Birikmalar

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Birikmalar
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Ajraluvchi va ajralmas birikmalar haqida umumiy ma’lumot
Birikmalar ajralmaydigan va ajraladigan turlarga bo‘linadi. Agar uzellarni yoki mashinani ayrim qismlarga ajratish uchun birikma elementlarini sindirish shart bo‘lsa, bunday birikma ajralmaydigan, aks xolda esa ajraladigan birikma deb ataladi. Parchin mixli va payvand birikmalar ajralmaydigan birikmalar bo‘lsa, shponkali, shlitsali va rezbali birikmalar ajraladigan birikma turiga kiradi. Ajraladigan birikmalarning yaxshi xususiyati shundaki, ular vositasida mashinani zarur vaqtda bo‘laklarga ajratib zarur vaqtda yana qayta yig‘ish mumkin.
=== Taqdimot 4 ===
Payvand birikmalar ajralmaydigan birikmalar safiga kiradi. Sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan konstruksiyalar, suyuqlik saqlanadigan idishlar, fermalar, metall minoralar, korpuslar va ayrim detallar shu usulda olinadi. Payvand birikmalarning keng ko‘lamda turli mexanizm, mashina va metall konstruksiyalarda ishlatilishiga sabab, bunday birikmalarning afzalliklarining mavjudligidir. Payvand birikmalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
metallning tejalishi amalda turli shakl va o‘lchamdagi detallarni olish imkoniyati,
statikaviy va zarbiy yuklanishlarda payvand birikmaning mustahkamligi asosiy detalning mustahkamligiga deyarli yaqinligi,
payvandlash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatining yuqoriligi,
payvand chokning jips zichligi va gaz hamda suyuqlikni o‘tkazmasligi.
=== Taqdimot 5 ===
Ajraladigan birikmalar
Boltli birikma
Shpilkali birikma
Vintli birikma
Quvir rezbali birikma
Shlisali birikma
=== Taqdimot 6 ===
Boltli birikmada birikuvchi detallar. Bolt, shayba, gayka zaruriyat bo‘lganda shpintdan foydalaniladi. Bolt va gaykalar bosh ko‘rinishda ularning uchta ko‘rinadigan qilib joylashtiriladi. GOST2305-96 bo‘yicha bolt, vint, shpilkalar bo‘y lama qirqimda kesilmagan holda tasvirlanadi. Gayka va shaybalar ham yig‘ma chizmada kesilmagan holda tasvirlanadi. Bitta detalning barcha tasvirida qirqim shtrixli qiyaligi bir tomonga bo‘lishi kerak.
Boltli birikma
=== Taqdimot 7 ===
Bolt kallagi
Bolt sterjeni
Faska
Rezba
=== Taqdimot 8 ===
Shpilkali birikma
Birikuvchi detallar ancha qalin bo‘lganda yoki bolt bilan biriktirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda shpilkali birikmadan foydalaniladi. Shpilka yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri to‘liq teshilmaydi ya’ni unga chuqurlikda teshik o‘yiladi va unga metchik bilan rezba chiqarilgan bo‘ladi. Unga shpilkaning o‘tqazuvchi uchi burab qotiriladi. Shpilkaning uzunligini hisoblash formulasi: l= m+SA+h+K, bu yerda m birikuvchi detal qalinligi H gaykaning balandligi, SA shaybaning qalinligi.
=== Taqdimot 10 ===
Parchin mixli birikmalar asosan diametri 20 mm dan ortiq bo‘lmagan po‘lat, mis, alyuminiy simlaridan tayyorlanadi. Bunday simlarni uchi parchalanib, ma’lum shakldagi kallakka aylantirilsa, parchin mix hosil bo‘ladi. Parchin mixlar katta kichikligiga qarab, sovuqligicha yoki qizdirilib tayyorlanadi. Rangli metalldan yasalgan barcha parchin mixlar hamda diametri 12 mm gacha bo‘lgan po‘lat parchin mixlar sovuqligicha, diametri 12 mm dan katta bo‘lganlar esa qizdirilgandan keyin parchalanadi.
Parchin mixlli birikmalar
=== Taqdimot 11 ===
Parchinlash jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Dastlab, biriktiriladigan detallarga silindrik teshik ochiladi
2. Oldindan qizdirilgan parchin mix (diametri 10 mm dan kichik parchin mixlar qizdirilmaydi) bu teshikka qo‘yiladi va uning qalpoq tomoni pastga qaratiladi va qalpoq formasiga mos taglik qo‘yiladi.
3. Maxsus mashinada (yoki pressda) parchin mixning uchi pachaqlanadi (parchinlanadi). Maxsus mashina yoki pressda ham parchin mix qalpog‘i formasiga mos o‘yiq bo‘ladi.
=== Taqdimot 12 ===
Uglerodli va legirlangan po‘latlar bo‘ladi. Tarkibida 0,1–0,7 % uglerod bo‘lgan po‘latlarga uglerodli konstruksion po‘latlar deyiladi. Temir asosida tayyorlangan, tarkibida bitta yoki bir nechta legirlovchi elementlar hamda 0,5 % gacha uglerod bo‘lgan po‘latlarga legirlangan po‘latlar deyiladi. Uglerodli po‘latlar ГОСТ 380-71 (oddiy sifatli uglerodli po‘lat), ГОСТ 1050-74 (uglerodli konstruksion sifatli po‘lat), ГОСТ 23570-79 (qurilish konstruksiyalari uchun mo‘ljallangan po‘lat), ГОСТ 5521-76 (kemasozlikda ishlatiladigan po‘lat), ГОСТ 6713-75 (ko‘priklar qurishda ishlatiladigan po‘lat) va boshqalarga muvofiq etkazib beriladi. Payvand buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan uglerodli konstruksion po‘lat kam uglerodli, o‘rtacha uglerodli va ko‘p uglerodli po‘latlarga bo‘linadi. Kam uglerodli po‘latlar jumlasiga yoy yordamida va gaz alangasida payvandlaganda toblanmaydigan, tarkibidagi uglerod miqdori 0,22 % dan ortmaydigan po‘latlar kiradi, o‘rtacha uglerodli po‘latlarda uglerod miqdori 0,2–0,45 % ga va ko‘p uglerodli po‘latlarda 0,45–0,7 % ga teng.
=== Taqdimot 13 ===
Kavsharli birikmalar biriktiriladigan detallar bilan kavshar o‘rtasidagi molekulyar ta’sir kuchlari orqali vujudga keladigan ajralmaydigan birikmadir. Biriktiriladigan detallar orasiga eritilgan holda kiritiladigan qotishma yoki metall kavshar deyiladi va odatda, uning erish harorati detallarning erish haroratidan ancha kichik bo‘ladi. Kavsharlash jarayoni payvandlash jarayonidan shu bilan farq qiladiki, unda biriktirilayotgan detallar eritilmaydi yoki yuqori haroratda qizdirilmaydi.
Kavshar chokdagi aloqa quyidagilarga asoslangan:
Eritilgan kavsharda detallar metallning qisman erishi;
Biriktirilayotgan detallar metall va kavshar unsurlarining o‘zaro diffuziyasi (solishi yoki bir-biriga kirishishi);
Diffuziyasiz.
Kavsharli birikmalar
=== Taqdimot 14 ===
Elementlarni kavsharlash
=== Taqdimot 15 ===
1907-yilda esa O. Kelberg maxsus qoplamali metall elektrodlardan foydalanishni tavsiya etdi. Bunday elektrodlar bilan metallarni elektr yoy yordamida dastaki payvandlashda qoplama erib yoyni barqaror yonishi ta’minlanib, vanna havoning zararli gazlari ta’siridan himoyalanib, sifatli choklar olindi. Keyinchalik zarur payvandlash mashinalar, yangi-yangi payvandlash usullar va texnologiyalar (masalan, metallarni plyus qatlami ostida elektr yoy yordamida, elektroshlak, elektron nur, plazma yordamida payvandlash va boshqa usullar) yaratildi. Hozirda 70 dan ortiq usullar mavjuddir.
Payvand birikmalar
=== Taqdimot 17 ===
Fenol, epoksid, fenolkauchuk kabilar asosida yuqori sifatli yelimlarning yaratilishi mashinasozlik va asbobsozlikda yelimli birikmalarning keng ishlatilishiga zamin yaratdi. Yelimli birikmalarni payvand birikmalar ishlatiladigan tuzilmalarda, asosan yaproqsimon materiallarni biriktirishda qo‘llaniladi. Yelimli birikmalarni yanada mas’uliyatli mashina va mexanizmlarda, masalan, samolyot va ko‘priklarda qo‘llash amaliyoti mavjud. Payvand birikmalardan farqli ravishda yelimli birikmalar orqali turli jinsli materiallarini biriktirish mumkin.
Yelimli birikmalar
=== Taqdimot 18 ===
Yelimli birikmalarni hosil qilish texnologik jarayoni detallarning yopishtirilayotgan yuzalarini chang va g‘uborlardan tozalash, yog‘sizlantirish, jilvir qog‘oz bilan notekislik hosil qilish yoki qum sepkich apparati yordamida ishlov berishdan, shu yuzalarga yelim surtish va birikma detallarini yig‘ishdan, zarur bosim va haroratda birikmani ushlab turishdan iboratdir.
=== Taqdimot 19 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzarib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Birikmalar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar