Oiladagi emotsional munosabatlar va inqirozlar

4000 so'm


Oiladagi emotsional munosabatlar va inqirozlar

 

 

Slayd 1

Oiladagi emotsional munosabatlar

Slayd 2

Reja:
1.Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari
2.Oilaviy ziddiyatlarning er-xotin va farzandlar taqdiriga ta’siri
3.Inqirozli oilani ijtimoiy-psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va unga yordam ko‘rsatish

Slayd 3

Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari
Afsuski, barcha oila ham ota-ona va ular dunyoga keltirgan farzandlar bilan to‘liq bo‘lavermaydi. Taqdir taqozosi bilan ayrim oilalarda nizolar kelib chiqadi va uning oqibati sifatida nikoh barbod bo‘ladi. Olimlar nikohning barbod bo‘lishini o‘rganib, uning sabablari turlicha bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida o‘z nazariy qarashlarini bayon etganlar. Masalan, ayrim psixologlar ajrimlarni «turtki» konsepsiyasi orqali tushuntirishga urinadilar. Ya’ni, yaxshi tinch-totuv yashayotgan oilada birdan shunday holat yuz beradiki, masalan, xiyonat, o‘lim, xastalik, rashk va shunga o‘xshash voqealar turki bo‘ldiyu, oila ustuni qulaydi. Aslida hayotda qo‘qqisdan shunday bir silkinish yoki turtki bilan oila birdan buzilib ketishi kam uchraydi.

Slayd 4

Yana bir holat olimlar fikricha, «orqaga ketish» deb nomlanadi
Bu shunday holatki, unga ko‘ra, er va xotinni yaxshi, iliq munosabatlar bog‘lab turgan, lekin aynan muhabbat birdan sovib, er-xotin bir-birini ko‘rsa g‘ashi keladigan, gaplari yoqmaydigan, nizokash bo‘lib qoladi. Bunday voqealar hayotda tez-tez uchraydi. Sababi – birdan yongan olov, ya’ni, muhabbat, ma’lum vaqt o‘tgach o‘chishi, so‘nib qolishi mumkin.
Shu kabi holatlar va undan boshqa sabablar tufayli oila ajrimlarining sodir bo‘lishi barcha zamonlar va davrlarda ham kuzatilgan. Faqat nikohning barbod bo‘lishi shakllari va sabablarida har bir davrda o‘ziga xos asoslar bo‘lgan deyish mumkin. Masalan, Sharq mamlakatlarida qadimdan nikohning barbod bo‘lishi eng kam uchraydi, deb hisoblab kelingan

Slayd 5

Yetti pushtini surishtirish, sovchilik instituti orqali bir-biriga mos keladigan yoshlarning taqdirini bog‘lash, hattoki, uzoq qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar, ya’ni, oldindan bir-birlarini bilgan odamlarning o‘zaro kelishuvi, mehr va muhabbat rishtalari orqali oila qurish o‘zbekchilikka xos odatlar sifatida qadrlangan va ta’kidlab o‘tilgan nikoh motivlarining barchasida oqilona fikr yuritish, yoshlar va ular ota-onalarining «yetti o‘lchab bir kesishi» oilaning mustahkam bo‘lishi uchun zamin hisoblangan.
Nikoh ajrimlariga kelsak, bunday holat Sharq xalqlarida ham, bizda ham sodir bo‘lgan.

Slayd 6

Eski manbalarda nikoh ajrimiga sabab bo‘lgan omillar sifatida avvalo
Er yoki xotinda to‘ydan keyin aniqlangan nasliy xastaliklar, ko‘p holatlarda erkak kishining, ayrim holatlarda ayolning boshqa inson bilan «til» topishib ketishi, boobro‘ va mansabdor shaxsning kelinchakni yoqtirib qolishi va zo‘rlik bilan eski oilani buzishga majbur qilishlar, farzandsizlik, ayolning bepushtligi sabab erkakning xotinni taloq qilishi, iqtisodiy nochor yosh oilaning o‘z ro‘zg‘orini yurita olmaganligidan ayolning boshqa odamga turmushga chiqishga majbur bo‘lib qolishi kabi sabablar qayd etilgan. Muhimi shunki, nikohning barbod bo‘lishidagi tashabbus asosan erkak kishining qo‘lida bo‘lgan. Agar u xohlasagina nikoh barbod bo‘lgan.

Slayd 7

Qadimgi Gretsiyada esa nikoh ajrimini sodir etish ancha yengil bo‘lgan
Er guvohlar oldida xotiniga u bilan ortiq yashay olmasligini, nikohi buzilganligini aytgan, ayol barcha sep-suriqlarini yig‘ishtirib, o‘z ota-onasining oilasiga qaytib ketavergan. Sarpo suriqlar, ayolga tegishli barcha narsalarning unga berilishi majbur hisoblangan, hattoki, ajrimning sababi ayolning xiyonati bo‘lgan taqdirda ham mol-mulk, ziynatlar ayolga berilavergan. Lekin ayol eri bilan yashashni xohlamay qolgan holatlarda uning ajrim olishi mushkulroq bo‘lgan, bunday paytlarda xotin shahar xokimiga yozma ravishda rasmiy murojaat qilishi, va ular qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan. Bunday hollarda kim aybdor deb topilishidan qat’iy nazar, bolalar otasi bilan qoldirilgan.

Slayd 8

Rimliklarda ham ajrimlar ilgaridan odatiy holday qaralgan
Tarixdan ma’lumki, shoir Ovidiy va tarixchi Pliniy uch marta uylanganlar, Yuliy Sezar va Antoniy esa to‘rttadan xotinga ega bo‘lganlar. Bu kabi tarixiy hodisalar manbalarda, tarixiy filmlarda yaxshi aks ettirilgan.
Qadimgi Hindistonda esa nikoh oddiygina fuqarolar ittifoqi emas, ilohiy ittifoq sifatida qaralib, nikoh rishtalarining buzilishi nihoyatda g‘ayritabiiy holat deb baholangan. Nikohning buzilishi faqat er tashabbusi va ayolning katta gunohi tufayli ro‘y berishi mumkin bo‘lgan. Eramizgacha bo‘lgan ikki mingliklardan qolgan manbalarda ko‘rsatilishicha, «sakkiz yil mobaynida bola tug‘magan ayol boshqasiga almashtirilishi mumkin, o‘lik bola tuqqan – o‘ninchi yili, faqat qiz bolalarni tug‘adigani – o‘n birinchi yili, urushqoq, beadabi esa o‘sha zahoti er tomonidan qo‘yib yuborilishi mumkin» bo‘lgan.

Slayd 9

Agar ayol erining barcha boyliklarini isrof qilish, noo‘rin ishlatgan bo‘lsa, abort yo‘LI bilan farzandini yo‘qotgan bo‘lsa va erining hayotiga suiqasd qilgan bo‘lsa. Ayol esa faqat ikki holatda eridan ajrim talab qilish huquqiga ega bo‘lgan: eri bepusht bo‘lib, o‘z erlik vazifasini bajara olmay qolgan bo‘lsa va sodir etgan gunohi uchun uni qavmdan chiqarib yuborilgan bo‘lsa.
Shunga o‘xshash nikoning barbod bo‘lishi shakllari ham, uning motivlari ham turfa xil. Ko‘pgina xalqlarda ajrimlarning motivi sifatida er-xotin xiyonati qayd etiladi. Shunisi xarakterliki, erkaklarning xiyonatidan ko‘ra ayolning xiyonati barcha madaniyatlarda ham qattiqroq qoralanadi, chunki buning asosiy sababi – xiyonatkor ayol boshqa erkak bilan uchrashib yurib, undan homilador bo‘lib qolishi va nikohsiz begona bolaning tug‘ilishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin. Ya’ni, bunda nafaqat oilaning balki yangi tug‘ilgan bolaning manfaati jiddiy zarar ko‘radi, chunki bu bolada kimning haqi borligi, kimning mol-mulkiga u voris bo‘la olishi masalasi o‘ylantiradi.

Slayd 10

Oilaviy ziddiyatlarning er-xotin va farzandlar taqdiriga ta’siri
Amalda er va xotin ajralishga axd qilganda, ular o‘rtasida farzand bo‘lmasa, Fxdyo idoralariga murojaat qiladilar va ularning nikohi bekor qilinadi. Agar o‘rtada farzand bo‘lsa, bu ishni sudlar xal qiladi, lekin aksariyat holatlarda o‘z-o‘zini boshqarish organi bo‘lmish mahalla va undagi yarashtirish komissiyasining a’zolari bo‘lmish faollar bunga aralashadilar, arzimagan sabab bilan ajrimgacha borayotgan yoshlarga jamoatchilik monelik ko‘rsatadi. Chunki milliy mentalitetda farzandni tirik yetim qilib qo‘yish katta gunoh hisoblanadi, shuning uchun azaldan urf bo‘lgan tamoyil borki, yosh oilaning keyingi taqdiriga kattalar aralashadi va oilaviy nizoning sabablari o‘rganilgach, bir qarorga kelinadi

Slayd 11

Agar oilaviy nizo yoshlarning, birinchi navbatda ayolning va farzandlarning salomatligi, tinchligi va birgalikda yashashlariga jiddiy xavf solgan hollarda (xiyonat tufayli bir-birini kechirolmaslik, erning tinimsiz alkogol iste’mol qilishi tufayli ayolni muntazam qiynashi, maishiy zo‘ravonlik, oila budjetiga erkak ulushining qo‘shilmasligi kabi) jamoatchilik ayolning xaq-huquqlarini himoya qiladi va mahallaning o‘zi ayol, uning farzandlari taqdirini belgilash, ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida bu ishga aralashadi. Joylardagi xotin-qizlar faollari oxirgi yillarda aynan shu masalalarda o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining odilona faolligini oshirishga alohida e’tibor berib kelmoqda.

Slayd 12

Mahalladagi yarashtirish komissiyalarining a’zolari bilan o‘tkazilgan suhbatlardan ma’lum bo‘ldiki, ular aksariyat holatlarda aynan ayollarning manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi, lekin ayolning aybi va uning oilaviy yumushlarga tayyor emasligi, eri va qarindoshlar bilan to‘g‘ri munosabatlarni o‘rnatishga no‘noqligi tufayli oila ajrim arafasida bo‘lgan sharoitda mahalla maslahatchilari kelin bilan ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Masalan, Samarqand viloyati bo‘yicha ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2006 yilning 10 oyi mobaynida jami 20711 ta nikoh qayd qilingan, sudlar orqali 59 ta va Fxdyo idoralari bo‘yicha 148 ta nikoh ajrimlari qayd etilgan. Jami yarashtirilgan oilalar soni 23 ta tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yil mobaynida Samarqand shahri bo‘yicha sudga ajralish haqida da’vo arizasi berganlar soni 885 ni tashkil etgan, kattalarning va mahallaning aralashuvi bilan 162 ta oila saqlab qolingan, barchasida ayollar va bolalarning manfaatlari himoya qilingan.

Slayd 13

Fxdyo organlaridan olingan raqamlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, oxirgi yillarda Fxdyo organlari orqali sodir bo‘layotgan ajrimlar soni ortmoqda, buning asosiy sababi – er yoki xotinning, yoki ikkalasining bepushtligidir. Milliy mentalitet nuqtai nazardan qaralganda, 1-2 yil ichida o‘rtada farzandning bo‘lmasligi, ming afsuski, yosh oilaning buzilishiga sabab bo‘lmoqda, bunda oilaning kattalari ko‘proq salbiy rol o‘ynaydi, ya’ni, bu borada sabrli munosabat hali shakllanmagan.

Slayd 14

O‘zbekistonda nikoh ajrimlarining imkon darajasida kam bo‘lishi yo‘lida olib borilayotgan ishlar o‘zining natijalarini bermoqda. Yil sayin sudlar orqali nikoh ajrimlari sonining kamayib borayotganligi fikrimz dalilidir. Quyidagi jadvalda oxirgi yillarda nikoh va ajrimlar koeffitsiyentlari keltirilgan.
Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, 1000ta qayd etilgan nikohga nisbatan olinganda, 1989 yilga nisbatan (14,6) 2006 yilda ajralishlarning miqdori kamaygan va 10,8 ni, 1000 nafar aholi soniga nisbatan hisoblaganda ham 2006 yilda salkam 0,6 promillini tashkil etdi. Bu Mhd orasidagi eng ijobiy ko‘rsatgichdir. Lekin absolyut miqdorda hisoblaganda, rasmiy nikohlar sonining oxirgi 5 yil mobaynida o‘sib borayotganligini, nikohdan ajralganlikning absolyut miqdori esa, aksincha, kamayib borayotganligini (2004 yilda 17393 tani, 2005 yilda 16392 nafarni, 2006 yilda – salkam 15000) ta’kidlash mumkin.

Slayd 15

Йиллар
Никоҳ

Ажрим коэффициенти

Умумий сони
Коэффициенти
1000 Кишига нисбатан
1000 Та никоҳ сонига нисбатан
1989
15000
8,2
1,5
14,6
2002
165385
6,8
0,6
9,2
2004
155936
6,0
0,7
10,1
2005
183991
7,0
0,6
11,0
2006
208423
8,1
0,58
10,8
O‘zbekistonda rasman qayd etilayotgan nikoh va ajrim holatlari

Slayd 16

Oilalar miqdorining ortib borishi oxirgi yillarda asosan yosh oilalar va nuklear tipli, ya’ni, er-xotin va ularning farzandlari alohida yashaydigan oilalar hisobiga sodir bo‘lmoqda. Mavjud oilalarning salkam 50 foizi – bu nuklear oilalar, bir xonadonda bir necha alohida oilalar istiqomat qiladigan patriarxal oilalar jami oilalarning salkam 23,5 foizini tashkil etadi. Nuklear, yosh oilalarning aksariyati 9 yildan kam bo‘lgan turmush tajribasiga ega bo‘lganlar bo‘lib, sodir bo‘layotgan nikohning barbod bo‘lishi holatlari aynan shu kabi oilalarga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni, ilmiy izlanishlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 70 foizdan ortiq nikoh ajrimlari yosh oilaga to‘g‘ri keladi.

Slayd 17

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 18

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Oiladagi emotsional munosabatlar va inqirozlar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

one − 1 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar