Ayirish organlaring tuzilishi, funksiyalari va yoshga bog’liq xususiyatlari
4000 so'm

Slayd 1
Ayirish organlaring tuzilishi, funksiyalari va yoshga bogʻliq xususiyatlari
Slayd 2
Aiyiruv aʼzolari tizimi haqida
Buyraklar tuzilishi haqida
Buyrak kanallarida transport jarayonlari
Siydik ayirish organlarining yoshga bogʻliq xususiyatlari
Buyraklarning yoshga oid xususiyatlari
Reja:
Slayd 3
Ayiruv aʼzolariga siydik ayiruv, teri, oʻpka hamda hazm aʼzolari ham kiradi. Siydik ayiruv aʼzolariga: bir juft buyrak, bir juft siydik yoʻLI, siydik qopi va siydik chiqarish kanali kiradi.
Buyraklarning odam tanasidagi joylashgan oʻrni
Slayd 4
Buyraklar. Buyrak bir juft boʻlib, bel sohasida qorin boʻshligʻi pardasidan tashqarida, bel umurtqalarining ikki yonida 12-juft qovurgʻalar oldida joylashgan. Oʻng buyrak chap buyrakka nisbatan 1—1,5 sm pastda joylashgan boʻlib, uning ustida jigar bor. Buyraklar loviya shaklida boʻlib, yuzasi pishiq biriktiruvchi toʻqima bilan qoplangan. Uning atrofida yogʻtoʻqimasi boʻlib, buyrakni silkinishdan, har xil taʼsirlardan saqlaydi. Buyrakning vazni 100-120 gr, boʻyi 12 sm, eni 6 sm, qalinligi 3-4 sm keladi. Oldingi yuzasi orqa yuzasiga nisbatan biroz qavariq, orqasi tekis, ichki qirrasi botiq boʻlib, bu botiqlik buyrak darvozasi deyiladi. Bu yerdan buyrakka buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi va siydik yoʻLI chiqadi.
Slayd 5
Buyrak bolaning embrionlik davrida, uning mezaderma qavatida shakillanib, 3 ta davrni — pronefroz, mezanefroz, metanefrozni oʻz ichiga oladi. Bolalarning buyragi katta-kichikligi va vazniga koʻra kattalarnikidan farq qiladi. Buyrak juft organ boʻlib, oʻng va chap buyraklarga boʻlinadi. Shakli loviya shakliga oʻxshash boʻlib, qorin boʻshligʻining bel qismida yaʼni 1 va 2-bel umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Yangi tugʻilgan bolada buyrakning vazni 11—12 gr, 1 yoshda 27—36 gr, 5 yoshda 55—56 gr, 7 yoshda 82—84 gr, 13 yoshda 100—102 gr, 15 yoshda 115—120 gr, kattalarda esa 150 gr boʻlib, uzunligi 10—12 sm, eni 5—6 sm, qalinligi 3—4 sm boʻladi.
Slayd 6
Buyrakni orqa va old tomondan oʻralgan fassiya tutib turadi. Buyrakning frontal kesimida u 2 qavatdan: poʻstloq va magʻiz qavatdan tuzilganligi koʻrinadi.
Slayd 7
Buyrakning butun chetki qismini egallagan chetki poʻstloq qavati qizil-qoʻngʻir rangda, 5—7 MM qalinlikda boʻlib, ichki oqish qismi magʻiz moddasidan tuzilgan. Poʻstloq qavat ustunchalar shaklida magʻiz qavatdagi 15—20 ta piramidachalar orasida joylashadi. Poʻstloq qavatda Malpigi tuguni, Shumlyanskiy-Bauman kapsulasi, aylanma kanallar joylashgan.
Slayd 8
Magʻiz qavatda buyrak piramidachalari, Genii qovuzlogʻi va siydik yigʻuvchi umumiy kanallar boʻladi. Buyrak piramidachalari orasida buyrak ustunchalari boʻlib, ularda qobiq qismga boruvchi va ulardan qaytuvchi arteriya, vena qon tomirlari bor. Piramidachalar asosi bilan poʻstloq qavatga, choʻqqisi bilan buyrak ichiga qaragan. Piramidachalarning uchi soʻrgʻich shaklida boʻlib, kichik kosacha bilan oʻralgan. Soʻrgʻichning uchida koʻp teshik boʻladi. Bu teshiklar siydik yigʻuvchi umumiy yoʻlning oxirgi uchidir. Kichik kosachalar voronka shaklida boʻlib, ulardan 2—3 tasining qoʻshilishidan katta kosacha hosil boʻladi. Katta kosachalarning qoʻshilishidan buyrak jomi hosil boʻladi. Buyrakda hosil boʻlgan siydik jomlardan siydik yoʻliga oʻtadi.
Slayd 9
Slayd 10
Siydik ayirish organlarining yoshga bogʻliq xususiyatlari. Yangi tugʻilgan chaqaloqda buyraklarning oʻrtacha ogʻirligi 12 gr ni tashkil qiladi. Buyraklar ogʻirligi 150 gr boʻlguncha, 30 yoshgacha massasi ortishda davom etadi. Buyraklar oʻsish jadalligi turli yosh davrlarida turlicha boʻladi. Oʻsish tezligi boshlangʻich hayotning 3 yilida, oʻsmirlik davrida hamda 20—30 yoshda yuqori boʻladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqda buyraklar gʻadir-budur tuzilishda boʻladi, bir yil davomida siydik kanallari eniga va boʻyiga oʻsishi hisobiga ular tekislanadi. Ushbu buyraklar gʻadir-budurligi koʻpchilik bolalarning 5 yoshligida yoʻqoladi. Baʼzida gʻadir-budurlik butun umr oxirigacha saqlanib qolishi mumkin. Buyrakning poʻstloq va miya qavati nisbati yosh bilan sezilarli darajada oʻzgaradi. Katta yoshli odamda poʻstloq qavati 8 MM, miya qavati esa 16 MM ni tashkil qiladi, yangi tugʻilgan chaqaloqda esa 2 MM va 8 MM ga teng. Shunday qilib, poʻstloq va miya qavati qalinligi kattalarda 1: 2, bolalarda 1: 4 nisbatga teng. Buyrakning poʻstloq qavati hayotning birinchi yilida jadal oʻsadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqda buyraklarning poʻstloq moddasida bir-biriga zich yopishib turadigan mayda malpigi naychalari joylashgan. Ularni buyrakda hajm birligi 50 oʻramga teng (kattalarda 4-6; 8-10 oylik bolalarda esa 18-20 ga teng). Yosh ortgan sari siydik kanallarining oʻlchami kattalashadi.
Slayd 11
Buyraklar funksiyasining boshqarilishi. Buyraklarda siydik hosil boʻlishi nerv va gumoral yoʻl bilan boshqariladi. Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarini kengaytirib, siydik ajralishini koʻpaytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa boʻlagida sintezlanadigan antidiuretik gormon (Adg), buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga taʼsir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni, aksincha, reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini koʻpaytiradi. Ikkala buyrakda 2—2,5 mln atrofida nefron boʻlib, ular navbat bilan ishlaydi. Har qaysi nefron taxminan 15 daqiqa ishlab, 40—45 daqiqa dam oladi. Shunday qilib, bir kecha-kunduz davomida uzluksiz ravishda siydik hosil boʻlib turadi. Ajratiladigan siydik miqdori isteʼmol qilinadigan suyuqlik miqdoriga, ob-havoga hamda bajariladigan ishning turiga bogʻliq. Issiq vaqtda, jismoniy ish bajarganda siydik ajralish kamayadi, chunki ter ajralishi koʻpayadi.
Slayd 12
Siydik ayirish organlarining kasalliklari va ularning oldini olish. Siydik ayirish organlarining koʻp uchraydigan kasalliklariga buyrak va siydik yoʻllarining yalligʻlanishi hamda tosh kasalliklari kiradi. Yalligʻlanish kasalliklari shamollash va qon orqali buyrak hamda siydik yoʻllariga mikroblar tushishi natijasida kelib chiqaDI. Ayniqsa, tomoq ogʻriganda (angina), tish kasalliklarida (kariyes), oʻpkaning yalligʻlanish kasalligida, ich ketish kasalliklarida mikroblar qonga oʻtib siydik ayirish organlarini yalligʻlantiradi. Bunday kasalliklarning oldini olish uchun yuqorida koʻrsatilgan kasalliklardan saqlanishga, shamollamaslik choralarini koʻrishga eʼtibor berish kerak. Buyrak-tosh kasalliklarining asosiy sababi odam organizmida tuz almashinuvining buzilishidir. Bu koʻpincha tugʻma xususiyatga ega. Ammo uzoq yillar, oylar davomida ovqatlanish qoidalarining buzilishi, yaʼni tuzni koʻp isteʼmol qilish, issiq sharoitda terlashning koʻpayishi natijasida buyrakda siydik ajralishining kamayishi va siydikning quyuqlashishi undagi tuzlarning choʻkishiga va tosh hosil boʻlishiga olib keladi. Kam harakat qilish ham buyrakda qon aylanishining sekinlashishi va siydikning uzoq vaqt toʻplanib turishi oqibatida tosh hosil boʻlishiga sharoit yaratadi. Tosh hosil boʻlishining oldini olish uchun tuzli ovqatlarni kam isteʼmol qilish, asosan qaynatilgan suv (choy) ichish, yozning issiq kunlarida koʻproq suyuqlik (sovutilgan choy) ichish hamda doim jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish tavsiya etiladi.
Slayd 13
Siydik yoʻLI. Siydik yoʻLI diametri 4—5 MM, uzunligi 30 sm boʻlgan naydir. U buyrak jomining davomi boʻlib, buyrakdan siydik pufagigacha davom etadi va orqa tomondan kelib unga tutashadi. Siydik yoʻlining devori 3 qavatdan: ichki — shilliq, oʻrta — muskul va tashqi — seroz qavatdan tuzilgan. Ichki muskul qavat uzunasiga yoʻnalgan, tashqisi halqasimon yoʻnalgan muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul qavatning qisqarishi natijasida siydik buyrak jomidan siydik pufagiga oʻtadi.
Slayd 14
Siydik pufagi toq organ boʻlib, unda siydik toʻplanadi. Uning hajmi 500—750 sm3 gacha yetadi. U kichik chanoq boʻshligʻida qovuq suyagining orqasida joylashgan. Toʻlgan siydik pufagi tuxumsimon boʻlib, qovuqdan koʻtarilib turadi. Uning koʻtarilgan choʻqqisi, oldinga yoʻnalgan tanasi va tubi farq qilinadi. Tubining orqa devoriga 2 ta siydik yoʻLI ochiladi va undan siydik chiqarish kanali boshlanadi. Siydik pufagining devori juda choʻziluvchan boʻlib, yigʻilgan holda 15 MM qalinlikda boʻlsa, taranglashganda 2—3 MM boʻladi. Devorining ichi shilliq, oʻrtasi muskul va tashqi qavati biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan. Shilliq qavatda juda koʻp burmalar boʻlib, siydik pufagi toʻlishi bilan ular yoyiladi. Siydik yoʻlining ichida burmalar alohida qatlam hosil qilib, bu qatlam qopqoq rolini oʻtaydi va siydik yoʻliga siydikni qaytib chiqarmaydi.
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
KIRISH – ODAM ANATOMIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI, METODLARI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOSFERA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TIBBIY GELMINTOLOGIYA. YUMALOQ CHUVALCHANGLAR – ODAM PARAZITLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Bargning morfologik va Anatomik tuzilishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Orol dengizdagi bugungi holat va muammolari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DUNYODAGI ENG ZAHARLI 10 TA HAYVON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BARGNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Oliy nerv faoliyatning yosh xususiyatlari Nerv tizimining gigiyenasi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 55 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMURTQALILAR NAFAS OLISH TIZIMINING SOLISHTIRMA ANATOMIYASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.