Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida ta’lim tamoyillari va qonuniyatlari
4000 so'm

Slayd 1
Boshlangich ta’lim pedagogikasida ta’lim tamoyillari qonuniyatlari.
Slayd 2
Reja:
Boshlangich ta’lim pedagogikasida ta’lim qonuniyatlari
O’zbekistanRespublikasining Qonuni Ta’lim to’g’risida, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari o’rni va ahamiyati.
Slayd 3
Ma‘lumki, o’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta‘limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan umumiy didaktik prinsip (tamoyil)larni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. Qonuniyat deganda, bu barqaror, zaruriy, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o’rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Demak, ta‘lim jarayonida ta‘lim berish, tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
Slayd 4
Ta‘lim qonuniyatlari bu – o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir. Ta‘lim qonuniyatlari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.
Slayd 5
O’qitishning yetakchi qoidalari.
Ta‘lim qoidalari – o’qitishning faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l – yo’riqlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda o’qitish qoidalari har ikkala faoliyatni, ya‘ni o’qituvchi va o’quvchi tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi.
Slayd 6
Ta‘lim qoidalari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish va o’qitish jarayonlarining yo’nalishi, o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.
1. Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi.
2. Ta‘limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasi.
3. Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
4. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishi qoidasi.
Slayd 7
5. Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi.
7. Ta‘lim jarayonida har qaysi o’quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish va ta‘limning o’quvchiga mos bo’lishi qoidasi.
Puxtalik.
Ta‘limning tarbiyalovchilik xarakteri.
Slayd 8
Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi.
Ilmiy bilimlar – voqelikning haqqoniy in‘ikosidir.
Ta‘limning ilmiyligi qoidasi o’quvchining o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. Nazariy qoidalarni tushunish- materialni ilmiy asosda izohlab berishning muhim belgisi bo’lib, u o’quvchining fikrlash faoliyati xususiyatlarini belgilaydi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e‘tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi. Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi ta‘lim jarayonida o’quvchilarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishni ta‘minlashga qaratilgan.
Slayd 9
Ta‘limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasi.
O’qituvchining bilimlarni tizimli bayon qilishi o’quvchilarga o’quv predmetining strukturasi va mantiqini chuqurroq tushunish, fanning bosh g’oyasi va asosiy qoidalarini ajratish, tabiat va jamiyat hodisalari o’rtasidagi ichki bog’lanishni aniqlash imkonini beradi. Dars mazmunining muqobil tuzilishini tanlash, o’qitishdagi didaktikaning tizimlilik qoidasini hisobga olishni talab qiladi. O’qitishning tizimliligi o’qitishda muvaffaqiyat garovi bo’lib, fikrlarni tartibga soladi, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni osonlashtiradi hamda yaxshilaydi.
Slayd 10
Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
Yoshlarga ta‘lim berish, tarbiyalash va ularning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta‘lim tizimida ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi asosiy va yetakchi qoidalardan biri hisoblanadi. Ta‘lim jarayonida o’tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to’g’ri belgilash va uni ta‘lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta‘minlash muhim ahamiyatga ega. Demak bir butun ta‘lim jarayoni ikki o’zaro bog’liqlik: hayotni bilish va unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni bilan ajralib turadi. Maktabda beriladigan ta‘lim bilan tarbiya o’rtasidagi pedagogik jarayonning butunligini ta‘min etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud. Ta‘lim-tarbiyaning birligi ta‘lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va o’qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Slayd 11
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
Ushbu qoida o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qullash usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e‘tiqod tarkib topadi.
O’qitish jarayonida onglilik va faollik qoidasi o’quvchilarda tafakkur va nutqni rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta‘lim jarayonida o’quvchilar faolligi, avvalo ularning aqliy faoliyati – tafakkur qilish faoliyatidir. Shunga ko’ra, ta‘limni ongli o’zlashtirish qoidasi, bir tomondan, o’quvchilarning mustaqil, faol fikrlashlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o’quvchilarning mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, rivojlantirib borishni nazarda tutadi.
Slayd 12
Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi.
Bu qoida didaktik qoidalardan biri bo’lib, u o’qitish jarayonining sifatini orttiradi, o’quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ko’rsatmalilik printsipi idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog’lash imkonini beradi. Bu qoida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid bilish, ta‘m-maza bilish, teri, muskul-harakat kabi sezgi organlarining bir yo’la ob‘ekt ustida safarbar qilishini talab etadi, shuningdek o’rganilayotgan hodisalarga qiziqishni oshiradi, bilimlarni puxtaroq egallashga yordam beradi.
Slayd 13
Ta‘limda bilimlarni puxta va mustahkam o’zlashtirish qoidasi.
Ta‘limning puxta o’zlashtirish qoidasi o’quvchi-talabalar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda olgan bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Shunday ekan, puxta o’zlashtirishning xarakterli belgisi ta‘limni mustahkam esda saqlab qolishdir. Avvalo, bu qoida o’quvchilarning xotira faoliyatini, ya‘ni o’quv materiallarini esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushirish kabi xotira jarayoni faoliyatiga bog’liqdir. O’quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan mavzu mazmunini tizimli va ongli o’zlashtirilishiga bog’liq.
Slayd 14
Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lish qoidasi.
Didaktikada ta‘limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’lab olib borish eng asosiy va yetakchi qoidadir. Har bir fanni nazariy tushuntirish bilan birga uni amaliy tomonini, amaliyotga tadbiq etish yo’llarini ham o’rganish lozim. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta‘limning mazmuni ham, o’qitish usullari ham, ta‘limning tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi.
Ta‘lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida o’quvchilar o’quv materialining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to’g’ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan mahorat, ko’nikma va malakalar hosil qiladilar. Bu qoida ta‘limning ilmiy qoidasi bilan mustahkam bog’langandir.
Slayd 15
Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi va uning ijobiy xususiyatlari.
Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ko’rsatmalilikni ta‘limning asosiy vositasi deb ko’rsatadi. Ushbu qoidani yuqori printsip deb ataydi. Darsda buyum va narsalarning asli, tasviri, texnik vositalar, tasviriy-ko’rgazmali qurollardan foydalanib o’tilsa, ya‘ni mavzu shu asosda bayon etilsa dars to’g’ri tashkil qilinadi va samarali yakunlanadi. O’quv materialining ko’rsatmali bo’lishi yoshlarni o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni tajribada, ishlab chiqarish amaliyotida qo’llay olishlari uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradi.
Slayd 16
Ta‘limda o’quvchi (talaba)ga xos xususiyatlarni hisobga olish va moslik qoidasi.
Ta‘lim – tarbiya jarayonining hamma tomonlari umumsinf o’quvchilari jamoasiga xos xususiyatlarga amal qilgan holda yo’lga qo’yiladi. Ammo, har bir o’quvchi (talaba) o’ziga xos jismoniy, axloqiy, aqliy, ruxiy va boshqa xususiyatlarga egaki, bu uning o’quv faoliyatiga katta ta‘sir etadi. Shu boisdan ta‘lim jarayonida (sinf) guruhdagi o’quvchi-talabalarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko’rish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Ta‘limning muvaffaqiyatli bo’lishida o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini kuzatish va o’rganish hamda shu xususiyatga mos muomala qilish hal qiluvchi o’rin tutadi.
Slayd 17
Ta‘limning moslik qoidasida ta‘limning ikki tomoni e‘tiborda tutiladi:
Ma‘lum sinf yoki guruh uchun belgilangan o’quv materiallarining xarakteri, mazmuni va hajmi shu sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo’lishi;
Har bir sinf uchun belgilangan bilim hajmi shu sinf o’quvchilarining saviyasiga mos bo’lishi lozim. Shuningdek, mashg’ulot mavzulari o’quvchi-talabalarning o’zlashtirishi uchun oddiydan murakkabga tomon o’rgatilishi lozim, ya‘ni har bir predmetni o’rganish osondan qiyinga tomon tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.