=== Taqdimot 1 ===
INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA LOGOPEDIK ISHLARNI TASHKIL ETISH
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Maktabgacha ta’lim bola 6 – 7 yoshga yetguncha oilada, hamda davlat va nodavlat maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim, Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
01
02
03
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasini Ta’lim to‘g‘risida qonunlari talablari asosida tashkil etildi.
=== Taqdimot 4 ===
Maktabgacha ta’limning vazifalari:
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
Bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;
Bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
Bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
Bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
Bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash.
=== Taqdimot 5 ===
Maktabgacha ta’lim muassasalari – O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassasalarining turi bo‘lib, turli yo‘nalishdagi maktabgacha bo‘lgan davrdagi umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.
=== Taqdimot 6 ===
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo‘nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta’lim muassasalari.
Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og‘ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog‘chasi.
Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog‘chasi, bolalar bog‘chasi, uydagi bolalar bog‘chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi-maktab).
=== Taqdimot 7 ===
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Birlashtirilgan turdagi bolalar bog‘chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog‘chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog‘lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko‘rinishda kiradi).
Tibbiyot gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish, tadbir va protseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog‘lomlashtirish bog‘chasi.
=== Taqdimot 8 ===
Maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo‘lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta’lim sifat va darajasiga bo‘lgan talablari, nizom, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta’sischilar tomonidan belgilanadi.
=== Taqdimot 9 ===
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil qilingan bo‘lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta’limni boshqarish va sog‘liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
=== Taqdimot 10 ===
Maxsus maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag‘lari, maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv-ta’lim va sog‘lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta’lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta’lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to‘liq ma’lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi Nizom” da ko‘rsatilgan.
=== Taqdimot 11 ===
Maktabgacha ta’lim muassasalari ishining o‘ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo‘linadi:
umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim muassasasi;
01
ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo‘gan bolalar uchun);
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo‘lgan bolalar uchun).
02
03
=== Taqdimot 12 ===
Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko‘rsatilgan shtampga ega bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 13 ===
Maxsus maktabgacha muassasalar ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi tiplarga bo‘linadi:
Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha muassasa;
Eshitishda og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha muassasa;
Ko‘rishda og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha muassasa;
=== Taqdimot 14 ===
Maxsus maktabgacha muassasalar ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi tiplarga bo‘linadi:
Psixik nuqsonli (psixik rivojlanishida kechikish, aqli zaif) bolalar uchun maxsus maktabgacha muassasa;
Tayanch-harakatlanish apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha muassasa;
Murakkab nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha muassasa.
=== Taqdimot 15 ===
Maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish:
=== Taqdimot 16 ===
Maxsus maktabgacha muassasalarga maktabgacha yoshdagi 2-7 yoshli bolalarning quyidagi toifalari qabul qilinadi:
nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, bolalar afaziyasi, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);
eshitishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar (I-IV guruh karlik, yomon eshituvchilar, orttirilgan karlik);
ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (ko‘zi ojiz bolalar, ambliopiya va g‘ilaylik, zaif ko‘radiganlar).
=== Taqdimot 17 ===
tayanch-harakatlanish a’zosida nuqsonlar bo‘lgan bolalar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holat, barcha tug‘ma rahit, jarohat, kuyish va kifozlar, lordozlar, kifoskolioz.
=== Taqdimot 18 ===
psixik rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar (aqliy orqada qolish, jiddiy aqliy orqada qolish, psixik rivojlanishning kechikishi);
nuqsonlari murakkab bo‘lgan bolalar (rivojlanishida 2 va undan ortiq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar).
=== Taqdimot 19 ===
Jismoniy yoki aqliy rivojlanishida turli nuqsonlar bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi va davolash orqali sog‘lomlashtirilishi quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
ta’lim, tarbiya va davolash (sog‘lomlashtirish)ning korreksion yo‘naltirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning maxsus metodologiyasidan foydalanish;
o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga tabaqalashtirilgan holda yondashish.
=== Taqdimot 20 ===
10-12 bola
Maxsus maktabgacha muassasada guruhlarning to‘ldirilishi bolalarning toifasiga va ularning yoshiga qarab va tegishli ravishda quyidagicha tarzda belgilanadi:
nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar;
kar bolalar;
8 bola
yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun;
10-12 bola
=== Taqdimot 21 ===
6 bola
Maxsus maktabgacha muassasada guruhlarning to‘ldirilishi bolalarning toifasiga va ularning yoshiga (ikki yoshdan boshlab va undan katta yoshdagi bolalar) qarab va tegishli ravishda quyidagicha tarzda belgilanadi:
ko‘zi ojiz bolalar;
yaxshi ko‘rmaydigan bolalar, ambliopiya, g‘ilay bolalar;
6-10 bola
tayanch-harakatlanish a’zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun;
6-10 bola
=== Taqdimot 22 ===
3 yoshgacha intellektida nuqsonlar bo‘lgan bolalar (aqliy qoloqlik) uchun – 6 bola;
uch yoshdan katta yoshdagi jiddiy aqliy orqada qolgan bolalar uchun -10 bola;
sil intoksikatsiyasi mavjud bo‘lgan bolalar uchun -15-20 bola;
tez-tez kasallikka chalinadigan bolalar uchun – 15-20 bola;
nuqsonlari murakkab bo‘lgan (ikki yoki undan ortiq nuqsonlar) bolalar uchun – 8-10 bola.
rivojlanishida boshqa chetga chiqishlar bo‘lgan bolalar uchun (endokrin kasalliklar) – 15-20 bola;
=== Taqdimot 23 ===
nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish).
eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II-IV darajadagi karlik).
koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlar, bir koʻzi soqqasi yoʻqligi (anoftalm), ambliopiya va gʻilay boʻlgan zaif koʻradiganlar).
Kimlar maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotganligi uchun bog‘cha puli to‘lamaydi?
=== Taqdimot 24 ===
tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqa, boʻgʻimlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish aʼzosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; ondrodistrofiya;
bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tugʻruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish aʼzolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari).
=== Taqdimot 25 ===
psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi).
murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).
sil kasalligining ilk koʻrinishi, shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.
=== Taqdimot 26 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.