Tabiiy fanlarning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari
4000 so'm

Slayd 1
Tabiiy fanlarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari.
Slayd 2
Reja:
Tabiatshunosliknio’qitishda o’quvchilarni (ma’naviy, ahloqiy, aqliy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jinsiy, gigienik, mehnat va baynalminallik ruxida) tarbiyalash masalalari.
Mantiqiytafakkurni rivojlantirish. O’quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilish.
O’quvchilarnitabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash. O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash.
Slayd 3
«Meni pedagogikada var var hisoblasangiz ham, lekin men o’z hayot tajribamda shunday xulosaga keldim. Go’zal tabiat yosh qalbga shunday katta tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatadiki, hatto pedagogikaning ta‘siri ham u bilan raqobatlashishga ojizdir».
K.Ushinskiy
Slayd 4
Slayd 5
Tabiat – bu organik (tirik) va noorganik (notirik) dunyoni o’zida qamrab olgan bir butun olam tabiat – g‘oyat xilma-xil shakllari, tarkibiy kismlari bilan insoniyatni kurshab turgan organik va anorganik olamlar, o’simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat esa undan paydo bo’lib, ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning bir mohiyati tabiiy (biologik), ikkinchi mohiyati ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi ko’proq keng va qisman tor ma‘nolarda ishlatiladi. Keng ma‘noda tabiat butun obyektiv borliq, real voqelik, turli-tuman korinishlardagi olam. Tor ma‘noda tabiat fan, asosan tabiiy fanlar tabiatshunoslik o’rganadigan obyektdir.
Slayd 6
Tabiatning adabiyotlarda ikki darajasi ajratib ko’rsatiladi: birlamchi va ikkilamchi. Bularning birinchisi insoniyatdan xoli, mustasno tarzda, sof tabiiiy holda mavjud bo’lgan tabiatdir;
ikkinchisi insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy ne‘matlar – tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskanlari – shahar, qishloq va boshqalar.
Slayd 7
Slayd 8
Bola dunyoga kelar ekan ilk yoshligidan boshlab tabiat bilan muloqotda bo’ladi. Bu haqda buyuk pedagog olimlarimiz o’zlari yashab o’tgan davrda, bolaning har tomonlama o’sishida ma‘naviy ozuqa beradigan tabiatning nozne‘matidir deb, ta‘kidlab o’tganlar. Biz hozirda o’tmishdagi pedagoglarimizning dono fikrlari va ilmiy asarlariga suyanganmiz o’zimizning pedagogik faoliyatimizda foydalanamiz
Slayd 9
Slayd 10
Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi – bolalarda notirik tabiat, o’simliklar, hayvonlar haqida ma‘lumot berish, ularning tabiat vokea-hodisalarini yetarlicha idrok eta olishlariga imkon berish. Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi – sensor madaniyatdir. U analizatorlarni takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo’ladigan hissiy tajribani mustahkamlash, tabiatshunoslikka oid. Dastlabki tushunchalarni shakllantirishga yo’naltirilgan.
Slayd 11
Slayd 12
Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari – sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuvchanlik, bilishga qiziqishi kabilar bilan mustahkam bog’langan bo’lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun bolalarning tabiat narsa-hodisalari bilan tanishtirish, ularni kuzatilayotgan narsa-hodisalarni tushunishga o’rgatish va ular orasidagi aloka va munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash jarayonidagi tabiat hodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni rivojlantiradi.
Slayd 13
Bola o’zini o’rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta‘mini tili bilan, havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil obyektlarning rangini ko’zi bilan, tovushlarni qulog’i bilan sezib, ya‘ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta‘sir etib, shu a‘zolarda joylashgan asab hujayralari orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada miyada tabiatning ayrim xossalari to’g’risida bilim paydo bo’ladi, ularning ko’rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralari vujudga keladi.
Slayd 14
Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalarga hayvonlar va o’simliklarni qanday kuzatishni ko’rsatish, ularning diqqatini ularning tashqi ko’rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqat tabiat haqida bilimlarni, balki ularga mas‘uliyatli munosabatni shakllantiradi. Faqatgina har doim bolaning yoshini hisobga olish va uning diqqatini mazkur narsa va hodisadagi nimaga qaratishni bilish zarur. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida axloqiy, jismoniy, mehnat va estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.
Slayd 15
Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash uchun ularni o’simliklarni sugorish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiy usullarini o’rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o’zlari bajarayotgan ish jarayoni va natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarlik sifatini shakllantirish uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ularning faoliyatiga hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarning tabiatda bo’lishi va mehnatidan ularning jismoniy rivojlanishi va salomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning go’zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o’ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e‘tiborlarini o’rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o’z hayotida dunyoning barcha va xilmaxil go’zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir.
Slayd 16
Ekologiya (grekcha «oikos» – yashash, uy, makon, «logos» – ta‘limot) – umumiy tarzda u organizmlarning yashash joyi, makoni degan ma‘noni anglatadi.
Slayd 17
Taʼlim-tarbiya jarayonida o’quvchilardagi yashirin isteʼdodlarni yuzaga chiqarish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish – kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, oʼtkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi sanaladi. Bu davlatimizning ustuvor yoʼnalishlaridan biri – har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazish gʼoyasiga mos keladi. Shaxsda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning muhim sharti shaxsning faoliyati hisoblanadi. Bu borada psixolog olimlarning bildirgan nazariy fikr va gʼoyalarini misol qilib keltirish mumkin.
Slayd 18
Ijodkor shaxsni shakllantirishning muhim sharti maqsadli pedagogik boshqarishda qatnashuvchi shaxsni yuqori darajadagi obʼektiv axborotlar bilan taʼminlash hisoblanadi. Obʼektiv axborotgina maqsadga yoʼnaltirilgan faoliyat uchun harakatlantiruvchi vosita boʼla oladi. Demak, shaxsning imkoniyatlari qancha oshib borsa, u faoliyatni shunchalik muvaffaqiyatli darajada bajaradi. Yaʼni iqtidorli, har tomonlama shakllangan oʼquvchilarimiz osonlik bilan oʼz maqsadiga yetsa, iqtidori yetarli shakllanmagan oʼquvchilar muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi
Slayd 19
Bolalar odatda juda qiziquvchan, tabiat hodisalari va narsalariga katta e’tibor bilan qaraydigan bo‘ladilar. Bu esa ota-onalar va o‘qituvchilar uchun bolani atrofmuhit to‘g‘risida yanada ko‘proq bilim olishlari uchun munosib shart-sharoit yaratib berishni taqozo etadi. Ota-onalar va o‘qituvchilar oldida turgan bunday vazifalar jumlasiga bolalarda atrof-muhit jonli va jonsiz narsalarga bo‘lgan muhabbat va hurmat tuyg‘usini rivojlantirish, ularning tabiat haqidagi o‘z tasavvurlarini boyitish, bolaga nafaqat bilim berish balki o‘z hissiyotlarini erkin ifoda etish imkoniyatini berish juda muhimdir.
Slayd 20
Shu boisdan ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish ularni o‘zlarini va atrofida sodir bo‘layotgan barcha narsani to‘g‘ri tushunishga o‘rgatadi. Bolalarning o‘zlari mehr va muhabbatga muhtoj. Shu bilan birga, ular barcha jonzotlarga befarq va beqiyos darajada o‘zlarining mehrlarini berishga qodirdir. Qani endi ulardagi bu mehr-oqibatni saqlab qolishni imkoni bo‘lsa. Buning uchun avvalo bolalarni tabiatda ham, odamlar orasida ham o‘zini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish lozim. Bolaning mehribon, sabr-toqatli, tinch va osoyishta bo‘lib o‘sishi va baxtli bo‘lishi uchun biz kattalar bolalik inson hayotining muhim qismi ekanligini esdan chiqarmasligimiz kerak.
Slayd 21
Atrof-muhit haqida fikrlashning asosiy shakllari va bolalar faoliyati uslublariga muvofiq 4 ta usul mavjud: 1. Atrof-muhit haqidagi vizual usullar (kuzatish, namoyish qilish, tekshirish). Vizual usullar – o‘simliklar, hayvonlar, jonsiz va tirik tabiatning tabiiy hodisalari to‘g‘risida aniq ma’lumot to‘plashning eng maqbul usullaridir. Uning yordami bilan bola nafaqat ob’ektlarning tashqi parametrlarini (rangi, tuzilishi, hidi, shakli va boshqalar), balki ularning atrof-muhit bilan aloqalarini ham o‘rganadi. 2. Atrof-muhit haqidagi yetarli darajada tasavvur hosil bo‘lishi uchun og‘zaki usullar (suhbat, hikoya, badiiy adabiyotni o‘qish usullari: tushuntirish, ko‘rsatma, pedagogik baho, savol, masalan uy gullari yoki uy hayvonlari haqida hikoya tuzish) ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Slayd 22
Atrof-muhit haqidagi muhim tasavvurlarni shakllanishida amaliy usullar ham qo‘l keladi. Amaliy usullar bu turli mashqlar, elementar tajribalar, modellashtirish, bolalar tajribasiga, amaliy vaziyatlarga, qidiruv harakatlariga, so‘rovnomalarga asoslanib, modelga muvofiq ish tutishdir
O‘yin usullari esa bu atrof-muhit haqidagi didaktik o‘yinlar, o‘yin holati, o‘yinchoqlar bilan harakatlar, harakatlarga taqlid qilish, yashirish va qidirish, ochiq maydonda o‘ynash, epizodik o‘yin texnikasi, topishmoqlardan iboratdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishda ekologik loyihalar ham muhim ahamiyat kasb etadi
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.