ILK O‘RTA ASRLARDA ERON

6000 so'm


Ilk-o‘rta-asrlarda-Eron

Slayd 1

Ilk o‘rta asrlarda Eron

Slayd 2

Sosoniylar davlati va uning ijtimoiy tuzumi.
01
02
Davlat tashkiloti va shahanshox.
03
Viloyatlarni boshqaruv.
04
Zardushtiylik davlat dini.
Reja:

Slayd 3

Sosoniylar davlati va uning ijtimoiy tuzumi

Slayd 4

III asrda (226-yili) parchalangan Parfiya imperiyasi o‘rnini Sosoniylar davlati egalladi. Uning tarkibiga Eronning bepoyon hududlari, Mesopotamiya, Hindiston, Sharqiy yassi tog‘ rayonlari kirardi. g‘arbiy hududlar ancha yuqoriroq madaniy darajaga erishdi.

Slayd 5

Avvalgi jamoa bu paytda alohida mulk bo‘lgan hududlar soni 240 taga yetdi. Faqat barcha qardosh qabilalar bir elat bo‘lib birlashgan edi.

Slayd 6

Sosoniylar imperiyasining asosiy aholisi sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bilan mashg‘ul edi. Tog‘li rayonlarda ko‘chmanchi chorvadorlar yashardi. Shaharlarning asosiy qismi mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan edi. Ularning eng kattasi poytaxt Ktesifon edi. Sosoniy shaharlari o‘z hunarmandchilik mahsulotlari bilan dunyoga nom taratganlar. (ajoyib gazlama, qurollar). Erondan buyuk ipak yo‘li o‘tgan edi.

Slayd 7

Qullar sotuvga qo‘yilgan, garovga berilgan, sotilgan qulning o‘rtacha narxi-500 dirham bo‘lgan, jinoiy ishlar uchun ozod kishini qullikka berilgan. Erkinlikka chiqarishning murakkabligi mavjud edi. Qullar ma’lum shartlar asosida mulkiga ega bo‘lishlari, shartnomalar tuzishlari mumkin bo‘lgan va “qisman ozodlikka chiqish”tizimi mavjud bo‘lib, unga asosan qul o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ma’lum qismini olgan.

Slayd 8

Qul mehnatidan asosan irrigatsiya va ziroat ishlaridan foydalanilgan. Qishloq xo‘jaligida ulardan foydalanish asta-sekin kamayib borgan. (Ziroatda intensiv usullardan foydalanish kerak edi). Yuqori tabaqalar eksplutatsiyaning yangi shakllarini qidira boshlaganlar.
Manbalarda mulkning dastkard degan shakli ko‘p tilga olingan. Unda qul yerga biriktirilgan, qul yersiz sotilmasdi.

Slayd 9

IV-V asrlarda jamoa a’zolari orasida mulkiy tabaqalanish jarayoni ancha chuqurlashgan, lekin u tugamagan va huquqiy jihatdan rasmiylashtirilmagan. Ozod zuzi atamasi jamoaning erkin a’zosiga nisbatan qo‘llanilgan. Endi bu atama ko‘proq o‘ziga to‘q, mustaqil urushga ot minib kira oladigan kishini anglata boshlagan. V asrga kelib bu atama kadxudo va dehqonga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Slayd 10

Davlat tashkiloti va shahanshox

Slayd 11

III asr boshlarida mashhur sosoniylar urug‘i vakili Ardasher butun fors, markaziy Eron, Fors g‘arbidagi Xuzistonni o‘z hukmronligi ostiga oldi. 226-yili u o‘zini davlat boshlig‘i deb e’lon qilgan. Sosoniylar sulolasiga asos solgan Ardasher 241-yilga qadar hukmronlik qilgan. Dastlabki Sosoniylar eski Parfiya zodagonlari bilan uzoq kurash olib borganlar.

Slayd 12

Zodagonlarning o‘z jamoalari bilan aloqalari uzib tashlangan. o‘z jamoasi bilan aloqasi zaifroq bo‘lgan aristokratiya Ardasherni qo‘llab, Sosoniylar g‘alabasiga ko‘maklashgan.
Meroslilikning qat’iy tartibi bo‘lmagan, lekin hukmdor albatta Sosoniylar urug‘idan bo‘lishi shart edi. U hayot chog‘idayoq o‘ziga ma’qul shahzodani o‘rinbosar etib tayinlashga harakat qilardi. Ko‘pincha saylov turli guruhlar o‘rtasida nizo tug‘dirardi

Slayd 13

Meroslikning qat’iy tartibi bo‘lmagan, lekin hukmdor albatta Sosoniylar urug‘idan bo‘lishi shart edi. U hayot chog‘idayoq o‘ziga ma’qul shahzodani o‘rinbosar etib tayinlashga harakat qilardi. Ko‘pincha saylov turli guruhlar o‘rtasida nizo tug‘dirardi.

Slayd 14

Ma’muriy apparat boshligi vazir (buyuk boshqaruvchilar). Uning majburiyatlari doirasi hali aniq belgilanmagan edi, chunki keng tarmoqli boshqaruv tizimi vujudga kelmagan edi.
Markaziy hukumatning ko‘proq diqqat e’tibori moliya, armiya va irrigatsiyaga qaratilgan. Moliya boshqarmasi soliq yig‘ish va jamoalar bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Slayd 15

Viloyatlarni boshqaruv

Slayd 16

Viloyatlarni boshqaruv sosoniylarga bo‘ysungan mahalliy hukmdorlar tomonidan amalga oshirilgan. Ular ma’lum darajadagi mustaqillikni saqlab qolgan edilar. Davlatning asosiy hududi bo‘lsa shahanshoh tomonidan quyilgan, vakillar tomonidan tasarruf etilgan. O‘ta muhim, ayniqsa markaziy osiyo bilan chegaradosh viloyatlarda gubernator shahanshoh urug‘idan qo‘yilgan.

Slayd 17

Zardushtiylik davlat dini

Slayd 18

Sosoniylar imperiyasini mustahkamlashda davlat dini zardushtiylik o‘ziga xos o‘rin tutgan. Faqat sosoniylar davriga kelibgina zardushtiylik din sifatida to‘la shakllanib bo‘ldi. Sosoniylar davri zardushtiyligi asosida dualistik g‘oya qorong‘ilik va yorug‘lik kuchlari o‘rtasidagi kurash masalasi yotadi. (bu davrda afsonaviy payg‘ambar Zaratushtraning “Avestoda” yozilgan fikrlari doirasidan ancha chetga chiqib ketgan edi).

Slayd 19

Murakkab va detallashgan ravishda ishlab chiqqan hududlar. (Axuramazda, Axriman. Anaxez, Zrvana) va tabiat kuchlariga quyosh, olov, yulduzlar sig‘inish juda ko‘p sonli ruhoniylar Xarbad va Ma’badlar tomonidan amalga oshirilgan.
o‘chmas olov yoqib turgan yuzlab ibodatxonalarda ibodat qilganlar, qo‘shiq aytilgan, muqaddas yozuvlardagi matnlar o‘qilgan.

Slayd 20

Zardushtiylik ibodatxonalari, “xarbod va ma’badlar” asosan qullar tomonidan ishlanadigan katta yer mulklarga ega edilar. Ularga katta in’omlar kelgan, bundan tashqari aholidan bajarilgan marosim uchun haq olingan. Din qoidalarini bajarmaslik ko‘pdan-ko‘p jarimaga sabab bo‘lgan.
Zardusht ruhoniylarning yuqori qatlami siyosiy hayotda muhim rol o‘ynagan.

Slayd 21

Ular qo‘lida ta’lim tizimi va sud bo‘lib, xalqning butun hayoti qattiq nazorat ostida edi. Shu sababli hamisha bu davrdagi ijtimoiy norozilik dahriylik libosi ostida bo‘lardi, ular orasida eng muhimlari Moniylik va Mazdakiylik hisoblangan.

Slayd 22

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!

Slayd 23

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“ILK O‘RTA ASRLARDA ERON” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar