GRAMMATIKA VA GRAMMATIK TUSHUNCHALAR BO‘YICHA 2-4 SINFLAR UCHUN METODIK TAVSIYALAR ISHLAB

5000 so'm


GRAMMATIKA-VA-GRAMMATIK-TUSHUNCHALAR-BO‘YICHA-2-4-SINFLAR-UCHUN-METODIK-TAVSIYALAR-ISHLAB-CHIQISH

Slayd 1

GRAMMATIKA VA GRAMMATIK TUSHUNCHALAR BO‘YICHA 2-4 SINFLAR UCHUN METODIK TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH

Slayd 2

Morfologiya haqida ma’lumot mavzusini o‘rganish yuzasidan 2-4 sinflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
01
Ot so‘z turkumini o‘rganish darslari yuzasidan 2-4 sinflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
02
Fe’l so‘z turkumi ustida ishlash yuzasidan 1-4 sinflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Son so‘z turkumini o‘rganish darslari yuzasidan 1-4 sinflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Reja:
Sifat so‘z turkumini o‘rganish darslari yuzasidan 3-4 sinflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
03
04
05

Slayd 3

“Ot” mavzusini o‘rganish tizimi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, bunda shu so‘z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlikda o‘rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Otni o‘rganish metodikasi

Slayd 4

“ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish
01
kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish
02
otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish
06
kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish
03
Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish vazifalari quyidagilar:
otlarda son (otning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi) bilan tanishtirish
04
otlarni egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish
05

Slayd 5

Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor ko‘proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. So‘zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, abstraktlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi.
Otni o‘rganishda izchillik 1-bosqichda

Slayd 6

Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O‘quvchilar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashga o‘rganadilar.
Otni o‘rganishda izchillik 2-bosqichda

Slayd 7

Otlarda son bilan tanishtirish
birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlarning ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash;
birlikdagi otdan ko‘plik shaklidagi va, aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish;
gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish.
3-sinfda “Otlarda son”, ya’ni otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda:

Slayd 8

Otlarda egalik qo‘shimchalari
“Egalik” ega bo‘lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi.

Slayd 9

Egalik qo‘shimchalari otlarga ikki variantda qo‘shiladi
-m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo‘shimchalari
oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga
oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga
-im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo‘shimchalari

Slayd 10

Otlarning turlanishi
Bosh kelishik
kim?, kimlar?, nima?, nimalar?
Qaratqich kelishigi
kim(lar)ning?, nima(lar)ning?, ba’zan qayerning?
Tushum kelishigi
kim(lar)ni?, nima(lar)ni? ba’zan qayerni?
Chiqish kelishigi
O‘rin-payt kelishigi
Jo‘nalish kelishigi
kim(lar)dan?, nima(lar)dan? ba’zan qayerdan?
kim(lar)da?, nima(lar)da? ba’zan qayerda?
kim(lar)ga?, nima(lar)ga? ba’zan qayerga?

Slayd 11

Boshlang‘ich sinflarda sifatni o‘rganish tizimi
1-2-sinf
Sifat bilan dastlabki tanishtirish.
3-sinf
Sifat haqida tushuncha berish.
4-sinf
Shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish.

Slayd 12

Sifat bilan tanishish
O‘qituvchi atrofimizni o‘rab olgan predmetlarning o‘z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko‘m-ko‘k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf).
Birinchi bosqich
Ikkinchi bosqich
Berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday shaftoli? Shirin, suvli, tuksiz shaftoli.
Uchinchi bosqich
-roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e’tibor beriladi.

Slayd 13

Boshlang‘ich sinflarda sonni o‘rganish tizimi
1. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash.
2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.
Boshlang‘ich ta’limda son uch yo‘nalishda o‘rganiladi:

Slayd 14

2-sinfda:
Nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs va narsaning sanog‘ini, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi.
4-sinfda:
Sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo‘sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lishi o‘rganiladi.
3-sinfda:
“Son – so‘z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda sonni o‘rganish tizimi

Slayd 15

Boshlang‘ich sinflarda fe’lni o‘rganish tizimi

Slayd 16

Fe’lni o‘rganishda izchillik. 1-sinfda fe’l ustida ishlash
Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan, o‘quvchilar o‘zlari bajargan harakatlarni aytishni so‘rab, ular bergan javobini (fe’lni) so‘roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o‘tkazish bilan tushuntiriladi.

Slayd 17

2-3-sinflarda fe’lni o‘rganish
Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o‘quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o‘qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni o‘quvchilarning o‘zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishni so‘raydi, suhbat o‘tkazadi. Suhbatda “O‘qituvchi nima qildi? O‘quvchilar nima qildilar? Hozir o‘qituvchi nima qilyapti? O‘quvchilar nima qilyaptilar? Endi o‘quvchilar nima qiladilar? O‘qituvchi nima qiladi?” kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida fe’llarni so‘rog‘i bilan yozib boradilar. Masalan, nima qildi? – so‘zladi, tushuntirdi; nima qildilar? – tingladilar, yozdilar; nima qilyapti? – tushuntirayapti, so‘rayapti, tinglayapti; nima qilayaptilar? – javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? – tekshiradi, ko‘radi; nima qiladilar? – ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar.

Slayd 18

4-sinfda fe’lni o‘rganish
1. Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo‘shimchasi bilan o‘zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko‘nikma hosil qilish; fe’lning leksik ma’nolari, bo‘lishli va bo‘lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.
2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bog‘liq holda o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.
3. Zamon qo‘shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko‘nikmani hosil qilish.
4. Qo‘shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko‘nikmani hosil qilish hisoblanadi.

Slayd 19

Fe’llarda zamon mavzusini o‘rganish
Hozirgi zamon
Nima qilyapti? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, hozirning o‘zida, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi.
O‘tgan zamon
Nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi
Kelasi zamon
Nima qilmoqchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi.

Slayd 20

Boshlang‘ich sinflarda holat ifadalovchife’llar bilan o‘quvchilar lug‘atini boyitish
Yomon ruhiy holatni ifodalovchi fe’llar
Sog‘inmoq, qumsamoq, ichikmoq, qayg‘urmoq, qiynalmoq, toliqmoq, azoblanmoq, afsuslanmoq, siqilmoq, ranjimoq, alam qilmoq, ozor chekmoq, alam chekmoq, tashvishlanmoq, ozor bermoq.
Yaxshi ruhiy holatni ifodalovchi fe’llar
Shodlanmoq, sevinmoq, quvonmoq, tantana qilmoq, g‘alaba qilmoq.
Hayajonli holatni ifodalovchi fe’llar
To‘lqinlanmoq, hayajonlanmoq, hayajonga solmoq, bezovtalanmoq, urintirmoq, ovora qilmoq, ranjitmoq, tashvishlanmoq, xavotirlanmoq, havotirga solmoq, hayron qoldirmoq, hayratlanmoq, to‘lqinlanmoq, hovliqtirmoq, achchiqlantirmoq, achchiqlanmoq.

Slayd 21

Ishonchli, dadil holatni ifodalovchi fe’llar
Dadillanmoq, jonlantirmoq, jonlanmoq, qizimoq, g‘ayratlantirmoq, ruhlantirmoq, ovutmoq, tinchlantirmoq, ovunmoq, tinchlanmoq, tinchitmoq, hotirjam bo‘lmoq, jur’at qilmoq.
O‘ziga ishonchsizlik holatini ifodalovchi fe’llar
Qo‘rqmoq, xadiksiramoq, cho‘chimoq, hurkmoq, nomus qilmoq, hijolat tortmoq.
Hayron qolish, ajablanish holatini ifodalovchi fe’llar
Ajablanmoq, hayron bo‘lmoq, hayratda qoldirmoq

Slayd 22

Ijobiy munosabatni ifodalovchi fe’llar
Sevmoq, hurmat qilmoq, zavqlanmoq, maftun bo‘lmoq, qoyil qolmoq, shodlanmoq, zavq bilan qaramoq, ulug‘lamoq, izzatlamoq, hurmatlamoq, erkalamoq, suymoq, silamoq, mehribonlik qilmoq.
Salbiy munosabat bildiruvchi fe’llar
Nafratlanmoq, yomon ko‘rmoq, achchiqlanmoq, jahli chiqmoq,, g‘azablanmoq, bo‘g‘ilmoq, achchig‘ini keltirmoq, achchiqlantirmoq, g‘azablantirmoq, qahrlanmoq.
O‘zgalarning kechinmalarini his qilish holatini ifodalovchi fe’llar
Istamoq, xohlamoq, ayamoq, achinmoq, tilamoq, rahm qilmoq, yoqlamoq, ma’qullamoq, hamdard bo‘lmoq.

Slayd 23

Fe’llarda shaxs-son qo‘shimchalari
Shaxs
Birlik
Misol
Ko‘plik
1-shaxs
-m
tayyorladim
-k
tayyorladik
2-shaxs
-ng
tayyorlading
-ingiz
tayyorladingiz
3-shaxs

tayyorladi
-lar
tayyorladilar

Slayd 24

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 25

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“GRAMMATIKA VA GRAMMATIK TUSHUNCHALAR BO‘YICHA 2-4 SINFLAR UCHUN METODIK TAVSIYALAR ISHLAB” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar