Ota-onalar ishtiroki.
Individual yondashuv.
Tabaqalashgan ta’lim.
Maktab rahbarlarining mas’uliyati.
=== Taqdimot 7 ===
SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN
Bolaning imkoniyatlari inobatga olinadi.
Har bir bola diqqat markazida.
Ishtirokchilarning bag‘ri kengligi.
=== Taqdimot 8 ===
TABAQALASHGAN YONDASHUV
Himoyalovchi pedagogik-psixologik muhit.
Rag‘batlantiruvchi baholash variativligi.
O‘quv topshiriqlarining.
=== Taqdimot 9 ===
INDIVIDUAL YONDASHUV
O‘quvchiga moslashtirilgan o‘quv materiali.
Defektolog hamkorligida.
Psixolog hamkorligida.
Ota-onalar xabardorligida.
Bola faoliyatini rivojlantirish.
O‘qituvchi o‘quvchini faoliyatga undovchi vositalar tayyorlaydi.
Sinf rahbari umumlashtiradi.
=== Taqdimot 10 ===
HAMKORLIKDA ISHLASH
Sinf rahbari.
Maktab rahbariyati.
Psixolog.
Sinfdoshlari.
Defektolog.
=== Taqdimot 11 ===
INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILINADIGAN BOLALAR:
Eshitishida muammolari bo‘lgan;
Ko‘rishida muammolari bo‘lgan;
Tayanch harakat a’zolarida muammolari bo‘lgan;
Nutqida muammolari bo‘lgan;
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan;
Aqliy rivojlanishi yengil darajada zaif bo‘lgan;
Autizmning yengil darajasi bo‘lgan;
Koxlear implantli bolalar.
=== Taqdimot 12 ===
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING XUSUSIYATLARI
Faoliyat sustligi va diqqat tarqoqligi.
Tovushlar talaffuzida kamchiliklar.
Nutq zaxirasining yetarli shakllanmaganligi.
Mayda motorikalarida muammolari bor.
Emotsional-hissiy holati o‘zgaruvchan.
Tushuncha va tasavvurlarining cheklanganligi.
=== Taqdimot 13 ===
INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHINING VAZIFALAR
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojiga mos ravishda yondashish:
O‘qituvchi darsda o‘quv materialni barcha o‘quvchilar bilan bir qatorda imkoniyati cheklangan o‘quvchining imkoniyatiga yo‘naltirgan holda beradi: ko‘zi ojizni eshitish o‘quvchining vizual qabul qilishiga,diqqati, xotirasida muammosi bo‘lgan bolaning barcha analizatoriga ta’sir qilgan holda ish olib boradi;
O‘quv jarayonini tashkil etish va olib borishda barcha o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda mos interfaol usullarni qo‘llash.Ayniqsa guruhlarda ishlash usullari samarali natija beradi;
=== Taqdimot 14 ===
Maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash, rivojlantirish, ularni kasbga yo‘naltirish va kasbgacha tayyorgarlik olib borish.
O‘quvchilarning faolligini rag‘batlantirib borish va o‘zlashtirishini baholashda rag‘batlantiruvchi usulni qo‘llash;
Imkoniyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi ish turlarini tanlash.
Oila, mahalla, Jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlash, o‘quvchilarning ijodiy ishlarini jamoatchilik orasida namoyish qilish orqali o‘ziga ishonchini tarbiyalash.
O‘zaro hamkorlikda ishlash usullarini qo‘llash orqali do‘stona munosabat muhitini yaratish.
=== Taqdimot 15 ===
Ko‘zi ojizning eshitish va taktik sezgisi o‘tkir.
Unga o‘quv materialini eshitish va taktik sezgisi orqali idrok qilishga beriladi.
Eshitmaydigan bolaning ko‘rish sezgisi o‘tkir.
Unga o‘quv materialni vizual ravishda qabul qilishga bering, ko‘rsatib tushuntira olmagan qismini diktillab yoki imo-ishora bilan tushuntiring.
TA’LIMNI O‘QUVCHILARNING IMKONIYATLARGA YO‘NALTIRISH
=== Taqdimot 16 ===
Aqliy faoliyati yengil darajada orqada qolgan bola.
Bunday bolaga o‘quv materialni kompleks ravishda barcha analizatorlariga ta’sir etuvchi yondashuv.
Ijodiy imkoniyatlari mavjud bolalar.
Harakat imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning qiziqishlarini qo‘llab imkoniyat yaratib borish va shu yo‘nalishda kasbga yo‘llash.
Iqtidorli bolalarni rivojlantiruvchi.
Har bir iqtidorli bolaning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalarni qo‘llash.
=== Taqdimot 17 ===
Xalq ta’limi vazirligi, Bolalar ijtimoiy moslashuv markazi hamda Yevropa ittifoqi hamkorligida, 2014-yil mart oyidan boshlab, respublikaning 5 ta viloyatlarining 15 ta maktabida “Inklyuziv ta’lim” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 800 nafardan ortiq bolalar inklyuziv sinflarda tahsil olmoqdalar.
Qo‘yilgan talablar asosida sinf o‘quvchilarning soni 25 nafardan oshmasligi hamda bu sinfda 2 nafar alohida ehtiyojli bola o‘qishi belgilangan.
5 viloyat
800 dan
ortiq bola
15 maktab
=== Taqdimot 18 ===
RESPUBLIKA MIQYOSIDA INKLYUZIV TA’LIM
Toshkent shahar Shayxontohur tumani.
324-maktab (resurs markaz), 34-, 85-maktablar.
Namangan viloyati Namangan shahri.
11-maktab (resurs markaz), 5-, 28-maktablar.
Samarqand viloyati Samarqand shahri.
17-maktab (resurs markaz), 13-, 35-, 45-maktablar.
Xorazm viloyati Urganch shahri.
10-maktab (resurs markaz), 8-, 22-maktablar.
Surxondaryo viloyati Termiz shahri.
3-maktab (resurs markaz), 4-, 10-maktablar.
=== Taqdimot 19 ===
INKLYUZIV TA’LIM
O‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini beradi?
Mustaqil harakatlanish ,birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga keladi;
Dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;
O‘qishga bo‘lgan ehtiyoji qiziqishlari ortadi;
O‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;
Ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;
Yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yo‘qoladi.
=== Taqdimot 20 ===
INKLYUZIV TA’LIM
Sog‘lom bolaga nima beradi?
O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar;
Tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi;
Ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish – insonparvarlik hissi tarbiyalanadi;
O‘quvchilarda atrofdagi insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi
Yordamga muhtoj insonlarga e’tiborsizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar
sog‘lom bolalarning qadriyatlarida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
=== Taqdimot 21 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.