IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLAR
6000 so'm

Slayd 1
IJTIMOIY TARMOQLARDA
AXBOROT XURUJLARI
VA TAHDIDLAR
Slayd 2
REJA:
1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi.
2. Ijtimoiy tarmoqlarning jamiyat hayotiga ta’siri muammolari.
3. Ijtimoiy tarmoq bu “ommaviy madaniyat”ning omili sifatida.
4. Ijtimoiy tarmoqlarda madaniy transformatsiya, integratsiya va diffuziya.
Slayd 3
“AXBOROT”
“Axborot” atamasi ko‘plab tavsifga ega. U ma’lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish, shuningdek, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, axborot bu to‘plangan, qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etiladigan ma’lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi “tushunishga oson shaklda berilgan bilimlar”dir. Lotin tilida “informatio” tushuntirish, bayon qilish demakdir. Keng ma’noda axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, “axborot bu biz unga va uning bizning hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir”.
Slayd 4
Axborot tahdidi – bu axborot xavfsizligi buzilishining potentsial yoki real tahdidini vujudga keltiradigan shart-sharoitlar va omillar majmuidir.
Slayd 5
“Axborot xuruji” deyilganida muayyan kuchlarning o‘z siyosiy maqsad va muddaolarini amalga oshirish yo‘lida eng avvalo mafkuraviy omillar, shuningdek, moddiy va ma’naviy ta’sir o‘tkazish orqali kishilar ongi, qalbiga yot g‘oyalarni singdirishni, ularning hissiyotlari, e’tiqodi, tuyg‘ulariga ta’sir etishni, turmush tarzi, mentalitetidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishni ko‘zlovchi xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi. Davlatning o‘z jamiyati xavfsizligini ta’minlashi vazifasi nuqtayi nazaridan olganda, axborot xurujlari axborot xavfsizligini buzish xavfini solgan sharoit va ijtimoiy omillar yig‘indisidir.
Slayd 6
BUGUNGI VOQELIKNI ILMIY TAHLIL QILISH ASOSIDA QUYIDAGI YO‘NALISHLARDA “AXBOROT XURUJI” OLIB BORILAYOTGANINI KO‘RISH MUMKIN:
Birinchi yo‘nalish – davlat rahbari, deputatlar, hukumat a’zolari sha’ni va faoliyatiga nisbatan xuruj;
Ikkinchi yo‘nalish – olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar mohiyatini tushirish, xalqning ishonchini yo‘qotishga qaratilgan intilish;
Uchinchi yo‘nalish – jamiyatni turli guruhlarga ajratish orqali defragmentatsiyalash, ularni bir-birlariga qarshi qo‘yish;
Slayd 7
BUGUNGI VOQELIKNI ILMIY TAHLIL QILISH ASOSIDA QUYIDAGI YO‘NALISHLARDA “AXBOROT XURUJI” OLIB BORILAYOTGANINI KO‘RISH MUMKIN:
To‘rtinchi yo‘nalish – milliy va ma’naviy qadriyatlarni barbod qilish, “ommaviy madaniyat”ga asoslangan soxta qadriyatlarni singdirish.
Beshinchi yo‘nalish – huquqni muhofaza etuvchi organlar – ichki ishlar, mudofaa, xavfsizlik idoralari faoliyatiga nisbatan salbiy kayfiyatni tug‘dirish;
Oltinchi yo‘nalish – kelgusida muayyan maqsadlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni ommalashtirish, ularni “xalq qahramonlari”ga aylantirish.
Slayd 8
Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Uinston Cherchillning: “Haqiqat o‘z shippagini kiyguniga qadar, yolg‘on butun dunyoni kezib chiqishga ulguradi” iborasi aynan axborot urushining mazmunini belgilab beradi.
Slayd 9
Globallashuv jarayonida yangi “axborot urushi” atamasi paydo bo‘ldi. Axborot urushi (information war) strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun raqibning axborot maydoniga informatsion ta’sir ko‘rsatish harakatidir. Axborot urushi raqib sanalgan mamlakat rahbariyatiga, uning jamoatchilik yoki diniy tashkilotlariga va ular qabul qiladigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy fikr va jamoatchilik ongini o‘ziga kerakli yo‘nalishda shakllantirishga urinishdir. Ta’sir qilishning asosiy vositalari kitoblar, kinofilmlar, televideniye, internet, OAV nashrlari hisoblanadi.
Slayd 10
Slayd 11
Qadimgi davrda davlatlararo nizolar jangga olib kelgan va ular o‘rtasidagi muammolar yechimi jang natijasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Biroq, davrlar o‘tib, “harbiy yechim” S.Xantingtonning “madaniy raqobat”iga aylangan bo‘lsa, bugungi kunda esa bu muammo F.Fukuyamaning “g‘oyaviy-mafkuraviy qobiq”qa o‘ralgan “axborot urushi” doirasida olib borilmoqda. Miloddan avvalgi II asrda xitoylik sarkarda Sun Szi tomonidan aytilgan: “Yuz marotaba jang qilib, yuz marotaba g‘alaba qozonish g‘alabaning a’losi emas, g‘alabaning a’losi jangga kirmasdan turib dushmanni mahv etishdir” g‘oyasi davrning dolzarb masalasiga aylanib bormoqda.
Slayd 12
SIYOSATSHUNOSLARNING FIKRLARIGA KO‘RA AXBOROT URUSHINING VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:
• Sof mafkuraviy ta’sir o‘tkazish;
• Mamlakat aholisiga noto‘g‘ri ma’lumot berish (davlat va hukumat rahbarlariga ishonchsizlik uyg‘otish, davlat siyosatining ayrim yo‘nalishlariga norozilik kayfiyatlarini tug‘dirish, rasmiy targ‘ibot va axborot manbalari va kanallariga ishonchni yo‘qotish);
• Fuqarolarga psixologik bosim o‘tkazishga urinish (mish-mishlarni tarqatish, nosog‘lom kayfiyat tug‘dirish, turli ijtimoiy guruhlar orasida dushmanona kayfiyatlarni millatchilik, ratsizm, diniy ekstremizm va fanatizmni yuzaga keltirish).
Slayd 13
IJTIMOIY TARMOQ
Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqotni o‘rnatuvchi, ko‘p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoqlardir.
Slayd 14
Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o‘zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O‘zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri do‘stlar va guruhlar tizimi.
Slayd 15
Fanlar tizimida “ijtimoiy tarmoq” iborasi birinchi bor Jon Berns tomonidan 1954-yilda kiritilgan. Uning fikricha, bir individning atrofidagi ijtimoiy tarmoqning kattaligi taxminan 150 kishidan iborat bo‘lishi mumkin.
Slayd 16
Bu sohada Ya. Moreno tomonidan eksperiment olib borilgan va u “Ijtimoiy tarmoqlar tahlili” fan tarmog‘ining asoschisi hisoblanadi.
Slayd 17
Sotsial tarmoqlar yangi fenomen bo‘lib, uning tashuvchilari nafaqat so‘zlar, balki rasm, surat, kino, video, tovush, veb-sahifa kabi, axborot yoki matnni tashuvchisi sifatida namoyon bo‘la oluvchi har qanday obyekt bo‘lishi mumkin.
Slayd 18
Keyingi chorak asr davomida shu sohada ish olib borgan olimlar tasnifiga ko‘ra, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning tahliliga asosiy 4 ta yondashuv mavjud:
Tuzilmali yondashuv (asosan tarmoqning geometrik shakliga e’tibor beriladi);
Resursli yondashuv (aktyorlar imkoniyatlari ularning resurslariga qarab tasniflanadi, bunda individual resurslar sifatida bilimlar, boylik, nufuz va boshqalari ko‘rib chiqiladi);
Slayd 19
Keyingi chorak asr davomida shu sohada ish olib borgan olimlar tasnifiga ko‘ra, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning tahliliga asosiy 4 ta yondashuv mavjud:
Normativ yondashuv (aktyorlar orasidagi ishonch darajasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda aktorlarning xulq-atvori va o‘zaro hamkorligiga ta’sir qiladigan norma, qoida va sanksiyalar o‘rganiladi);
Dinamik yondashuv (vaqt o‘tishi davomida tarmoqlardagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratiladi).
Slayd 20
Ijtimoiy tarmoqlar asta-sekin yoshlar ijtimoiylashuvida
kiber qaramlikni rivojlantirishi oqibatlariga olib kelishi mumkin.
Slayd 21
Slayd 22
KIBER QARAMLIK
Slayd 23
Internet tarmoq infratuzilmasi sifatida ochiq protokollar va standartlar asosida yaratilgan va rivojlangan. Shuning uchun ma’lumotlar aniq yoki shifrlanmagan shaklda tashiladi, bu esa ularni ushlab turish va o‘qish uchun mavjud qiladi. Shuningdek, jo‘natuvchining tashabbusi bilan ma’lumotlarni tarqatuvchi va elektron pochta foydalanuvchilarining pochta qutilarini varaqalar va broshyuralarni tarqatuvchilar haqiqiy pochta qutilarini to‘ldirganidek spam bilan to‘ldiruvchi spam-serverlar va “zombi tarmoqlar” mavjud.
Slayd 24
Mutlaqo har qanday foydalanuvchi noto‘g‘ri ma’lumot yoki nomaqbul tarkibdagi materiallarni nashr etishi mumkin: pornografik, nafratga sabab bo‘lgan materiallar, o‘z joniga qasd qilish materiallari, sektaviy materiallar, behayo so‘zlar va boshqalar.
Slayd 25
Slayd 26
Virtual dunyoda bizni qanday tahdidlar kutmoqda? Ular aldashlari, xafa qilishlari, qo‘rqitishlari yoki hatto tahdid qilishlari mumkin. Shuningdek ijtimoiy tarmoqda giyohvand moddalarni iste’mol qilishga, o‘z joniga qasd qilishga chaqiruvchi zararli ma’lumotlar, soxta diniy va mistik harakatlar, sektalar va boshqalar haqida ma’lumotlarga duch kelish xavfi doimo mavjud.
Slayd 27
Kiberjinoyat – bu zararli dasturlarni tarqatish, parollarni buzish, kredit karta raqamlari va boshqa bank rekvizitlarini o‘g‘irlash, internetdan foydalangan holda noqonuniy ma’lumotlarni tarqatish kabi jinoiy maqsadlarda odamlar tomonidan sodir etilgan harakatlar.
Slayd 28
Zararli dastur viruslarni o‘z ichiga oladi, ular kompyuterga va unda saqlangan ma’lumotlarga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, ular internet ulanishingizni sekinlashtirishi va hatto kompyuterda o‘zlarining nusxalarini global tarmoq bo‘ylab do‘stlaringiz, oilangiz, hamkasblaringiz va boshqalarning kompyuterlariga tarqatish uchun foydalanishi mumkin.
Slayd 29
Trolling – bu foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro haqorat va hokazolar bilan birga nizolarni rivojlantirish uchun internetda provokatsion maqolalar yoki xabarlarni joylashtirish.
Slayd 30
Kiberbulling – bu ijtimoiy tarmoqdagi postlar, tezkor xabarlar, elektron pochta xabarlari va SMS ko‘rinishida foydalanuvchilarga bildirilgan haqorat yoki tahdid.
Slayd 31
Vaqt o‘tishi bilan haqiqiy muloqot qobiliyatlari yo‘qoladi. Barcha muammolarni onlayn hal qilish odamni asotsial shaxsga aylantiradi.
Slayd 32
O‘zini past baholaydigan o‘smirlar ko‘pincha virtual muloqotni “yashashdan” afzal ko‘radilar.
Slayd 33
IJTIMOIY TARMOQLARDA
KIM “O‘TIRADI” O‘ZI?
Nazariy jihatdan, ularni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin:
Mustaqil odamlar – Mazkur guruh vakillari ijtimoiy tarmoqlarda juda kam kuniga, haftasiga yoki hatto oyiga bir marta paydo bo‘lishadi. Bunda ular sahifalarda o‘zi haqida unchalik ko‘p ma’lumot qoldirishmaydi, ba’zida umuman yashirishadi. Ular tarmoqqa faqat zarurat tug‘ilgandagina kimningdir manzili yoki telefonini izlash, muhim xabarga javob berish uchun kirishadi. Agar o‘z sahifasiga kirishga hojat bo‘lmasa, unga kirib o‘tirmasdi;
Slayd 34
IJTIMOIY TARMOQLARDA
KIM “O‘TIRADI” O‘ZI?
O‘tish davridagi kimsalar – ”Yuzerlar”ning mazkur guruhi o‘z akkauntlariga tez-tez kuniga bir martadan ortiq kirib turishadi. Bunda ularga aniq sababning keragi yo‘q shunchaki guruhlar yoki do‘stlari sahifalarini “varaqlash” xohishi: shu tariqa zerikishni yo‘qotadi. O‘tish bosqichida odamlar odatda taxminan ikki-uch oylab “turishadi”, keyin uchinchi tipga “sakrab o‘tishadi”. Kamdan-kam hollarda ushbu bosqichdan “mustaqil” bosqichga qaytiladi;
Slayd 35
IJTIMOIY TARMOQLARDA
KIM “O‘TIRADI” O‘ZI?
Tobe kishilar – Afsuski, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mazkur tipi eng keng tarqalgan. Bunday kishilar har 10-20 daqiqada o‘z sahifalarini yangilab turishni unutmaydi axir kimdir yozib qolishi mumkin-da! Yuzaga kelgan “hech narsa haqidagi” yozishma bir soatgacha cho‘zilishi va “xo‘jayin”ni reallikdan butkul ayirishi mumkin. Mabodo xabar bo‘lmasa, o‘zini keraksizdek his qila boshlaydi bu nimasi, hech kim menga yozmayapti! Bu tip vakillari ijtimoiy tarmoqlarda kuniga kamida 6-8 soat o‘tiradi va umrini “onlayn” holatda o‘tkazadi. Uning yoqtirgan tarmoqlarisiz bir yoki ikki kun yashashi nihoyatda mushkul.
Slayd 36
IJTIMOIY TARMOQLARNING
IJOBIY JIHATLARI
1. Uzoqdagi odamlar bilan aloqada bo‘lishga yordam beradi.
2. Ular sizga foydali ma’lumotlarni topish, yangi va qiziqarli narsalarni o‘rganish imkonini beradi.
3. Do‘stlar bilan ma’lumot almashishga imkoniyati.
Slayd 37
IJTIMOIY TARMOQLARNING
IJOBIY JIHATLARI
4. Insonning so‘z boyligi pasayadi va his-tuyg‘ularni, ifodalashda muammolar paydo bo‘ladi (chunki yozishmalar emotsional belgilar va so‘zlarning qisqartmalaridan foydalanishga imkon beradi).
5. Qaram odamlar tez-tez asabiylashadi va ruhiy muammolarga duch kelishadi.
Slayd 38
IJTIMOIY TARMOQLARNING
IJOBIY JIHATLARI
6. Ijtimoiy sohada. tarmoqlarda odamni o‘z joniga qasd qilishga olib keladigan, uning dunyoqarashini yomon tomonga o‘zgartirishi, psixikaga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar mavjud.
7. Kompyuterda uzoq vaqt ishlash sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin (chunki bu faoliyat kompyuter yoki noutbuk, telefon ekrani yonida bo‘lishni talab qiladi).
Slayd 39
IJTIMOIY TARMOQLARNING
IJOBIY JIHATLARI
8. Ijtimoiy tarmoqlar savodxonlik darajasini pasaytiradi (xat yozishda imlo va tinish belgilariga unda talablar yo‘q).
9. Kattalar tomonidan nazorat qilinmagan tarmoqda “osilib turish” jamiyatda qabul qilinganlardan farq qiladigan normalarning shakllanishiga olib kelishi mumkin: giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar va boshqalarni targ‘ib qilish.
Slayd 40
IJTIMOIY TARMOQLARNING
IJOBIY JIHATLARI
10. Ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt o‘tkazish o‘qishga loqaydlikka, baholarning yomonlashishiga, badiiy adabiyot o‘qishga vaqt yo‘qligiga va ichki dunyoning qashshoqlashib ketishiga olib keladi.
11. Ba’zi odamlar “do‘st” sifatida mutlaqo notanish odamlarni qo‘shishadi, bu ularni potentsial qurbonlarga aylantiradi.
12. Ijtimoiy tarmoqlar terrorchilik guruhlari, o‘lim guruhlari va boshqalarni shakllantirish joyiga aylanishi mumkin.
Slayd 41
E’TIBORINGIZUCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 42
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.