FORS TILIDA SIFATDOSH

6000 so'm


FORS-TILIDA-SIFATDOSH

Slayd 1

FORS TILIDA SIFATDOSH

Slayd 2

Sifatdosh
Fe’llik va sifatlik xususiyatlarini anglatuvchi fe’l formasi sifatdosh deyiladi.
Sifatdosh xuddi fe’l kabi zamon tushunchasini ifodalaydi, O‘tgan zamon sifatdoshi bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarda bo‘ladi va fe’ldek nisbatlarda tuslanadi. Sifatdoshning sifatlik xususiyati sifat kabi predmetning belgisini bildirishidir. Bunda sifatdosh ot oldidan kelib, u bilan izofa orqali birikadi va gapda aniqlovchi vazifasini bajarib keladi.

Slayd 3

O‘tgan zamon sifatdoshi o‘tgan zamon fe’l negiziga -e qo‘shimchasi ni qo‘shish orqali yasaladi.
O‘tgan zamon sifatdoshi aniq va majhul nisbatda bo‘lishi mumkin. O‘timsiz fe’llardan aniq nisbat va o‘timli fe’llardan majhul nisbat ma’nolaridagi sifatdoshlar yasaladi.
O‘tgan zamon sifatdoshi

Slayd 4

O‘timli fe’llardan yasalgan sifatdoshlar
Fe’l
O‘zak
Sifatdosh
آمدن
آمد
آمده
omadan
omad
omade
kelmoq
kelgan
ترسیدن
ترسید
ترسیده
tarsidan
tarsid
tarside
qo‘rqmoq
qo‘rqqan
نشستن
نشست
نشسته
neshastan
neshast
neshaste
o‘tirmoq
o‘tirgan

Slayd 5

O‘timli fe’llardan yasalgan sifatdoshlar
مردن
مرد
مرده
mo‘rdan
mo‘rd
mo‘rde
o‘lmoq
o‘lgan
رفتن
رفت
رفته
raftan
raft
rafte
bormoq
borgan
گذشتن
گذشت
گذشته
go‘zashtan
go‘zasht
go‘zashte
o‘tmoq
o‘tgan

Slayd 6

O‘timsiz fe’llardan yasalgan sifatdoshlar
Fe’l
O‘zak
Sifatdosh
خواندن
خواند
خوانده
xondan
xond
xonde
o‘qimoq
o‘qigan
نوشتن
نوشت
نوشته
naveshtan
navesht
naveshte
yozmoq
yozilgan
شستن
شست
شسته
sho‘stan
sho‘st
sho‘ste
yuvmoq
yuvilgan

Slayd 7

O‘timsiz fe’llardan yasalgan sifatdoshlar
گفتن
گفت
گفته
go‘ftan
go‘ft
go‘fte
aytmoq, demoq
aytilgan
بریدن
برید
بریده
bo‘ridan
bo‘rid
bo‘ride
kesmoq
kesilgan
خریدن
خرید
خریده
xaridan
xarid
xaride
sotib olmoq
sotib olingan

Slayd 8

Ba’zi fe’llar bir vaqtda ham o‘timli, ham o‘timsiz bo‘lishi mumkin. Masalan:
شکستن
shekastan
singan va sindirilgan
آموختن
omuxtan
o‘rgangan va o‘rgatilgan
ریختن
rixtan
quygan va quyilgan

Slayd 9

Bu fe’llardan yasalgan sifatdoshlar gapning mazmuniga ko‘ra aniq yoki majhul nisbat ma’nosini anglatishi mumkin. Masalan:
شکسته
shekaste
singan va sindirilgan
آموخته
omuxte
o‘rgangan va o‘rgatilgan
ریخته
rixte
quygan va quyilgan
Sifatdoshda urg‘u sifatdosh oxiridagi ه -e qo‘shimchasi ga tushadi.

Slayd 10

O‘tgan zamon sifatdoshi gapda:
1. Aniqlovchi bo‘lib keladi. Masalan:
سال گذشته
sol-e go‘zashte
o‘tgan yil
دانشجوی نشسته
doneshju-ye neshaste
o‘tirgan talaba
خوراکهای ناپخته
xo‘rokho-ye nopo‘xte
pishirilmagan ovqat
2. Ba’zi bir sifatdoshlar otlashadi va otga xos bo‘lgan butun morfologik belgilarni qabul qiladi va gapda ot bajargan vazifalarda ishlatiladi. Masalan:
دیده
dide
ko‘rilgan, ko‘z
گفته
go‘fte
aytilgan, so‘z, gap
گذشته
go‘zashte
o‘tgan, o‘tmish
مرده
mo‘rde
o‘lgan, o‘lik

Slayd 11

O‘tgan zamon sifatdoshi gapda:
3. O‘tgan zamon sifatdoshi ba’zi bir otlar bilan birikib, predmetning belgisini bildiruvchi murakkab sifatdosh yasaydi. Masalan:
روزنامه نگاری کار آزموده
ruznomenegori-ye kor ozmude
tajribali jurnalist
کشورهای نو رسته
keshvarho-ye no‘u raside
Yangi mustaqillikka erishgan mamlakatlar
درخت سبز شده
deraxt-e sabz sho‘de
ko‘kargan daraxt

Slayd 12

Hozirgi zamon sifatdoshi
Hozirgi zamon sifatdoshi hozirgi zamon fe’l negiziga نده -ande, ان – on, ا – o qo‘shimchalarini qo‘shish orqali yasaladi.
1. اند ه – ande qo‘shimchasi juda mahsuldor bo‘lib, ko‘pchilik fe’llardan sifatdosh yasaydi.
صفت فاعلی
=
نده qo‘shimchasi
+
fe’lning hozirgi zamon o‘zagi
fe’l
نویسنده
نده
نویس
نوشتن
خواننده
خوان
خواندن
شنونده
شنو
شنیدن

Slayd 13

Hozirgi zamon sifatdoshi
Bu qo‘shimcha orqali yasalgan so‘zlar sifatdosh deb atalsalar ham, lekin hozirgi zamon fors tilida
o‘zlarining sifatdoshlik xususiyatlarini yo‘qotib, asosan ot bo‘lib keladilar. Masalan:
از فروشنده خواهش کردیم که کفش دیگری به ما نشان بدهید.
Az fo‘rushande xohesh kardim ke kafsh-e digari be mo neshon bedehid
Sotuvchidan bizga boshqa tufli ko‘rsatishini iltimos qildik.

Slayd 14

Agar hozirgi zamon fe’l negizi cho‘ziq unli bilan tugagan bo‘lsa,نده ande qo‘shimcha oldidan birی y orttiriladi. Masalan:
صفت فاعلی
=
نده qo‘shimchasi
+
fe’lning hozirgi zamon o‘zagi
fe’l
گوینده
نده
گو
گفتن
نماینده
نما
نمودن
ande qo‘shimcha orqali yasalgan sifatdoshlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra ot bo‘lib kelganliklari نده – uchun otlarga xos bo‘lgan butun grammatik belgilarni qabul qiladilar. Masalan:

Slayd 15

Bu qo‘shimcha orqali yasalgan hozirgi zamon sifatdoshlari o‘zbek tiliga ko‘plab o‘zlashgan. Masalan: xonanda, pazanda, kashanda, gazanda, namoyanda, shinavanda …
نویسندگان جمهوری ازبکستان با خوانندگان آثار خویش ملاقات نمودنند.
Navisandegon-e jo‘mhuri-ye O‘zbakeston bo xonandegon-e osor-e xish mo‘loqot namudand
O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilari o‘z asarlarining o‘quvchilari bilan uchrashdilar.

Slayd 16

2) ا –on qo‘shimcha kammahsul bo‘lib, ba’zi fe’llardangina sifatdosh yasaydi.
صفت فاعلی
=
ان qo‘shimchasi
+
fe’lning hozirgi zamon o‘zagi
fe’l
روان
ان
رو
رفتن
خندان
خند
خندیدن
نگران
نگر
نگرستن
Bu qo‘shimcha orqali yasalgan sifatdoshlar gapda aniqlovchi va ravish holi vazifasida keladi. Masalan:

Slayd 17

بچه گریه کنان از اتاق بیرون شد.
Bache gerye – ko‘non az o‘toq birun sho‘d
Bola yig‘lab uydan chiqdi.
آب روان
ob-e ravon
oqadigan suv, oqar suv
گل خندان
go‘l-e xandon
kuladigan gul, xandon gul
Bu ikki misolda ravon va xandon so‘zlari sifatdoshdir.
Bu qo‘shimcha orqali yasalgan hozirgi zamon sifatdoshlari o‘zbek tiliga kam bo‘lsa-da o‘zlashgan. Masalan: ravon, xandon …

Slayd 18

3) ا – o qo‘shimchasi ham kammahsul bo‘lib, sanoqli fe’llardangina sifatdosh yasaydi.
o qo‘shimcha orqali yasalgan sifatdoshlar fe’l ma’nosida ifoda etilgan belgiga (ya’ni sifatdosh anglatgan ma’noga) doimiy egalikni bildirib keladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan usulda yasalgan sifatdoshlar otlashgan hollarda otlar bajargan butun grammatik vazifalarni bajaradilar. Masalan:
صفت فاعلی
=
ا qo‘shimchasi
+
hozirgi zamon fe’l o‘zagi
fe’l
دانا
ا
دان
دانستن
بینا
بین
دیدن
شنوا
شنو
شنیدن

Slayd 19

Bu qo‘shimcha orqali yasalgan hozirgi zamon sifatdoshlari o‘zbek tiliga kam bo‘lsa-da o‘zlashgan. Masalan: dono, …
گوش چپش شنوا ولی گوش راستش شنوا نیست.
Gush-e chapash shenavo vali gush-e rostash shenavo nist
Chap qulog‘i eshitadi, lekin o‘ng qulog‘i eshitmaydi.
نابینائی در شب تاریک در بازار راه میرفت.
Nobino-i dar shab-e torik dar bozor roh miraft
Bir ko‘r qorong‘i kechada bozorda ketardi.

Slayd 20

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 21

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“FORS TILIDA SIFATDOSH” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar