ILK O‘RTA ASRLARDA GEOGRAFIK BILIMLARNING RIVOJLANISHI
5000 so'm

Slayd 1
ILK O‘RTA ASRLARDA GEOGRAFIK BILIMLARNING RIVOJLANISHI
Slayd 2
Xristian geografiyasi
Qadimgi davlatlarda kartografiyaning rivojlanishi
Reja:
Qadimgi Rim geografiyasi.
Slayd 3
Ikki era chegarasida yashagan, grek millatiga mansub Strabonning (er. av. 64-yil – eramizning 20-yili) ilmiy ishlari katta ahamiyatga egadir. U Aleksandriyada yashagan va Eratosfenning ishlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan. U 43 kitobdan iborat “Tarix” va 17 kitobdan iborat “Geografiya” asarini yaratgan, “Tarix” asari saqlanib qolmagan, lekin “Geografiya” ning barcha qismi saqlanib qolgan. “Geografiya” asarida Strabon o‘sha davrdagi ma’lum davlatlarning tabiati va aholisi haqida ma’lumotlardan tashqari boshqa manbalarda uchramaydigan tarixiy faktlarni ham keltiradi.
Slayd 4
Strabon geografiyada tarixiy uslubdan tashqari hududni qismlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi(bu hozirgi rayonlashtirishga o‘xshaydi). Bu bilan geografiyaning asosiy vazifalaridan biri turli joylar, materiklar va okeanlar o‘rtasidagi farqlarni tasvirlash va aniqlashdir deb ta’kidlaydi.
Slayd 5
Strabon kishilar yashaydigan hududlarni aniq tasvirlab qolmay, inson yashamaydigan hududlarni yaxshi o‘rganish va bu hududlarning farqini aniqlash zarur degan fikrni keltiradi. U yerning sharsimonligini ta’kidlaydi. Tarixchi Strabon geografiyaning katta qismi siyosiy hayotga ta’luqli degan xulosaga kelib, geografiyada tarixiy uslubga asos soladi. U tabiatda, hayotda barcha narsa tinmay o‘zgarib turgan va bundan keyin ham davom etadi deb ta’kidlaydi.
Slayd 6
Starbonning o‘limidan 70 yil keyin mashhur astronom va geograf Klavdiy Ptolomey tug‘ilgan (90-168-yillar). U ham Aleksandriyada yashab, ijod qilgan. U 13 kitobdan iborat “Astronomiyaning buyuk tuzilishi” va 8 kitobdan iborat “Geografiyadan qo‘llanma” asarlarini yaratgan. “Geografiyadan qo‘llanma” asarining 1-kitobi geografiya va kartografiyaning nazariy masalalariga, hamda Yer haqidagi fikrlariga bag‘ishlangan. Keyingi kitoblarida oykumena tasvirlangan bo‘lib, tasvirlar Kanar orollaridan boshlanadi. 2-3 – kitoblar Yevropaga, 4-kitob Afrikaga, 5-6 kitoblar Kichik Osiyoga, 7-8- kitoblar Janubiy Osiyoga bag‘ishlangan.
Slayd 7
Ptolomey tuzgan xarita. Unda Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alarining shakllari ancha aniq tasvirlangan.
Slayd 8
Ptolomeyning olam tuzilishi haqidagi geotsentrik nazariyasi. Uning fikricha olam markazida Yer sayyorasi turadi va boshqa sayyoralar, jumladan Quyosh ham uning atrofida aylanadi. Uning bu nazariyani yaratishiga Aristotel g‘oyalari asos bo‘lgan.
Slayd 9
Ptolomey geografiya ilmiga bir qancha fundamental tushunchalarni kiritdi. Uning g‘oyalari va geografik dunyoqarashi ko‘p asrlar davomida ilg‘or kishilar uchun va umuman fan olamida e’tirozsiz haqiqatlar sifatida qoldi.
Slayd 10
Ilk o‘rta asrlarda Yaqin Sharq va Yevropa davlatlarida xristianlik dini tarqala boshladi. Rim hukmdorlari avval xristianlikni ta’qib qilgan bo‘lsa II asrdan boshlab davlat dini darajasiga ko‘tardilar. Xristian dunyoqarashi yunon faylasuflari ta’limotlarini rad qilar edi.
Vizantiya imperatori Yustinianning 529-yilda Afinadagi antik davr falsafa maktabini yopish to‘g‘risidagi farmoni xristian aqidalarining to‘liq g‘alabasi sifatida baholanadi. Shu davrdan boshlab har qanday diniy aqidadan xoli fikrlar ta’qib qilina boshlandi. Erkin fikrlovchilar qattiq jazoga duchor bo‘ldi.
Slayd 11
Xristian geografik dunyoqarashi asosan Tavrot tasvirlariga suyanadi. VI asrda Vizantiyada yashagan Kosma Indikоplоv ismli savdogar ko‘p joylarni kezib, 547-yilda “Muqaddas kitob asosida xristianlar shubha qilmasligi shart bo‘lgan Xristian olami topografiyasi” kitobini yozadi. Ptolomey va boshqa antik davr olimlarining Yerning sharsimonligi haqidagi fikrlaridan farqli ravishda u Yerni cho‘ziq to‘rtburchak ravishda tasvirlaydi va u har tomondan suv hamda samoviy devorlar bilan o‘ralgan deb hisoblaydi.
Slayd 12
Shimolda ulkan tog‘ bo‘lib, quyosh uni aylanadi, uning ortiga o‘tganda tun boshlanadi. Bu borada Kosma muqaddas yozuvlarga ko‘ra yahudiylar Misrdan qochib, sahroda yurganlarida xudoning ko‘rsatmasiga ko‘ra ko‘chmа ehrom – skiniya yasaganliklari, u to‘rtburchak bo‘lganligi, shuning uchun ham Yer shakli o‘sha ehromga o‘xshash bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning “hisobiga” ko‘ra olamning uzunligi 400 kunlik, kengligi 200 kunlik yo‘ldir. Kosmaning kitobi xristian ma’rifatining asosi bo‘lib qoldi va ko‘plab Yevropa tillariga tarjima qilindi. Bu kitob o‘rta asr geografik dunyoqarashiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi.
Slayd 13
Rim kartografiyasi falsafiy va nazariy masalalariga tayanuvchi grek kartografiyasidan farqli ravishda iqtisodiy, harbiy, ma’muriy va boshqa masalalarni hal etishga qaratilgan edi. Yirik yerlarning harbiylarga bo‘lib berilishi yer o‘lchovchi kasbining paydo bo‘lishiga olib keldi. III asrda maxsus yer o‘lchash xizmati tashkil etilgan. Yer o‘lchovchilar senturiyalarning kartalarini tuzishgan. Kartalar mis taxtachalarga tushirilib, biri Rim arxiviga ikkinchisi mahalliy hokimiyatga berilgan. Ulkan Rim imperiyasi hududida yo‘llarni o‘lchash ishlari elib berilgan. Har bir milyadan so‘ng masofani ko‘rsatuvchi ustun o‘rnatilgan. III asrda uzunligi 6,8 m, kengligi 34 sm o‘ramda Rim yo‘l kartasi tuzilgan.
Slayd 14
Geografik bilimlarning alohida bir ko‘rinishi paripllar yoki lotsiyalar bo‘lib, dengiz yo‘llari, qirg‘oq chiziqlarining holati va aholining hayot tarzini tasvirlash hisoblangan. Antik davrdan Gibraltar orqali Ispaniya qirg‘oqlari bo‘ylab suzish haqidagi “Messaliyalik peripli”, Qizil dengiz orqali Hind okeaniga chiqish va unda suzish haqidagi “Eritreya dengizi peripli” va Qora dengizda suzish haqidagi “Pont Evksinskiy peripli” asarlari saqlanib qolgan. Bunday bilimlar kelajakdagi geografiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Slayd 15
Ilk o‘rta asrlar antik davrda to‘plangan geografik bilimlarning unutilish davri bo‘ldi. Faqat Sharq uyg‘onish davridagina bu bilimlardan foydalanildi va ko‘plab kashfiyotlar qilindi. Ammo olam haqidagi tasavvurlar va bilimlar antik davrdagidek hech qachon yuqori darajaga erisha olmagan.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.