Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
4000 so'm

Slayd 1
Ilk bolalik yoshida psixik rivojlanish xususiyatlari.
Slayd 2
Reja:
Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi
3yoshdagi inqiroz
Ilkbolalik davrida jismoniy rivojlanish.
Slayd 3
Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish. Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishningyangi bosqichi – ilk bolalik (1-3 Yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagipsixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Masalan, mustaqil ravishda yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigiyenik mashqlar, o‘yin va boshqalar
Slayd 4
Bir Yoshlik bola nisbatan yaxshi rivojlangan sezgirlikka egadir. Bola bog‘cha davrining boshlanishida ba’zi tovushlarni, o‘ziga yaqin kishilarning ovoz tempini aniq ajrata oladi, ba’zi bir narsalarning ta’MI va hidini farq qiladi, ranglarni taniy boshlaydi. Bu Yosh davrida ko‘rish va eshitish analizatorlarining rivojlanishi ayniqsa yuksak darajaga etadi.
Predmetni har tomonlama ko‘ra bilish, ya’ni uni qismlarga ajratish, belgi va turlariga qarab farqlash — uni analiz qilish demakdir. . So‘z bolaning ko‘rayotgan predmetlarini tushunib olishini osonlashtiradi, predmetni so‘z yordamida bilib olish ko‘z va quloq ishini kuchaytiradi.
Slayd 5
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishida ko‘rishimiz mumkin. . Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‘rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi.
Slayd 6
Go‘dak bola qo‘liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 Yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga «Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 Yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to etuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojlanish asosining taxminan o‘rtalari, 3 Yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar.
Slayd 7
Bola ikki Yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi Yoshida esa ba’zi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu Yoshdagi bola vazadagi tugmachani qo‘LI bilan solib, ololmasa, u vazachani to‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu boshlang‘ich shaklini ba’zan «qo‘l tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu shaklii bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir.
Slayd 8
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni o‘stirish va tevarak-atrofdagi olamni turli tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi g‘oyat muhimdir Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustahkam bog‘langandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. O‘z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning o‘sishiga yordam beradi.
Bu Yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini o‘zlashtirib olishlaridir. Bir Yoshdan uch Yoshgacha bo‘lgan davr nutqning jadallik bilan o‘sish davri hisoblanadi.
Slayd 9
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir Yoshdan keyin, ya’ni yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi. Bola ikki Yoshga to‘lganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning o‘zi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola so‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.
Slayd 10
Bolaning nutqi u 1,5 Yoshga etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta so‘zdan, to 100 tagacha so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qo‘llaydi. 1,5 Yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 Yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 Yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni o‘z nutqida ishlata oladi, Shuningdek, so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar. 1,5 -3 Yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talafuzni talab etishlari lozim.
Slayd 11
Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi
Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va hissiyotlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, bolaning yig‘lashi hamda yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men»ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 Yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning «Menga bering», «Ko‘taring», «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «.o‘zim qilaman» qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.
Slayd 12
3 Yoshdagi inqiroz: 3 Yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. «Men katta bo‘lsam mashina haydayman», «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi» kabi xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o‘zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Ko‘pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi
Slayd 13
Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga bildirgan salbiy xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bola o‘zini mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda «o‘zim qilaman» boshlanadi va bu yana kaysarlik va o‘jarlik tarzida ko‘rinadi. 3 Yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi.
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.