Oz komplektlangan maktablarda tabiatshunoslikni oqitish xususiyatlari

4000 so'm


Oz komplektlangan maktablarda tabiatshunoslikni oqitish xususiyatlari

 

 

Slayd 1

Oz komplektlangan maktablarda tabiatshunoslikni o»qitishning xususiyatlari

Slayd 2

Reja:
Oz komplektlangan maktablarda o’quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirish xususiyatlari, dars o’tish tamoyillari va usullari
Tabiatshunoslikni o’qitishning sinflar bo’yicha tabaqalashtirilgan variantlari. Oz komplektlangan maktablarda mustaqil mashg’ulotlarning o’rni, turlari va ularni tashkil etish qoidalari
Har xil sinf o’quvchilarni ma’ruza va amaliy Mashg’ulotlarda birlashtirish tamoillari (printsiplari)

Slayd 3

Oz komplekt-langan maktab- larda dars
Dars – o’qituvchining sinf bilan olib boradigan ta’lim tarbiya ishlarini tashkil qilishning asosiy shaklidir. Dars butun ta’lim-tarbiya tizimida, o’qitishning metodlari, uslublar va vositalar kopleksi amalga oshadi. Tabiiy fanlar darslarida o’quvchilar dasturga muvofiq o’qituvchi rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalar oladilar. Materialni o’quvchi-larga tushunarli bayon qilib xilma-xil qurollardan foydalanib, o’qituvchi zarur tushuntirishlar beradi, o’qish kitobi bilan mustaqil ishlash, o’z bilimlarini amalda foydalanish uquv-larini singdiradi. Darslarning maqsadi va mazmuni har xil, ammo ularning barchasida umumiy maqsad -o’quvchi-larning kompleks tarbiyasi va tushunarli bo’lgan bilimlarni bayon qilish, birlashtirishda o’qituvchi o’quvchilar ishini shunday tashkil qilishi kyerakki, ular darsda o’rganiladigan-larni ilgari o’tilganlar bilan bog’lanishini tushunsinlar matyerialni ongli o’zlashtirsinlar.

Slayd 4

Tashkiliy qism.
Uy vazifalarining bajarilishini tekshirish.
Yangi matyerialni o’rganish.
Darsda o’rganilgan matyerialni tekshirish va mustahkamlash.
Qiziqarli matyeriallardan foydalanish.
Uyga vazifa berish.
Tabiiy fanlar struktura qismlarining izchilligi bilan xilma-xil bo’lishi mumkin: bir xil darsda o’quvchilarning mustaqil ishlari yangi bilimlarni bayon qilishdan keyin o’tkaziladi, boshqalari undan oldin bo’ladi: uy vazifasini tekshirish darsning boshida kelgusi bosqchichlarida olib borilishi: darsning qismlari almashinibgina qolmasdan, balki takrorlanishi ham mumkin. Chunonchi, yangi matyerialning bayon qilinishi mustaqil ishlar bilan navbatlashtirib, bir necha qismlarga ajratish mumkin. Ba’zi qismlar dars strukturasidan tushib qolishi mumkin. Masalan, hamma darslarda ham o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil qilina byermaydi.

Slayd 5

Dars strukturasi kurs mavzusi bo’yicha darslarning umumiy sistemasida uning qanday o’rin egallaganligiga bog’liq, ammo qanaqa bo’lishidan qat’iy nazar har bir dars tashkiliy, mantiqiy, psixologik jihatdan bir butun bo’lishi kerak. Metodik jihatdan to’g’ri tuzilgan darsda barcha tomonlar o’zaro bog’liqdir. Har qanday dars tuzilishining to’g’ri bo’lishi uchun shu mavzu bo’yicha darslarning butun sistemasini va unda ayrim darsnning o’rnini tasavvur qilish kerak. Bu darsni rivojlantirishda, istiqbolda ko’rishga barcha darslarning mantiqiy bog’lanishiga yerishishga va shunga asoslanib, har bir darsning asosiy ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari hamda didaktik maqsadini hal qilishga imkon beradi. Tabiiy fanlar darsining didaktik maqsadini aniqlash-bu uning asosan nimaga yangi maqsadni o’rganishga uni mustahkamlashga, takrorlashga va sistemalashtirish yoki o’zlashtirishni tekshirish va hisobga olishga bag’ishlanishini belgilash demakdir.

Slayd 6

Kuzatish tabiat jismlari va hodisalarining tabiiy sharoitlarda maqsadga yo’nalgan holda bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olish yoki laboratoriya sharoitida ularni qayta tiklashdir. Ko‘rgazmali metodlarda o’quvchilaming kuzatishi amaliy metod sifatidagi kuzatishdan tubdan farq qiladi. Birinchi holatda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan namoyish qilinayotgan jadval, tajriba va shunga o‘xshashlarni kuzatadilar. Ikkinchi holatda o‘quvchilar amaliy kuzatish ishlarini bajaradilar: o’simliklarni yoki ularning qismlarini o’lchaydilar, hisoblaydilar, yozadilar, rasmlarini chizadilar, quritadilar va hokazo. Bu kuzatish natijasida o’quvchilar kuzatgan jism yoki hodisani isbotlovchi materialni topshiradilar. Bunday kuzatish, aniqlash va eksperimentlar darsda, uyda, ekskursiyada va maktab maydonchasida o’tkazilishi mumkin.

Slayd 7

O’xshashlik va farqlarini aniqlash tafakkur, diqqat hamda irodaning rivojlanishiga; yordam beradi. Kuzatish jarayonida, amaliy xarakterdagi bilimlar masalan, O’simliklar dunyosining xarakteriga qarab, joyda; oriyentirlash; hayvon va o’simliklarning xulq-atvori, tabiatdagi o’zgarishlarga qarab, ob-havoning o’zgarishini oldindan aytib berish; mehnat darslarida Geografiya materialidan foydalana olish (tabiiy materiallar — mevalar, urug’lar, barglar, po‘stlog’ bilan ishlash) uquvlarini hosil qiladilar. 1—3- Sinflardagi kuzatishlardan o’quv shaklining xilma-xil shakllarida: 1) sinfdagi dars va amaliy mashg’ulotlarda; 2) ekskur-siyalarda; 3) tirik tabiat burchagi va maktaboldi yer maydonidagi mustaqil mashg‘ulotlarda; 4) uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak.

Slayd 8

Ekskursiya. Ma’lumki boshlang’ich sinflarda tabiatdan anchagina keng ma’lumotlar beradi. O’simliklarning insonlar hayotiga va tabiatdagi roli, o’simliklar dunyosining hilma-xilligi ulardan foydalanish va muhofaza qilish to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar beriladi. Sinfda olingan bilimlarni mustahkamlashda va umuman tabiatga nisbatan o’quvchilarning muhabbatini oshirishda ekskursiyaning o’rni nihoyatda kattadir. Uqituvchi ekskursiya tashkil qilishdan oldin bolalarga ular ekskursiyaga borishlarini, u yerda jonajon o’lkamizning boyliklari; bilan tanishishlarini, O’zbekiston nima bilan mashhur ekanligini bilib olishlarini tushuntiradi. Ekskursiyalar bolalarda vatanparvarlik, faxrlanish, his-tuyg’larini tarbiyalaydi. Ekskursiyada olingan bilimlar keyingi mashg’ulotlarda mustahkamlanadi. Ekskursiyalarda amaliy ishlar.

Slayd 9

Tabiiy fanlar darsini didiktik maqsadga ko’ra turli tiplarga ajratish mumkin:
Birlashtirilgan (aralash0 darslar
Yangi material o’rganiladigan dars
Mustahkamlash dars
Predmetli dars
O’quv uchastkasidagi darslar
Maktab jug’rafiyasidagi maydonchasida o’tkaziladigan darslar
Takrorlovchi va umumlashtiruvchi darslar

Slayd 10

Endilikda aniqlik kiritamiz
Darsning qaysi tipi tanlanmasin, uning muvoffaqiyatli o’tkazilishi o’qituvchining sistemali va har tomonlama tayyorlanishiga bog’liqdir
O’qituvchi yaxshi darsga butun umr tayyorlanadi. Kasbimizning ma’naviy hamda falsafiy asosiy va mehnatimizning texnologiyasi shunaqa: o’quvchilar oldida bilim chaqmoqlarini ochish uchun o’qituvchi inson donoligidan, bilimlar quyoshning abadiy yorituvchi nurlaridan bir daqiqa ham ketmasdan yorug’liq dengizini yoritishi kerak. Dars bu o’qituvchining umumiy va pedagogik madaniyatining ko’zgusi, intelektual boyligining o’lchovi, uning bilim doirasi, bilimdonligining ko’rsatgichidir.

Slayd 11

Eksperimentlar ko’pincha fiziologik jarayonlarni o’rganishda o’tkaziladi. Eksperimentlar uzoq va qisqa muddatli bo’ladi geografiya hamda botanika darslarida o’tkaziladigan qisqa muddatli eksperiment yoki tajribaga urug’ning tarkibi, tuproq ning fizik xossalari, bargda kraxmal hosil bo’lishi va shunga o’xshashlarni o’rganishga umum ta’lum ishlar misol bo‘la oladi Urug’larni unib chiqishi sharoitlari, barg orqali suvni bug’lan tirish kabi ancha sodda tajribalarni o‘quvchilar uyda bajaradilar Odatda, eksperimental ishlarni o’quvchilar darsdan tashqari mashg’ulot (indiviudal va guruh) sifatida maktabning tirik tabiat burchagi yoki o‘quv tajriba maydonida bajaradilar. Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to‘ldiradi, tabiiy materialni o’rganishda bolalarni birlashib ijodiy ravishda ishlashga o‘rgatadi.Amaliy ishlar dars jarayonida, ekskursiyalarda olingan bilimlarni har tomonlama mustahkamlashga imkon beradi.

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Oz komplektlangan maktablarda tabiatshunoslikni oqitish xususiyatlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

one × two =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar