Tabiiy fanlarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari
4000 so'm

Slayd 1
Tabiiy fanlarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari
Slayd 2
Reja:
Tabiatshunoslikni o‘qitishda o‘quvchilarni (ma’naviy, ahloqiy, aqliy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jinsiy gigienik, mehnat va baynalminallik ruxida) tarbiyalash masalalari.
Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish. O‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilish. O‘quvchilarni tabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash
O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash.
Slayd 3
Slayd 4
Tabiatshunoslikning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari ma’lumki, boshlang’ich sinflarda «Atrofimizdagi olam» (1-2- sinflarda) va «Tabiatshunoslik» (3 -4 – sinflarda) fanlari o’qitiladi. «Tabiatshunoslik» fani «Atrofimizdagi olam» fanining davomi bo’lib, o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash imkoniyatlariga ega. «Tabiatshunoslik» fani yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo‘lishga o’rgatadi: unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo’riqlash, asrash, in’omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklami o ‘z qo’llari bilan yaratish va ko‘paytirishga chorlaydi. Bolalarning atrofimizdagi olam ni m untazam o ‘rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasawurni shakllantirish kerak. O’quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir. Shu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga: — o’zaro bog’liqligi ochib berilgan jonli va jonsiz tabiat to’g’risida aniq bilimlar berish; — odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida ma’lumotlar berish; — ularni tabiatda kuzatishlar o’tkazish uquvi va ko’nikmalari bilan qurollantirish; — tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko‘- paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish; — jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash kerak.
Slayd 5
Umumta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosi yo’nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilga o ‘zgarishlar, ko’rsatilgan vazifalar, tabiatshunoslik kursid o’quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e’tiborr yanada kuchaytirishni, «har bir o’quvchining gigiyena va meditsin sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o’z organizmir bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishir nazarda tutadi. Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushu nish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga muruwatli mu nosabatni, vatanparvarlikni va go’zallikni tushunishni tarbiya lash kerak. Zamonaviy pedagogika ta’lim va tarbiyaga, tarbiyalovchi ta’lir deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qarayd: T a’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bila belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o’qitis o’qituvchiga o’quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilis faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Tabiatshunosli bo’yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettirad O’quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyavi ahamiyatga ega, o’quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarr o’zlashtirish jarayoni bilan bog’liqdir. Shu munosabat bilan tabiatshunoslikni o’qitish o’qituvcluchun tarbiyaviy ishlarda katta imkoniyatlar beradi.
Slayd 6
Tabiatshu noslikni o’qitishda og’zaki, ko’rgazmali, amaliy va boshq metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individus qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko’pro’ qo’llanilmoqda. Tabiatshunoslik bo’yicha mashg’ulotlami sinfdan va maktabda: tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o’yinlar, o’lkashunosli ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq zarur. Bularning hammasi o’qituvchiga tabiatshunoslik bo’yich o’quvchilar bilan shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilin olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta ’si ko’rsatishga ham imkon beradi. Boshlang’ich sinflarda tabiatshu noslikni o’qitishning maqsadi botanika, zoologiya, anatomiya fiziologiya, gigiyena, geografiya fanlarining elementar asoslarin berishdir. Tabiatshunoslik darslari mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Ani< misollarda o'quvchilarni odam mehnati — uning jismoniy ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o'qituvchi mehnatga muhabbatni, astoyidil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalaydi. Bu 1- sinfda "Maktab xodimlari m ehnatiga hurm at", "M aktaboldi maydonidagi ishlarga qatnashish", "Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari"; 2- sinfda "Kun tartibidagi mehnatning turlari", "Xona o‘simliklarini parvarish qilish", "Qurilish,sanoat korxonalarida ishlovchi odamlarning kasblari", "Mavsumlar bo'yicha maktaboldi maydonidagi ishlar"; 3- sinfda "Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo'yicha odamlar mehnati", "Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)", "Dalada, bog'da, polizda odamlar mehnati", "Maktaboldi maydonida odamlar mehnati", "Foydali qazilmalami olish"; 4- sinfda "Cho'llarda, dashtlarda, o'rmonda, tog'larda, tundrada odamlar mehnati", "Yer osti boyliklari, suv, havo, o'simliklar, hayvonlar muhofazasi bo'yicha odamlar mehnati" mavzularidir.
Slayd 7
O’quvchila tabiat jismlarining nomlarini atab, ular to’g’risida o’z flkrmulohazalarini izhor qilib, shu narsalarni idrok qiladilar va ulargj o’z munosabatlarini ko’rsatadilar. O’quvchilarning nutqi ustida is! Olib borish bilan bir vaqtda o’qituvchi ularning tafakkuri ustidj ham ish olib boradi, o’quvchilar fikrining aniqligi, tushunarliligi izchilligi va asoslanganligini tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik darslaridi ma’lum miqdordagi tabiatshunoslik bilimlarini o’zlashtirisl jarayonida muayyan fikrlash faoliyati amalga oshadi va mantiqn tafakkur rivoj topadi. Aqliy operatsiya (ish)lar tahlil qilish v; sintezlash tufayli o’quvchida uning ongidagiga asoslanib, yang fikrlar, tabiatshunoslik tasvirlari vujudga keladi. Bu mazmur jihatidan bir-biriga zid bo’lgan fikrlash operatsiyalari ajralma: birlikda bo’ladi. O’quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilish. Fikrlash faoliyat odamda tabiat bilan kurashda duch kelgan qiyinchiliklami yengisl usuli sifatida evolutsiya jarayonida vujudga kelgan. Darhaqiqat, ha birimiz doimo u yoki bu darajada qiyin holatga tushib turamiz bunda odatdagi faoliyat usulimiz muvaffaqiyatni ta’minlamaslig mumkin. Amaliy yoki nazariy maqsadlarga erishish uchun yang yechim axtarishga majbur qiladigan shunday holatlar muammol vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat o’quvchilar tomonidan muayyan savolg; javob berishni talab qiluvchi vazifa sifatida qabul qilinadi va anglat olinadi. Tafakkur uchun masalani anglab olish — bu go’yo faol fikrlash faoliyatining boshlanishiga signaldir. O’quvchida savolning tug’ilgani, uning tafakkur yuritayotganidir.
Slayd 8
Slayd 9
O’quvchilar hal qilishi zarur bo’lgan muammoli vaziyatli masalalardan bir nechta namuna keltiramiz. «O’rmonda dam olayotgan vaqtingda quruq xashakning asta-sekin yonayotganligini payqab qolding. Nima qilasan?»: a) kattalar oldiga borib, bu haqda aytaman. B) o’zim o’chiraman. D) quruq xashak kerak emas, yonaversin. «O’ynayotgan vaqtingda odamlar ko’p yuradigan yo’lakda ag’darilib yotgan qo’ng’izchani ko’rib qolding. Yo’lovchilar uni ezib o’tib ketishlari mumkin. Sen nima qilasan?»: a) qo’ng’izchani gugurt qutichasiga solib tomosha qilaman. B) qyog’im bilan ezib tashlayman, chunki u daraxtlarga zarar yetkazishi mumkin. D) qo’ng’izchani olib daraxt shoxiga qo’yaman. E) O’zi yana ag’darilib uchib ketishini kutaman va hokazolar. Tabiatshunoslik o’zining mazmuni va metodlari Bu muammolaming barchasi o’quvchilarning fikrlash qobiliyatir rivojlantiradi. Tabiatshunoslik o’zining mazmuni va metodlari bila o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda katta imkoniyatlarg ega. Tabiat — dunyo fani va shuning uchun ham tabiatshunosli darslari o’quv m ateriali m azmunini yetkazishning yang m etodikasini talab qiladi, uning asosiy maqsadi bilimla yig’indisini faqat esda qoldirish bo’lib qolmasdan, balki ularn ishonchga aylantirish hamdir.
Slayd 10
(3 -4 – Sinf «Tabiatshunoslik» darsliklari). Tabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash. Tabiatga muhabbat ulkan va murakkab hissiyotdir. U bolaning ruhiy va aqliy dunyosini o’z ichiga olib murakkab psixik kompleksni hosil qiladi. Bu hissiyotni tarbiyalashni bola esini taniy boshlaganidan boshlash kerak, chunki unda jonajon tabiatga muhabbat bilan birga jonajon o’lkaga ko’ngil qo’yish o’sib boradi. Bolalikda tug’ilgan bu hissiyot maktab yillarida shakllanib, boyiydi, bunga ma’lum darajada tabiatshunoslik yordam beradi, albatta, u tabiat go’zalligini qabul qilishgagina emas, balki uni muhofaza qilishga, shuningdek, ko’paytirishga ham o’rgatadi. Atrof-muhitga ongli munosabatni tarbiyalash uchun birinchi sinfdan boshlaboq atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda (tabiiy xarakterdagi maqola o’qilgandan keyin) bolalar oldiga amaliy vazifalar qo’yish zarur. Ikkinchi sinfda shu predmet bo’yicha bilimlar doirasi kengaytirilayotganda nazariy bilimlar, amaliy mashg’ulotlar (qishlovchi qushlarga yordam, yashil ko’chatlarni himoya qilish, erta gullovchi o’simliklarni qo’riqlash) bilan bog’lanadi. Uchinchi sinfda tabiatdan foydalanish, uni muhofaza qilish borasida odamlar mehnatiga alohida e’tibor beriladi. To’rtinchi sinfda tabiat muhofazasi bo’yicha bilimlar quyidagi tartibda muntazamlashadi: jonajon o’lka — Vatanimiz tabiati, insonning tabiatni qo’riqlashi.
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.