=== Taqdimot 1 ===
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI
Court
=== Taqdimot 2 ===
Badminton qanday sport turi?
Badminton — patli koptok ya’ni volanni raketka bilan urib o‘ynaladigan tennisga o‘xshash sport o‘yini hisoblanadi. O‘yin to‘rtburchakli maydonchada bo‘lib o‘tadi.Yakkalik uchrashuvlarda maydoncha o‘lchovi 13,4×5,2 m ni tashkil etsa juftlik bahslarida 13,4×6,1 m lik maydonchada o‘yin olib boriladi.
=== Taqdimot 3 ===
Badminton o‘yinlari maydonchaning markazida 1,55 m balandlikda tortilgan to‘r uzra o‘tkaziladi. Badmintonda hisob va o‘yin borishi qanday?
O‘yinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir.
=== Taqdimot 4 ===
O‘yinda hisob 15 ochkogacha kichikroq o‘yinlarda esa 11 ochkogacha sanaladi. O‘yin umumiy 3 yoki 5 setdan iborat. Demak hisobda ustunlik qilgan o‘yinchi yoki jamoa oxirida g‘olib, deb topiladi.
=== Taqdimot 5 ===
Ochko 0 va juft bo‘lganda koptokcha o‘ngdan, toq bo‘lganda chapdan uriladi. Juftlik o‘yinlarda o‘ng tomondan boshlanib, har ochkodan keyin o‘yinchilar sherigi bilan o‘rin almashtiradi. Badmintonda o‘yinlar yakkalik, juftlik, 2 kishilik jamoaviy tarzda kechadi.
=== Taqdimot 6 ===
=== Taqdimot 7 ===
Endi sizlar bilan birgalikda ushbu sport turining tarixi haqida gaplashamiz!
Badminton qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. XIX asr 70-yillarida Angliyada ommalashib, o‘yin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham keng yoyildi.
=== Taqdimot 8 ===
Xalqaro badminton federatsiyasi 1934-yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat a’zo. 1977-yildan jahon birinchiligi o‘tkazib kelinadi. 1992-yildan Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun 1947-yildan Tomas kubogi, 1955-yildan ayollar uchun Uber kubogi eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi – Uimbldon turniri esa norasmiy jahon chempionatda hisoblanadi.
=== Taqdimot 9 ===
Erkaklar uchun 1947-yildan Tomas kubogi, 1955-yildan ayollar uchun Uber kubogi eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi – Uimbldon turniri esa norasmiy jahon chempionati hisoblanadi.
=== Taqdimot 10 ===
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekistonda badminton!
O‘zbekiston Xalqaro badminton federatsiyasiga 1991-yildan beri a’zo hisoblanadi. Badminton O‘zbekistonda asosan 50-yillardan rivojlana boshladi. Bugunga kelib esa to‘liq o‘z o‘rniga, o‘z o‘yinchilariga va o‘ziga xos maktablariga ega sport turiga aylandi, deb aytsak yanglishmagan bo‘lamiz.
=== Taqdimot 12 ===
Yoshlar o‘rtasida Badminton sport turini nega ommalashtirishimiz lozim.
Badminton ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak urishini yaxshilaydi. Badminton ko‘zning ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, chunki o‘yin davomida ko‘z mushaklari ishlaydi. Yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirayotgan volanning uchishini kuzata turib, ko‘z shug‘ullantiriladi.
=== Taqdimot 13 ===
=== Taqdimot 14 ===
Bu uzoq va yaqinni ko‘rishni yaxshilaydi. Badminton, shuningdek, strategik fikr yuritish hamda tezkor reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi trayektoriyasini kuzatib va uning yerga tushish joyini chamalay turib, inson o‘z miyasini tezda qaror qabul qilishga majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida ishlashda qo‘l keladi. Badminton, shuningdek, inson yurak qon-tomir tizimini ham shug‘ullantiradi va uni yanada chidamli bo‘lishiga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 15 ===
Doim kompyuter ekrani yoki smartfonga tikilib vaqt o‘tkazuvchi bolalarga badminton, ayniqsa, foydali. Chunki o‘yin vaqtida ko‘z mushaklari faol ishlaydi. Badminton bo‘yicha mashg‘ulotlar epchillik va chidamlilikni rivojlantiradi. Bola jismoniy jihatdan rivojlana boshlaydi. O‘yin reaksiyani kuchaytiradi va tezda qaror qabul qilish ko‘nikmasini o‘stiradi. Badminton bola xarakterini rivojlantiradi. Har kuni u musobaqalashadi va g‘alaba qozonishni o‘rganadi.
=== Taqdimot 16 ===
=== Taqdimot 17 ===
=== Taqdimot 18 ===
Xulosa o‘rnida ayta olamanki, ushbu sport turiga yosh avlodni, farzandlaringizni qiziqtiring, mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yishida qo‘llab-quvvatlang. Zero Badminton maydoni hali ko‘plab chempionlar yetishtirib chiqarishiga ishonamiz. Ular aynan o‘zimizdan, O‘zbekistonimizdan chiqsa albatta nur ustiga a’lo nur bo‘lardi!
=== Taqdimot 19 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.