O‘ZBEKISTONNING KORRUPSIYAGA QARSHI SIYOSATI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
O‘ZBEKISTONNING KORRUPSIYAGA QARSHI SIYOSATI
=== Taqdimot 2 ===
1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari.
2. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashda milliy qonunchilikning takomillashishi.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
“Korrupsiya” termini lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, etimologik ma’nosi “buzish, sotib olish”dir. Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
=== Taqdimot 4 ===
“Korrupsiya – shaxsiy maqsadda foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”. (BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashga oid ma’lumotnomasidan). “Korrupsiya – shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”. (Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham korrupsiyaga shu kabi ta’rif berilgan).
=== Taqdimot 5 ===
Korrupsiya – qanday muammolar sirasiga kiradi:
– huquqiy – 64,0 %;
– Iqtisodiy – 51,0 %;
– ijtimoiy – 46,3 %;
– axloqiy – 45,8 %:
=== Taqdimot 6 ===
Korrupsiya — iqtisodiy va ijtimoiy muammolar manbai:
iqtisodiy muammolar sababi – 63 %;
byurokratiya -17%;
iqtisodiyotning real sektorini monopollashtirish – 10%;
inflyatsiyaning yuqori darajasi – 4%;
boshqa sabablar – 6%:
=== Taqdimot 7 ===
Cancun night review
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud. Ichki nazorat – bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspektorlar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqozo etadi. Tashqi nazorat – bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Saylov tizimi orqali kurashish – demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi.
=== Taqdimot 8 ===
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. “Quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo’llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo’llash imkonini yaratadi.”
=== Taqdimot 9 ===
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi —
mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi.
=== Taqdimot 10 ===
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi.
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi.
=== Taqdimot 11 ===
Mamlakatimizda – Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan.
Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4-yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34-moddadan iborat.
=== Taqdimot 12 ===
Ushbu qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari keltrilgan:
• qonuniylik;
• fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining
ustuvorligi;
• ochiqlik va shaffoflik;
• tizimlilik;
• davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
• korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
• javobgarlikning muqarrarligi.
=== Taqdimot 13 ===
Qonunning 5-moddada esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari berilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
• korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
=== Taqdimot 14 ===
Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003-yil 31-oktyabr) asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, jinoyatning mohiyatini to‘liq ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi.
=== Taqdimot 15 ===
Mazkur konvensiya O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-iyul kunidagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-158-son Qonuni bilan ratifikatsiya qilingan.
=== Taqdimot 16 ===
Korrupsiyaviy daromad harom daromad bo‘lib, bu daromadlardagi tengsizlikni keltirib chiqaradi va kuchaytiradi. Korrupsiyaning milliy xavfsizlikka xatari shundaki, u kishilarda norozilik uyg‘otib, jamiyatdagi intizomiy muvozanatga tahdid soladi. Shuningdek, korrupsiya daromadi poraxo‘rlar qo‘lida to‘lanishiga olib keladi. Natijada, o‘z sohibi ishlab topgan daromadning poraga aylangan qismi yashirin tarzda jamg‘ariladi. Poraxo‘r qo‘lida jamg‘arilgan pul investitsiyaga ham xizmat qilmaydi. Eng yomoni bu aholi qo‘lidagi pul qoldig‘ini ko‘paytiradi hamda pul muomalasiga yoxud mamlakat monetar xavfsizligiga raxna soladi.
=== Taqdimot 17 ===
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida ayrim jinoyat kodekslarga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
1. Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish (JK 192 Prim 9-modda)
2. Pora olish (JK 210-modda)
3. Pora berish(JK 211-modda)
4. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (JK 205-modda)
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16, 17, 18-moddalarida o‘z ifodasini topgan.
=== Taqdimot 18 ===
“Korrupsiyasiz soha”
2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchiliK va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda
Kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi. 2020-yil 1-apreldan boshlab loyiha boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.
=== Taqdimot 19 ===
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov:
“Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilish, o‘z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani – turli mojarolarni hal qilishda qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir”.
=== Taqdimot 20 ===
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Korrupsiya va uyishgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali yechish ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
=== Taqdimot 21 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O‘ZBEKISTONNING KORRUPSIYAGA QARSHI SIYOSATI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar