Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar turlari 3

4000 so'm


Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar turlari 3

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar, ularning turlari

Slayd 2

Reja:
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil kilish usullari
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni, shakli va uslublari
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchining ish metodikasi

Slayd 3

Sinfdan tashqari ishlar
Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. Bilan mustaqil shugʻullanishi) ni koʻrsatish mumkin.

Slayd 4

Sinfdan tashqari ishlarning turlari
To’garak ishlari
Ekskursiya
Ko’rik tanlovlar
Fan olinpia-dalari
Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv
Adabiy kechalar
Bayramlar -tadbirlar o’tkazish

Slayd 5

Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
– pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
ulg’atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur

Slayd 6

Og’zaki ish usullari. Тurli axborotlar, majlislr, ertalabki yig’inlar, maoruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og’zaki gazetalar, radiojurnallar.
Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohtlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar.
Ko’rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
Тarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, axil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi.

Slayd 7

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni, shakli va uslublari
Fuqarolik faoliyati o’z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklikni barqaror etadi:
– islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi;
– siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashishga shay turish;
– xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik tamoyillarini, o’zining Vatan, mahalla, oila oddidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi. Qonunchilikning buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish;za etishga ko’maklashadi

Slayd 8

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.

Slayd 9

Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
– pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
ulg’atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:
a) fan to’garaklari;
b) mohir qo’llar to’garaklari;
v) duradgorlik to’garaklari;
g) sport to’garagi;
d) badiiy xavaskorlik to’garagi

Slayd 10

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish
O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish
Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy

Slayd 11

O’quvchi atrofini o’rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, o’kituvchilar, maktabning muhiti, o’quvchilar tarbiyasini to’g’ri, ongli ravishda o’rganish va qabul qilish. Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:
Тo’garak turlari:
Fan to’garaklari
Mohir qo’llar
Duradgorlik
Sport musobaqalari
Badiiy havaskorlik
Ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi

Slayd 12

Maktabdan tashqari ta’lim o’qishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarda o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
Estetik ta’lim;
Sayyohli yo’nalishi bo’yicha to’garaklarga qatnashish
Ekologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha to’garaklar;
O’quvchilarni ma’naviy axloqiy yo’nalishi bo’yicha;
Хuquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha;
Тexnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha;
Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar;
Iqtisodiy ta’lim

Slayd 13

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 14

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar turlari 3” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

one × five =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar