=== Taqdimot 1 ===
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning fiziologik asoslari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fiziologik rivojlanishi.
Sinfda o‘quvchilarning ish joyini to‘g‘ri tashkil etish.
=== Taqdimot 3 ===
O‘quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun, birinchi navbatda, diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etganligini ko‘ramiz.Inson tashqi olamdagi predmet va hodisalarni idrok etadi, shuningdek, o‘z tanasidagi organlarning harakatini va ularning holatini anglaydi. Idrok – tashqi olamdagi predmetlarning sezgi organlari orqali nerv sistemasiga ta’sir etishi va tana harakatlarining ta’siri tufayli hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 4 ===
Inson tashqi olamdagi predmet va hodisalarni idrok etadi, shuningdek, o‘z tanasidagi organlarning harakatini va ularning holatini anglaydi. Idrok – tashqi olamdagi predmetlarning sezgi organlari orqali nerv sistemasiga ta’sir etishi va tana harakatlarining ta’siri tufayli hosil bo‘ladi. Inson ko‘z, quloq apparatlari, teri sezgisi, muskul va ichki organik sezgilar yordamida rangni, muzika ohangini, og‘irlikni, o‘z harakat muvozanatini sezadi.
=== Taqdimot 5 ===
Predmetlarning sezgi organlariga ta’siri natijasida miya po‘stlog‘ida yangi nerv bog‘lanishlari tarzida iz paydo bo‘ladi. Ana shu nerv bog‘lanishlari idrok va sezgining fiziologik asosidir. Bu bog‘lanishlar miyada mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu hol bizga idrok etgan va sezgan narsalarimizni xotiraga tushirishga imkon beradi.
=== Taqdimot 6 ===
Inson ko‘z, quloq apparatlari, teri sezgisi, muskul va ichki organik sezgilar yordamida rangni, muzika ohangini, og‘irlikni, o‘z harakat muvozanatini sezadi. Predmetlarning sezgi organlariga ta’siri natijasida miya po‘stlog‘ida yangi nerv bog‘lanishlari tarzida paydo bo‘ladi. Ana shu nerv bog‘lanishlari idrok va sezgining fiziologik asosidir. Bu bog‘lanishlar miyada mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu xol bizga idrok etgan va sezgan narsalarimizni xotiraga tushirishga imkon beradi.
=== Taqdimot 7 ===
Psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati alohida o‘rin tutadi. U ongning hamma shakllarida ishtirok etadi. Inson idrok etish jarayonida diqqat qiladi, ayrim predmet va hodisalarning xususiyatlarini ajratib oladi. Diqqat jismoniy harakatni talab qiladigan, ishni yaxshi bajarishga yordam beradigan omillardan biridir. O‘qituvchilar vaqt shuni esda tutishi kerakki, turmushimiz va faoliyatimizning har bir daqiqasida ongning hamma shakllari o‘zaro aloqada bo‘ladi.
=== Taqdimot 8 ===
Chiroyli yozuvga o‘rgatishda birinchi navbatda uyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi:
Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish.
Parta ustida daftarni to‘g‘ri qo‘yish.
Yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish.
O‘z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o‘rgatish.
Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shaklga aylantirishga o‘rgatish.
=== Taqdimot 9 ===
Harflarning shaklini to‘g‘ri idrok etishga (qayerdan boshlash, qayerda tugatish, o‘ngga, chapga burilish bog‘lash) o‘rgatish.
Harflarni bir-biriga bog‘lab yozishga o‘rgatish (qayerda qo‘l harakati uziladi, qayerda uzilmay bog‘lab).
=== Taqdimot 10 ===
Sinfda o‘quvchilarning ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
O‘quvchilar juda ko‘p vazifalarni, ya’ni o‘qish, yozish, rasm chizish va boshqa mashqlarni partada o‘tirib bajaradilar. Bu davrda o‘qituvchi o‘quvchilarni to‘g‘ri o‘tirishga o‘rgatishi, ularning normal ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratib berishi lozim.
=== Taqdimot 11 ===
Sinfda o‘quvchilarning ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
Chiroyli yozuvga o‘rgatishda birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi:
Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish.
Parta ustida daftarni to‘g‘ri qo‘yish.
Yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish.
O‘z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o‘rgatish.
Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shaklga aylantirishga o‘rgatish.
=== Taqdimot 12 ===
Buning uchun o‘quv yili boshida o‘qituvchi maktab vrachi bilan hamkorlikda bolalarni yoshiga, bo‘yiga hamda ko‘rish va eshitish qobiliyatlariga qarab partalarga o‘tqazishi o‘quvchilar partasi sinfdagi asosiy jihoz bo‘lib, u o‘quvchilaring yoshlari va bo‘ylariga mos, yozish va rasm chizish uchun qulay bo‘lishi va o‘quvchi o‘tirib turganda xalaqit bermasligi lozim.
=== Taqdimot 13 ===
Bu davrda bolalardagi psixologik xususiyatlarni ham tarbiyalash hamda ularning fiziologik o‘sishlarini hisobga olish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining muhim vazifasidir.
=== Taqdimot 14 ===
Psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati alohida o‘rin tutadi. U ongning hamma shakllarida ishtirok etadi. Inson idrok etish jarayonida diqqat qiladi, ayrim predmet va hodisalarning xususiyatlarini ajratib oladi. Diqqat jismoniy harakatni talab qiladigan, ishni yaxshi bajarishga yordam beradigan omillardan biridir. O‘qituvchilar vaqt shuni esda tutishi kerakki, turmushimiz va faoliyatimizning har bir daqiqasida ongning hamma shakllari o‘zaro aloqada bo‘ladi.
=== Taqdimot 15 ===
=== Taqdimot 16 ===
Parta ustining qiyaligi 15 gradusga teng bo‘lishi lozim chunki bunday qiyalikda yozish, va o‘chirish juda qulay bo‘lib, ko‘z tez charchamaydi.
Parta o‘rindig‘ining mustahkam turishi to‘g‘ri o‘tirishni ta’minlaydigan eng muhim omildir. Parta o‘rindig‘ining chuqurligi o‘quvchining tanasiga mos bo‘lishi taxtasi orqa tomonga bir oz qiya bo‘lishi, qulayroq. O‘tirish uchun orqa suyanchiqning balandligi o‘quvchining belidan yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 17 ===
“A” gruppa partalari bo‘yi 100-120 sm gacha bo‘lgan bolalarga, “B” gruppa partalari bo‘yi 130-145 sm, “V” gruppa partalari bo‘yi 140-l60 sm gacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan parta o‘rindig‘ining balandligi tizza bilan baravar chuqurligi esa son uzunligining 2/3,3/4 qismga teng bo‘lishi lozim. Suriladigan stulchalarni esa haddan tashqari oldinga yoki orqaga surib o‘tirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
=== Taqdimot 18 ===
Yozuv malakalari 6-9 yoshli bolalar uchun o‘qituvchi tomonidan bevosita kuzatib borishni talab etadigan qiyin jarayondir. Xuddi shu davrda o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlar kelgusi uchun muhim ahamiyatga egadir.
=== Taqdimot 19 ===
O‘quvchi o‘zining dastlabki yozgan harf va elementlaridan ruhlanadi, o‘ziga bo‘lgan ishonch ortadi va qiyinroq harflarni yozishga qo‘rqmaydi. Shuning uchun ham o‘quvchilarda dastlabki yozuv malakalarini hosil qilishda ularning irodasini mustahkamlashga e’tibor berish lozim. Bunda o‘qituvchining bolalar bemalol bajara oladigan topshiriqlar tanlashi katta rol o‘ynaydi.
=== Taqdimot 20 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.