STEAM ta’lim texnologiyasining me’yoriy asoslari

4000 so'm


STEAM ta'lim texnologiyasining me'yoriy asoslari

 

 

Slayd 1

Maktabgacha ta’limda Steam ta’lim texnologiyasidan foydalanishning me’yoriy va uslubiy asoslari

Slayd 2

Reja:
2030 Yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi
Steam ta’lim texnologiyasi asosida «Ilk qadam» davlat dasturi doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari
Loyihaning mohiyati
Pedagogik jarayonni loyihalash tamoyillari
Darsning o’quv maqsadi: Maktabgacha ta’limda Steam ta’lim texnologiyasidan foydalanishning me’yoriy va uslubiy asoslarini o’rganish
Tayanch tushunchalar: Maktabgacha ta’limda Steam ta’lim texnologiyasi, me’yoriy va uslubiy asoslar, rivojlantirish konsepsiyasi, maktabgacha ta’lim tizimi

Slayd 3

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

Slayd 4

Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Pq-3955-son qaroriga muvofiq:
Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq, quyidagilarni nazarda tutgan holda:
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

Slayd 5

Bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

Slayd 6

Maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash;

Slayd 7

Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.
Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

Slayd 8

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‘tkazish;
maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
“Ilk qadam» o‘quv dasturini keng joriy etish.

Slayd 9

Tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;
mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;

Slayd 10

Bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab Steam o‘qitish asoslarini joriy etish;
bolaning kelgusida o‘zini o‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish;

Slayd 11

Asosiy masalalar
2030 Yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi
Steam ta’lim texnologiyasi asosida «Ilk qadam» davlat dasturi doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari
Loyihaning mohiyati va asosiy vazaifalari
Pedagogik jarayonni loyihalash tamoyillari

Slayd 12

Nazorat uchun savollari:
2030 Yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasida Steam ta’lim texnologiyasining o‘rni qanday ko‘rsatib o‘tilgan?
“Ilk qadam» davlat dasturida Steam ta’lim texnologiyasidan foydalanishning asosiy maqsadlari va vazifalari nimalardan iborat?
Steam ta’lim texnologiyasining maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashdagi asosiy afzalliklari qanday?
Loyihaning mohiyati va Steam ta’lim yondashuvining asosiy komponentlarini tushuntiring
Steam ta’lim jarayonini loyihalashda yoshga moslik va faoliyatga yo‘naltirilganlik tamoyillari qanday qo‘llaniladi?
Steam ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’lim muassasalarida samarali joriy etish uchun pedagoglar va ota-onalar o‘rtasida qanday hamkorlik mexanizmlari zarur?

Slayd 13

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 14

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“STEAM ta’lim texnologiyasining me’yoriy asoslari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

three × five =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar