ILK O‘RTA ASRLARDA HINDISTON

4000 so'm


Ilk-o‘rta-asrlarda-Hindiston

Slayd 1

Ilk o‘rta asrlarda Hindiston

Slayd 2

Reja:
Savdo aloqalari va madaniyat.
Gupta davlat.
Guptalar hukmronligi davrida ilm fan rivoji.
Aholining xo‘jalik mashg‘ulotlari.
Harsha davlati va Dehli sultonligi.
01
04
02
05
03

Slayd 3

Gupta davlat

Slayd 4

IV asrning boshlarida Hindiston bir necha o‘nlab mayda va yirikroq davlatlardan iborat bo‘lib, bu davlatlar tepasida kichik-kichik (podsholar)-rojalar turar edi, ular hukmron tabaqalarga-brahmanlar tabaqasiga (kohinlarga) va kshatriylar tabaqasiga (harbiy zodagonlarga) suyanar edilar.

Slayd 5

Chandragupta I ning vorislari zamonida, ulardan ayniqsa Samudragupta (340-380) va Chandragupta II (380-414) o‘zlarining istilolari bilan mashhur edilar. Gupta davlati Gang daryosining quyi oqimini ham, to uning dengizga quyiladigan joyigacha, shuningdek, Dekan yassi tog‘larining bir qismida to Narbat daryosigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olar edi. Gupta davlatining poytaxti Pataliputra shahri bo‘lgan.

Slayd 6

Gupta podsholari Sosoniylar Eroni bilan qizg‘in savdo-sotiq munosabatlarini olib bordi va madaniy aloqa qildi. Ular Hindistonning Shimoliy chegaralarini O‘rta Osiyolik qabilalarning hujumi xavfidan uzoq vaqtgacha saqlagan. Gupta davrida Hindiston iqtisodiy va madaniy jihatidan juda yuksalgan. Hozirgi Hindistonda eng keng tarqalgan Hinduizm dinining vujudga kelishi ham o‘sha davr bilan bog‘langandi.

Slayd 7

Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi asosan hali quldorlik xarakterini saqlab qolgan edi. Qullardan turli irrigatsiya va qurilish ishlarida, qishloq xo‘jaligida hamda ko‘pdan-ko‘p xizmatkor va malay sifatida uy-ro‘zg‘or ishlarida keng foydalanilar edi. Qullar Osiyodangina emas, hattoki Afrikadan ham keltirilar edi.

Slayd 8

Hind jamiyatida quldorlikka xos alomatlarning mavjudligi aholining kastalarga (tabaqalarga) qarab bo‘linishida ham namoyon bo‘lgan edi. Bu bo‘linish Gupta davrida ham saqlanib, yanada rivojlanmoqda edi.

Slayd 9

Qadimiy kastalarning to‘rtta asosiy turi:
1. Braxmanlar (kohinlar)
2. Kshatriylar (jangchilar)
3. Vayshiylar (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar)
4. Shudralar, sobiq qullarning va har toifadagi qaram kishilarning eng past tabaqasi bo‘lgan, (bular kishi hazar qiladigan ishlarni bajaruvchi kishilar yuritilgan), bo‘lib hali juda qadim zamonlarda tarkib topgan Hind jamiyati ijtimoiy strukturasining turli bosqichlarni ifoda etardi.

Slayd 10

O‘rta asrning boshlarida hind kastalari ancha rivojlandi, Braxmanlar va kshatriyalar, kohin va harbiy tabaqalarga aylanib ketdilar, davlat hokimiyati ularning qo‘lida edi, shu bilan birga ular juda ko‘p qullari bo‘lgan eng yirik yer egalari edilar. Ikkinchi bir o‘rtacha va past darajadagi kastalar vaqt o‘tishi bilan maydalashib bordilar. Gupta davrida kastalarning miqdori bir necha o‘n turdan oshdi. Jamiyatning shudraga oid eng tuban kastasi “hazarli kishilar” deb atalar edi, chunki ular oliy kasta vakillariga yaqinlashsa, bu oliy zotlarning go‘yo harom qiladi deb hisoblanar edi.

Slayd 11

Guptalar hukmronligi davrida fan va madaniyat

Slayd 12

Gupta davrida hind fani katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bir qancha hind munajjim (astronom)larining nomi Hindistondagina emas, uning tashqarisidayam mashhur edi. Bular orasida V-VI asrlarda yashagan,yunon fani va astronomiyasi bilan tanish bo‘lgan Aryabxata, Varaxamixira va Braxmagupta ayniqsa ajralib turadi. Hindistonda bu davrda tibbiyot, ayniqsa o‘t-giyohlar bilan davolash juda rivoj topgan edi. Adabiyot, she’riyat va drama sohasida Gupta davri o‘zidan keyingi ko‘pgina avlodlar uchun taqlid bo‘lib xizmat qiladigan juda yuksak namunalarini qoldirdi.

Slayd 13

IV asr oxiri va V asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan, buyuk, hind shoiri Kalidasaning asarlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Kalidasa qahramonlik mavzularidan bir nechta doston hamda afsonaviy va tarixiy mavzularda ko‘p dramalar yozdi.

Slayd 14

“Olqishlangan Shakuntala”dramasi ayniqsa katta dong qozondi, bu asarda nihoyatda nazokatli va shu bilan bir vaqtda o‘z yo‘lida juda og‘ir mashaqqatli to‘siqlarni yenga olgan jo‘shqin jasoratli oddiy hind ayolining ajoyib obrazi berilgan bu asar g‘arbiy Yevropaga 1789-yilda ma’lum bo‘lishi bilanoq qadimiy hind adabiyotiga juda katta qiziqish uyg‘otdi. Kalidasa o‘z qahramonlarini qisman klassik kitob tili sanskritda, qisman turli mahalliy lahjalarda gapirtiradi, bu esa o‘sha davrdagi Hindiston aholisining etnik jihatidan xilma-xil bo‘lganini ko‘rsatadi

Slayd 15

Harsha davlati va Dehli sultonligi

Slayd 16

VII asrning boshlarida Harsha (606-647) davlati birmuncha vaqt yuksalib bordi. Harsha Kanauja knyazligining rojasi edi, so‘ngra u butun Shimoliy Hindistonni o‘ziga bo‘ysundirdi. Harsha davlati gang daryosi vodiysi bo‘ylab Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo‘ltig‘igacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga oldi. Markaziy Hindistonning knyazlari ham Xarshaga vassal qaramlikda edi. Hammasi bo‘lib, 40 tacha knyaz unga qaram edi.

Slayd 17

Harsha imperiyasi uzoq umr ko‘rmadi. Ularning hokimiyati feodallashuv jarayonining kuchayishi, o‘z vassallari rojalar qudratining tobora kuchsizlanib borishi natijasida zaiflashdi, bu rojalar pirovardida butunlay mustaqil bo‘lib, markazga itoat qilmay qo‘ydilar. Harsha vafotidan keyin uning davlati parchalanib ketdi, uzoq vaqtgacha Hindiston chet el bosqinchilariga qarshilik ko‘rsatolmaydigan tarqoq bir mamlakat bo‘lib keldi.

Slayd 18

XII asr oxirlarida Hindistonga g‘azna istilochilari ikkinchi marta hujum qildi. 1175-yilga g‘azna hokimi Muhammad Guriy Panjobga bostirib kirib, uni egallagach, Sharqqa qarab siljishni davom ettirdi. 90 yillarda u Jamna bilan Gang daryolari o‘rtasidagi butun yerlarni, so‘ngra esa Bengaliyani bosib oldi, Guriy vafotidan (1206-yildan) keyin uning noibi Qutbiddin Oybek g‘aznadan ajralib chiqib, Hindistonning Shimolida (hozirgi Hindiston respublikasining poytaxti Dehlini markaz qilib) mustaqil davlat tuzdi. Yangi davlat poytaxt Shaharning nomi bilan Dehli sultonligi deb yuritiladigan bo‘ldi.

Slayd 19

Aholining xo‘jalik mashg‘ulotlari

Slayd 20

Sharq xalqlarining ertaklarida Hindiston afsonaviy boyliklar mamlakati sifatida tasvirlangan. g‘arbiy Yevropada ham hind rojalarining behisob boyliklari borligi haqida afsonalar keng tarqalgandi.
Hindistonning tillarda doston g‘aroyib boyliklari faqat tabiat in’omi bo‘lib qolmasdan, asosan uning mehnatsevar xalqi tomonidan yaratilgan edi. Dehqonlar og‘ir mehnati bilan kanallar qazilib, yangi yerlar obod qilinardi.

Slayd 21

Qishloq xo‘jaligida qadim zamonlardan buyon, sholi, paxta, shakarqamish va xilma-xil ziravorlar, choy yetishtirilar edi. Hind dehqoni sug‘oriladigan yerdan yiliga ikki marta hosil olardi. Osiyodagi ko‘plab mamlakatlarga paxta va sholi ekinlari Hindistondan tarqalgan. Hind hunarmandlari ko‘p sohalarda yuksak san’at darajasiga erishganlar. Zargarlar yaratgan zeb-ziynat buyumlari, oltin va kumushdan qilingan ko‘zachalari, idishlari uzoq mamlakatlarga ma’lum va mashhur edi.

Slayd 22

Fil suyagidan va yog‘ochning qattiq navlaridan yasalgan haykal va haykalchalar faqat Hindistondagi ibodatxonalarni bezab qolmasdan, balki qo‘shi mamlakatlar hukmdorlari, boy zodagonlari saroylarida ham bag‘oyat qadrlangan.
To‘quvchi kosiblar oddiy yog‘och dastgohlarda nihoyatda nafis va sifatli gazlamalar to‘qishardi. Ularning qanchalik o‘ziga xos bo‘lganligini ba’zi gazlamalarning “kechki shabnam”, “tanrohati” deb atalganligidan ham ko‘rish mumkin.

Slayd 23

Savdo aloqalari va madaniyat

Slayd 24

Qadim zamonlardan Hindiston yarim orolining g‘arbiy sohilida ko‘plab port shaharlari vujudga kelgan va tashqi savdo rivojlanishiga xizmat qilgan. Ularning eng yirigi Kalikut shahri edi. Mamlakat g‘arbidagi eng kuchli davlat ham Kalikut bo‘lib, uning hukmdori “dengiz hokimi”deb atalardi.
Port shaharlarining gavjum, sershovqin bozorlarida minglab chetdan kelgan mahalliy savdogarlar o‘z mollarimi sotishardi.

Slayd 25

Turli gazlamalar, ziravorlar va bo‘yoqlar, zeb-ziynat buyumlarini sotib olish uchun bu shaharlarga Xitoy, Afrika, Arabiston, O‘rta Osiyodan savdogarlar kelishardi.
Hindiston bilan savdoda arab savdogarlari eng faol qatnashib, port shaharlarida ularning qarorgohlari bo‘lardi.

Slayd 26

Hind olimlari matematika, tibbiyot va astronomiya sohasida katta yutuqlarga erishdilar. O‘rta asrlarda hind olimlari boshchiligida qurilgan rasadxonalar hozirgi kunga qadar saqlanib kelmoqda. Hind astranomlari yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi va uning shar shaklida ekanligi farazini yaratdilar.

Slayd 27

Hind tabiblari odam bosh suyagini ochib og‘ir jarrohlik muolajalarini qilganlar. Ular murakkab jarrohlik asboblar va og‘riqni qoldiruvchi dori-darmonlardan foydalanishni bilganlar. Hind tabiblari o‘z bilimlari va mahoratlari bilan butun sharq dunyosida mashhur edilar.

Slayd 28

E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!

Slayd 29

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“ILK O‘RTA ASRLARDA HINDISTON” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar