Go‘daklik va ilk bolalik davrida kattalar bilan bo‘ladigan muloqot
5000 so'm

=== Taqdimot: Go‘daklik va ilk bolalik davrida kattalar bilan bo‘ladigan muloqot.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Go‘daklik va ilk bolalik davrida kattalar bilan bo‘ladigan muloqot
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Go‘daklarning kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti
2. Ilk bolalik davrida o‘yinning ahamiyati
3. Ilk bolalik davrida muloqotning o‘ziga xosligi
4. Ota-onalar bola tarbiyasida foydalanadigan tarbiya usullari
=== Slayd 3 ===
Chaqaloq o‘zining hayotini shartsiz refleks, ya’ni qichqiriq bilan boshlaydi. Birinchi qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi qichqiriqni salbiy emotsiya deb ataydilar. Haqiqatdan ham chaqaloq o‘zining qichqirig‘i bilan uyquga, ovqatga, issiqlikka bo‘lgan ehtiyojini bildiradi.
Oilada bola tug‘ilishi bilan oila a’zolari u bilan muloqotga kirishishga harakat qiladilar.
=== Slayd 4 ===
Insonning tabiati shundayki, u atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lmasdan yashay olmaydi. Bola tug‘ilganda uning onasi o‘zining mehrini muloqot orqali beradi. Shuningdek, oilaning boshqa kattalari ham chaqaloq bilan muloqotda bo‘lmasdan turolmaydi.
=== Slayd 5 ===
Kattalar tomonidan bo‘ladigan to‘g‘ri muloqot chaqaloqda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiradi.
=== Slayd 6 ===
Chaqaloq bir oylik bo‘lganda “ga”, “da”, “ua” kabi nutq belgilari paydo bo‘ladi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda bo‘ladi.
Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab kattalarning labi va ko‘zlariga qarashdan boshlanadi. Ijobiy muloqotda bo‘lish uchun kattalar bolaga ko‘proq kulgilari bilan ta’sir etishlari maqsadga muvofiq.
Bolani qo‘lga olib ko‘targanda u juda xursand bo‘ladi. Bir yarim — ikki oylikda bola kattalarning jilmayishiga o‘zining kulgisi bilan javob qaytaradi. Ona bola uchun ehtiyojlarini qondiruvchi eng asosiy kishi. Ona uchun ham bola barchadan aziz.
=== Slayd 7 ===
Kattalar go‘daklar bilan doimo ijobiy emotsional munosabatda bo‘lishlari zarur. 4—5 oylik go‘dakning munosabati o’ziga xos xarakterga ega. U o‘z oila a’zolarini begona kishilardan ajratadi. Kattalar doimo go‘dak atrofida parvona bo‘laversalar, u o‘yinchoq o‘ynamaydi, onasidan ajrasa injiq bo‘lib qoladi.
=== Slayd 8 ===
So‘ngra u kattalarning og‘zidan chiqqan so‘zlami takrorlashga harakat qiladi. Bu davrdagi bolalar kattalarning harakatlarini taqlid qilish orqali egallaydi. Masalan, stol ustini artishga, idish-tovoqlarni ko‘tarishga harakat qiladi.
Kattalar bolaning ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, turli buyumlar bilan harakat qilishga ham o‘rgatadilar, ya’ni xatti-harakatlarini boshqaradilar. Bir yoshgacha bola kattalarning nutqini tinglaydi.
7-9 oylik bola kattalarning nutqini va harakatini diqqat bilan kuzatadi.
=== Slayd 9 ===
O‘yinchoq — ko‘ngilochar predmet bo‘lib qolmasdan, balki bolaning ruhiy rivojlanishi vositasidir. 2—3 yoshli bola o‘yinchoqlar bilan o‘ynay boshlaydi.
O‘yinchoqlar yorqin rangli, qo‘ng‘iroqli, ovozli bo‘lishi bolada ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Onasi bolaga o‘yinchoq o‘ynashni o‘rgatadi. O‘yinchoqlar bolaning idrokini rivojlantiradi. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda o‘yin bo‘lib hisoblanadi.
=== Slayd 10 ===
Kattalar o‘yinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. O‘yinchoq o‘ynaganda bolalar uni qimirlatishga va og‘ziga solishga, ichini ochib ko‘rishga harakat qiladilar. 9 oylik bolalarga endi o‘yinchoqdan tashqari qog‘oz, qalam ham berish kerak. Shunda bolada yozma nutqni, rasmlar chizish elementlarini shakllantirish mumkin bo‘ladi.
=== Slayd 11 ===
O‘yin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya, xayolot kabi ruhiy jarayonlar, ruhiy xususiyatlar shuningdek, xarakter xislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim rol o‘ynaydilar. Bolaning ongini o‘stirish uchun o‘yinchoqlar va o‘yin turlaridan ko‘proq foydalanish yaxshi natija beradi.
=== Slayd 12 ===
Ilk bolalik davrida o‘yinning ahamiyati
=== Slayd 13 ===
Bu davrda bolalar predmetli o‘yinchoqlarni ko‘proq o‘ynaydilar. Ayniqsa didaktik o‘yinchoqlar bola hayotida muhim o‘rin egallaydi. Bola endi bitta emas, balki bir necha o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi. Bu davrda bolalar kattalar bilan muloqotda bo‘lishga nisbatan ko‘proq o‘yinchoqlar bilan muloqotda bo‘ladilar.
=== Slayd 14 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinda taqlid qilish orqali kattalarning xatti-harakatlari, o‘zaro munosabatlarini ifodalaydilar.
Bu ularda muloqot rivojlanishiga yordam beradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘yin faoliyati o‘ziga xos xususiyatga ega. Ular ko‘proq harakatli, sport xarakteridagi o‘yinlarni o‘ynaydilar.
=== Slayd 15 ===
O‘smirlarda, ayniqsa, 5—6-sinf o‘quvchilarida o‘yinga bo‘lgan ehtiyoj saqlanib qoladi. Tanaffus paytlarida, darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘smirlar o‘yin faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Ularda o‘yin orqali muloqot shakllari rivojlanadi.
Umuman o‘yin faoliyati bolalar hayotida muhim o‘rin egallaydi.
=== Slayd 16 ===
Ilk bolalik davrida muloqotning o‘ziga xosligi
=== Slayd 17 ===
Ilk bolalik davrida bolalar kattalarga qaram bo‘ladilar, chunki ularning mustaqil harakat qilishlari qiyin.
Xatti-harakat xulq me’yorlarini bolalar kattalardan o‘rganadilar. Bu davrda bola xulqining motivi anglanilmagan bo‘ladi.
=== Slayd 18 ===
Bolaning ichki dunyosi shakllanishi kattalarga bog‘liq. Chunki bola kattalar kutgan muloqotni darhol bera olmaydi. Bola predmetlarga bo‘lgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qo‘llash orqali oladi. Kattalar agar bola bilan kam muloqotda bo‘lsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj bolada kattalarning muloqoti orqali o‘sadi.
=== Slayd 19 ===
Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yo‘l orqali amalga oshiriladi:
Kattalar nutqini tushunishi
Bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali.
=== Slayd 20 ===
Bolaning muloqot usullari:
Bola bilan onaning muloqoti faqatgina so‘zlar bilan emas, balki:
mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang, vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi.
Bular harakatga signal bo‘lib xizmat qiladi.
=== Slayd 21 ===
2 yoshli bolalar oldida o’yinchoqlar turgan bo‘lsa onasi unga “ber menga” deb o‘yinchoqni ko‘rsatsa darhol bola uni olib beradi.
“Mumkinmas”, degan so’z bolaning harakatlari to‘xtashiga signal bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, rozetkaga qo‘li tegayotganida, qizib turgan dazmolga qo‘li yaqinlashayotganida, oyoq kiyimlarga qo‘lini tekkizayotganida bu so‘zning aytilishi bola harakatlarini to‘xtashiga olib keladi.
=== Slayd 22 ===
3 yoshga to‘lganda bola kattalar bilan nutq orqali munosabatlarga bemalol kirisha oladi.
Bu yoshdagi bolalar kiyimini o‘zi kiyishga harakat qiladi.
O‘z ehtiyojlarini so‘zlar orqali bayon qila oladi.
Nutqni to‘la egallaydi.
Bola kattalarning ko‘rsatmasiga binoan xatti-harakatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga o‘rganadi.
U kattalarning o‘zaro muloqotini diqqat bilan tinglaydi, tushunishga harakat qiladi.
=== Slayd 23 ===
Bu davrda bolalar ertak, hikoya, she’rlarni eshitishni juda yaxshi ko‘radi. Bu — bolaning tashqi olamni bilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
=== Slayd 24 ===
1,5 yoshli bolalar 30—40 so‘zdan 100 gacha bo‘lgan so‘zlami egallaydi, xalos. 2 yoshdan so‘ng bolalar kattalarga juda ko‘p savollar bilan murojaat qiladilar.
“Bu nima?”, “Nimaga bunaqa?” kabi savollar bolaning nutqi o‘sayotganidan dalolat beradi.
=== Slayd 25 ===
2 yoshning oxirigacha bola 300 ta so‘zni o‘rganadi. 3 yoshning oxiriga borib, 500 dan —1500 gacha so‘zni bilib oladi. Lekin bu yoshdagi ayrim bolalar nutqi avtonom bo‘ladi, ular nonni “nanna”, suvni “umma” kabi iboralar bilan ataydi. Asta-sekin kattalar bolalar bilan to‘g‘ri muloqotda bo‘lsalar, bu avtonom nutq yo‘qolib boradi, ya’ni bola har bir narsani o‘z nomi bilan ayta boshlaydi.
=== Slayd 26 ===
Bolaning bitta aytgan so‘zi uning aytmoqchi bo‘lgan gapini ifodalab beradi. Masalan, “oyi” desa oyisi bolaga non berishi yoki suv olib berishi mumkin. Shu bilan bolaning ehtiyoji qondiriladi. Bolani muloqotga o‘rgatish uning ruhiy jarayonlari rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir etadi. Bu davrda bolalar nimani xohlasa o‘sha zahoti muhayyo bo‘lishi kerak. Lekin buni asta-sekin tarbiyalash orqali yo‘qotish mumkin, ya’ni sabrli bo‘lishni bolaga yoshlikdan o‘rgatish lozim.
=== Slayd 27 ===
3 yoshli bolalarda birinchi “inqiroz” davri boshlanadi. Bu davrda bolalarda “hamma ishni o‘zim qilaman”, “men o‘zim” degan tushunchalar shakllanadi. Ular qaysar, injiq bo‘lib qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda e’tiborliroq bo‘lishlari lozim.
=== Slayd 28 ===
3 yoshdan so‘ng bolalardagi krizis (inqiroz) davri sekinlashib qoladi. Bolaning kattalar bilan bo‘ladigan muloqotlari normallashadi. Bola bu yoshda ota-onaning diqqat markazida bo‘lmaydi, chunki uning kichik ukasi bo‘lishi mumkin.
Hozirgacha u kattalarning diqqat-e’tiborida bo‘lgani uchun endi uning fikricha ota-onasi faqat bir-biri bilan munosabatda bo‘lib, unga e’tibor bermay qo‘yishyapti. Unga tushunarli bo‘lmagan narsalar haqida gaplashadilar. Bu unga yoqmaydi, natijada injiq bo‘lib qoladi.
=== Slayd 29 ===
Haqiqatda esa bola ancha mustaqil bo‘lib qolgani uchun onasi undan ko‘ngli to‘lib, kamroq e’tibor beradi, bu esa bolaga yoqmaydi. Shuning uchun ota-ona bu davrdagi bolalarga e’tiborliroq bo‘lishlari lozim. Shunday vaziyat ham bo‘ladiki oilada onasi bilan qoladi, yoki otasi bilan yashaydi. Ko‘pincha bola balog‘atga yetmaganligi uchun onasi bilan yashaydi. Bunday oila noto‘liq oila deyiladi. Bunday oilada o‘sayotgan bola avval otasi yo‘qligini his qilmaydi, lekin birdaniga his qilib, u qo‘zg‘aluvchan, hissiyotga beriluvchan bo‘lib qoladi. Ota-onalar farzandi uchun mas’uliyatni his qilishlari lozim. Chunki bola ota-onasining munosabatlarida aybdor emas. Agar bola sog‘lom o‘ssa, bolalar bog‘chasiga beriladi. U yerda bola yangi kishilar bilan, yangi tengdoshlari bilan yangicha munosabatlarga kirishadi.
=== Slayd 30 ===
Ota-onalar bola tarbiyasida quyidagi usullardan foydalanadilar:
=== Slayd 31 ===
1. Avtoritar uslub — boshqarish qattiqqo‘llik asosida olib boriladi. Boladagi tashabbus ota-onalar tomonidan taqiqlanadi.
Har bir xatti-harakati albatta jazolanadi. Bu usul orqali tarbiyalangan bolalar qo‘rqoq, jur’atsiz bo‘lib qoladilar, o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmaydilar. Chunki ota-ona ularga sharoit yaratib bermaydi.
=== Slayd 32 ===
2. Liberal uslub — bu usulda ota-ona farzandiga befarq bo‘ladi, u nimaga qiziqadi, nimaga layoqati borligiga qiziqmaydi. Bola nima yomon, nima yaxshiligini bila olmaydi. Natijada bolalar mustaqil va faol harakat qila olmaydilar. 3. Demokratik uslub — tarbiyaning mahsuldor usuli bo‘lib, unda ota-ona farzandiga bor mehrini berib, uning qiziqishlari, imkoniyatlari bilan hisoblashadi. Bolaning erkin fikrlashini istaydi. Bu usul bolani to‘g‘ri tarbiyalash imkonini beradi.
=== Slayd 33 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.