Boshlang’ich sinfda integratsiyalashgan ta’lim mohiyati

4000 so'm


Boshlang'ich sinfda integratsiyalashgan ta'lim mohiyati

 

 

Slayd 1

Boshlang’ich sinfda integratsiyalashgan ta’limning mohiyati

Slayd 2

Reja:
Integratsiya tushunchasining mohiyati.
Integratsion ta’limning maqsadi.
Integratsion ta’lim bosqichlari.

Slayd 3

Blits savollar
Integratsiya nima?
Boshlang’ich ta’limda integratsiyani qanday tushunasiz?
Fanlararo integratsiya nima?

Slayd 4

Enter title
Integratsiyalash – lotincha «integer» – umumiylik, «integera» – umumiylikni to’ldirish, yaratish, tiklash demakdir.

Slayd 5

Enter title
Integratsiya bu –
– o’zaro bog’langan holda rivojlantirish, bir butun qilib birlashtirish, yaxlit holga keltirish.
– Tarqoq, bo’lak-bo’lak, ayrim-ayrim holdagi narsalarni bir butun, yaxlit, tizimlashgan holatga keltirish.
– Turli fanlarga oid bilimlarni yagona maqsadni hal etishga yo’naltirish.
-Olamning yaxlitligi (bir butunligi)ni ifodalaydi.

Slayd 6

Enter title
Integratsiyalash tushunchasi muhim ilmiy termin bo’lib, u umumlashtirish, xulosalashlarda metodologik vosita hisoblanadi, chunki uning yordamida jarayon va xodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uygunlik algoritmlari yaratiladi.

Slayd 7

“Integratsiya» bir nechta o’quv predmeti materiallarini metodikaning vazifasi va yagona maqsadiga tabiiy bo’ysundirish aosida tuzish usuli.
N.S. Setlovskaya.
“Integratsiya» – fanlararo bog’lanishning eng yuqori darajasi, umummetodologik printsiplar asosida muammoni kompleks o’rganish yo’LI.
L.T.Tarasov
“Integratsiya» – fanlardan beriladigan bilimlarni yaqinlashtirishning umumiy platformasini topish.
Yu.M.Kolyagin

Slayd 8

Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi:
Birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon.
Ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.

Slayd 9

Integratsion ta’limning maqsadi – o’quvchiga o’zi yashayotgan olam haqida narsa va xodisalar orasidagi bog’liqlik, o’zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli tumanligi xususida, insonning ichki (ma’naviy) va ijtimoiy dunyosi, olamda xukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg’u faqat ma’lum bilimlarni egallashga emas, balki tasviriy fikrlarni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko’rinishi tovushlar, tasvirlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa o’zini ham dunyoni, ham o’zini o’rganuvchi, tekshiruvchi o’rniga qo’yadi.

Slayd 10

Integratsion ta’limning integrativligi uning tuzilishiga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo’lgan bir mavzu, har chorakning asosiy mavzusida o’z rivojini topadi. Shunday qilib, kurs asosiga qo’yilgan g’oyalarning gorizontal harakati amalga oshiriladi. Xuddi shu yo’l bilan vertikal harakat ham amalga oshiriladi (sinfdan sinfga), bunda bir mavzu bolaning o’sishiga qarab, murakkablashib boradi.

Slayd 11

Enter your text here, or paste your text here. Enter your text here, or paste your text here. Enter your text here, or paste your text here.
Integrativlik insonning olam bilan o’zaro aloqalarida aks ettiruvchi mavzularni o’z ichiga oladi:
bola idrokida no’malum bo’lgan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar, yer kurrasi, vaqt qadri);
yaqin olam (mikroolam, uy oldidagi hayvonlar va o’simliklar dunyosi, ona-vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati);
insonlar olami bilan (turli mamlakatlar va madaniyatlar, tsivilizatsiya markazlari, insonning inson va jamiyat bilan munosabatlari, insonning ichki dunyosi);
madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va olimlar ijodi, ma’naviy qadriyatlarni saqlovchi odamlarning ishlari).

Slayd 12

Integratsiyalashgan dars ijodiy, erkin bo’lishi bilan birga yahlit, mantiqan ketma-ket, o’ziga xos metodikaga ega bo’ladi.
Didaktik tizimda fanlararo asosda integratsiyalash o’qituvchi va o’quvchi harakatlarining mos kelishini ko’zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsad, sabab, mazmun, vosita, natija, nazorat.

Slayd 13

Integratsion ta’lim bosqichlari:
Maqsadli bosqich;
Isbotlash bosqichi;
Faoliyatning mazmun bosqichi;
Vositalar tanlash bosqichi;
Natija bosqichi;
Nazorat qilish bosqichi

Slayd 14

Integratsion ta’lim bosqichlarida o’qituvchi va o’quvchi faoliyati:
Maqsadli bosqichda o’qituvchi umumiy maqsadni qo’yadi.
Maqsadli bosqichda o’quvchilar o’qituvchi boshchiligida fanlararo bog’liqliklarni tushunib yetishlari, turli fanlarda kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular o’z e’tibor fikrlarini faqat umumiy bilimlarni o’zlashtirishga emas, balki, tahlil qilish, shaxsning belgilari va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak.

Slayd 15

Isbotlash bosqichida o’qituvchi o’quvchilarni dunyoqarashini o’stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag’batlantiradi
O’quvchilar o’z harakatlarini, dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo’naltiradilar

Slayd 16

Faoliyatning mazmun bosqichida o’qituvchi yangi o’quv materiallarni kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa fanlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi.
O’quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o’zlashtiradilar.

Slayd 17

Vositalar tanlash bosqichida o’qituvchi turli fanlar bo’yicha bilimlarni umumlashtirishga yordam beruvchi ko’rgazmali vositalarni-darslik, jadval, sxema, savolnoma, amaliy vazifalarni qo’llaydi.
O’quvchilar ko’chirish, umumlashtirish, biriktirish kabi xarakterli integratsion masalalarni ko’rgazmali vositalar yordamida bajaradilar.

Slayd 18

Natija bosqichida:
O’qituvchi ta’lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qo’llaydi.
O’quvchi bilimlar tizimida, umumlashtiradi va uni amalda qo’llaydi.

Slayd 19

Nazorat bosqichida:
O’qituvchi bir -biri bilan bog’liq predmetlar bo’yicha o’quvchilarning tayyorgarligini baholaydi, nazorat qiladi, o’zlashtirish sifatini baholaydi.
O’quvchilar turli predmetlar bo’yicha o’z bilimlarini baholaydilar, ularni birlashtirish ko’nikmalarini nazorat qiladilar.

Slayd 20

Ta’limga bog’liq «Integratsiya» tushunchasi ikkita ma’noga ega:
Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu yerda integratsiya – ta’lim vositasi).
O’quvchida atrofdagi olam to’g’risida yaxshi tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida ko’riladi).

Slayd 21

Title text
Bitta o’quv prеdmеti mazmunidagi intеgratsiya
ta’lim mazmunini intеgratsiyalash
ta’lim tizimidagi intеgratsiya
xalqaro ta’lim intеgratsiyasi
Ta’lim tizimi va mazmuni intеgrativ jarayon turlari:

Slayd 22

Birinchisi — bitta o’quv prеdmеti mazmunidagi intеgratsiya – u yoki bu o’quv prеdmеtining mazmunini mantiqiy ravishda izchillashtirishga yo’naltirilgan blokli yoki tarmoqli muvofiqlashtirilgan didaktik tizimdir. Bu holdagi intеgratsiyada tushunchalar tizimi ilmiy tadqiqotlar xulosalari asosida tartibga kеltiriladi.

Slayd 23

Ikkinchisi – ta’lim mazmunini intеgratsiyalash – o’quv fanlaridagi ilmiy tushunchalarning turdoshlik xususiyatlaridan kеlib chiqib, ikki-uchta fandan qo’shma o’quv prеdmеtini yaratish. Intеgratsiyaning bu turida turdosh tushunchalarning mohiyat va xususiyatlari omuxta kurs doirasiga singdirib yuboriladi. Masalan, tabiiy fanlari bo’limlari elеmеntlari mazmuni intеgratsiyalashtirilgan holda bеrilsa, o’quvchilar tеvarak-atrof, inson, tabiat va borliq, ularning o’zaro munosabatlari, salomatlik va ekologiya, tabiat hodisalari va ularning sodir bo’lish sabablari, odamning tabiatda tutgan o’rni va boshqalar haqidagi bilimlarni alohida fanlar orqali emas, balki «yaxlit» fan asosida bilish imkoniga ega bo’ladilar.

Slayd 24

Uchinchisi — ta’lim tizimidagi intеgratsiya — oliy o’quv yurtlari bakalavriat bo’g’inlari qoshida yoki uning tashqarisida tutash o’quv rеjalari asosida tashkil etiladigan o’rta maxsus, kasb-hunar kollеjlari yoki akadеmik litsеylardan iborat

Slayd 25

To’rtinchisi — xalqaro ta’lim intеgratsiyasi — xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi yoki mazmunini vatanimiz ta’lim nazariyasi va amaliyoti bilan uyg’unlashtirishdir.

Slayd 26

Guruh ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud:
Guruhdagi tashkiliy ishlar bilan bog’liq majlislar,
ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan majlislar,
yarim yillik yoki yil yakuniga bag’ishlangan majlislar

Slayd 27

Ko’pgina o’quv yurtidagi guruh rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga guruh rahbari ota yoki onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi

Slayd 28

Slayd 29

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 30

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang’ich sinfda integratsiyalashgan ta’lim mohiyati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar