Fanlarni o’qitish metodikasi kursiga kirish

4000 so'm


Fanlarni o'qitish metodikasi kursiga kirish

 

 

Slayd 1

Fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish.

Slayd 2

Reja:
O‘qitish usullari haqida tushuncha.
Uslub va vositalar, ularning mohiyati.
Fanlarni o‘qitish metodikasi kursi va uning uzluksiz ta’limi tizimidagi o’rni.
Anlarni o‘qitish integratsiyasi (pedagogika va psixologiya fanlari bilan). Fanlarni o‘qitish metodologiyasi

Slayd 3

Yangi mavzu: O‘qitish usuli deganda ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi.
O‘qitish usullari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining qanday bo‘lishini , o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.
O‘qitish usullari har ikkala faoliyatning
o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish,
b) o‘quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish faoliyatida qo‘llanadigan yo‘llarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim berish o‘qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy bo‘lgan ustozgina mavzuni talabalarga maxorat bilan yetkazib beradi.
Mavzuning maqsadiga qarab, ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o‘z o‘rnida foydalaniladi.
Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga bog‘liq. Metodlar o‘quvchilarning yoshiga ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi.

Slayd 4

Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarining bilim saviyasi, o’zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo‘llaniladi:
o‘qitishning og‘zaki metodi;
o‘qitishning amaliy ishlar metodi;
o‘qitishning ko‘rgazmali metodi;
muammoli evristik modellashtirish metodi;
-o‘qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi;
-o‘qitishning induktiv va deduktiv metodi;
o‘qitishda rag‘batlantirish va tanbeh berish metodi;
o‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zining nazorat qilish metodi.

Slayd 5

Ta’limning og‘zaki metodlari

Ta’limning og‘zaki metodlari

Ta’limning og‘zaki metodlari

Afzalligi
Kamchi-Ligi
Afzalligi
Kamchi-Ligi
Afzalligi
Kamchi-Ligi
Metodlar o‘z navbatida guruhlarga bo‘linadi. Ta’lim metodlarini solishtirib o‘rganish maqsadida quyidagi shakldagi T-Chizmadan foydalanamiz (uning mohiyati va qo‘llanish qoidalari oldingi mavzularda berilgan) O‘quv informatsiyasini so‘z orqali uzatish va informatsiyani eshitish orqali qabul qilish metodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo‘yiladi? O‘qitishning og‘zaki usullari uch turga bo‘linadi. A) o‘qituvchining hikoyasi, b) suhbat, v) maktab ma’ruzasiga

Slayd 6

Hikoya usuli boshlang‘ich sinflarda ko‘p qo‘llansa, yuqori sinflarda ma’ruza usuli ko‘p qo‘llaniladi. Ta’lim mazmuni notanish bo‘lsa hikoya va ma’ruza usullari qo‘laniladi.
Ta’lim mazmuni o‘quvchiga qisman tanish bo‘lsa suhbat usuli qo‘llaniladi. Og‘zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o‘qituvchining bayon qilishi va o‘quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o‘zlashtirishlari birligiga amal qiladi.
Hikoya maktab ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llanadigan usul bo‘lib, u hamma sinflarda barcha fanlarni o‘qitishda, maktab ta’limining hamma bosqichlarida qo‘llaniladi. Boshlang‘ich sinflarda bu ancha qisqa va aniq bo‘ladi, sinflarning o‘rta guruhiga kelib hikoya ancha kattaroq hajmda va davomli bo‘ladi. Yuqori sinflarda hajmi katta bo‘ladi, ma’ruzadagi kabi butun darsni band qilmaydi.
Nutq madaniyatini o‘stirishda hikoyaning o‘rni katta bo‘ladi. Shu jihatdan o‘qitishning og‘zaki usullari ta’limda doimo eng ko‘p qo‘llaniladi
O‘quv ma’ruzasi – o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish uchun muljallangan. Uning hajmi hikoyadan katta bo‘ladi. O‘quv ma’ruzasi dars yoki mashg‘ulotning barcha qismini egallab oladi.
Ma’ruza asosan yuqori sinflar, kollej va oliy o‘quv yurtlarida qo‘llaniladi. Maktab ma’ruzasi o‘tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo‘LI bilan to‘liq mashg‘ulot davomida bilimlarni izchillik bilan bayon etishdir.

Slayd 7

O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish usuli bir qator didaktik qoida va talablarga asosan qo‘llaniladi. 1.Bayon qilinayotgan materiallar g‘oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘lashga qaratilgan bo‘lishi kerak. 2.Bayon qilinadigan materiallarning tarbiyaviy ahamiyatini to‘g‘ri ko‘rsatish orqali o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish. 3.Bayon qilishda o‘quvchining nutqi yagona manba hisoblanadi va u nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. 4.Bayon qilishda o‘qituvchi ishlatadigan ta’riflar, qoida va qonunlar kitob matnidan farq qilishi, mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Qanday hollarda suhbat usuli qo‘llaniladi? Uni qo‘llashda qanday qoidalarga amal qilish lozim? Suhbat usuli – savol javob usuli deb ham yuritiladi. O‘quvchilar darsga yetarli darajada tayyor bo‘lsa o‘qituvchi rahbarligida muammoli savollarga javoblarni o‘zlari axtarib topadigan suhbatlar maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar evristik izlanish, axtarib topish xarakterida bo‘ladi. O‘qitish jarayonida o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo‘llaniladi. Suhbatlar ayniqsa, o‘qitishning tarbiyalovchilik xarakterida dunyoqarash, e’tiqodni tarkib toptirishda qo‘l keladi. Suhbatlar butun sinf hamda o’quvchilarning ayrim guruhlari bilan ham o‘tkaziladi.

Slayd 8

Suhbatlar orqali a) o‘quvchilarning o‘z hayotlarida uchratgan voqea hodisalar yuzasidan savollar berish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikr qilishlarini amalga oshiradigan holatlarga e’tibor qilish, b) o‘quvchilarning ilgari o‘rgangan tayanch bilimlarini esga tushirishga erishish lozim, suhbat usuli bilan ish ko‘rganda o‘qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim: 1. O‘qituvchining suhbat uchun tayyorlab kelgan savollari sinf o‘quvchilarining hammasiga taalluqli bo‘lib so‘roq o‘rtaga tashlanishi kerak. 2. O‘quvchilardan biri javob berish uchun chaqiriladi. 3. Sinfning hamma o‘quvchilari javob berayotgan o‘quvchini qunt bilan tinglashi, uning javobini to‘ldirishi, tuzatishi, oydinlashtirishga yordam berishini ta’minlashi kerak. 4. O‘quvchilarning javobi qay darajada to‘g‘ri – noto‘g‘ri bo‘lishidan qat’iy nazar o‘qituvchi tomonidan izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi zarur.

Slayd 9

Ta’lim jarayonida turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanishga harakat qilamiz. Xo‘sh, ushbu o‘quv informatsiyasini ko‘rgazmali uzatish va ko‘rish orqali qabul qilish metodining ahamiyati qanday? Ko‘rgazmalilikning qanday turlari mavjud? Degan savollarga javob topishga harakat qilaylik. Ko‘rgazmali usulning muhimligi o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o‘quvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Ta’limda ko‘rgazmalilik usuli namoyish etish, ilyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib boriladi. Ta’lim jarayonida namoyish etish usulidan foydalanish asosiy materialning xarakteriga – mazmuni, shakli va hajmiga bog‘liq. Bu xarakter ikki turlidir. Aslicha ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar: o‘simliklar, ularning tarkibi, hayvonlar, ma’danlar, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar va h.k. Tasviriy ko‘rgazmali materiallar ikkiga bo‘linadi. A) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi materiallar, rasm, surat, fotosurat, diafilm va h.k. B) buyum, narsa, voqealarning biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik va sxematik tasviriy materiallar geografiya v tarix kartalari, chizmalar, jadvallar, diagrammalar va h.k.

Slayd 10

Tasviriy ko‘rgazmali materiallar turliligi har xil qo‘llashni talab etadi. Masalan, 1. Buyum va narsalarni tabiiy holda ko‘rsatishni ikki usulda namoyish etiladi. A) o‘tilayotgan mavzuga oid badiiy ko‘rgazma materiallari o‘quvchi bayon qilayotgan bir vaqtda (faqat o‘qituvchi ko‘rsatadi). B) tabiiy ko‘rgazmali materiallarning soni yetarli bo‘lsa ular har bir o‘quvchiga tarqatib beriladi. 2. Tasviriy ko‘rgazmali materiallarning har ikkala turini ham ikki xil usulda olib borish mumkin. A) ko‘rgazmali materiallarni o‘qituvchi namoyish etadi. B) ko‘rgazmali materiallar o‘quvchiga tarqatiladi. O‘qitilayotgan mavzuning xarakterini hamma vaqt sinfda ochib bo‘lmaydi. Bu holda nima qilish kerak? Ekskursiya metodidan foydalanish mumkin. Mavzuni ekskursiya usuli bilan ham ko‘rsatish mumkin. Bu usulda o‘rganilayotgan narsa hodisalarni tabiiy sharoitda zavod, fabrika, tabiatda, muzey, ko‘rgazmalarda tashkiliy ravishda ko‘rsatiladi. Agar ko‘rsatilayotgan joyda o‘tilayotgan mavzu mazmunini keng ochib berish imkoni bo‘lsa, buni o‘qituvchi oldindan borib kuzatib keyin o‘quvchilarni olib boradi, ekskursiya usulidan foydalanadi, o‘quvchilar ekskursiya davomida ob’ekt ustidan ma’lumotlarni eshitish yoki kuzatish bilan chegaralanmasdan zarur materiallarni yozib oladilar, rasmini chizadilar, o‘lchash, hisoblash ishlarini olib boradilar.

Slayd 11

O‘qituvchi ekskursiya oxirida mulohaza va fikrlarni umumlashtirib, xulosa chiqaradi va mashg‘ulotni yakunlaydi. O‘qitishning amaliy metodlarini qo‘llash o‘quvchilarga nimalar beradi? O‘quv informatsiyasini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laborotoriya, ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar) O‘qitishning amaliy usullari doirasi keng. Bu usullarga: yozma mashq, tajriba, laboratoriya xarakteridagi mashqlar, mehnat topshiriqlarini bajarish kabilar misol bo‘ladi. Yozma mashqlar jarayonida olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyotda qo‘llanadi. Mashq qilish davomida ilmiy bilim va ma’lum ish harakat o‘zlashtiriladi, takomillashadi, ular aniq o‘quv fanining xarakteri hisobiga maqsadli, rejali tarzda amalga oshadi. Mashq davomida har bir mashq e’tiborga olinadi. Masalan, ona tilidan grammatik tahlil, matematikadan misol, masala yechish, tabiiy fanlardan ximiyaviy tenglamalar tuzish, koeffitsentlar tanlash, masala yechish, o‘simlikllarni turlarga ajratish va h.k. Mashq davomida ilgari egallangan bilim, ko‘nikma, malakalar, qonunlar faoliyatga tadbiq etiladi.

Slayd 12

O‘quvchilarning o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish asosida mashq qilishda mashq uchun berilgan topshiriqning maqsadi o‘kuvchilarga aniq tushuntirilgan bo‘lishi; mashq ustidan sinf o‘quvchilar jamoasi va har qaysi o‘quvchilarning shaxsiy intilish, qiziqishini hisobga olishi; topshiriq butun sinf o‘quvchilarining aktiv faoliyatini ta’minlaydigan bo‘lishi va mashqni belgilangan vaqt ichida bajarishi talab etiladi. Mashq qilishda o‘quvchilarning yozma, ijodiy mashqlari alohida o‘rin egallaydi. Yozma ijodiy mashqlar ona tili, adabiyot, tarix, geografiya fanlarida ham qo‘llaniladi. Ular insho, va’z, referatlar yozish kabilarda o‘z aksini topadi. O‘quvchilarning yozma grafik ishlari rasm solish, xaritalar chizish, chizma va sxemalar ishlash, jadval, diagramma, grafik, plakat, albom, stendlar ishlash, laboratoriya mashq ishlari, tajribalar o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga atrofni o‘rab olgan ob’ektlarni borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o‘zgarish va rivojlanishi qonuniyatlari haqida yangi bilim beradi. Bu usullar o‘quvchilar bilan yoppasiga va alohida ish olib boriladi.

Slayd 13

Pedagogik test: 1. Faraz qiling: Siz teatrda o‘tiribsiz. Teatr artistlari o‘z rollarini qoyilmaqom qilib ijro etishmoqda. Siz bexosdan qarsak chalib, «bravo»-deb xitob qilganingizni ham sezmay qoldingiz. Xitobingizni qarsak bilan tasdiqlamoqdasiz. Qarsak chalish jarayonida qaysi panjangiz yuqorida joylashganiga e’tibor qiling. Agar, masalan, o‘ng panjangiz yuqorida joylashgan bo‘lsa, unda biron varoqqa «O‘» deb belgilab qo‘ying, yoki aksincha chap panjangiz yuqorida joylashgan bo‘lsa «Ch» deb belgilang. 2. Fransuz imperatori Bonapart Napoleon mushkul vaziyatda qo‘llarini chalishtirib mushohada qilishni yoqtirar edi. Faraz qiling: Siz ham chuqur o‘yga cho‘mdingiz, yoki kimnidir kutmoqdasiz. Shu paytda qo‘llaringizni chalishtirdingiz. Bunda qaysi qo‘lingiz dominantalik qilmoqda? Masalan, chap qo‘lingiz o‘ng qulingizning ustida joylashgan bo‘lsa, varoqqa «Ch» deb belgilaysiz va aksincha. 3.Ma’ruzaga kechikkan talaba ko‘p hollarda eshik tirqishidan mo‘ralaydi. Shunday vaziyatlarda Sizning qaysi ko‘zingiz dominantalik qiladi? «Ch» yoki «O‘» ekanligini belgilang.

Slayd 14

Test xulosasi: Varoqdagi «O‘» yoki «Ch» harflarining belgilanishiga qarab, insonning chap yoki o‘ng miya yarim sharlari faoliyatini aniqlash mumkin. Ma’lumki, insonning o‘ng qo‘LI, o‘ng ko‘zi, ung oyog‘i va boshqa o‘ng tomonlari xatti-harakati uchun chap miya yarim shari javob beradi va aksincha. Masalan, Sizning javoblaringizda «Ch» harfi ko‘p belgilangan bo‘lsa, unda Sizning o‘ng miya yarim shari faoliyatingizda dominantalik qiladi va aksincha. O‘qitishning reproduktiv metodini qachon qo‘llash mumkin? Bu usullar o‘quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o‘quvchilarning o‘quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi. Reproduktiv usullar – o‘quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo‘lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta’riflasa, o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo‘q bo‘lsa samarali qo‘llanadi.

Slayd 15

Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o‘quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo‘llaydi. Muammoli ta’lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin? Muammoli deyilganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi. O‘quvchilarning fikrlash faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni izlash va o‘zlashtirishga rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Har qanday ta’lim o‘quvchi uchun muammolidir. O‘quvchi ongida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o‘quvchining faol fikrlash faoliyati o‘quv materialini puxta o‘zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli fikrlar aytib o‘tganlar. Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o‘quvchilarni o‘qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o‘quvchining zerikmasligini, zo‘riqmasligini ta’kidlagan.

Slayd 16

Muammoli vaziyatda: o‘quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya’ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish; o‘quvchilarda bilishga qiziqish o‘yg‘otish; tahlil jarayonida o‘quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o‘rganiladigan fanlarga xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o‘rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi. Ta’lim jarayonida o‘qitishning induktiv va deduktiv usullariga ehtiyoj sezilmoqda. Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo‘llaniladi? Ayniqsa deduktiv o‘qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini – xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi.

Slayd 17

Induktiv usullar texnik qurilmalarni o‘rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo‘llaniladi. Deduktiv usul o‘quv materialini tezroq o‘tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi. Nazariy materialni o‘rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulni qo‘llash ayniqsa foydalidir. Ta’limda ragbatlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi? 1. Ta’limga qiziqishni ragbatlantirish metodi. 2. Ta’limga burch va mas’uliyatni rag‘barlantirish metodi. O‘quv faoliyatini rag‘batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga bo‘lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu sababli rag‘batlantirish o‘qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi.

Slayd 18

Rag‘batlantirish kishining ichki mayliga ta’sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O‘qishga qiziqishni rag‘batlantirish turlaridan biri o‘qishda ma’lum qiyinchilik sezayotgan o‘quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir. Rag‘batlantirish va tanbeh berish usullari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Rag‘batlantirish: baho bilan, imo – ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi. O‘qishga doir tanbehlar dars paytida, og‘zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo‘yish, ish daftariga yozish, xatolarni ko‘rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi. Maktabda o‘quvchiga tan jazosi berish, o‘zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so‘kish aslo mumkin emas. Ta’limda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlarining zarurati nimada va uning qanday turlari bor? Ogzaki nzorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish. Yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish . Laborotoriya – amaliy nazorat va o‘z-o‘zini nazorat. Test nazorati (kartochkalar tarqatiladi).

Slayd 19

O‘qitish tizimida nazoratning zarurligi shundan iboratki, butun o‘quv yurtlari tizimiga samarali ishlayotganligi haqida axborot olishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj hisobga olinadi. Nazorat maktabdagi o‘qitish jarayoniga xos bo‘lgan: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantirishdek asosiy vazifalarni bajaradi. Nazoratni quyidagi turlarga bo‘lamiz. Og‘zaki nazorat – yakka va guruhiy so‘rash yo‘LI bilan amalga oshiriladi. Alohida so‘rashda o‘qituvchi ma’lum vaqt davrida o‘quvchilar tushuncha, qonun nazariya holda dalillarni qay darajada egallaganliklarini aniqlaydi. O‘quvchilar bilimi ona tili, matematika, fizika, kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi. Yozma ishlar turli davomiylikka ega. Ayrim vaqtda qisqa, ayrimda esa to‘la dars davomida yozma ishlar o‘tkaziladi. Yozma nazoratda baholar ob’ektiv bo‘lishi va o‘quvchilarning tipik xatolari aniqlanib kelgusida ularning bartaraf etilishi belgilab olinadi. O‘z – o‘zini nazorat qilish o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini muhim elementidir. Nazorat kelgusidagi ishlarga reja tuzish nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlab beradi. Xulosa: Ta’lim maqsadini muvaffaqqiyatli amalga oshirish yo‘lida ta’lim vositalaridan foydalaniladi. Kompyuter, multimedia, «Elektron ko‘z», kodoskop, filmoskop,

Slayd 20

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 21

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Fanlarni o’qitish metodikasi kursiga kirish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar