Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori hujjatlari va ularning yuritilishi

4000 so'm


Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori hujjatlari va ularning yuritilishi

 

 

Slayd 1

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori hujjatlari va ularning yuritilishi

Slayd 2

Reja:
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquqiy maqomi va vazifalari
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori yuritadigan asosiy hujjat turlari
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori yuritadigan hujjatlarni yuritish tartibi va ularga qo‘yiladigan talablar

Slayd 3

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi ta’lim sohasining eng muhim va mas’uliyatli bo‘g‘ini hisoblanadi. Chunki aynan maktabgacha yosh davrida bolaning shaxs sifatida shakllanishi, dunyoqarashi, axloqiy va intellektual rivoji asoslari yaratiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatli va samarali tashkil etilishi muassasa rahbari — direktor faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.

Slayd 4

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining asosiy vazifalaridan biri hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish va nazorat qilishdan iborat.
Hujjatlar muassasa faoliyatining huquqiy asosi bo‘lib, ular orqali ta’lim-tarbiya jarayoni, kadrlar faoliyati, moliyaviy va xo‘jalik ishlari tartibga solinadi. Shu sababli direktor hujjatlarni to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida yuritishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maruzada davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori yuritadigan hujjatlar va ularning yuritilish tartibi keng yoritib beriladi. Hususan Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori ish hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 29-avgustdagi 323-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va pedagoglarning ish hujjatlarini yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma asosida yuritiladi.

Slayd 5

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tashkilotning bosh rahbari hisoblanib, uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 29-avgustdagi 323-son buyrugʻi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Direktor muassasa ustaviga muvofiq faoliyat yuritadi va tashkilotning barcha ishlariga rahbarlik qiladi.
Direktorning huquqiy maqomi uning boshqaruv vakolatlari, mas’uliyati va javobgarligi bilan belgilanadi. U davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan ish yuritish, tashkilotni davlat va jamoat tashkilotlarida vakillik qilish, buyruqlar chiqarish hamda muassasa faoliyatini boshqarish huquqiga ega.
I. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquqiy maqomi va vazifalari

Slayd 6

Direktorning asosiy huquqlariga pedagog va texnik xodimlarni ishga qabul qilish va belgilangan tartibda ishdan bo‘shatish,
ularning mehnat faoliyatini baholash, rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar qo‘llash kiradi. Direktor ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tashabbus
ko‘rsatish, pedagogik kengash ishiga rahbarlik qilish va muassasa ichki hujjatlarini tasdiqlash huquqiga ega. U ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish hamda muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

Slayd 7

Direktorning majburiyatlari ham muhim ahamiyatga ega. U davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonining davlat ta’lim standartlari asosida olib borilishini ta’minlashi shart. Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish direktorning asosiy majburiyatlaridan biridir. Bundan tashqari, u xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlashga mas’uldir.
Direktor moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini
qonuniy va shaffof tashkil etishi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlashi lozim. Hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, ularning saqlanishi va arxivga topshirilishini nazorat qilish ham direktorning majburiyatlari qatoriga kiradi. Shuningdek, u tekshiruv va nazorat organlari oldida muassasa faoliyati uchun javobgar hisoblanadi.Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquqiy maqomi
keng vakolat va katta mas’uliyatni o‘z ichiga oladi. Direktor o‘z huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri anglab, ularni qonun doirasida amalga oshirgan taqdirdagina maktabgacha ta’lim muassasasining samarali va barqaror faoliyati ta’minlanadi.

Slayd 8

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori yuritadigan asosiy hujjat turlari
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirining 2025-yil 29-avgustdagi 323-son buyrugʻida
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hujjatlari
hamda pedagoglarning ish hujjatlarini toʻgʻri va ijodiy yondashuv asosida rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. Yo‘riqnomaning
asosiy maqsadi – MTTlarda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari asosida samarali tashkil etish
hamda hujjatlar yuritilishi orqali taʼlim jarayonining mazmunini yanada takomillashtirishdan iborat. Ushbu yo‘riqnoma oʻquv yili boshida Mtt direktori tomonidan pedagog xodimlarga
tanishtiriladi. Har bir pedagog xodim mazkur yo‘riqnomaga
amal qilish va hujjatlarni belgilangan tartibda yuritishga
shaxsan masʼul hisoblanadi. Shuningdek, MTTda faoliyat
olib borayotgan pedagoglar oʻquv dasturlari va metodik
qoʻllanmalar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksiz va samarali olib borilishi direktor tomonidan yuritiladigan hujjatlar orqali ta’minlanadi. Ushbu hujjatlar muassasa faoliyatini rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish va huquqiy jihatdan tartibga solishda muhim ahamiyatga ega. Direktor yuritadigan hujjatlar mazmuni va vazifasiga ko‘ra bir necha asosiy turlarga bo‘linadi.

Slayd 9

Avvalo, tashkiliy-huquqiy hujjatlar muassasa faoliyatining huquqiy asosini tashkil etadi. Bunday hujjatlarga davlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti ustavi, ichki mehnat tartibi qoidalari, pedagogik kengash nizomi, ota-onalar qo‘mitasi nizomi hamda xodimlar uchun ishlab chiqilgan lavozim
yo‘riqnomalari kiradi. Ushbu hujjatlar tashkilotning ichki faoliyatini tartibga solib, har bir xodimning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarini 3 xil ish
hujjatlari mavjud ular quyidagilar:

Slayd 10

01-Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruv hujjatlari
01-01 Kiruvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ro‘yxatga olish daftari. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimidan yuborilgan buyruq, xat va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, turli tashkilot va idoralardan kelib tushgan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda qayd etiladi. Zarurat qolmaguncha saqlanadi
01-02 Chiquvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qayd etish daftari. Faoliyat bilan bogʻliq buyruqlar va chiqarilgan xatlar belgilangan tartibda qayd etiladi. Doimiy 5a-modda 3 yil saqlanadi
01-Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruv
hujjatlari

Slayd 11

01-03 Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ro‘yxatga olish daftari. Yozma, og‘zaki va elektron shakldagi barcha murojaatlar qayd etib boriladi.
3 Yil saqlanadi
01-04 Faoliyatga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlar yig‘ma jildi: 1. Ustav hujjati. 2. Kadastr hujjati. 3. Moddiy-texnik baza haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tashkilot pasporti. 4. Attestatsiya va akkreditatsiya natijalariga oid hujjatlar (ma’lumotnoma, dalolatnoma, sertifikat va boshqalar). 5. O‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha xulosa, dalolatnoma va ma’lumotnomalar. 6. Tashkilot direktori almashganda tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomalari hamda ularga tegishli ilova hujjatlari. Doimiy saqlanadi.

Slayd 12

01-05 Moliyaviy hujjatlar yig‘ma jildi:
Yillik sarf-xarajatlar smetasiga kiritilgan takliflar hamda tasdiqlangan smetaning yillik va choraklik nusxalari.
Shtatlar jadvali, xodimlar tarifikatsiyasi va ularning ish vaqtini hisobga olish tabel nusxalari. 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlariga doir hujjatlar.
Doimiy (o‘zgarish kiritilgunga qadar) 3 yil saqlanadi
01-06Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashiga oid hujjatlar. Doimiy 3 yil saqlanadi.
01-07 «Ilkqadam» davlat oʻquv dasturi, maktabgacha taʼlim tashkilotida ushbu dastur asosida tayyorlangan variativ dastur va metodik qoʻllanmalar (barcha xoimlar uchun). Yangilangunga qadar saqlanadi.

Slayd 13

03 – Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
03-01 Maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasi hamda quyida berilgan har bir hujjatlar alohida yig‘ma jildda shakllantiriladi. 1. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish hamda
pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish rejasi.
Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishlari.
Pedagogik kengash 4. Oʻquv-amaliy seminarlar.
Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish
Hamkorlik ish rejasi 7. Umumiy ota-onalar yigʻilishlari rejasi Doimiy 3 yil saqlanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida hujjatlarni yuritish belgilangan
me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hujjatlarni to‘g‘ri yuritish muassasa faoliyatining qonuniyligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon uchun bevosita direktor mas’ul hisoblanadi.
Barcha hujjatlar davlat tilida, aniq va tushunarli tarzda rasmiylashtirilishi lozim. Hujjatlarda ortiqcha qisqartmalar, tushunarsiz iboralar ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Buyruqlar, bayonnomalar, reja va hisobotlar belgilangan shakl va talablar asosida tuziladi hamda direktor tomonidan imzolanadi.

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori hujjatlari va ularning yuritilishi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar