Tarbiya psixologiyasi mavzusi

4000 so'm


Tarbiya psixologiyasi mavzusi

 

 

Slayd 1

Tarbiya psixologichsi

Slayd 2

Reja:
Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari.
Tarbiyaviy tasirning psixologik asoslari.
Oʻquv jamoasining oʻquvchiga tarbiyaviy tasir koʻrsatish imkoniyati.
Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati.
Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni.
Oʻqituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon boʻlishi.
Shaxsning oʻz-oʻzini tarbiyalash muammosi.

Slayd 3

Mavzuning oʻquv maqsadi:
Talimiy: Talabalarga tarbiya tushunchasining mohiyatini, uning shaxs kamolotidagi oʻrnini, tarbiya usullari va vositalari haqidagi malumotlarni, jamiyat holati va kelgusi rivojlanishga tarbiya maqsadining bogʻliqligini tushuntirish va anglatishdan iborat.
Tarbiyaviy: Milliy ananalar, urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy va umummanaviy qadriyatlarga asoslangan axloq normalarini yaratish va ularni bolalarimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson qilib tarbiyalash asos boʻla olishini uqtirish, talabalarda oʻqituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Talabalarda tarbiya usullarini egallash va undan oqilona foydalana olish malakalarini shakllantirish, tarbiya jarayonining samaradorligi va unga tasir etuvchi omillar toʻgʻrisidagi bilimlarini rivojlantirish.

Slayd 4

Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabiga munosib boʻlgan yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha dolzarb ahamiyatga molik boʻlib kelgan.
Tarbiya tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy hislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yoʻlida tarbiyaviy tasir etish jarayonidir.
Tarbiya – bolaning ijtimoiy muhitda oʻz oʻrnini topishni oʻrganishi hamda insonning hayotiy koʻnikma va malakaga ega boʻlishidir. Talim jarayonining markazida shaxsning bilish va anglash jarayoni, uning qobiliyati, ilm oʻrganishi yosa, undan farqli oʻlaroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga, uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tarbiya – bu alohida jarayon emas, balki oʻqitishning bir tomoni boʻlib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy koʻnikma olish mexanizmining oʻziga xos jihatlarini kiritish mumkin.
Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari

Slayd 5

Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan tashqari falsafa, sosiologiya va pedagogika fanlari shugʻullanadi.
Tarbiya jarayonida doimiy va oʻzgarmas maqsad qoʻyilmaydi, chunki oʻzgarmas maqsad har qanday jamiyatga ham mos boʻlavermaydi. Jamiyat tuzilishi va ijtimoiy munosabatlar oʻzgarishi bilan tarbiya maqsadi oʻzgaradi.

Slayd 6

Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish – erkinlikning qarama-qarshi jihati boʻlib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi. Majburiyasiz erkinlik – bu oʻzboshimchalik, palapartishlik hisoblanadi. Erkinliksiz majburiyat esa – bu qullikdir. Unisi yoki bunisi oʻzaro bir-birini toʻldirganda yoki bogʻlanganda mustaqil mavjud boʻlishi mumkin. Majburiyatni yana boshqacha talqin qilinsa, insonning oʻz ixtiyori bilan jamiyat hayoti va boshqa insonlar taqdiri uchun javobgarlikni oʻz ustiga olishi tushuniladi. Hozirgi zamon tarbiyasining umumiy maqsadi bolani yuksak ahloqli, ruhiy jihatdan boy, qalban ozod, erkin, burch va majburiyatni his qila oladigan shaxs sifatida shakllantira olishdir.

Slayd 7

Tarbiyaning umumiy maqsadi bilan bir qatorda maxsus ijtimoiy maqsadlari ham kelib chiqishi mumkin. Ular tarixning malum davrida oʻzgaruvchan talablar bilan jamiyat taraqqiyotining dolzarb muammolarini bayon etishi va rivojlanishiga hissa qoʻshishi lozim. Malum vaqtdan soʻng jamiyat taraqqiyoti oʻzining bir bosqichidan oʻtgandan keyin rivojlanish davom esa, bu talablar ham oʻzgarishi mumkin.
Abu Nasr Farobiy bolalarni axloqli, nazokatli qilib tarbiyalashda musiqa bilimining ahamiyati haqida bunday deydi: Bu fan shu manoda foydaliki, kimning fel-atvori muvozanatni yoʻqotgan boʻlsa, u tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolga etkazadi va muvozanatli boʻlganlarni muvozanatini uzoq muddatga saqlaydi. Musiqa ruhni davolaydi, uning sozlarining tasiri bilan ruhiy quvvatlar oʻz substansiyasiga uygʻunlashadi va tartibga, muvozanatga keladi».

Slayd 8

Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda anana va urf-odatlarning roli katta. Xalq urf-odatlari, ananalari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, doʻstlik-birodarlik his-tuygʻularini rivojlantiradi. Bular oʻz navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini oʻtaydi.
Tarbiya jarayonida gʻamxoʻrlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan gʻamxoʻr ota-onaga koʻproq taqlid qiladilar. Gʻamxoʻr ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qoʻllab-quvvatlamaganda, bola oʻz xatti-harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy tasirning psixologik asoslari

Slayd 9

Mashhur olim Gerbart tarbiyaning maqsad va vazifalari haqida quyidagi fikrlarni olgʻa suradi. Gerbart tarbiya maqsadini belgilab olishga katta ahamiyat beradi. U tarbiyaning maqsadi yaxshi fazilatli kishini tarkib toptirishdan iborat, deb hisoblaydi. Gerbart tarbiya ishida aqliy talimga tarbiyaning eng katta va asosiy vositasi deb bilib, talimsiz tarbiya boʻlmaydi deb hisoblagan.
Tarbiya avvalo oilada, keyinchalik talim- tarbiya muassasalarida talim bilan birgalikda uzluksiz ravishda berib boriladi. Shaxsning qaror topishini eng muhim vazifasi oʻquvchida axloq talablariga javob beradigan etiqod va ideallar tarkib toptirishdir.

Slayd 10

KonfuSiy: «Eskini oʻzlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi boʻla oladi» degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida talim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga oʻrgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuni takidlash lozimki, marifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. Ananaviy sharqona qarashga koʻra, marifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur manaviyat va goʻzal axloq degani hamdir.
Malumki, yoshlarning manaviy-axloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, talim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, huqukni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shugʻullanadilar. Tarbiya jarayonida barcha ishtirokchilarning bahamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina, oʻzining ijobiy natijalarini berishi mumkin.

Slayd 11

Oʻquv jamoasining oʻquvchiga tarbiyaviy tasir koʻrsatish imkoniyati
Shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhit ham muhim oʻrin egallaydi. Bolalar va kattalar muloqoti hamda hamkorligini tadqiq qilgan D. B. Elkonin, M. I. Lisina, Shuningdek, V. A. Suxomlinskiy kabi mashhur psixologlar va pedagoglar faoliyati shuni koʻrsatadiki, oʻquvchining shaxs sifatida kamol topishi, axloqiy rivojlanishi, oʻquv faoliyatini ijodiy egallashda oʻqituvchi bilan oʻquvchi oʻrtasidagi mahsuldor hamkorlik muhim oʻrin tutishi isbot qilingan.

Slayd 12

Shaxs ong egasi boʻlgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida toʻplangan narsalar bilan munosabatda boʻladigan ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Bola oʻyinga adabiy qahramonga taqlid qilishiga intilishi, munozaralarda qatnashishi – bularning hammasi maktab oʻquvchisi shaxsini faolligining namoyon boʻlishidir.

Slayd 13

Jamoada va jamoa uchun tarbiyalash, tarafdori boʻlgan V. A. Suxomlinskiy ham bolalar jamoasida bolalar xatti-harakatini muhokama qilishdan qochish zarur, chunki bundan ayrim hollarda bola psixikasini shikastlanishi, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin deb hisoblaydi. Darhaqiqat, jamoa inoqlik bilan kerakli yoʻnalishda ish tutib, tasir koʻrsatishning oʻzini oqlamagan shakllarini (burchakka turgʻizib qoʻyish, urish, qulogʻini choʻzish) qoʻllashga harakat qilgan ayrim hollarda ham boʻladi. Barcha hollarda oʻqituvchining jamoa ishiga aralashishi va uni kuzatish xuquqi saqlanib qoladi, shunday boʻlsa ham, jamoa tasir koʻrsatishning toʻgʻri shakllarini tanlay olishiga erishish kerak.

Slayd 14

Jamoa orqali yoshlarni tarbiyalashda bola, oʻsmir va oʻspirin oʻzini koʻzguda koʻrgandek his qilishi muhimdir.
Maktabda maktab jamoasini uyushtirish, yoshlar kamolot jamgʻarmasida boʻlib turadigan yigʻilishlar ham shaxs shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Yigʻilishlar yoshlarning fuqarolik burchini anglash hissini oʻstiradi, ularni tanqid va oʻz-oʻzini tanqidga oʻrgatadi. Yoshlar yigʻilishlarida eng dolzarb va eng qiziqarli masalalar boʻyicha bahslashish ularda hayotiy etiqod va dunyoqarashning barqaror shakllanishiga tasir qiladi va muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan umumiy bir fikrga kelish, fakt va mulohazalarni tahlil qilish va undan tegishli xulosalar chiqarishga imkon tugʻiladi.

Slayd 15

Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati
Mehnat – shaxs va jamiyatning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan ijtimoiy mahsulotlarni etishtirishga qaratilgan faoliyatdir.
Mehnat faoliyati oʻquvchining axloqiy rivojlanishi va mukammallashishida katta ahamiyatga egadir. Mehnat bolalarni jismonan chiniqtiradi, estetik didlari, nerv sistemasining mustahkam boʻlishini taminlaydi.
Talim – tarbiya jarayoni odamni ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlari uchun zarur boʻlgan bilimlar, malaka hamda koʻnikmalar bilan qurollantiradi. Malumki, inson oʻz tabiati jihatidan mehnat faoliyati bilan shugʻullanmay yashay olmaydi. Oʻquvchi shaxsi tarkib topishining yoʻllaridan biri – mehnat faoliyatidir.

Slayd 16

Inson shaxsini etuk, barkamol tarbiyalash vositasi boʻlgan mehnatni mohiyati uning maktab oʻquvchisi yoki yoshlar hayotida qanday oʻrin tutganligi emas, balki oʻquvchining, yoshlarning – eng muhim ijtimoiy tushuncha munosabatini qandayligidan, qanday xarakterda ekanligidan, oʻquvchining mehnat jarayonida kattalar va oʻrtoklari bilan qanday munosabatda boʻlishlaridan iboratdir.

Slayd 17

Mehnat tarbiyasi tajribalari, pedagogik-psixologik izlanishlarga doir materiallar mehnatni haqiqatdan ham yoshlarni tarbiya olishiga aylantiradigan quyidagi shartlarni ifodalab berish imkonini yaratadi:
Oʻquvchilar mehnati ijtimoiy foydali boʻlishi kerak.
Yoshlar va oʻquvchilar oʻz mehnatining muayyan ijtimoiy qiymatga, ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi, kishilarga, jamiyatga, jamoalarga foyda keltirishini anglab etmogʻi lozim.
Bu maktab foydasiga qilingan mehnat – maktabni jihozlash, qoʻllanma,darsliklarni tamirlash, maktab hovlisini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va h. k. Biroq, shuni nazarda tutish lozimki, oʻquvchilar faqat oʻz umummaktab jamoalarining foydasi uchungina emas, balki jamiyat foydasi uchun qilinadigan mehnatda ham ishtirok etishlari lozim.

Slayd 18

Ijtimoiy qiymatga ega boʻlgan foydali mahsulot mehnat natijasi boʻlishi.
Oʻquvchi oʻz mehnatini yaqqol va aniq koʻrishi lozim. Shu munosabat bilan oʻquvchini oʻz mehnati natijalarining ijtimoiy vazifasi bilan mufassal tanishtirish, oʻquvchiga uning mehnatini kimga kerakligini koʻrsatish juda muhim. M: Oʻquvchilar tomonidan temir-tersak, qogʻoz yigʻishlar va uning natijasini bilish yoki jamoa xoʻjaliklarida sabzavot-meva terish….
Mehnat jarayonida ayniqsa yoshlar, oʻquvchilar oʻz-oʻzini uyushtirish va mustaqil mehnat qilishning har xil shakllarini qoʻllashlari lozim. Gap faqat oʻquvchilarning tashkilotchilik malakalarini hosil qilishdagina emas, balki oʻz-oʻzini uyushtirishning mustaqillikka rahbarlik qilish va boʻysunish malakalarini, ijodiy tashabbusni, masuliyat hamda jamoat manfaatlarini, ijodiy tashabbusni, his qilish sifatlarini taraqqiy ettirishga yordam beradi.

Slayd 19

Oʻquvchilarning mehnati ularning oʻzlari uchun qiziqarli boʻlishi lozim. Ayniqsa, kichik maktab oʻquvchilarining mehnati bevosita qiziqishlarga asoslanadi, lekin oʻquvchilarni qiziqarli boʻlmagan mehnat bilan shugʻullanishga ham odatlantirish ahamiyatlidir.
Oʻquvchilarning mehnati ularning kuchiga yarasha boʻlmogʻi lozim. Mehnat oʻquvchilarni haddan tashqari koʻp kuch sarf qilishga, juda toliqib qolishga olib bormasligi lozim. Mehnat bolaning kuchiga, jismoniy rivojlanishiga, yoshiga mos boʻlsa, unda bola muvaffaqiyatga erishadi, aksincha u mos boʻlmasa, u bola psixikasiga qattiq tasir qiladi, bola oʻz kuchiga ishonchni yuqotadi, xatto kuchi etadigan ishni bajarishdan ham boʻyin tovlaydi.

Slayd 20

Oʻquvchilarning mehnati talim faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi yaxshi natija beradi, chunki ularning nazariy olgan bilimlari bilan mehnat faoliyatlarini uzviy ravishda shunday bogʻlash zarurki, ularning mehnati biologiya, kimyo, geometriyani bilishni, chizmalar chizish hamda ularni tushunib ola bilishni talab esin.
Oʻquvchilarnimehnat bilan jazolashga va mehnati uchun jazolashga aslo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Chunki bola unga kuch sarf qiladi, mashaqqat chekadi.
Oʻquvchidanishni shunchaki bajarishini emas, balki, asbob-uskunalarga, materiallarga, mehnat qurollariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishini talab etish zarur. Bu shartlarga amal qilish – bola uchun mehnat faoliyatining qiziqarli faoliyatga aylanishiga imkon yaratadi.

Slayd 21

Yoshlarimizni mehnatevarlik ruhida tarbiyalash yangicha asoslarda, yani 1-dan milliy qadriyatlarimiz zaminida va 2-dan, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan oʻzini oqilona jahon andozalarini namunasida yoʻlga qoʻyish lozim. Chunki mehnasevarlik – manaviy tushuncha boʻlib, u subekt – obekt munosabatlarida shakllanadi va natijalari namoyon boʻladi.
Javobgarlik, sabr-toqat, intizom, madaniy xulq, oʻzaro yordam sifatlarini, tashabbuskorlik, mustaqillik, topshiriqlarni sifatli bajarish, fahm-farosatlilik – mehnasevarlik darajasi meyoridir. Rivojlangan mamlakatlarning mehnasevarlik tarbiyasi boʻyicha andozalarni oʻzbek milliy kadriyatlari bilan qarama-qarshi emas, aksincha umumiylikka ega.
Mehnasevarlik tarbiyasini amalga oshirishda bir tarafdan oʻquvchilarning imkoniyat, layoqat va qobiliyatlari hisobga olinsa; ikkinchi tomondan uning ehtiyoj-motivlari tizimidan kelib chiqish maqsadga muvofiq.

Slayd 22

Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni
Tarbiya vositalari sifatida tashkil etilgan va tashkil etilmagan tasirlar tushinilib, ular yordamida bir guruh insonlar – tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga – tarbiyalanuvchilarga malum psixologik sifatlar va xulq- atvor hosil qilish maqsadida tasir oʻtkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik tasir vositasida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchining shaxsiyatini oʻzgartirish uchun qoʻllanilgan harakatlar tushuniladi.
Tarbiya tasiri qanday tarbiya obyektiga qaratilganligiga koʻra uning vositalari quyidagicha boʻlinadi: emosional, kognitiv va xulqiy. Tajribada koʻproq ular kompleks tarzda uchraydi.

Slayd 23

Shaxsga psixoterapevtik tasir vositalari va uslublari juda ham koʻp, ular bilan tanishish – maxsus psixologiya kursining vazifasidir.
Psixologlar (avvalo L. I. Bojovich va uning xodimlari) bola va maktab oʻquvchisining shaxsini tarkib toptirishda uning faoliyatini toʻgʻri tashkil qilish, uning toʻgʻri xulq-atvor tajribasini orttirishigina emas, balki uning xulq-atvorining (malum harakatga undovchi fikrlari, his-tuygʻulari, maqsadlari sistemasini) toʻgʻri motivlarini tarbiyalash ham hal kiluvchi narsa ekanligini koʻrsatib beradilar.
Emosional tarzda keltirilgan, yorqin va tasirchan obrazga oqilona tayanish (nafis sanatdan, adabiyot asarlaridan foydalanish, kinofilmlar yoki teatr asarlariga jamoa boʻlib borish yoxud ularni jamoa boʻlib eslash) zarur.

Slayd 24

Oʻquvchilarda maksimal faollik uygʻotish, jonli ravishda fikr almashish istagini uygʻotish, ularning fikrini avj oldirish va oʻzlarini axloq masalalari ustida oʻylab koʻrishga majbur qilish zarur.
Oʻquvchilarda chuqur va tasirchan emosiyalarni uygʻotishga intilish lozim. Bunda oʻqituvchi suhbatni befark va shavq-zavqsiz emas, balki emosional tarzda jonli qilib oʻtkazganidagina erishish mumkin. Oʻqituvchi oʻzining ehtirosli etiqodi oʻsmirlarga yuqishini unutmasligi darkor. Oʻsmirlarning oʻzlari his etadigan tuygʻularni taxminan quyidagi shaklda anglab olishlariga erishish juda muhimdir: «Nima uchun bu hodisa menda shunchalik gʻazab va nafrab uygʻotadi?», «Nima uchun men bu xatti-harakatlardan shunchalik hayratlandim?».
Oʻqituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon boʻlishi
Oʻqituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon boʻlishi oʻquvchi shaxsini tarkib toptirishda muhim ahamiyatga ega.

Slayd 25

Axloqiy xatti-harakatlarni mashq qilish – bu turli variantlardagi xatti-harakatlarni aslida bir-biriga oʻxshash vaziyatlarda uyushgan va muayyan maqsadni koʻzlagan holda takrorlashdir. Faqat ana shunday qilingandagina xatti-harakatlarning barqaror va ayni vaqtda umumlashgan shakllari tarkib topadi. Suniy mashqlar emas, balki oʻquvchi hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlari nazarda tutiladi, albatta.
Oʻqituvchi, tarbiyachi oʻquvchilarning oʻz-oʻzini tarbiyalashiga rahbarlik qilishda 4 ta vazifani koʻzda tutishi kerak.

Slayd 26

Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: istedodga, ilmga va mashqqa degan edi ulugʻ olim Arastu. Ana shu gʻoyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
Tarbiyada ulgʻayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, oʻsmir va yosh yigitning betakror va oʻziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xuquqiy va erkinligining etiborga tutilishi:
Milliylikning oʻziga xos anana vositalariga tayanish, jahon
Madaniyatining ilgʻor tajribalariga asoslanish;
Talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish,
Qiziqarli, toʻlaqonli talabalar yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy koʻngilochar va shunga oʻxshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada talabalar oʻzlari xohlagan ishga qoʻl ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib oʻzlariga ishonchlari orsin, axloqan barqaror boʻlsin.

Slayd 27

Ibn Sino takidlaganidek: «Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo oʻzing amal qil». Pedagogning pedagogik faoliyatining samaraga ega boʻlmogʻi uchun koʻp jihatdan shaxs xususiyatlarining shakllanganligi, shaxs yoʻnalishini aniqlanganligini va kasbiy mahoratning tarkib topganligi bilan xarakterlanadi.
Pedagog shaxsiy xususiyatlaridan tashqari chuqur ilmiy saviyaga, soʻzlash madaniyatiga, yuksak odob axloqli boʻlishi kerak.
Bundan tashqari, pedagog oʻzining tashqi koʻrinishiga ham etibor berishi kerak, toza-ozoda, ixcham kiyinishi kerak. Bundan tashqari oliy malumotli, chuqur bilim egasi oʻzining fanini puxta biladigan, yurt ravnaqi uchun jonini fido qilishga tayyor, oʻz shogirdlaridan bilimi, malakasini ayamaydigan, talabalarga aziz, doʻst, sirdosh, maktab, kollejning fidokor xodimi boʻlmogʻi lozimdir.

Slayd 28

Oʻsmirlik davri bilan bogʻliq boʻlgan, yorqin, jihatlardan biri – bu oʻz-oʻzini tarbiyalashga boʻlgan kuchli intilishdir. Oʻz-oʻzini tarbiyalashning faol kechishi aynan shu yoshdan boshlanib, odatda u yoki bu shaklda insonning butun umri boʻyi davom etadi. Oʻsmirlik davrida oʻz-oʻzini tarbiyalash haqida gap ketganda, shuni nazarda tutish lozimki, bola 12-13 yoshga etgandan soʻng birinchi marotaba oʻzining aqliy shaxsiy qobiliyatlarining imkoniyati haqida oʻylab qoladi va bularni rivojlantirish uchun ongli ravishda maqsad sari intiladi.
Shaxsning oʻz-oʻzini tarbiyalash muammosi

Slayd 29

Oʻz-oʻzini tarbiyalash malum bir aniq rivojlanish yoʻlini bosib oʻtadi. Agar uni asosiy yosh pogʻonalari boʻyicha qamrab oladigan boʻlsak, inson ontogenezidagi rivojlanish quyidagicha namoyon boʻladi:
Birinchi bosqich- oʻz-oʻzini jismoniy va irodaviy tarbiyalashdir. Bu oʻsmirlik davriga toʻgʻri keladi. Insonning bu davrga xos boʻlgan maqsadi iroda va jismoniy imkoniyatlarni rivojlantirish boʻlib, jasurlik, chidamlilik, oʻz-oʻzini boshqara olish, matonat, oʻz-oʻziga ishonch kabi irodaviy sifatlarni maxsus vosita va mashqlar orqali tarbiyalashdan iboratdir. Bu holat jismoniy rivojlanishga ham taluqli boʻlib, shu sababli koʻpgina bolalar bu yoshda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni boshlaydi.

Slayd 30

Ikkinchi bosqich – oʻzini xulqiy-axloqiy rivojlantirish boʻlib, ilk oʻspirinlik davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻz-oʻzini tarbiyalashning koʻproq uchraydigan maqsadlari – ruhiy, manaviy rivojlanish , shaxsning toʻgʻrilik, yaxshilik, saxiylik, doʻstga sodiqlik, sadoqat, muruvvat kabi oliyjanob sifatlarni oʻzida mujassamlashga intilishi kuzatiladi.
Uchinchi pogʻona kasbiy oʻz-oʻzini tarbiyalash oʻspirinlik davriga toʻgʻri keladi. Inson hayotining bu davrini ishga boʻlgan ishtiyoqni oʻstirish deb qarash mumkin, unda kishining kasbiy zarur boʻlgan kompleks sifatlarni rivojlantirish, qobiliyat, malaka, koʻnikma, tanlagan kasbi boʻyicha mahorat bilan ishlash uchun zarur boʻlgan hislatlari shakllanadi. Oʻz-oʻzini kasbiy rivojlantirish maqsadi bu davrda boshlanib, koʻpgina kishilarda mustahkamlanib boradi va uning hayoti davomida asosiy maqsadlardan biri boʻlib qoladi.

Slayd 31

Toʻrtinchi bosqich – ijtimoiy-dunyoviy qarashlarda oʻz-oʻzini tarbiyalashdir. Bu inson hayotining 40-45 yoshidan keyingi davri hisoblanadi. Bu erda oʻz-oʻzini rivojlantirish vazifasi ijtimoiy holat, dunyoqarash, hayotga malum nazar bilan qarash hisoblanadi.
Bazi hollarda beshinchi pogʻona ham uchrab turadi, bunda oʻz-oʻzini aktuallashtirish masalasi qoʻyiladi va hal etiladi.
Besh bosqichdan ikkitasi insonni oʻz-oʻzini tarbiyalashdagi rivojlanishi oʻsmirlik va yoshlikning ilk davriga toʻgʻri keladi. Bu davrlarda oʻz-oʻzini tarbiyalash inson xarakterini belgilab beradi.

Slayd 32

Tarbiyali boʻlish – bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iboratdir. Bunday nazorat insonga yomon xatti-harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi. Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qaygʻursa, u ijtimoiylashuvga erishgan boʻladi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil jamiyatning baxt-saodati yoʻlida halol mehnat qilish; jamiyat boyligini saqlash va koʻpaytirish yoʻlida har bir kishining tinmay gʻamxoʻrlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda halollik va rostgoʻylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irqiy adovatlarga aslo yoʻl qoʻymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim hislatlaridir.

Slayd 33

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 34

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tarbiya psixologiyasi mavzusi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar