=== Taqdimot 1 ===
Boshlang‘ich sinflarda tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish
=== Taqdimot 2 ===
Muammoli ta’lim texnologiyalarini qoʻllash samarasi.
Tarbiya darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar.
01
Boshlangʻich ta’lim tarbiya fanida oʻyin texnologiyalari.
Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyalari asosida ishlash yoʻllari.
02
03
04
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
01
Innovatsiya – yangilik kiritish, tatbiq etish, qo‘llash degan ma’nolarni bildiradi.
O‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.
=== Taqdimot 4 ===
Boshlang’ich sinf o‘qituvchilari uchun didaktik o‘yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo‘lib o‘quvchilarda tafakkur, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar o‘qish darslarida o‘quvchilarning qiziqishini o‘stiruvchi vositalardan hisoblanadi. Didaktik o‘yinlarning maqsadi o‘quvchilarning fanga, ta’lim olishga, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otishdir.
=== Taqdimot 5 ===
Inson o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
=== Taqdimot 6 ===
O‘yin tarkibiga kiradigan masalalar:
rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar;
o‘yinning syujeti;
muayyan rollar, vazifalar;
o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat, muloqot.
=== Taqdimot 7 ===
Didaktik maqsadiga ko‘ra o‘yinlar:
Bilimlarni nazorat qiluvchi o‘yinlar;
Ta’lim-tarbiya beruvchi o‘yinlar;
Bilimlarni mustahkamlovchi o‘yinlar;
O‘quv materialini takrorlovchi o‘yinlar;
1
2
3
4
=== Taqdimot 8 ===
Didaktik o‘yinlarning tarkibiy komponentlari quydagilar:
O‘yin mantig‘i.
O‘yin harakati.
O‘yin qoidasi.
1.
2.
3.
=== Taqdimot 9 ===
Boshlangʻich ta’lim tarbiya fanida oʻyin texnologiyalari
“Do‘koncha”, “O‘rningni top”, ”Kim tezroq”, ”So‘zdan so‘z toping”, ”Farqini top”, Jimjitlik”, “Zanjircha”, «Kim epchil“, “Hikoya”, “Davom ettir”, “Juftingni top”, “Shirin bodroqchalar” va b.
=== Taqdimot 10 ===
“Shirin bodroqchalar” o‘yini
=== Taqdimot 11 ===
02
Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi – o‘quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o‘qish o‘rganishdir.
=== Taqdimot 12 ===
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir o‘quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi.
=== Taqdimot 13 ===
Har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg ‘usini vujudga keltirish;
3.
Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchida quyidagilarni shakllantirishni ko‘zda tutadi :
1.
Har bir o‘quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish;
2.
Shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash;
4.
O‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash;
5.
Tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirish.
=== Taqdimot 14 ===
Hamkorlikda o‘qitishning “Zig-zag” yoki “Arra” metodi;
3.
O‘quvchilarni hamkorlikda o‘qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
1.
Komandada o‘qitish;
2.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish;
4.
Hamkorlikda o‘qitishning “Birgalikda o‘qiymiz” metodi;
5.
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.
=== Taqdimot 15 ===
ushbu mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga tavsiya etiladigan o‘quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar tayyorlash;
yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test savol-topshiriqlarini tuzish.
Hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
qaysi mavzularni hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanib o‘rganishni aniqlash va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilash;
hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanib o‘tiladigan dars turi, dars strukturasini loyihalashtirish;
=== Taqdimot 16 ===
03
Muammoli ta’lim bu – pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayoni.
=== Taqdimot 17 ===
Muammoli o‘qitishning mohiyati – pedagog tomonidan muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini tashkil etish tushuniladi.
=== Taqdimot 18 ===
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u o‘quvchi tanish bo‘lgan yangi faktlar hodisalar o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi.
=== Taqdimot 19 ===
Muammo 3 tarkibiy qismdan iborat:
Avvalgi bilimlar (o‘quvchilar tajribasi)
Ma’lum (berilgan vazifa asosida)
Noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi)
1
2
3
=== Taqdimot 20 ===
Xulosa chiqarish va umumlashtirish;
Mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish;
Muammoli ta’limning ahamiyati quyidagilar:
Bilimlarni ongli va mustahkam o‘zlashtirish;
O‘quvchilarning bilish faoliyatini jonlantirish;
O‘quvchilarda faol fikr yurutishni amalga oshirish;
Ta’lim samaradorligini oshirish.
Qonuniyatlarni shakllantirish;
Qo‘lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tadbiq etish;
=== Taqdimot 21 ===
O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
1. Yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma’lumning qo‘yilishi;
2. O‘quvchilarda noma’lumni topish yo‘lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilim zaxirasining bo‘lishi.
=== Taqdimot 22 ===
Muammoli ta’limning mohiyati quyidagi omillarga bog‘liq:
=== Taqdimot 23 ===
04
Trening tushunchasi ingliz tilidan “train”, “training” so’zidan olingan bo‘lib, “o‘qitmoq”, “tarbiyalamoq”, “mashq qilmoq”, “tajribalarni rivojlantirish” ma’nolarini anglatadi.
=== Taqdimot 24 ===
Trening – bu odamning muloqot uslubini o’zgartirishga, uyg‘unlashtirishga, kerakli ko‘nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo‘lgan qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o‘quv faoliyat turi.
Trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o‘quv shakllardan biridir.
=== Taqdimot 25 ===
Odatda trening mashg‘ulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda o‘tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy talab shuki, shu guruh a’zolari bir-biriga hissiy yaqin bo‘lishlari o‘zaro bevosita ta’sir ko‘rsatish yoki ko‘zlariga boqish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Masalan: yumaloq stol atrofida kishilarning to‘planishi yuzma-yuz o‘tirishi. Bu “Men – o‘yindaman” deb ataluvchi holat bo‘lib, ishtirokchilar, boshlovchi ham doira shakldagi stol atrofida joylashadilar va o‘rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki, ayrim ijtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
=== Taqdimot 26 ===
Yoki yumshoq yuza (kreslo, gilam va divan) ustida xohlagan qulay holat bo‘lsa “Men- o‘zimdaman” deb atalsa, to‘rtburchak stol atrofida joylashgan bo‘lsalar bunda har bir a’zoning munosabatlari bahs-munozaraga moyil bo‘ladi va bunday holat “Men munozaradaman” deb ataladi.
=== Taqdimot 27 ===
Faoliyat tamoyili;
Ijobiy pozitsiya;
Samimiyat tamoyili;
Xulq-atvorni obyektivlashtirish.
Trening ishtirokchilarining faoliyati tamoyillariga quyidagilar kiradi:
=== Taqdimot 28 ===
1-qadam – o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tarqatma matеrialda yozilgan so‘zlarni diqqat bilan o‘qib chiqishlari va har birining qarshisiga ahamiyati bo‘yicha qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlarni yozishlari zarur.
2-qadam – o‘quvchilardan har bir so‘zga ta’rif bеrishlari so‘raladi.
3-qadam – guruhlarga bo‘linib, kеltirilgan so‘zlar ishtirokida hikoya yoki ertak tuzish tavsiya etiladi.
4-qadam – guruhlarda bir-birlarining hikoyalari (ertaklari) yuzasidan savol-javoblar o‘tkaziladi.
5-qadam – guruh ishlari o‘zaro baholanadi.
6-qadam – o‘qituvchi mashg‘ulotni yakunlaydi.
“Qadam-baqadam” trеningi
=== Taqdimot 29 ===
“Buterbrod” metodi
mustahkamlandi:
_________________
yangi ma’lumot bo‘ldi:
_________________
takrorlandi:
_________________
=== Taqdimot 30 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.