=== Taqdimot 1 ===
HUSNIXATGA O‘RGATISHNING DIDAKTIK TALABLARI VA METODIK SHARTLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Husnixatga o‘rgatishning gigiyenik talablari.
Husnixat darslariga qo‘yiladigan metodik talablar.
Yozuv qurollaridan foydalanish metodikasi.
=== Taqdimot 3 ===
O‘quvchilar juda ko‘p vazifalarni o‘qish, yozish, chizish va boshqa mashqlarni partada o‘tirib bajaradilar. Bu davrda o‘qituvchi o‘quvchilarni to‘g‘ri o‘tirishga o‘rgatishi, ularni ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratib berishi lozim. Buning uchun o‘quv yili boshida o‘qituvchi maktab shifokori bilan hamkorlikda bolalarni yoshiga, bo‘yiga hamda ko‘rish va eshitish qobiliyatlariga qarab partalarga o‘tqazishi lozim.
=== Taqdimot 4 ===
O‘quvchilar partasi sinfdagi asosiy jihoz bo‘lib, u o‘quvchilarning yoshlari va bo‘ylariga mos, yozish hamda rasm chizish uchun qulay bo‘lishi va o‘quvchi o‘tirib-turishiga xalaqit bermasligi lozim. Maktab partalari har xil kattalikda bo‘lib, hozirgi kunda ular turli yog‘och, metall va plastmassadan hamda ayrim sintetik materiallardan ishlanmoqda.
=== Taqdimot 5 ===
O‘quvchilarga mos partalar tanlash uchun avval uning asosiy tartib raqamlarini yaxshi bilish zarur. Buni quyidagi jadvaldan bilishingiz mumkin.
=== Taqdimot 6 ===
Parta ustining qiyaligi 15 darajaga teng bo‘lishi lozim, chunki bunday qiyalikda yozish va o‘qish juda qulay bo‘lib, ko‘z tez charchamaydi.
Qarash nuqtasi
=== Taqdimot 7 ===
Parta o‘rindig‘ining chuqurligi o‘quvchining tanasiga mos bo‘lishi, taxtasi orqa tomonga biroz qiya bo‘lishi, qulayroq o‘tirishi uchun orqa suyanchiqning balandligi o‘quvchining belidan yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich sinflar uchun A, B guruh partalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. “A” guruh partalari bo‘yi 130 sm gacha bo‘lgan bolalarga, “B” guruhi bo‘yi 145—160 sm gacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan.
=== Taqdimot 8 ===
Parta ustining pastki qirrasi bilan suyanchiq orasidagi masofa, ya’ni ko‘krak qafasi bilan uning qirrasi orasidagi masofa 4 sm bo‘lishi kerak. Bu masofa (distansiya) oraliq masofa deyiladi. Agar partaning oraliq masofasi kichik bo‘lsa, o‘quvchi juda siqilib, ko‘kragini partaning chetiga tirab oladi, agar oraliq masofa katta bo‘lsa, qo‘lni qo‘yib o‘tirishga noqulay bo‘ladi. Shu sababli ularning to‘g‘ri o‘tirishlarini ta’minlash uchun partaning oraliq masofasi to‘g‘ri saqlanishi lozim.
=== Taqdimot 9 ===
Partaning oraliq masofasi uch xil bo‘lishi mumkin: musbat, nol, manfiy. Musbat distansiyada parta ustining cheti bilan o‘rindiqning orasidagi masofa keng bo‘ladi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq o‘rindiqning ustiga emas, balki polga tushadi. Bunday holatda o‘tirish o‘quvchilar uchun noqulay bo‘lib, ular pastga egilib o‘tirishga majbur bo‘ladilar.
=== Taqdimot 10 ===
Nol distansiyada esa parta ustining cheti bilan o‘rindiqning orasida hech qanday masofa bo‘lmaydi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq o‘rindiq ustining chetiga mos bo‘ladi.
=== Taqdimot 11 ===
Manfiy distansiyada parta ustining cheti o‘rindiqning uchiga 4 sm masofada kirib turadi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq o‘rindiqning ustiga tushadi. Bunday partalar o‘quvchilar uchun qulay.
=== Taqdimot 12 ===
O‘quvchilarga parta tanlashda yana bir muhim narsa uning “differensiya”sining to‘g‘ri saqlanishidir. Partaning differensiyasi deb, parta qopqog‘ining cheti bilan o‘rindiq orasidagi masofaga aytiladi. Parta differensiyasining to‘g‘ri saqlanishi ham muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarga partada to‘g‘ri o‘tirish, gavdani to‘g‘ri tutish qoidalari vaqtida tushuntirib borilmasa, uzoq muddat noqulay sharoitda o‘tirish natijasida ularning gavda suyaklari qiyshiq bo‘lib qolishi mumkin. Ayniqsa, yozish vaqtida bir tomonga qiyshayib o‘tirish umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi. Bundan tashqari, partada noto‘g‘ri o‘tirish ko‘zni tez charchatadi, natijada yozuv sifati buziladi.
=== Taqdimot 13 ===
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish qoidalarini chuqur singdirish uchun “Partada qanday o‘tirish kerak?» mavzusida suhbatlar tashkil qilish va shunga oid ko‘rgazmali qurollardan foydalanish lozim. Bunday suhbatlarni bolalar maktabga dastlabki kelgan kunlaridan boshlash zarur. Bunda bolalarga noto‘g‘ri o‘tirishning zararli ekanligini aytib, shunga taalluqli fotosuratlar va rasmlarni ko‘rsatish lozim yoki quyidagicha suhbat olib borish ham mumkin:
=== Taqdimot 14 ===
To‘g‘ri o‘tiring. Boshingizni sal oldinga eging. Ko‘kragingizni partaning chetiga tiramang.
Boshingizni to‘g‘ri tuting. (Boshni chapga yoki o‘ngga qiyshaytirmang)
Ko‘z bilan daftar orasidagi masofani to‘g‘ri saqlang.
To‘g‘ri
Noto‘g‘ri
=== Taqdimot 15 ===
4. Tirsaklaringizni partaga yengil qo‘ying.
5. Oyoqlaringizni partaning oyoq qo‘yiladigan yeriga qo‘yib o‘tiring.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga amal qilmaslik natijasida o‘quvchilar asta-sekin mayib bo‘lib qolishlari mumkin.
Masalan, o‘quvchi partada haddan tashqari egilib o‘tirishga o‘rganib qolsa, uzoqni ko‘rolmaydigan bo‘lib, u faqat yaqin joydagi narsani ko‘rishga odatlanib qoladi.
=== Taqdimot 16 ===
Ko‘zni har xil uzoqlikdagi narsalarni aniq ko‘rishga moslashtirish ko‘zning “akkomodatsiyasi» deb ataladi. Akkomadatsiyaning hajmi, ya’ni ko‘zning har xil uzoqlikdagi narsani ko‘rish qobiliyati kattalarga nisbatan maktab yoshidagi bolalarda ko‘p bo‘ladi.
Masalan, 10 yoshli maktab o‘quvchisi 7 sm masofadagi narsani aniq ko‘rishi, 20 yoshda esa 10 sm masofadagi, 45 yoshdagi kishilar, 33 sm masofadagi narsalarni aniq ko‘ra olishlari mumkin.,
=== Taqdimot 17 ===
Shuning uchun yozish vaqtida ko‘z bilan daftar orasidagi masofaning 30 sm ga teng bo‘lishi talab etiladi, chunki bu masofa ko‘zni charchashdan saqlaydi Maktab yoshidagi bolalarda yaqinni ko‘rish kasalligining oldini olish uchun sinf xonasining yorug‘ bo‘lishi lozim. Partaga yorug‘lik yetarli darajada tushmasa, bolalarning ko‘ziga zo‘r keladi va ular juda tez charchaydilar.Shuning uchun ham yaqinni ko‘rish kasalligining oldini olishda o‘quvchilarning partada qanday o‘tirishi ma’lum darajada ahamiyatga ega, agar parta o‘quvchining bo‘yiga mos kelsa, u charchamaydi, ko‘zi bilan yozayotgan narsa orasidagi masofa bir xilda saqlanadi va yaqinni ko‘rish kasalligining oldi olinadi.
=== Taqdimot 18 ===
Qiya chiziqli daftarga yozib mashq qildirish orqali, qiya chiziqsiz ikki chiziqli daftarga o‘tiladi. Bunday daftarda mashq qilish o‘quvchilarga harflarning qiyaligini ko‘z bilan chamalab yozish imkoniyatini beradi.
Ikkinchi sinfdan boshlab, 3—4-sinflargacha bir chiziqli daftar tavsiya etiladi.
=== Taqdimot 19 ===
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etiladigan ruchkalarning yo‘g‘onligi ularning qo‘l barmoqlariga mos bo‘lishi kerak.O‘quvchilar uchun tavsiya etiladigan avtoruchkalarning bo‘yi 120 mm, yo‘g‘onligi esa 8 mm dan oshmasligi kerak.
=== Taqdimot 20 ===
Dastlabki kundanoq bollarni daftarni to‘g‘ri va ozoda tutishga o‘rgatib borish lozim.
Daftarni qog‘oz bilan o‘rash mumkin emas, chunki buklangan qog‘ozning qalinligi yozishga xalaqit beradi. Daftarni muqovalagandan ko‘ra o‘quvchi partaning ustki qavatining ozodaligiga va yozayotganda daftarning tagiga toza qog‘oz varag‘ini qo‘yishga o‘rgatib borish kerak. Ularning hammasi o‘quvchining daftarni tashqi tomondan ozoda tutishini nazorat qilib borishga o‘rgatadi.
=== Taqdimot 21 ===
O‘quvchilar daftar va doskadan foydalanishda quyidagilarni bilishi lozim:
Sana yoki tartib taqam qayerdan yozilishini.
Qatordagi so‘zlarning oraliq masofasi qanday bo‘lishi kerak.
Betni qanday yakunlash haqida tushuntirib o‘tish lozim.
Daftar hoshiyasidan tashqari qismiga yozish mumkin emasligini.
Bosh va kichik harflarni yozishda daftardagi yordamchi chiziqlardan amaliy foydalana olishni .
=== Taqdimot 22 ===
6. Grafik va orfografik xatolarni namunaga qarab tekshira olishni.
7. So‘z va gap tarkibida harflar shaklining standart talablari asosida bo‘lishi. Qo‘l uzmasdan yozish, sinflar kesimida yozuv tezligini egallash.
8. Bo‘r bilan yozish texnikasi egallash.
9. Nafaqat husnixat darslarida, balki barcha darslarda va sinfdan tashqari yozuv ishlarida, rasmiy ish qog‘ozlarini yozishda husnixat bilan yozishga amal qilish.
=== Taqdimot 23 ===
Husnixat darslarida o‘qituvchi quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
O‘quvchilarning husnixat bilan yozish ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, husnixatga o‘rgatish ishlarini uzviylik va uzluksizlik tamoyillari asosida tizimli ravishda tashkil etish.
O‘quvchilarning yozuvini har kuni nazorat qilish va yozuvining sifatini yaxshilash choralarini ishlab chiqish.
O‘quvchilardan orfografik to‘g‘ri, grafik aniq va tushunarli yozishlarini talab etish, o‘quvchilarning ikki varaq qog‘ozga ham pala-partish yozishiga yo‘l qo‘ymaslik, daftarini tartibli bo‘lishini doimo nazorat qilib borish.
=== Taqdimot 24 ===
4. O‘quvchilar yozuvidagi grafik kamchiliklarga: aniq va ravon yozuv, harfning grafik shakli, o‘lchami, harflarning o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harfga ulanishidagi kamchiliklarga e’tiborli bo‘lishi lozim.
5. Boshqa predmet darslarda ham o‘quvchilar yozuvini muntazam ravishda nazorat qilib borish.
6. Sinfda “Eng chiroyli dastxat” burchagini tashkil qilish.
=== Taqdimot 25 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.