INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH BOSQICHLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Inklyuziv ta’limga jalb qilish bosqichlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
02
03
Ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limning pedagogik psixologik xususiyati.
Nogiron bolalar kasalligi darajalarining foizlarda taqsimlanishi.
Inklyuziv ta’limda to‘liq qatnashishlari.
=== Taqdimot 3 ===
Ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik xususiyati
Butun jahondagi ehtiyoj va ta’minot o‘rtasidagi bog‘liksizlik nogiron bolalarga ta’lim berish strategiyasini qo‘llab-quvvatlash g‘oyasining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, pullik maxsus maktablar va markazlar hamma holatda ham ularni ajratishni tezlashtiradi, lekin nogiron bolalarning trening va ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondira olmaydi.
=== Taqdimot 4 ===
Oddiy maktablar ko‘proq ahamiyat kasb etishi kerak. Ular maqsadli o‘qitish dasturlarini qaytadan tuzishlari lozim. Nogiron bolalarni o‘z ichiga oluvchi va turli xildagi o‘quvchilarning talabini qondiruvchi inklyuziv yondashuvni qabul qilishlari zarur. Inklyuziv ta’lim tizimining an’anaviy ta’limga yondashuvini taqqoslash asosida baholash mumkin.
=== Taqdimot 5 ===
Kelib chiqishi jihatidan umumiy parallel bo‘lgan hozirgi maktab tizimi va maxsus maktablar yo‘naltirish va integratsiyadan rivojlanib borayotgan inklyuziv maktablarga aylanib bormoqda. Rivojlanib borayotgan tizim uchun inklyuziv maktablar qo‘shimcha tanlanishi kerak bo‘lgan imkoniyat emas, balki majburiydir. Buning natijasida oddiy sinf xonasi nogiron bolalar ta’limi uchun birinchi imkoniyatga aylanadi. Og‘ir va murakkab qiyinchiliklari bor bo‘lgan bolalarga ba’zi hollarda boshqa turdagi markazlar yoki oddiy maktab ichida maxsus bo‘lim kabi dasturlar qo‘llanishi mumkin. Sinf xonasi ehtiyojni qondira olmagunga qadar, bu qo‘shimcha imkoniyatdan foydalanish tavsiya etilmaydi.
=== Taqdimot 6 ===
Yuqorida tilga olingan strategiyaning sog‘liqni saqlash xizmati bilan o‘xshashlik tomonlari bor. Kasallarning ko‘pchiligiga ularning uylarida yoki yaqin oradagi klinikalarda xizmat ko‘rsatiladi. Ba’zilariga shifoxonadan joy beriladi. Ularning juda oz qismi maxsus tibbiy yordam bo‘limida davolanadi. Odatda, biz burnimiz oqsa, shifokorga murojaat qilmaymiz. Shunga o‘xshash, ko‘pgina maxsus ta’limga muhtoj bolalarning ehtiyojlarini oddiy maktabning o‘zida ham qondirsa bo‘ladi.
=== Taqdimot 7 ===
Inklyuziv ta’lim tizimi
=== Taqdimot 8 ===
Ularning juda oz qismiga maxsus maktablarda mutaxassislar tomonidan zarur yordamlar ko‘rsatiladi. Berilayotgan ta’lim, albatta, bolaning haqiqiy ehtiyojlariga mos kelishi kerak. Shu yo‘l orqali qimmatbaho va eshitmaydigan mutaxassis xizmatlari zarur holatlar uchun saqlab qo‘yiladi.
=== Taqdimot 9 ===
Ushbu yangi yo‘nalishlarga bog‘liq holda, maxsus maktablar keng sur’atda resurs markazlariga aylana boshladi. Ular o‘zlarining yuksak tajriba va bilimlarini qo‘llay oladigan keng ko‘lamdagi dasturlarda qatnasha boshlashdi va faoliyatlarini oddiy maktablar, oilalar hamda jamiyat bilan bog‘lagan holda olib borishadi.
=== Taqdimot 10 ===
Maxsus ta’limga muhtoj bolalarning yo‘naltirilgan ta’limiga va umumiy ta’limga ikkita turli xildagi masala deb qaramaslik kerak. Oldingi ta’lim umumiy ta’lim rejasining qismi va qolipi vazifasini o‘tashi kerak. Hozirda biz ta’lim ta’minotini maxsus ta’limga muhtoj bolalarga yetkazib berilyapti va bu bilan ta’lim barchaga inklyuziv ta’lim tamoyilini qonun yoki islohot deb qabul qilib, maqsadimizga erisha olamiz. Inklyuziv ta’limda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim muassasasiga jalb qilinishi muhim hisoblanadi.
=== Taqdimot 11 ===
Respublikamizda ayni vaqtda aralash inklyuziv ta’limga ixtisoslashgan guruh va sinflarda imkoniyati cheklangan 3000 ga yaqin bolalar tahsil olmoqda. Loyiha ilk yo‘lga qo‘yilganlarning soni 47 nafar edi. Bu imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari ushbu maktablarga qatnayotgan o‘quvchilarning erishayotgan yutuqlarini ko‘rib, o‘z farzandlarini ham shunday maktab va bolalar bog‘chalariga olib kelishni afzal ko‘rishayotganidan dalolat beradi.
=== Taqdimot 12 ===
Inklyuziv ta’lim amaliyoti va ta’lim xizmatlarini tashkillashtirish va ularga fundamental, haqiqiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Maxsus ta’lim ehtiyojlarining kiritilishini shunday o‘zgarish desa bo‘ladi. Bolaning maxsus ta’limga ehtiyoji bor deyish, ta’lim sohasidagi maqsadlariga yetishishi uchun aniq, qisqa va uzoq muddatli pedagogik- psixologik yordam va xizmatlarga muhtoj demakdir.
=== Taqdimot 13 ===
Ta’lim muassasalari turli toifadagi o‘quvchilarga xizmat qilishi kerak. Bunga ko‘ra, maxsus ta’lim sinf xonalari va o‘qituvchi haqiqiy ta’lim bazasiga, maktab rahbari ehtiyojlarni qondiruvchi shaxsga aylanishi kerak. Javobgarlik sinf o‘qituvchisidan olib, boshqa mutaxassislarga berib qo‘yilmasligi kerak. Buning o‘rniga, ular ikkalasi uyushgan holda o‘zaro ish olib borishlari lozim. Bu kabi rivojlanishga butun ta’lim muassasalari islohotlaridagi izlanishlar sifatida qaralishi kerak.
=== Taqdimot 14 ===
Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi paytda oddiy maktab tizimiga qabul qilinmayapti. Bu holat maxsus ta’limga muhtoj bolalarning talablariga javob berolmaydi. Shu bois ham, bu sohaga o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. Shu sababli integratsiyaga maktab islohoti sifatida qaralishi zarur. Uning maqsadi mavjud aniq dasturlar doirasida barchaga ta’lim beruvchi maktab tizimini yaratishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Hozirgi vaqtda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish darajasi yildan-yilga oshib borilayotganligi kelajakda aniq dastur asosida maktab tizimini yaratishga zamin bo‘ladi.
=== Taqdimot 15 ===
Nogiron bolalar kasalligi darajalarining foizlarda taqsimlanishi
Respublikamizda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim darajasining yil sayin o‘sib borish statistikada ko‘rsatilgan. Ta’lim xizmatlarini rejalashtirishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining nogiron odamlar borasida ish yurituvchi jahon dasturi qo‘llanmasi doirasida faoliyat yuritish tavsiya etiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti taklifi bilan nogiron odamlarga teng imkoniyatlar belgilovchi standart qoidalarga to‘ldirish kiritilgan.
=== Taqdimot 16 ===
Birlashgan Millatlar Tashkilotining nogiron shaxslar imkoniyatlarini barqarorlashtirish to‘g‘risidagi standart qoidalari buni shunday izohlaydi:
“Hukumatning maktab va jamiyat miqyosida tushunarli va qabul qilingan aniq islohoti bo‘lishi kerak…” (N6.6-Qoida).
BMTga a’zo 120 ta mamlakat nogiron odamlarga boshqalar bilan teng ta’lim olish imkoniyatlarini beruvchi huquqlarni tan oluvchi siyosiy qonunlar yuritishi kerak. Nogiron shaxsning ta’limi iloji boricha umumiy maktab tizimida olib borilishi kerak.
=== Taqdimot 17 ===
Ta’lim-tarbiya organlari va majburiy ta’lim to‘g‘risidagi qonunlar javobgarlikni o‘z bo‘yinlariga olgan holda, turli darajadagi nogiron bolalarning holatlarini inobatga olib, majburiy ta’limga kiritishi shart.
Barcha bolalarning boshlang‘ich ta’limdagi ehtiyojlarini qondirish zaruriyati ta’lim barchaga inklyuziv maktabi doirasida maxsus ta’limga muhtoj bolalar uchun oddiy maktab tizimida ta’lim olishning yangi imkoniyatlarini ochadi.
=== Taqdimot 18 ===
Ta’limni rejalashtiruvchilar umumiy qabul qilingan 10% ko‘rsatkichni turli zarur muammolarni hal qilish va maxsus diqqat-e’tiborga muhtoj bolalarga yordam berish uchun asos qilib olishlari mumkin. Maxsus diqqat-e’tibor deganda, nogironligi og‘ir bolalarga xizmatlar ko‘rsatish, uni oldindan aniqlash, yordamni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘rta va yengil qiyinchiliklari bor bo‘lgan bolalarga kerakli yordamlar berish zarur bo‘ladi.
=== Taqdimot 19 ===
Nogironlik darajasi o‘ta og‘ir bolalarning soni kam va nogironlikning og‘irlik darajasi proporsional ravishda kamayib boradi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalarning 80% ga oddiy maktabda kerakli o‘zgartirishlar kiritish orqali va maxsus ehtiyojlar ta’limining boshlang‘ich treninglaridan o‘tgan oddiy maktab o‘qituvchilari yordamida ko‘mak berish mumkin. O‘rtacha darajadagi nogiron bolalarga oddiy sinf xonalari yoki maxsus guruh yoki bo‘limlarda chuqurlashtirilgan yordamlar ko‘rsatish orqali ko‘mak berish mumkin. Ular ko‘proq malakali o‘qituvchilarga muhtojdirlar.
=== Taqdimot 20 ===
Ular 5% dan kamroqni tashkil qiluvchi og‘ir nogiron o‘quvchilardir. Masalan, umuman ko‘zi ko‘rmaydigan va eshitmaydigan, maxsus muloqot qilish malakalari va alohida tayyorlov dasturlari texnikalarini o‘zlashtirgan o‘qituvchilarga muhtojdirlar. Inklyuziv ta’limga urg‘u berish maxsus maktablar va markazlarni chetga surish degani emas. Ulardan maxsus ko‘makka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatishdagi maxsuslashtirilgan va chuqurlashtirilgan xizmatlarning asosiy qismi sifatida mavjud bo‘lib qolish talab etiladi.
=== Taqdimot 21 ===
Talab qilinayotgan xizmatni belgilashda asosiy nuqtai nazar ayni bir bolaga qanday ko‘mak eng to‘g‘ri yordam bo‘lishiga qaratilishi lozim. Ko‘pgina mamlakatlarda maxsus maktablar hali ham an’anaviy ta’lim berish o‘chog‘i bo‘lib kelmoqda. Maxsus maktablar va markazlarning tajribalari har tomonlama yuqoridir. O‘zimizning bilim va tajribalarimizni ular orqali shakllantiramiz. Ular hukumat, jamiyat va ota- onalarga, nogiron shaxslarga qanchalik ko‘p yordam berilsa, ular shunchalik imkoniyat va bilimlarga ega bo‘lishlarini ko‘rsatib kelishgan.
=== Taqdimot 22 ===
Og‘ir daraja
Hozir ham bunday majmualar ko‘plab dasturlar uchun resurs markazlari, ichki trening bo‘lib, oilalarga va nogiron bolalarga yordam berish, oddiy maktablarda maxsus ta’limga muhtoj bolalarga ta’lim berish kabi xizmatlarni ko‘rsatishda katta o‘rinni egallab kelmoqda.
O‘rta daraja
Yengil daraja
20%
75%
5%
=== Taqdimot 23 ===
Respublikamizda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim muassasalariga kelishi va unda ta’lim olishi, kasb-hunar egallashga yo‘naltirilishi yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Ma’lumotlarga e’tibor beriladigan bo‘lsa, shaharlar kesimida bu ko‘rsatkichlarni tahlil qilish mumkin. Mavjud maxsus maktablarga ajratilayotgan investitsiyalar ularning yangi maqsadlari, oddiy maktablarda maxsus ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishiga qaratilgan vazifalarga sarflanishi kerak.
=== Taqdimot 24 ===
Maxsus maktablari kam yoki umuman yo‘q mamlakatlar inklyuziv maktablar ochish va maxsus xizmatlarni ko‘rsatish borasidagi harakatlariga kerakli maslahatlarni olishlari mumkin, ayniqsa, maxsus ehtiyojlar ta’limida o‘qituvchilar tayyorlashni amalga oshirish va kerakli jamoani tuzish, ularga ko‘plab bolalar va yoshlarga xizmat ko‘rsatishida kerak bo‘ladigan jihozlangan resurs maktablarini tashkil etish lozim.
=== Taqdimot 25 ===
Inklyuziv ta’limda to‘liq qatnashishlari
Inklyuziv ta’limda yangi fikrlarning talqin etilishi milliy islohot va maxsus yordamga muhtoj bolalar, yoshlar uchun istiqbolli dasturlarda aniq aks etishi lozim. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir.
=== Taqdimot 26 ===
Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi darkor hamda ularning bilim olishlarini ta’minlashi kerak. Maxsus ehtiyojlar ta’limi umumiy ta’lim tizimining bir qismidir. U jamiyat va mutaxassislar salohiyati, ularning munosabatlari, moliyaviy resurslarni taqsimlash va o‘qitish, o‘qituvchilar va maktab faoliyati borasidagi savollar bilan o‘zaro bog‘liqdir.
=== Taqdimot 27 ===
Ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o‘zgartirishlar kiritish muhimdir. An’anaviy ta’lim va maxsus ta’lim o‘rtasidagi to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy ta’limning bir qismi bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining o‘quvchilari, o‘qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda qo‘llanib kelinmoqda.
=== Taqdimot 28 ===
Hukumat miqyosida qabul qilingan islohotlarning muhimligi ularning ta’lim masalalarini yetarli darajada hal qilishida emas. Masalan, qay tarzda o‘qitish, balki ular sababli yuzaga kelayotgan munozaralarning tabiati va ta’lim tizimining boshqa bo‘limlarida yuritilayotgan siyosatning muhimligidadir.
=== Taqdimot 29 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH BOSQICHLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar