INKLYUZIV TA’LIMNING HUQUQIY ASOSLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifasi
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
01
04
02
03
Inklyuziv ta’lim mazmuni
Inklyuziv ta’limning vazifalari
Inklyuziv ta’limda o‘qituvchi va murabbiylarga tavsiya
Inklyuziv ta’limdagi muammolar va imkoniyatlar
=== Taqdimot 3 ===
Inklyuziv ta’limning mazmuni nima?
=== Taqdimot 4 ===
Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lgan ta’lim tizimini yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan barkamol inson etib tarbiyalash, ular ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdirishdek muhim vazifalarni qo‘ymoqda.
=== Taqdimot 5 ===
O‘.R.Q.-637 23.09.2020   “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunning
20-moddasida “Inklyuziv ta’lim” Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
=== Taqdimot 6 ===
YuNESKO tomonidan “Maxsus ta’lim zaruriyati” nomli hujjat tayyorlanib, unda maxsus ta’limga muhtoj bolalar va yoshlar uchun ta’limni tashkil etish va takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu ta’lim turida asosiy o‘rin reabilitatsiya masalalariga ajratilgan. Hujjatda maxsus ta’limni alohida yordamga muhtoj kishilarga tashkil etishdan maqsad: “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va o‘smirlarni mustaqil, hamma qatori yashash sharoitida jamiyatga tiklash”,– deb ta’kidlangan.
=== Taqdimot 7 ===
Bolada nuqson bo‘lishiga qaramay, unga qo‘lidan keladigan ish turini o‘rgatib, o‘qitib, tarbiyalab, jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishiga yordam berish – ijtimoiy reabilitatsiya. Rivojlangan mamlakatlarda “Maxsus ta’lim zaruriyati“ nomli hujjatga javoban – Reabilitatsiya tashkiloti tashkil etildi. Tashkilot nogironlar jamiyati, nogironlar oilalari, sog‘likni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza etish hamda kasaba uyushmalari vakillarini o‘z ichiga qamrab olgan.
=== Taqdimot 8 ===
Inklyuziv ta’lim – Imkoniyati cheklangan bolalarni maktablarda sog‘lom tengdoshlari bilan birga ta’lim olishi.
Inklyuziv – (inklyuziya – inglizcha [inclusion] uyg‘lashish) Hamkorlikdagi ta’lim, butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta’lim sifatida tan olingan.
=== Taqdimot 9 ===
“Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunning 23-moddasida “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etiladi” deyilishining o‘ziyoq jamiyatimizning g‘oyatda insonparvarligidan dalolatdir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimli, yuksak tafakkur va keng dunyoqarashga turli yod g‘oyalarga ergashmasdan, barkamol inson sifatida tarbiyalab voyaga yetkazishda, ularni tashqi ta’sirlardan asrab, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda, avvalo, ota-onalar, tarbiyachi va pedagoglar o‘rnak bo’lishi lozim.
=== Taqdimot 10 ===
Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib, nogiron bolalarning ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’lim turini amalga oshiradi.
=== Taqdimot 11 ===
Agarda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish, o‘qitish birmuncha samarali va unumli bo‘lsa, unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar, balki barcha bolalar yutadi.
Inklyuziv ta’lim maktablari  bolalarning bilim olishi uchun shaxsiy huquqlarini himoyalandi. Bunday yondashuv diskriminatsiyani bartaraf etadi, chunki bolalar bir-birlari bilan muloqot qilish, o‘qish jarayonida o‘zlarining turli ehtiyojlarga ega individuum ekanliklarini anglaydilar.
=== Taqdimot 12 ===
Inklyuziv ta’lim ishtirokchilari
Sinfdoshlar
Mahalla
Sog‘liqni saqlash tizimi
Oila
Maktab jamoasi
Xalq ta’limi tizimi
=== Taqdimot 13 ===
Inklyuziv ta’lim – davlat siyosati bo‘lib, nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli maxsus yordamga muhtoj, tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar, VICH OITS bilan kasallangan bolalar uchun moslashuvchan, individuallashgan yordam tizimi va barcha bolalarni teng ko‘rishni ko‘zda tutadigan ta’lim turidir.
=== Taqdimot 14 ===
Inklyuziv ta’lim tamoyillari
=== Taqdimot 15 ===
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?
Mustaqil harakatlanish, birgalikda hamkorlikda ishlash imkoniyatini.
O‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini.
Dunyoqarashi kengayadi, hayot tajribasi oshadi.
O‘qishga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyoji ortadi.
O‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi.
Yotsirash, yakkalnish kabi hususiyatlari yo‘qoladi.
=== Taqdimot 16 ===
Inklyuziv ta’lim maqsadi
Inklyuziv ta’lim barcha o‘quvchilarga, ularning o‘rganish qobiliyati yoki nogironligidan qat’iy nazar, teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. U har bir talaba o‘zini qadrli va hurmatli his qiladigan qo‘llab-quvvatlovchi va inklyuziv muhit yaratishga qaratilgan
=== Taqdimot 17 ===
Inklyuziv ta’limning vazifalari
inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o‘rganish va bu muammolarni hal etish yo‘llarini izlab topish;
talabalarga inklyuziv va integratsiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish;
inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;
=== Taqdimot 18 ===
Inklyuziv ta’lim muassasalarining maqsad va vazifalarini belgilash;
Resurs o‘qituvchining ish faoliyati va maqsadi bilan tanishish;
Inklyuziv ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlarni o‘rganish;
O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish borasidagi nazariy, amaliy va huquqiy ahvolni o‘rganish;
=== Taqdimot 19 ===
inklyuziv ta’limga jalb qilish bosqichlarini, amaliyotga joriy etish yo‘llarini o‘rganish, ish tajribalarini tahlil qilish;
inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashning asoslarini o‘rganish;
inklyuziv ta’lim muassasalarining maqsad va vazifalarini belgilash;
inklyuziv ta’lim muassasalarining xodimlari vazifalari bilan tanishish;
inklyuziv ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlarni o‘rganish kabilardan iborat;
=== Taqdimot 20 ===
Inklyuziv ta’limdagi muammolar va imkoniyatlar
Inklyuziv ta’limning asosiy muammolaridan biri o‘qituvchilarning o‘qitish usullarini turli xil ta’lim uslublari va qobiliyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarga moslashtirishga bo‘lgan ehtiyojdir. Bu esa o‘qituvchilarning malakasini oshirish va doimiy rivojlanib borishni talab qiladi.
=== Taqdimot 21 ===
Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, inklyuziv ta’lim ko‘plab imkoniyatlarni ham taqdim etadi. Bu barcha o‘quvchilarda tegishlilik va qabul qilish tuyg‘usini rivojlantiradi, xilma–xillik, empatiyani rivojlantiradi va o‘quvchilarni maktabdan tashqarida uchraydigan turli xil va inklyuziv dunyoga tayyorlaydi.
Inklyuziv ta’limdagi muammolar va imkoniyatlar
=== Taqdimot 22 ===
Yordamga muhtoj insonlarga e’tiborsizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar.
O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlarining ehtiyojlarini his qiladi.
Qo‘llab quvvatlash yordam berishga intilish insonparvarlik hissi tarbiyalanadi.
Inklyuziv ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
=== Taqdimot 23 ===
Insonlarga, xususan imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi.
Tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi.
=== Taqdimot 24 ===
Inkyuziv ta’limda o‘qituvchiga tavsiya
O‘quv materialini imkoniyati cheklangan o‘quvchining qabul qilish darajasida beradi.
O‘quvchilarning barcha analizatoriga ta’sir qilgan holda ish olib boriladi.
O‘quv jarayonini samarali tashkil etishda interfaol usullarni qo‘llaydi.
=== Taqdimot 25 ===
Inkyuziv ta’limda o‘qituvchiga tavsiya
Kasbga yo‘naltirish va kasbgacha tayyorgarlik olib borishda maktab psixologi bilan hamkorlikda ish olib borish.
O‘zlashtirishni baholashda rag‘batlantiruvchi usullarni qo‘llash.
O‘zaro hamkorlikda ishlash orqali do‘stona munosabat munosabat muhitini yaratadi.
=== Taqdimot 26 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“INKLYUZIV TA’LIMNING HUQUQIY ASOSLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar