Tabiiy fanlarni o’qitishning moddiy texnik bazasi
4000 so'm

Slayd 1
Tabiiy fanlarni o’qitishning moddiy texnik bazasi. Boshlang’ich ta’limda tabiatshunoslik materiallarini tanlash va joylashtirish tamoyillari.
Slayd 2
Reja:
O’qitishdamuntazamlilik, izchillilik, ilmiylik, tushunarli bo’lish, o’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyillari.
Bilimlarnipuxta o’zlashtirish, o’qitishning ko’rgazmalilik va nazariyani amaliyot bilan bog’lash tamoyillari va ularning o’qitishdagi ahamiyati. O’qitishning individuallashtirish va o’lkashunoslik tamoyillari.
Tabiiy fandarslarini jihozlash. Jonli tabiat burchagi va uni tashkil etish. O’lkashunoslik burchagi va uning ahamiyati. Geografiya maydonchasi va uni tashkil qilish.
Slayd 3
O’qitishning muntazamliligi, ya’ni sistemaliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog’lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan: 1) nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatish va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o’yinlar (bu boshlang’ich sinflardagi o’qitish uchun xarakterlidir)ni; 2) atrofdagi hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar)ni; 3) mehnat ta’limi va ijtimoiy foydali mehnatni; 4) maktaboldi maydonidagi ish va unumli mehnat bilan bog’lanishni nazarda tutadi.
Slayd 4
Tabiiy fanni o’qitishda ilmiylik tamoyili hoziigi zamon fanida qaf’iy qaror topgan tamoyillarni o’quvchilarga o’zlashtirish uchun taklif etilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo’yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O’quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o’quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi.
Slayd 5
Qiyinchilik xarakterini to’g’ri aniqlash o’quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o’quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng to’g’ri metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko’tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o’zlashtirib olinishiga imkon beradi.
Slayd 6
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash. Nazariyani amaliyot bilan bog’lash o’quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu ularning o’zlashtirish sifatini oshiradi. Bu tamoyil mehnat ta’limi va o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog’lanish xarakterini o’quv predmetining mazmuni taqozo qiladi. Tabiiy fanda nazariy bilimlar o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o’zlashtirib olinadi.
Slayd 7
Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, tabiatda bahor mavzusi (3- sinf) ni o’rganish bo’yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta’sirini aniqlash uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma’qul.
Tabiiy fanni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi, uning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi nazariy bilimlarning chuqurlashishi, shuningdek, amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O’rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, sayohatlar, amaliy mashg’ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanish mumkin.
Slayd 8
Tabiiy fanni o’qitishda o’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili. O’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili: 1) o’quvchilarning o’qishga ongli va ijodiy munosabatda bo’lishlarini; 2) o’rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini; 3) o’qishning ijodiy xarakterda bo’lishini; 4) bilimlarni amaliyotda ongli qo’llashni va ularni ishonchga aylanishini o’z ichiga oladi.
Slayd 9
O’qitishning ko’rgazmalilik tamoyili. Ko’rgazmalilik tamoyilidan foydalanishning asosiy vazifasi o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o’qitishni nazarda tutadi. Ko’rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o’rganishning dastlabki bosqichlarida juda muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’rganlarida hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to’g’ri tushuncha va xulosalar hosil bo’lishiga yordam beruvchi bilimlar olishlari kerak.
Slayd 10
Tabiiy fan bo’yicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o’rganishga, tirik tabiat burchagida, maktab oldi maydonchalarida tajribalar, kuzatishlar o’tkazishga imkon beruvchi metodlarning qo’llanilishini, ya’ni o’quvchilarning bevosita ko’z bilan yoki bevosita ko’rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan, shuningdek, ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan ko’rgazmali tamoyilidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas.
Slayd 11
Bilimlarani puxta o’zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil olingan bilimlarni, shakllantirilgan o’quv hamda ko’nikmalarni o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanishini nazarda tutadi. O’quvchilar bilimining puxta bo’lishi o’qituvchining ko’rsatib o’tilgan tamoyillardan o’quvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda foydalanishiga bog’liq.
Bilimlarni puxta bo’lishiga erishish uchun, avvalo, o’quv yili boshlanishida ilgari o’tilgan materialni yangi bilimlarning o’zlashtirilishi ongli bo’lishi uchun tiklash zarur.
Slayd 12
O’qitishning individuallashtirish tamoyili. O’rta ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har bir maktab o’quvchisi muayyan axborot va individual xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni o’zlashtirish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Biroq o’qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o’zlashtirish darajasi bir xil bo’lishi mumkin. Binobarin, bolalar taraqqiyotiga to’g’ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin.
Slayd 13
U rivojlanish darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, bahonalarining o’xshashligi bo’lishi mumkin. Ammo umumiylik bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun o’zining individual xususiyatlari;
diqqatning rivojlanishi;
darsdagi xulq-atvorning xarakteri;
predmetga munosabati;
ko’rgazmali va og’zaki materialning qabul qilishining tezligi va aniqligi;
o’quv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri;
tabiat to’g’risidagi bilimlarining sifati, og’zaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi o’ziga xosdir
Slayd 14
Tabiiy fanni o’qitishning o’lkashunoslik tamoyili. Maktab o’lkashunosligining vazifasi o’quvchilar tomonidan ta’lim-tarbiya maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi hududini har tomonlama o’rganishdir.
O’lkashunoslik hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlari hisobga olinganda, o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
Slayd 15
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog’liq, chunki o’z o’lkasini bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantiradi, chunki bu ijtimoiy-foydali mehnatda faol qatnashishga imkon beradi.
O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfda va sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin. Faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan bajarilsin.
Slayd 16
Ma’lumki tabiy fan darslarini qiziqarli, ta’sirchan o’tkazish uchun maktab tabiiy fan xonalari katta ahamiyatga ega. Tabiiy fanni o’qitish tirik o’simlik va hayvonlar ustida ko’rgazmali va amaliy metodlami qo’llanish asosida mashg’ulotlar o’tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab qiladi. Tabiiy fan xonasida jonli va jonsiz tabiat bo’yicha kerakli jihozlar mavjud bo’lishi kerak.
Slayd 17
Probirka, lampa, termometr, har xil hajmdagi o’lchagich idishlar, tasviriy sxematik ekranli ko’rgazmalar, texnik vositalar — diafilm, diapozitivlar, gramplastinkalar (qushlarning ovozi yozilgan) stendlar, jadvallar, tabiiy karta, globus, devoriy gazetalar va hokazo.
Slayd 18
Tabiiy ko‘rgazmali qurollar.
Xarita va globus.
Proyeksion apparatlar.
Tajribalar o’tkazish uchun jihozlar.
Jonli tabiat burchagi.
Jonli tabiat burchagi uchun xona.
Slayd 19
O‘lkashunoslik burchagi. 1- Sinfdan boshlab o’quvchilar o’z o’lkalari, o’z joylarini o’rganadilar, tabiatda kuzatishlar olib boradilar, ekskursiyalarga chiqadilar. Boshlang’ich sinfda o’qish vaqtida ular boy faktik material to’playdilar, bu material o’lkashunoslik burchagiga joylashtiriladi. Vaqt o’tishi bilan o’lkashunoslik burchagida boshlang’ich sinfning avvalgi bitiruvchilari yiqqan qimmatli materiallar to’planib boradi, undan tabiatshunoslikni o’qitishda muntazam ravishda foydalaniladi.
Slayd 20
O’lkashunoslik burchagi tabiatshunoslik xonasida yoki alohida sinfda barpo etiladi. Material uch bo’limga ajratiladi: «Bizning o’lka», «Оb-havo kalendari (taqvimi)» va «Tabiat belgilari».
“Bizning o’lka» stendiga quyidagilar joylashtiriladi:
O’z aholi punktining nomi ko’rsatilgan yoki (agar u xaritada bo’lmasa) uning o’rni taxminan ifodalangan xaritasi
O’z joyining nomi ko’rsatilgan O’zbekiston tabiiy xaritasi
Maktab joylashgan joy ifodalangan o’z aholi punktining plani
O’z joyining yuzasi shakllarining fotosuratlari
O’z o’lkasi sanoat ishlab chiqarishini yorituvchi materiallar. Mahalliy sanoat mahsulotlaridan namunalar
Slayd 21
O’lka qishloq xo’jaligini aks ettiruvchi materiallar (shu joyda yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi o’simliklari har xil turlarining fotosuratlari va gerbariylari)
Yashash joyidagi daryoning quyilish hamda boshlanish qismlari, suv havzalari to’g’risidagi ma’lumotlar
Joy tuprog’i to’g’risida ma’lumotlar (shu daryoning tuproq tiplari ko’rsatiladi)
O’lkaning o’simlklari to’g’risida ma’lumotlar (madaniy va yovvoyi o’simliklar gerbariylari va fotosuratlari)
Hayvonlar to’g’risida ma’lumotlar. (Hayvonlarning fotosuratlari va rasmlari)
Slayd 22
Geografik maydoncha.
Geografiya maydonchasini tayyorlash uchun o’lchami taxminan 10 m2 keladigan ochiq joy shunday tanlanadiki, unga katta daraxt va binolarning soyalari tushmaydi. Maydoncha awal tekislanadi, so’ng unga qum sepiladi va atrofi o’raladi. Bu maydoncha o’quvtajriba maydoni yonida bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Slayd 23
Tabiiy fan darslarini o‘tish uchun maydonchada ushbu jihozlar mavjud bo’lishi zarur:
O‘lchovchi-devor. Bu o‘ram (ihota)ning har bir metri oralab har xil bo’yoqlar bilan bo’yaladi. 0 ‘Lchovchi-devor bo‘ylab yo‘lcha qaziladi. Undan fazoviy tasawurlami rivojlantirish, jumladan, «Plan va xarita» mavzusini o’tishda foydalaniladi
Balandlikni о ‘lchovchi ustun. Balandligi 10 m, har qaysi metri navbat bilan ikki xil — rangli. U balandlikni taqqoslash, shuningdek, fazoviy o’lchash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Slayd 24
Fluger shamol yo’nalishini aniqlovchi asbob. Uni o’quvchilarning o’zlari tunukadan yasashlari yoki do’kondan shamol kuchini aniqlash uchun shamol o’lchagich bilan birga sotib olishlari mumkin.
Во’y o’lchagich bo‘y o’lchash uchun yog’ochdan yasalgan asbob. Bo’y o’lchagichdan foydalanib o’quvchilar o’z bo’ylarini o’lchaydilar va boshqa narsalaming balandligi bilan taqqoslaydilar.
Bunda ko’zda chamalash ko’nikmasi rivojlanadi.
Slayd 25
Kvadrat metr uzunligi lm keladigan reykalaming o’zaro biriktirilishidan hosil qilingan yuza. U maydonchaga qo’yiladi va ichiga maydalangan g’ishtlar solinadi. U kvadrat metr to’g’risida ko’rgazmali tasavvur beradi.
Gnomon. Quyoshning ufq ustidan balandligini aniqlaydigan asbob. Gnomon yordamida, ufq tomonlarining yo’nalishlarini ham aniqlash mumkin. Chunonchi, kunning yarmida soya shimolga yo’nalishini ko’rsatadi va qisqa bo’ladi, chunki Quyosh tikka (zenit) da turadi, erta bilan soya g’arbga, kechqurun esa sharqqa yo’nalgan bo’ladi. Har doim shimolga yo’nalishni bilish uchun kunning yarmida gnomon soyasi yog’II bo‘yog’ yoki g’isht parchasi bilan belgilab qo’yiladi.
Slayd 26
Rumbik halqa. Undan ufq tomonlariga nisbatan o’zi tuigan joyni aniqlash uquvlarini hosil qilish uchun foydalaniladi. Shu maqsadda g’isht yoki yog’ochlar yarmigacha yeiga kiigizib gnomon atrofiga teriladi
Quyosh soati. U xohlagan o’lchamli gorizontal qo’yilgan yog’och doira bo’lib, o’rtasida o’qi bo’ladi. Doiraning chetiga gnomon bo’yicha (kun yarmida ustunning, ya’ni o’qning shimolga yo’nalgan soyasi bo’yicha) 12 raqami qo’yiladi
Yomg’iro’lchagich. Oddiy paqir yomg’ir o’lchagich bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bunda yog’in miqdorini aniqlash uchun paqir ichiga tushirilgan chizg’ichdan foydalaniladi. Yog’in menzurka yordamida o’lchanadi. Buning uchun kub santimetr hisobidagi menzurka ko’rsatkich 10 ga ko’paytiriladi va paqir tagining sathiga bo’linadi
Slayd 27
Qor o’lchovchi reyka. Tegishli chiziqlari bo’lgan maxsus reyka bilan qor qoplami qalinligi o’lchanadi
Meteorologik xonacha havo haroratini o’lchaydigan termometr, havo bosimini o’lchaydigan barometr, havo namligini o’lchaydigan gigrometr va boshqa asboblarni saqlash uchun xizmat qiladi. Meteorologik xonacha geografiya maydonchasining soya tushmaydigan joyiga ikki metrga yaqin balandlikda o’rnatiladi
Qum solingan yashik ishchi stollari yoniga o’rnatiladi va o’quvchilarning har xil relyef shakllarini hosil qilishlari uchun foydalaniladi
Slayd 28
Oriyentirlash burchagi o’zlashtirilgan bilim, uquv va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Bunda kesilgan kunda halqalari janubga qaratib o’rnatiladi, yonbag’irliklari (tik va qiya), dovoni va aniq ifodalangan cho’qqisi hamda tagi bilan tepalik modeli (chim bilan qoplangan toshlardan) bo’lishi kerak
Tog’ jinslariva. Suvni o’rganish uchun jihozlar o’z ichiga sun’iy suv havzasi, daryo modeli, tog’ jinslari va joyning tuprog’ini oladi. Suvning oqishini o’rganish uchun geografiya maydonchasiga vodoprovod o’tkaziladi. Suvning sun’iy oqimi yo’liga «qiig’oq»larning yuvilishi va «sharshara» hosil bo’lishini ko’rsatish uchun to’siq qo’yiladi
Slayd 29
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 30
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.