Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi
4000 so'm

Slayd 1
Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi
Slayd 2
Nafas olishining ahamiyati
Nafas olish organlarining tuzilishi
Oʻpka hujayralari alviollalarda gazlar almashinuvining
Yosh xususiyatlari
Ayiruv organlarining organizm faoliyatidagi ahamiyati
Ichki muhit barqarorligini saqlashda nafas yoʻLI, ichak yoʻLI, teri
Reja:
Slayd 3
Tashqi muhitdagi havo va oʻpkadagi qon orasida gaz almashinish vazifasini bajaradigan aʼzolarga aytiladi.
Oʻz vazifasiga koʻra nafas aʼzolari xavo oʻtkazadigan aʼzolardan: burun boʻshligʻi, xiqildoq, traxyeya, bronx; va gaz almashinuvida ishtirok etadigan aʼzolar – oʻpkalardan tashkil topadi. Amaliyotda nafas aʼzolari – yuqori nafas yoʻllariga: burun boʻshligʻi, ogʻiz boʻshligʻi, xalqum hamda pastki nafas yoʻllariga: xiqildoq, traxyeya, bronxlar, oʻpkalarga boʻlinadi.
Nafas aʼzolari sistyemasi –- systema respiratorium
Slayd 4
Nafas yoʻllari bilan quyidagi vazifalar chambarchas bogʻliq:
Havoni tozalash; namligini oshirish; ilitish yoki sovutish; xid bilish. Shu sababdan nafas aʼzolarining yuqori qismida, uning shilliq osti qavatida juda koʻp miqdorda vyenoz qon tomirlar chigali boʻlib, xavoni ilitish vazifasini oʻtaydi.
Nafas yoʻllarining shilliq qavatidag byezlar ishlab chiqargan suyuqligi havoni namlash vazifasini oʻtaydi. Nafas yoʻllari ximoya vazifasini ham bajaradi. Aʼzolarning ichki yuzasidagi kiprikli epityeliy va makrofag hujayralari mikrob v chang moddalarini tutib qoladi.
Slayd 5
Oʻpka suv almashinuv balansini normallashtirib turadi. Jumlada 15-20 % suv moddasi oʻpka orqali chiqarilib turiladi. Organizmdagi kislota va ishqor kontsyentratsiyasi normal holatga oʻpkadan karbonat angidridini chiqarilish orqali toʻgʻrilanib turadi. Bundan tashqar nafas aʼzolari orqali baʼzi kimyoviy moddalar: alkogol ichimliklari; efir; xloroform; atsyeton; ammiak moddalari chiqarilib turiladi. Bu aytib oʻtilgan vazifalardan tashqari nafas aʼzolari tovush hosil etish vazifasini ham bajaradi.
Slayd 6
Organizmda gazlar almashinuvi uchta jarayondan iborat:
Tashqi nafas yoki oʻpka nafasi – organizm bilan tevarak muhit oʻrtasida oʻpka orqali gazlar almashinuvi
Ichki nafas yoki toʻqimalar nafasi – hoʻjayralarda roʻy beradigan jarayonlarni oʻz ichiga oladi
Qonnig gazlarning tashishi, yaʼni qon orqali oʻpkada toʻqimalarga kislorod va toʻkimalardan oʻpkaga karbonat angidrid yetkazib berilish
Slayd 7
Nafas aʼzolarining oʻziga xos tuzilishi shundan iboratki uning dyevorlari tananing holatining oʻzgarishi, xarakat qilish jarayonida siqilib qolmaydigan togʻay plastinkalaridan tuzilgan boʻladi.
Normal nafas olish – burun orqali nafas olish boʻlib xisoblanadi. Chunki burun boʻshligʻida ximoya vazifasini bajaradigan xid bili ryetsyeptorlari va kiprikli epityeliy hujayralari boʻladi.
Nafas aʼzolarining hamma qismiga xos tuzilish:
Naysimon tuzilishga ega;
Ichki qavatidagi hujayralar shilliq (syekryet) ishlab chiqaradi;
Syegmyentar bronxlargacha ichki yuzasi kiprikli epityeliy bilan qoplangan
Slayd 8
Embrion taraqqiyotining 4 xaftasida boʻlajak xalqum taraqqiyetadigan soxada, oldingi ichak nayining oldingi dyevoridan traxye oʻsib chiqadi. Traxyeya nayi koʻkrak boʻshligʻiga oʻsa boshlaydi va 6 xaftada bu nay ikkiga boʻlinib, pufaksimon hosilalar bilan yakunlanadi. Bu pufakchalar boʻlajak oʻpka kurtaklari boʻlib xisoblanadi. Icha nayidan oʻsib chiqqan xosilalardan nafas yoʻllarining faqat epityeliy toʻqimasi va shilliq byezlar taraqqiy etadi. Xiqildoq togʻaylarinin koʻpchiligi, traxyeya va bronx togʻaylari va mushaklari myezyenxima toʻqimasidan rivojlanadi. Qalqonsimon togʻay 3-nchi jabra ravogʻidan taraqqiy etadi.
Slayd 9
Burun boʻshligʻi – suyak va togʻayli tuzilishga ega boʻlgan tashq burun nasus externus ning davomi boʻlib xisoblanadi. Burun boʻshligʻi toʻsiq – septum nasi vositasida ikki boʻshliqqa ajraladi. Toʻsiqning oldingi qismi togʻaydan va orqa soxasi suyakdan tashkil topadi. Burun boʻshligʻining orqa soxasini, xalqumga davom etadigan – orq tyeshiklar xoanalar dyeyiladi. Burun boʻshligʻining shilliq qavati kiprikli epityeliy bilan qoplanadi va shilliq byezlari boʻladi. Shilliq qavat ostida juda koʻp miqdorda vyenoz tomir chigallari joylashadi. Bu xosilalar xavoni tozalaydi, ilitadi yoki sovutadi va asosan burun boʻshligʻining oʻrta va pastki burun chigʻanoqlari soxasida joylashadi. Shu sababdan oʻrta va pastki xavo yoʻllarini – nafas soxasi regio respiratoria dyeyiladi. Yuqori burun yoʻllari soxasida xid biluv nyervining ryetsyeptorlari joylashadi, shu sababdan burun boʻshligʻining bu soxasini xid biluv soxasi – regio olfactoria dyeyiladi.
Burun boʻshligʻi – cavitas nasi.
Slayd 10
Xiqildoq – larynx.
Xiqildoq IV-VI boʻyin umurtqalari soxasida, boʻyinning olding yuzasida joylashgan. Orqa tomondan xalqum, yon tomondan esa boʻyinda oʻtuvchi qon tomir va nyervlar bilan oʻralib turadi. Xiqildoq yuqor tomonda til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa bir oz torayib, kyekirdakga (traxyeyaga) davom etadi. Xiqildoq juft va toq togʻaylarning, boylamlarning va muskullarning birikuvidan xosil boʻladi. Xiqildoq quyidagi togʻaylardan tashkil topadi: 1) uzuksimo togʻay – cartilago cricoidea; 2) qalqonsimon togʻay – cartilag thyroidea; 3) choʻmichsimon togʻay – cartilago arytenoidea; 4) xiqildoq usti togʻayi – cartilago epiglottis; 5) shoxsimon togʻay – cartilago corniculate; 6) ponasimon togʻaylar – cartilago cuneiformis. Uzuksimon togʻay xalqasimon shaklda boʻlib, xiqildoq asosid joylashgan. Orqa soxasida kyengroq lamina, oldingi va yon soxalar yoysimon arcus kismlari boʻladi. Uzuksimon togʻay orqa soxasida chumichsimon togʻay bilan bugʻim hosil etuvchi yuza, oldingi soxada es qalqonsimon togʻay bilan bugʻim xosil etuvchi yuza boʻladi
Slayd 11
Ovoz apparati:
I- gapirganda va ashula aytgan vaqtda ovoz boylamlari oraligʻidagi teshikning
Yopiq holatda koʻrinishi;
II – pichirlab gapirganda ovoz teshigining yarim ochilgan holatda koʻrinishi;
III- gapirmagan vaqtda ovoz teshigining ochig holatda (uchburchak shaklda) koʻrinishi
1- hiqildoq; 2- halqum; 3- halqumning burun teshigi; 4- ogʻiz boʻshligʻi
Va uning qoʻshimcha kovaklari; 5- burun boʻshligʻi
Slayd 12
Traxyeya – trachea.
Traxyeya xiqildoqning davomi boʻlib VI boʻyin umurtqasi sohasida
V koʻkrak umurtqasi soxasigacha davom etadi. Traxyeyaning pastki uch ikki asosiy bronxga ajraladi. Traxyeyaning boʻlinish sohasini – bifurcatio tracheae dyeyiladi. Traxyeyaning orqa yuzasida qiziloʻngach joylashadi. Traxyeyaning asosini yarim xalqasimon togʻaylar – cartilagene tracheales – hosil etadi. Togʻaylar oʻzaro ligg. Annularia boylamlari vositasida qoʻshilib turadi. Togʻaylarning orqa uchlari qoʻshilmaganligidan – bu soxada mushak tolalari boʻlgan parda – paries membranaceus – hosil boʻladi. Traxyeyaning ichki yuzasi kiprikli epityeliy bilan qoplangan shilliq qavat hosil boʻladi.
Slayd 13
Oʻtkazadigan havoni tyeskari yoʻnalishini taʼminlaydigan, havoni zararli zarrachalardan tozalaydigan aʼzodir. Bronxlar oldingi ichak nayining vyentral qismidan taraqqiy etadi va bronxlar dyevori entodyerma va myezodyermadan rivojlanadi.
Traxyeyaning ikkiga boʻlinishi natijasida ikkita asosiy bronxlar hosil boʻladi Bronxlar bronchus – havoni traxyeyadan oʻpka alvyeolalarigacha boradi. Oʻng bronx kyengroq, lyekin kaltaroq boʻladi. Oʻng bronx vyertikal xolda joylashganligidan, traxyeyaning davomidyek koʻrinadi. Aksincha chap bronx torroq, uzunroq va traxyeya bilan xosil etgan burchagi kichikroq boʻladi. Bronxlar dyevorining tuzulishi traxyeya dyevoriga oʻxshab kyetadi. Asosiy bronxlar oʻpka darvozasiga kirib, maydaroq bronxlarga boʻlinadi
Bronxlar.
Slayd 14
Oʻpka bir juft boʻlib (oʻng va chap oʻpka), konussimon tuzilgan. Ular koʻkrak qafasining ikki tomonida joylashgan. Oʻng va chap oʻpkaning oʻrtasida kekirdak, qiziloʻngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan.
Oʻng oʻpka chap oʻpkadan kattaroq boʻlib, u yuqorigi, oʻrta va pastki boʻlakdan iborat. Chap oʻpka esa yuqorigi va pastki boʻlakdan tashkil topgan. Oʻpkalar pastki tomondan diafragma, orqa tomondan umurtqa pogʻonasi, oldingi tomondan toʻsh suyagi va atrof tomondan qovurgʻalar bilan chegaralangan.
Oʻpka toʻqimasi daraxtsimon shakldagi oʻrtacha, mayda va eng mayda bronxchalardan hamda pufakchasimon alveolalardan tashkil topgan. Oʻpka toʻqimasi bronxlar va alveolalardan tashkil topganligi tufayli, u gʻovaksimon tuzilgan boʻladi.
Oʻpka alveolalarida gaz almashinuvi jarayoni kechadi. Ulaming devori bir qavatli epiteliy toʻqimasidan iborat boʻlib, atrofi mayda qon tomirlari – kapillyarlar bilan toʻrsimon shaklda oʻralgan. Alveolalarning soni ikkala oʻpkada 750 mln atrofida boʻladi. Alveolalarning umumiy sathi 100 m kvni tashkil qiladi. Ular yuzasining bunday katta sathga ega boʻlishi oʻpka bilan tashqi muhit oʻrtasida hamda alveolalar bilan qon oʻrtasida gazlar almashinuvi tczlashuvini taʼminlaydi.
Oʻpka.
Slayd 15
Oʻpkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan oʻralgan. U ikki qavatdan (ichki va tashqi) iborat boʻlib, ular orasida torgina plevra boʻshligʻi hosil boʻladi.
Plevra boʻshligʻi ichidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan kam, yaʼni manfiy boʻladi. Bu esa nafas olgan paytda oʻpka toʻqimasining kengayishiga va undagi alveolalarga havo kirishiga, nafas chiqarganda esa torayib, alveolalardagi havoni qisib chiqarishga imkon beradi.
Oʻpkalar katta qon aylanish doirasidan kelgan bronxial arteriya tomiri orqali oziqlanadi. Kichik qon aylanish doirasining tomirlari, yaʼni oʻpka arteriyalari va oʻpka venalari oʻpka toʻqimasini oziqlantirishda ishtirok etmaydi. Bu tomirlardagi qon oʻpka alveolalariga oʻzidagi karbonat angidridni berib, ulardan kislorod qabul qiladi, yaʼni venoz qon arterial qonga aylanadi.
Slayd 16
Oʻpka – koʻkrak qafasining tegishli yarmida joylashgan boʻlib, oʻng va chap oʻpkadan iborat boʻladi. Har bir oʻpka konussimon boʻlib, ostki qismi uchi, pastki qismi esa asosi deyiladi. Bolalarning yoshi orta boshlashi bilan oʻpkaning ogʻirligi va hajmi ortib boradi. Yangi tugʻilgan bolalarda ikki oʻpkaning ogʻirligi 50 – 57 g, 1 – 2 yoshda 225 g., 5 – 6 yoshda 350 g., 9 – 10 yoshda 395 g., 15 – 16 yoshda 690 – 700 g., kattalarda esa 1000 g. Boʻladi. Oʻpka hajmi yangi tugʻilgan bolalarda 70 sm3, 1 yoshda 270 sm3, 8 yoshda 640 sm3, 12 yoshda 680 sm3, katta odamlarda esa 1400 sm3 boʻladi.
Slayd 17
Nafas olish aʼzolari gigiyenasi
Odam yoshligidan, ayniqsa yurganda, chopganda, jismoniy mashq bajarganda burun orqali chuqur nafas olish va chiqarishga odatlanishi kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurgʻalararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi, oʻpkaning tiriklik sigʻimi ortadi. Organizmni turli sharoitda chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish, ochiq havoda sayr qilish va mashq bajarish kabilar nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.
Chekishning nafas olish aʼzolariga zararli taʼsiri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan koʻproq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabilar odam organizmining barcha aʼzolariga, jumladan, nafas olish aʼzolariga zaharli ta’ sir koʻrsatadi. Masalan, tamaki tutuni tarkibidagi karbonat angidrid qonning eritrotsitlari tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, miya, yurak va boshqa hayotiy muhim aʼzolarning kislorod bilan taʼminlanishini buzadi.
Tamaki tutuni tarkibida oʻsma (rak) kasalligini yuzaga keltiruvchi 50 dan ortiq kanserogen moddalar bor. Shuning uchun chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga qaraganda oʻpka oʻsmasi 20 marta koʻp uchraydi. Chekuvchi oʻz organizmini zaharlashidan tashqari, atrofdagi odamlar sogʻligʻi uchun ham katta zarar yetkazadi.
Slayd 18
Bolani kutayotgan birinchi narsa bu chaqaloqning birinchi yigʻlashidir. Aynan shu tovush bilan uning birinchi nafasi roʻy beradi. Tugʻilgunga qadar chaqaloqning nafas olishini taʼminlaydigan organlar hali toʻliq rivojlanmagan va faqat organizmning oʻsishi bilan ularning kamolotga erishishi sodir boʻladi (ham funktsional, ham morfologik).
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda burun yoʻllari (bu yuqori nafas yoʻllari) oʻziga xos xususiyatlarga ega.
. Ular juda tor.
. Nisbatan qisqa.
. Ularning ichki yuzasi mayin, koʻp sonli qon tomirlari (qon, limfa).
Bolaning nafas olish tizimining xususiyatlari
Slayd 19
Shu sababli, hatto boladagi shilliq pardalar ham tez shishadi va natijada nafas olish qiyinlashadi, nafas qisilishi rivojlanadi: kichik bolalar hali ham ogʻizlari bilan nafas ololmaydilar. Bola qanchalik yosh boʻlsa, oqibatlari shunchalik xavfli boʻlishi mumkin va patologik holatni tezroq yoʻq qilish kerak.
Yosh bolalardagi oʻpka toʻqimasi ham oʻziga xos xususiyatlarga ega. Ular, kattalardan farqli oʻlaroq, oʻpka toʻqimalari yomon rivojlangan va oʻpkaning oʻzlari juda koʻp miqdordagi qon tomirlari boʻlgan kichik hajmga ega.
Slayd 20
Nafas olish mashqlari tanadagi har bir hujayrani kislorod bilan taʼminlashga yordam beradi. Nafasni boshqarish qobiliyati oʻzingizni boshqarish qobiliyatiga yordam beradi.
Bundan tashqari, toʻgʻri nafas olish yurak, miya va asab tizimining ishini ragʻbatlantiradi, odamni koʻplab kasalliklardan xalos qiladi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi (ovqat hazm qilinmasdan oldin u qondagi kislorodni yutishi va oksidlanishi kerak).
Sekin ekshalasyon dam olishga, tinchlanishga, hayajon va asabiylashish bilan kurashishga yordam beradi.
Nafas olish mashqlari bolaning hanuzgacha nomukammal nafas olish tizimini rivojlantiradi, tananing mudofaasini kuchaytiradi va bir qator afzalliklarga ega. Burun nafas olishiga asoslangan. Shuning uchun yogislar, agar bolalar burnidan nafas olmasa, ular etarlicha aqliy rivojlanmaydilar, deb ogohlantirishi bejiz emas, chunki nazal nafas olish nazofarenkada joylashgan barcha organlarning nerv sonlarini qoʻzgʻatadi. Va bizning vazifamiz bolalarga nafas olishni oʻrganish va oʻrgatishdir
Slayd 21
Ayirishning ahamiyati
Ovqat tarkibida isteʼmol qilingan oqsil, yog’, uglevodlar, suv, tuzlar meʼda-ichaklardan qonga soʻrilib, jigarga boradi, unda keraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali ta¬naning barcha toʻqima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayon Iar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislota, qoldiq azot, mochevina, kreati¬nin, karbonat angidrid kabilar) hosil boʻladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga oʻtib, ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Shunday qilib, ayirish odam organizmi uchun muhim fiziologik jarayon boʻlib, uning natijasida organizm moddalar alma¬shinuvida hosil boʻlgan qoldiq moddalardan uzluksiz ravishda tozalanib turadi.
Slayd 22
Buyrak toʻqimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega boʻlgan nefronlardan tashkil topgan. Har qaysi buyrakda I mln atrofida nefron bor. Nefronlar buyrakning ish bajaruvchi asosiy tuzilmasi hisoblanadi. Ular murakkab tuzilgan. Buyrakning poʻst qavatida voronka shaklidagi Shumlyanskiy-Baumen kapsulasijoylashgan boʻlib, u ikki qavatli yupqa pardadan tashkil topgan. Ushbu kapsuladan birinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchalar boshlanib, buyrakning poʻst qavatidan magʻiz qavatiga o~tadi. Buyrakning magʻiz qismida kalavasimon kanalcha toʻgʻrilanib, yuqoriga buriladi. Bu burilish joyi Genii halqasi deb ataladi. Soʻngra u yana buyrakning poʻst qavatiga oʻtib, ikkinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchani hosil qiladi. U chiqaruvchi kanalga tutashadi
Buyrakning mikroskopik tuzi Jishi.
Buyrak nefronining koʻrinishi.
Slayd 23
Ayirish a ‘zolari
Ayirish aʼzolariga: buyrak, teri, oʻpka kiradi.
Moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻlgan gazsimon moddalar (karbonat angidrid) nafas olish organlari orqaIi tash¬qariga chiqariladi. Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda eri¬gan holda buyraklar orqali siydik tarkibida ajratiladi. Suv, tuzlar va qoldiq azotning oz qismi teri orqali ter sifatida tashqariga chiqariladi.
Siydik ayirish aʼzolarining
Umumiy koʻrinishi.
1- buyrak;
2- siydik yoʻLI;
3- qovuq (siydik pufagi);
4- buyrak arteriyasi;
5- buyrak venasi.
Slayd 24
Siydik ayirish aʼzolari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish aʼzolariga buyraklar (oʻng va chap), siydik yoʻLI, qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi.
Buyrak juft aʼzo boʻlib (oʻng va chap buyrak), qorin boʻshligʻining bel qismida, yaʼni birinchi va ikkinchi bel umurtqasining yon tomonidajoylashgan. U loviya shakliga oʻxshash boʻladi. Buyrak murakkab tuzilgan. Uning ichki tomoni botiqroq boʻlib, buyrak darvozasi deb ataladi. Buyrak darvozasi orqali unga arteriya qon tomiri kiradi, vena qon tomiri chiqadi. Shuningdek, buyrak darvozasi orqali siydik yoʻLI ham chiqadi. Har bir buyrakning ogʻirligi oʻrtacha 150 g keladi.
Buyrakning mikroskopik tuzilishi. Buyrak boʻylamasiga kesib qaralganda, uning toʻqimasi ikki qavatdan: tashqi qoramtir poʻst qavat va ichki oqimtir magʻiz qavatdan iborat ekanligi koʻrinadi.
Buyrakning ichki
Koʻrinishi.
1- buyrakning poʻst qismi; 2¬buyrakning magʻiz qismi;
3- buy¬rak jami;
4- buyrak arteriyasi; 5¬ buyrak venasi
Siydik ayirish aʼzolarining tuzilishi va funksiyasi.
Slayd 25
Katta odamda bir kecha-kunduzda oʻrtacha 100 l birlamchi siydik filtrlanib, uning 98,5-99 l kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta soʻriladi, qolgan 1-1,5 l ikkilamchi siydik sifatida tashqariga ajratiladi. Buyrak funksiyasining boshqarilishi. Buyrakda siydik hosil boʻLI¬shi nerv va gumoral yoʻl bilan boshqariladi. Simpatik nerv tola¬lari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarini kengaytirib,
Siydik ajralishini koʻpaytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa boʻlagida sintezlanadigan antidiuretik gormon (Adg) buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga taʼsir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni, aksincha, reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini koʻpaytiradi.
Slayd 26
Siydik ayirish aʼzolarining koʻp uchraydigan kasalliklariga buyrak va siydik yoʻllarining yalligʻlanishi hamda tosh kasalliklari kiradi. Yalligʻlanish kasallik Iari shamollash va qon orqaIi buyrak hamda siydik yoʻllariga rnikroolar tushishi natijasida kelib chiqadi. Ayniqsa, tomoq ogʻriganda (angina), tish kasalliklarida (karies), oʻpkaning yalligʻlanish kasalligida, ich ketish kasa Iliklarida mikroblar qonga oʻtib, siydik ayirish organlarini yalligʻlantiradi. Bunday kasalliklaming oldini olish uchun yuqorida koʻrsatilgan kasalliklardan saqlanishga, shamollamaslik choralarini koʻrishga eʼtibor berish kerak.
Buyrak tosh kasalliklarining asosiy sababi odam organizmida tuz almashinuvining buzilishidir. Bu koʻpincha tugʻma xususiyatga ega. Ammo uzoq yillar, oylar davomida ovqatlanish qoidalarining buzilishi, yaʼni tuzni koʻp isteʼmol qilish, issiq sharoitda terlashning koʻpayishi natijasida buyrakda siydik ajralishining kamayishi va siydikning quyuqlashishi undagi tuzlarning choʻkishiga va tosh hosil boʻlishiga olib keladi. Kam harakat qilish ham buyrakda qon aylanishining sekinlashishi va siydikning uzoq vaqt toʻplanib turishi oqibatida tosh hosil boʻlishiga sharoit yaratadi.
Tosh hosil boʻlishining oldini olish uchun tuzli ovqatlarni kam isteʼmol qilish, asosan qaynatilgan suv (choy) ichish, yozning issiq kunlarida koʻproq suyuqlik (sovutilgan choy) ichish hamda doim jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish tavsiya etiladi.
Siydik ayirish aʼzolari kasalliklari va ulaning oldini olish
Slayd 27
Yosh Xususiyatlari
Chaqaloqlarda va koʻkrak yoshidagi bolalarda buyrak dumaloq shaklda, boʻlakcha tuzilishiga egaligi hisobiga uning yuzasi gʻadir – budur, u poʻstloq qismining bu yoshda yetarli rivojlanmaganidan dalolat beradi.
Buyraklarning bolakcha tuzilishi 2-3 yoshgacha saqlanadi. Chaqaloqlarda buyraklar uzunligi 4,2 sm, vazni -12 g. Koʻkrak yoshida buyraklar oʻlchami 1,5 martaga ortadi, vazni 37 gr ga yetadi.
Erta bolalik davrida buyraklar uzunligi ortacha 7,9 sm, vazni 56 g. Oʻsmirlarda buyraklar uzunligi 10,7 sm, vazni 120 g. Chaqaloqlarda buyrak poʻstloq qismining qalinligi 2 MM ga teng, maqiz qismi – 8 MM, ularning nisbati 1: 4. Kattalarda postloq qismining qalinligi chaqaloqlarga nisbatan 4 martaga, maqiz qismi 2 martaga ortadi.
Slayd 28
Buyrakning oʻsishi asosan bola hayotining birinchi yilida kuzatiladi. 5-9 yoshlik davrida va asosan 16-19 yoshda buyraklar oʻlchami poʻstloq qismining rivojlanishi hisobigi ortadi, bu pubertat davri tugagunicha davom etadi; maqiz qismining oʻsishi 12 yoshda toʻxtaydi. Buyrak poʻstloq qismi oqirligi egiluvchan kanalchalar uzunligi va kengligining ortishi va nefron chiquvchi qismining oʻsishi hisobiga kattalashadi. Chaqaloqlarda buyrak jomchalari keng va ampulasimon. Buyraklar fibroz kapsulasi bola hayotining 5 yoshida aniq bilinadi, 10-14 yoshlarda xuddi kattalarnikidek boʻladi. Chaqaloqlarda buyrak pardasi qavati yupqa, bola yoshi ulgʻaygan sari sekin-asta qalinlashadi.
Slayd 29
Buyrakning yoʻgʻpardasi bolmaydi va bola hayotining birinchi yilidan keyin shakllana boshlaydi. Keyinchalik asta-sekin qalinlashishda davom etadi. 40-50 yoshda buyrak yog pardasi maksimal olchamga yetadi, keksa va qarilik yoshida yupqalashadi, baʼzida yoʻqoladi.
Buyrak topografiyasi bola yoshi kattalashishi bilan buyrakning pastga tushishi hisobiga oʻzgaradi. Chaqaloqlarda buyrakning yuqori qismi XII koʻkrak umurt pogʻonasi yuqori qismiga, koʻkrak yoshida (1 yoshgacha) esa XII koʻkrak umurtqa pogʻonasi tanasining oʻrta qismiga togri keladi. Chaqaloqlarda buyrakning pastki qismi IV bel umurtqasiga togri keladi, 1 yoshda 1/2 umurtqaga yuqori, bu umurtqa pogʻonasining tez oʻsishi bilan bogʻliq. 5-7 yoshdan keyin buyraklarning umurtqa pogʻonasiga nisbatan joylashuvi kattalarnikiga yaqinlashadi.
Slayd 30
Bolalarda sutka davomida ajraladigan siydik miqdori yoshga bogʻliq xolda
Yoshi Siydik miqdori, ML
1-3 oy 170-590
4-6 oy 250
7-9 oy 275
10-12 oy 740
1-5 yosh 600
5-10 yosh 700
10-14 yosh
Slayd 31
Siydik rangi va xidining oʻzgarishi.
Normal siydik sariq rangli va tiniq.
Sovuq harorat taʼsirida tuzlar chokmasi hisobiga xiralashadi.
Siydik tiniqligining oʻzgarishi unda koʻp miqdorda tuzlar, hujayra elementlari, shilliq va yogʻga (lipuriya) bogʻliq.
Agar siydik isitilganda xiraligi ketsa, bu uratlarning koʻp miqdorda ekanligini bildiradi. Agar xiraligi isitilganda yogolmasa, bir necha tomchi sirka kislotasi qoʻshiladi – xiralik yoʻqolsa fosfatlar koʻpligi, koʻpiklansa karbonatlar koʻpligini bildiradi.
Siydikka aralashtirilgan tuz kislota qoʻshilsa, xiraligi yoqolsa bu shavel nordon tuzlar borligini bildiradi.
Agar siydik xiraligicha qolsa xujayra elementlari (choʻkmani mikroskopik tekshirishda aniqlanadi), siydik kislota tuzlari, shilliq yogʻborligini bildiradi.
Slayd 32
Toʻq sariq rang. Agar buyrakdagi yalligʻlanish jarayoni boshlangan boʻlsa yoki odam qattiq suvsizlansa siydik bu rangga ega boʻladi. Bundan tashqari, suvsizlanish holatida tushirish miqdori juda oz boʻladi.
Ochiq sariq. Siydikning bu rangi odamda qandli diabet, buyrak etishmovchiligi boʻlsa paydo boʻladi. Bu turli darajalarda boʻlishi mumkin boʻlgan poliuriya alomatidir.
Toʻq jigarrang. Siydikda odatdagidan koʻproq urobilinogen mavjud boʻlsa, siydik shu rangga boʻyalgan boʻladi
Toʻq rang malnosarkoma va gemolitik buyrak kabi jiddiy kasalliklarni koʻrsatadi.
Qizil. Siydikning bu rangi toʻgʻridan-toʻgʻri unga kirganligini koʻrsatadi. Bu buyrak infarkti, urolitiyoz, siydik tizimidagi oʻsmalar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Baʼzida siydik goʻsht qiyaliklarining rangiga aylanadi. Bunday holda, bu glomerulonefrit haqida gapiradi.
Siydikdagi yashil rang bir nechta holatlarda paydo boʻladi. Koʻpincha bu obstruktiv sariqlik yoki bilirubin darajasining oshishi
Sutli rang. Bu rang juda gʻayrioddiy va odamda faqat limfa suyuqligi siydik ichiga tushgan taqdirda paydo boʻladi. Bu asosan buyrakda paydo boʻladigan patologik jarayonlarga bogʻliq.
Jigar rang jigar kasalligi yoki tufayli paydo boʻladi
Slayd 33
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 34
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BIOLOGIK HOSILDORLIKNI ANIQLASH VA YIG‘IM TERIM VAQTIDA NOBUTGARCHILIKNI ANIQLASH (BUG‘DOY MISOLIDA) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Hujayra sikli mavzusiga doir masala va mashqlar yechish (Mitoz) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TIBBIY GELMINTOLOGIYA. YUMALOQ CHUVALCHANGLAR – ODAM PARAZITLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
СПОСОБЫ ДЕЛЕНИЯ КЛЕТОК АМИТОЗ, МИТОЗ И МЕЙОЗ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
YURAK–QON TOMIRLARI TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
MUSKULLAR SISTEMASI. OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMUMIY FARMAKOLOGIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TIRIKLIKNING TUZILISH DARAJALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DUNYODAGI ENG ZAHARLI 10 TA HAYVON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
IRSIYAT QONUNLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.