ALISHER NAVOIY VA UNING “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONI
5000 so'm

=== Taqdimot: ALISHER NAVOIY VA UNING “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONI.pptx ===
=== Slayd 1 ===
ALISHER NAVOIY VAUNING “FARHOD VASHIRIN” DOSTONI
=== Slayd 2 ===
REJA:
1. Dostonning yaratilish tarixi.
2. Dostonning tuzilishi.
3. Obrazlarning o‘ziga xosligi.
=== Slayd 3 ===
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Navoiy, muqaddima, asosiy qism, xotima, lirik chekinish, Farhod, Shirin, Suqrot, Mehinbonu, Shopur, Xusrav, Ahraman dev, ajdar, temir paykar odam, solik soliki majzub, ishqi majoziy, ishqi haqiqiy, mazhar, ramziy timsollar, hazaji musaddasi mahzuf
=== Slayd 4 ===
DOSTONNING YARATILISH TARIXI
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Shirin” deb atalib, 1484-yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs bo‘lib, milodiy 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o‘z o‘g‘li Sheruyaning buyrug‘i bilan o‘ldirilgan Eron shohidir. Uning oromiy yoki arman qizi Shiringa bo‘lgan muhabbati ko‘pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan.
=== Slayd 5 ===
DOSTONNING YARATILISH TARIXI
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Shirin” deb atalib, 1484-yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs bo‘lib, milodiy 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o‘z o‘g‘li Sheruyaning buyrug‘i bilan o‘ldirilgan Eron shohidir. Uning oromiy yoki arman qizi Shiringa bo‘lgan muhabbati ko‘pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan.
=== Slayd 6 ===
Badiiy adabiyotda Xusrav va Shirin muhabbati haqida birinchi bo‘lib Firdavsiy o‘zining “Shohnoma” dostonida yozib qoldiradi, Nizomiy esa uni alohida ishqiy-sarguzasht doston holiga keltiradi. Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni 1340-yilda Qutb Xorazmiy tomonidan turkiy tilga tarjima ham qilinadi.
Doston 1484-yilda yozib tugallangan. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o‘z ichiga oladi. 12-bobdan 53-bobgacha asosiy qism, ya’ni doston syujeti tasvirlanadi, xotima ikki bob (53-54) dan iborat.
“Farhod va Shirin” ishqiy sarguzasht dostonlar uchun mo‘ljallangan hazaji musaddasi mahzuf vazni (ruknlari va taqtesi: mafoiylun mafoiylun fauvlun V– – – V– – – V– –) da yozilgan.
=== Slayd 7 ===
OBRAZLARNING O‘ZIGA XOSLIGI
Alisher Navoiy bu mavzudagi dostoni uchun avvalgi dostonlarda ikkinchi darajali timsol tarzida talqin qilingan Farhodni bosh qahramon qilib oladi.
=== Slayd 8 ===
Farhod obrazi Nizomiy dostonida ham bor edi, deydi Navoiy o‘z dostonining 9-bobida. U Shirinning oshig‘i va hunarmand yigit sifatida tasvirlanadi. Xusrav Dehlaviy esa uni Xitoy shahzodasi tarzida talqin etadi.
=== Slayd 9 ===
Аslida Farhodning bosh qahramon qilib olinishi adabiyotda ilk bor XIV asrda Ozarbayjonda yashab faoliyat yuritgan Orif Аrdabiliyning “Farhodnoma” (1369) nomli fors-tojik tilida yozilgan dostoni bilan boshlanadi.
=== Slayd 10 ===
ABDURAUF FITRAT
Professor Fitrat o‘zining “Farhod-u Shirin” dostoni haqida nomli maqolasida Farhod Nizomiyning dostonida 2-darajali qahramon edi, Xusrav uni xitoylik hunarmand sifatida talqin etadi. Navoiy esa bosh qahramonini oddiy hunarmand bo‘lishini xohlamay, uni o‘z sinfiga yaqinlashtirib, Xitoy shahzodasi sifatida tasvirlaydi, deb yozadi.
=== Slayd 11 ===
OBRAZLARNING O‘ZIGA XOSLIGI
Nizomiy dedi, Xusrav bo‘ldi payrav,Agar ul shoh edi, bu erdi xusrav.
Tanosub topib ul ikki yagona,Dedilar borcha Xusravdin fasona.
Meni mahzung‘akim ishq etti bedod,Solib g‘am tog‘ida andoqki Farhod.
Munosibdur agar tortib navoni,Desam Farhodi mahzun dostoni
=== Slayd 12 ===
Navoiy faqatgina ishqiy-sarguzasht doston yaratmoqchi emas, balki zohiran shunday, botinan esa ishqiy-tasavvufiy asar yaratmoqchi hamda Farhod timsolida komil inson va orif solik obrazlarini talqin etmoqchi edi, uning bu niyati uchun Xusravdan ko‘ra hunarmand Farhod obrazi munosib edi.
Dostonning asosiy qismi 12-bobdan boshlanadi. Voqealar Chin xoqonining farzandsizligi va uning iztiroblari tasviri bilan ibtido topadi. Nihoyat uning iltijolari qabul bo‘lib,
Tangri unga bir o‘g‘il inʼom etadi.
=== Slayd 13 ===
Navoiy go‘dakning tug‘ilishidan tortib ulg‘ayishigacha bo‘lgan har bir jarayonni alohida tasvirlaydi, hatto go‘dakka qo‘yilgan ismga ham alohida maʼno yuklaydi
Аnga farzona Farhod ism qo‘ydi,
Hurufi maʼxazin besh qism qo‘ydi.
Firoqu rashku hajru oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Farhoddagi hazinlikning tarqamaganini ko‘rgan xoqon unga taxtni taklif qiladi va shu bilan go‘yoki o‘g‘lining dardiga davo topmoqchi bo‘ladi. Аslida esa Farhoddagi bu holat zamonaviy, dunyoviy bo‘lmay, ilohiy ishqning nishonasi edi. Shu o‘rinda Navoiy ilohiy ishq dardida yongan inson bilan bunday saodatdan mahrum foniy dunyo kishilari orasidagi farqni koʼrsatib beradi.
=== Slayd 14 ===
Farhod otasining taxtni egallash haqidagi taklifini saltanat ishlarini o‘rganish, tajriba orttirishga ijozat so‘rash bilan ortga suradi va xoqon xazinasidagi behisob boyliklar bilan tanisha boshlaydi.
Natijada yashirin parda ortidagi xonada saqlanayotgan sirli sandiq va undagi tilsimli ko‘zguni ko‘rib qoladi. Farhod ushbu ko‘zguning sehrini ocholmay, Yunoniston safariga, Suqrot huzuriga otlanadi.
Farhodning dostondagi sarguzashtlarini yangicha yo‘sinda tahlil qilgan professor N. Komilov “Tasavvuf” kitobida Farhod timsolida Navoiy majzubi solik (pir ta’limi va riyozatlar chekish orqali jazbaga yetishgan tolib) sifatida ko‘radi, deb munosabat bildiradi.
=== Slayd 15 ===
Uning huzuriga borish yo‘lini unga Suhaylo ismli hakim (donishmand) o‘rgatadi. N.Komilovning “Tasavvuf” nomli kitobida yozilishicha, Suhaylo Farhodning tariqat yo‘lidagi birinchi piri. U Farhod yengib o‘tishi kerak bo‘lgan to‘siqlar: ajdarho va devdan xabar beradi. Tasavvufda ajdarho – nafs timsoli, dev – saltanat timsoli hisoblanadi.
=== Slayd 16 ===
Suhaylo Farhodga ajdarhoni yengish uchun samandarning yog‘ini beradi. Samandar – olov ichida yashaydigan jonivor. U – ishq ramzi. Farhod badaniga samandar yog‘ini surganda, ajdarhoning o‘ti unga kor qilmaydi, yaʼni ishq otashi nafs o‘tini so‘ndiradi.
Shuningdek, Farhodga keyingi manzillarda uchraydigan sher va temir paykarning ham ramziy maʼnosi bor. Sher – g‘azab timsoli, ilohiy ishq yo‘liga kirayotgan solikda esa g‘azab bo‘lmasligi kerak. Temir paykar – ro‘yo, yolg‘on dunyo ramzi.
=== Slayd 17 ===
Olimning fikricha, Farhodning ajdaho va devni yengishi – solikning nafs va amal-martabani mahv etishi, yolg‘on dunyodan yuz o‘girib, riyozat bosqichlaridan yuksalishini bildirsa, uning Suqrot hakim bilan suhbati pir suhbatiga muyassar bo‘lgan va sulukni davom ettirish zimmasiga tushishi, Shiringa bo‘lgan muhabbati esa majoziy muhabbat vositasida haqiqiy ishqqa yetishishning ramziy-majoziy tasvirlari hisoblanadi.
=== Slayd 18 ===
Solik dunyo mo‘jizalariga chalg‘imasligi, ularga ko‘ngil qo‘ymasligi kerak. Farhod temir paykarni ham yengib, nihoyat Suqrot dargohiga kirib boradi.
Farhod shu tariqa Suqrot huzuriga borar yo‘lda tariqat maqomlarini bosib o‘tadi, piri komil suhbatidan bahramand bo‘lib, ilohiy ishqning mohiyatini anglay boshlaydi. Chin mamlakatiga qaytib borib, ko‘zguda endi nafaqat Shirinni, balki o‘zini va o‘zi kelgusida boshdan kechirishi kerak bo‘lgan voqealarni ko‘ra boshlaydi.
Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida Shirin obrazini tubdan qayta ishlaydi.
=== Slayd 19 ===
U endi Xusravning yo‘lida intizor bo‘lgan, uni deb yurtidan kechgan “sodda” ma’shuqa emas, u rashk yo‘lida Mariyamga zahar beruvchi qotil emas. Navoiy bu voqealardan yuzlab farsah nari ketib, o‘z xayolidagi ideal ma’shuqani Shirin obrazida yaratdi.
Navoiyning Shirini juda oliyjanob qiz. U Farhodning samimiy muhabbatini qadrlaydi va unga o‘zi ham qattiq oshiq bo‘ladi. Shirin Farhodning kimligini bilmagani holda unga ko’ngil qo‘yar ekan, oddiy toshtarosh hunarmanddan podshoh Xusravni baland qo‘ymaydi. Farhodning vafotini eshitib, qattiq qayg‘uradi, Xusrav va uning padarkush farzandi Sheruyaga xotin bo‘lganidan Farhodga sodiqligicha halok bo‘lishni afzal ko‘radi.
=== Slayd 20 ===
Shopur – Eroniy mashhur rassom. Nizomiyda bu obraz Xusravning qissaxoni, Shirin bilan Xusrav munosabatlarida vositachi, ko‘makchi sifatida talqin qilingan. Xusrav Dehlaviyda ham Shopur Xusrav bilan birga yuruvchi, unga turli ajoyib-g‘aroyibotlar hikoya qilib yupatib yuruvchi shaxs.
=== Slayd 21 ===
Navoiy Suqrot obraziga “Farhod va Shirin” dostonida alohida e’tibor berib, Farhodning ustozi, komil inson qiyofasida talqin etgan. Aslida Suqrot timsolining asar tarkibiga kiritilishi tasodifiy bo‘lmay, bosh maqsadni ochib berish yo‘lidagi muhim vositadir. N.Komilovning yozishicha, Suqrot piri komil timsoli bo‘lib, usiz Farhodning o‘z maqsadiga erishishi mumkin emas edi.
=== Slayd 22 ===
Navoiy Suqrotni quyosh kabi porloq siymo, jismi pok ruh kabi, shaxsi aqlning haykali deb ta’riflaydi. U kamolot cho‘qqisini egallagan komil inson, o‘zi bir joyda o‘tirsa ham, ruhi butun dunyoni kezib chiqadi.
Dostonda ilohiy ishqdan bebahra foniy dunyo kishilaridan biri Xusravdir. U ham Shiringa oshiqlik daʼvo qiladi. Lekin uning ishqi dunyoviy bo‘lib, uning maqsadi Shiringa uylanishdir. U bundan boshqa ishqni tasavvur qilolmaydi. Muallif bu ikki qahramonning munozarasini tasvirlar ekan, ikki xil ishq – avom ishqi va ilohiy ishq o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatib beradi.
=== Slayd 23 ===
Jamshid jomi, Iskandar ko‘zgusi ham uning ko‘ngil ko‘zgusi oldida xira. U Farhod bilan yakkama-yakka suhbatlashib, uni o‘z farzandiday e’zozlaydi. Chunki bu yigit siymosida u o‘z suluk (yo‘l)ining davomini ko‘rgan edi”. Demak, Navoiy Suqrot obrazi bilan nafaqat komil inson, balki tariqatdagi komil pir siymosini mujassamlashtirgan.
=== Slayd 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.