ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSH XUSUSIYATLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING
YOSH XUSUSIYATLARI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha.
2. Ichki sekretsiya bezlarining organizm faoliyatini boshqarishdagi funksional ahamiyati.
3. Miya bezlari (epifiz va gipfiz) va uning funksiyasi.
4. Qalqonsimon bez va uning funksiyasi.
5. Me’da osti bezlari.
6. Buyrak usti bezlari.
7. Jinsiy bezlar.
=== Taqdimot 3 ===
ODAM TANASIDAGI BEZLARI
BEZLAR
Tashqi sekresiya bezlari
Ter, yog‘, sut, so‘lak hamda oshqozon va ichak bezlar
Aralash bezlar
Oshqozon osti va jinsiy bezlar
Ichki sekresiya bezlari
Gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon va buyrak usti
=== Taqdimot 4 ===
Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish yo‘llari bo‘lmaydi. Shuning uchun ular endokrin bezlar deb atalib, grekcha endon-ichki va krino-ajratish, chiqarish so‘zlaridan olingan.
Chiqaruv yo‘li
Vena
Arteriya
=== Taqdimot 5 ===
Klod Bernar 1855-yilda ichki sekretsiya haqidagi tushunchalarni birinchi marta fiziologiyaga kiritdi. Ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi vegetativ nerv tizimining faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘ining idora etuvchi funksiyasiga bo‘ysunadi.
=== Taqdimot 6 ===
Ichki sekretsiya bezlari
Chanoq bezlari
Qorin bo‘shlig‘i bezlari
Bo‘yin va ko‘krak qafasi bezlari
Miya bezlari
Epifiz va gipofiz
Qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon bezlar
Me’da osti bezi va buyrak usti bezi
Jinsiy bezlar
=== Taqdimot 7 ===
1 – Epifiz;
2 – Gipofiz;
3 – Qalqon oldi bezi;
4 – Jigar;
5 – Moyak;
6 – Qalqonsimon bez;
7 – Ayrisimon bez;
8 – Buyrak usti bezi;
10 – Tuxumdon.
=== Taqdimot 8 ===
GIPOFIZ
No‘xatsimon, massasi 0,5-0,6 g ga teng bo‘lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan qismida joylashgan. U ishlab chiqaradigan gormonlar organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini uyg‘unlashtirishda katta ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 9 ===
GIPOFIZ
Gipofiz organizmdagi barcha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez hisoblanadi. Uning funksiyasi markaziy nerv tizimi tomonidan, ya’ni oraliq miyada joylashgan gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi.
=== Taqdimot 10 ===
GIPOFIZ BEZI
=== Taqdimot 11 ===
EPIFIZ
Bosh miyaning asosida, ya’ni o‘rta miya sohasida joylashgan bo‘lib, uning massasi 0,2 g. Unda melatonin gormoni ishlab chiqariladi, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. melatonin gormon gipofizning gonadatrop funksiyasini tormozlab, bolada vaqtidan ilgari balog‘atga yetish jarayonini susaytiradi. Uning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi, undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayib, balog‘atga yetish oldidan butunlay to‘xtaydi. Agar bu bezning funksiyasi oldinroq pasaysa, gipofizning gonadotrop funksiyasi kuchayib ketib, bolada vaqtidan ilgari balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘ladi.
=== Taqdimot 12 ===
QALQONSIMON BEZ
Bo‘yinning oldingi qismida joylashgan bo‘lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5-10 yoshli bolalarda 10 g, kattalarda 25-30 g gacha bo‘ladi. Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi.
=== Taqdimot 13 ===
TIREOTOKSIKOZ QALQONSIMON BEZ FUNKSIYASINING KUCHAYISHI
Iroksin gormoni normadan ko‘p sintezlanishi natijasida sodir bo‘ladigan. Uni aniqlagan olimning nomi bilan Bazedov kasalligi deb ham yuritiladi. Belgilari: Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, ba’zan bo‘yinning oldingi sohasi bo‘rtib chiqadi. Bemorda ko‘zning chaqchayishi, ko‘p terlash, asabiylashish, uyqusizlik, ozish, yurak o‘ynash holatlari sodir bo‘ladi. Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, bemor asabiylashadi, juda ozib ketadi. Kasallikning og‘ir turida bemor jarrohlik yo‘li bilan davolanadi (qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi).
=== Taqdimot 14 ===
TUGUNLI BUQOQ
=== Taqdimot 15 ===
QALQON OLDI BEZI
Bu bez to‘rtta bo‘lib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy og‘irligi 100-150 mg ni tashkil qiladi. Qalqon oldi bezlaridan paratgormon ishlab chiqariladi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi.
=== Taqdimot 16 ===
AYRISIMON BEZ
To‘sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo‘lib, to balog‘atga yetish davrigacha, ya’ni 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So‘ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi va yog‘ moddasiga aylanadi. 25 yoshda 25 gr, 60 yoshda 15 gr, 70 yoshda 6 gr.
=== Taqdimot 17 ===
BUYRAK USTI BEZLARI
Bu bezlar ikkita bo‘lib, nomiga monand o‘ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi. Ularning birgalikdagi og’irligi 10-20 g. Buyrakusti bezlari ikki qavat: ustki po‘stloq va ichki – miya qavatidan iborat. Buyrakusti bezining po‘stloq qavatida mineralokortikoid, glukokortikoid, androgen va esterogen gormonlari, ichki qavatida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi.
=== Taqdimot 18 ===
BUYRAKUSTI BEZINING PO‘STLOQ QAVATIDA
• Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashinuvi boshqarilishida ishtirok etadi.
• Glukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta’sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi. Allergik kasalliklarni susaytiradi, bu gormondan tayyorlangan dori (prednizolon, gidrokortizon) allergiya kasalliklariga qarshi ishlatiladi.
• Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
=== Taqdimot 19 ===
Buyrakusti bezlarining ichki miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta’siri bir xil bo‘lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda, qo‘rqqanda katexolamin hosil bo‘lishi kuchayadi. Shuning uchun bunday holatlarda odamning arterial qon bosimi ortadi, teridagi qon tomirlari torayadi va rangi oqarib, yurak urishi tezlashadi.
=== Taqdimot 20 ===
Buyrak usti bezining ichki qavatida adrenalin ishlanib chiqishi kamaysa, Addison, ya’ni bronza kasalligi yuzaga keladi. Belgilari: odam terisi bronza rangiga o‘xshab qoladi, muskullari bo‘shashadi, ozadi, qon bosimi pasayadi, tez charchaydi, jismoniy ish qobiliyati pasayadi. Buyrak usti bezining shish kasalligida (gipernefroma), uning tashqi po‘stloq qavatida ishlab chiqariladigan androgen gormoni ko‘p hosil bo‘ladi. Natijada yosh bolada balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘ladi. Ba’zan keksaygan ayollarning bu bezida shish paydo bo‘lsa, ularning iyagida soqol o‘sadi, ovozi erkaklarnikiga o‘xshab qoladi. Bemor jarrohlik yo‘li bilan davolanadi.
=== Taqdimot 21 ===
ME’DAOSTI BEZI
Bu bez me’daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, uzunligi 16-20 sm, massasi 70-80 g. Me’daosti bezi aralash bez bo‘lib, to‘qimasining 98-99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Bez to‘qimasining 1-2% i, ya’ni Bezning Langergans orolchasida insulin gormoni ishlab chiqariladi. Insulin gormoni qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar va muskul to‘qimalarida glikogen moddasi sifatida zaxira holda to‘planishini ta’minlaydi.
=== Taqdimot 22 ===
Me’daosti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko‘p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Sog‘lom odam qonida qandning normal miqdori 80-120 mg% bo‘ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150-250 mg% ga ko‘tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. Qondagi qandning miqdori normal bo‘lganda, u buyrak orqali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya’ni sog‘lom odamning siydigida qand mutlaqo bo‘lmaydi. Qonda qandning miqdori 140-150 mg% dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila boshlaydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko‘p suv iste’mol qiladi.
=== Taqdimot 23 ===
Aks holda teri ostidagi zaxira yog‘ moddalari parchalanib, glyukozaga aylanadi, hatto hujayra va to‘qimalar tarkibidagi oqsil, yog‘ moddalari ham glyukozaga aylanib, qonga o‘tadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi. 1921-1922 yillarda kanadalik olimlar Banting va Best sigir va cho‘chqaning me’da osti bezidagi Langergans orolchalari hujayralaridan maxsus preparat tayyorlab, uni insulin deb atadilar. Insulin hozirgi paytda qandli diabet kasalligiga uchragan bemorlarni davolashda keng qo‘llanilmoqda.
=== Taqdimot 24 ===
Ijtimoiy guruh va sog‘lom aktiv birlashmasi tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va sog‘liq borasidagi keng ko‘lamli ishlar va uzoqni ko‘zlangan reja asosida bajarilayotgan aholini xususan yolg‘iz onalarni ish bilan ta’minlash jarayoni bolalar va yoshlarning sog‘lom turmish tarziga o‘tishlarining kafolatli asosi bo‘lishi mumkin. Gradient tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarga qaraganda, ijtimoiy kapitalning o‘sishi natijasida amalga oshirilgan ishlar bolalar va yoshlarning sog’lig‘ini yaxshilashda judayam katta foydali natijalarga ega bo‘lmoqda. Va aynan shuning uchun rahbariyat va hukumat mahalliy organlarning aholini sog‘lomlashtirishga xizmat qiluvchi bir qancha isbotlangan uslub va rejalarni ishlab chiqishi asosida ijtimoiy kapitalning o‘rnini kengaytirish borasidagi ishlarga judayam katta e’tibor qaratishi lozim.
=== Taqdimot 25 ===
Bolalar orasidagi sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda hukumat shuningdek ijtimoiy qatlamning amalga oshirishi mumkin bo‘lgan har qanday islohot va bu reja uchun ajratiladigan investitsiyalarning erishila oladigan har qanday foydali natijalarini ko‘rib chiqishi va ushbu masala yuzasidan muhim ahamiyatga ega bo‘la oladigan amaliy xulosa chiqarishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
=== Taqdimot 26 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSH XUSUSIYATLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar