Ta’limni raqamlashtirishda o’quv-biluv muammolari
4000 so'm

Slayd 1
Ta’limni raqamlashtirish sharoitida o’quv-biluv muammolari
Slayd 2
Reja:
Ta’limni raqamlashtirish sharoitida o’quv-biluv muammolari
Ta’lim jarayoni tsikl(davr)lari va dars turlarining o’ziga xos xususiyatlari.
Dars turlari va ularning asosiy bosqichlari.
Yangi mavzuni o’rganishga tayyorlashdagi biluv muammolari.
Yangi axborotlarni qabul qilish bosqichidagi biluv muammolari.
Slayd 3
Ta’lim vositasi ta’lim jarayoni tsikllarini ajratishning bir o’lchovidir. Vosita – bu ta’lim jarayonida o’quvchi o’zi bilan o’quv materiali o’rtasiga qo’yadigan moddiy va moddiylashgan narsalardir. O’quvchining o’quv faoliyati vositasi uning o’zida. U yoki bu intellektual, shuningdek, amaliy topshiriqni bajarishda o’quvchi o’z bilimi, hayotiy tajribasi, o’zida shakllangan aqliy mehnat usullari, o’qish vositalarini ishlatib, ta’limdan ko’zlangan maqsadga erishadi. O’qish-o’rganish vositalari to’g’ri tanlanib, ta’lim jarayonining yaqin didaktik maqsadlariga qancha mos bo’lsa, o’quvchi o’zlashtirishi shuncha samarali kechadi.
Slayd 4
O’quvchi ta’lim sharoitida bilimlarni o’rganishdan malakalarni shakllantirishga, undan bilimlarni malaka darajasida o’zlashtirishga qarab boradi. Ta’lim jarayonining tsikliyligi g’oyasidan nazoratni tushuncha darajasiga ko’tarilgan bilimlar bo’yicha o’tkazish zarurligi to’g’risidagi xulosa kelib chiqadi. Shu bilan birga har bir tsiklga bitta dars turi to’g’ri kelishi ko’zga tashlanadi. Ta’lim jarayoni tsikllari va darsning o’zaro aloqadorligini hisobga olib, O. Roziqov darsning quyidagi turlarini ajratgan: ta’lim jarayonining dastlabki tsikliga oid dars turi «yangi o’quv materialini o’rgatish va mustahkamlash», ikkinchi tsikliga oid dars turini «takrorlash va malaka hosil qilish», uchinchi tsikliga oid dars turini «bilim va malakalarni umumlashtirish», oxirgi tsikliga oid dars turini «bilim va malakalarni tekshirish» iboralari bilan qayd etgan edi.
Slayd 5
Ta’lim jarayoni tsikl(davr)lari va ular asosida o’tkaziladigan dars turlarining qator o’ziga xos xususiyatlari bor. Birinchidan, dars turida ta’lim jarayoni logikasi aks etgan. Shu tufayli ular o’zaro qo’shilib yagona tizim hosil qilgan. Ta’limning bu tashkiliy shakllari tartib bilan o’tkazilgan sari o’quvchilar bilimlarni o’zlashtirishning quyi darajasidan yuqori darajasiga ko’tarila boradi. Ikkinchidan, yuqoridagi dars turida darslarning har biri o’z o’rnida tashkil etiladi. Boshqacha qilib aytganda, darslarning o’rnini almashtirish mumkin emas. Tasnifda darslar qanday tartibda berilgan bo’lsa, ular shu tartibda amalga oshiriladi. Dars turlari tartibiga rioya qilish natijasi o’laroq o’quvchilar oldin mavzuga oid axborotlarni egallashadi, so’ngra axborotlar ustida ishlashadi, ikki yoki undan ortiq mavzu bo’yicha o’rganilgan bilimlarni o’zlashtiradi.
Slayd 6
Uchinchidan, dars turining har biri o’ziga oid vositalarga ega. Birinchi dars turi uchun vosita vazifasini o’quvchilarning hayotiy tajribalari, o’rganilayotgan mavzuga oid o’quvchining faoliyatidagi mavjud dalillar, o’quvchida shakllangan aqliy mehnat usullari bajarsa, ikkinchi dars turi uchun vosita vazifasida mavzu bo’yicha o’rganilgan bilim, faoliyat usullari qatnashadi.
Tavsifi keltirilayotgan tipologiyada har bir dars turining o’z markazi bor: birinchi dars turining yadrosini uch narsa tashkil etadi: a) o’quvchilarni yangi mavzuni o’rganishga tayyorlash. Buning uchun o’rganilayotgan mavzu xususiyatlarini inobatga olib muammolar qo’yiladi, mavzu bo’yicha dalillar tahlil qilinadi; b) mavzuga oid bilimlarni bevosita (masalan, o’qituvchi tushuntirishini tinglash) yoki bilvosita (masalan, dalillarni mustaqil tahlil qilib, xulosalar chiqarish, darslikda berilgan tarif, qoida, aniqliklarni mustaqil o’qib o’rganish) egallash; v) o’rganilgan bilimlarni dastlabki mustahkamlash.
Slayd 7
Buning uchun darslikda berilgan mashqlar bajariladi, og’zaki yoki yozma nutq tuziladi, berilgan va tuzilgan matnlar ustida ish qilinadi; ikkinchi dars turining yadrosi ham uch bosqichdan iborat: a) mavzu bo’yicha o’rganilgan bilimlarni ongli esga tushirish (o’qituvchi aytgan savollarga javob izlash, topshiriqlarni bajarish yo’llari bilan o’rganilgan bilimlarni ongli esga tushirish taminlanadi); b) esga tushirilgan bilimlarni turli o’quv holatlariga tatbiq qilish. Bilimlar tatbiq qilinadigan o’quv holatlari qanchalik rang-barang bo’lsa, malakalar shuncha puxta egallanadi; v) o’rganilgan mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish, ongni dalillar bilan boyitish; uchinchi dars turining yadrosi ham uch bosqichdan iborat: a) ikki yoki undan ortiq mavzuga oid bilimlarni taqqoslash; b) umumlashgan xulosa chiqarish; v) chiqarilgan xulosani aytilgan yoki berilgan o’quv holatiga tatbiq qilish.
Dars turlari va har bir dars turining asosiy bosqichlarini hisobga olib, biluv muammolarini ta’limga tatbiq etishni belgilaymiz. Buning uchun dars turi, uning asosiy bosqichlari, dars bosqichlariga mos biluv muammolarini keltiramiz.
Slayd 8
Dars turlari
Dars turlarining asosiy
Dars turlari bosqichlariga mos biluv muammolarini ta’limga tatbiq qilish maqsadlari
Yangi o’quv
Materialini
O’rganish va mustahkamlash darsi
Bosqichlari
1. O’quvchilarni yangi mavzuni o’rganishga tayyorlash.
1. O’quvchilarni yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorlash.
2. Mavzuga oid bilimlarni o’rganishni taminlash.
2. Yangi mavzuga oid axborotlarni o’rganish.
3. Yangi axborotlarni mustahkamlash vositasi.
Dars turi va bosqichlariga mos biluv muammolari
Slayd 9
O’tganlarni
Yangi axborotlarni dastlabki mustahkamlash.
Bilim, faoliyat usullarini interfaol usullar vositasida esga tushirish.
1. Mavzuga oid bilimlarni ongli esga tushirish.
2. Bilim, faoliyat usullarini turli o’quv holatlariga tatbiq qilish vositasi.
2. Bilim, faoliyat usullarini turli o’quv holatlariga tatbiq qilish.
3. Bilimlarni kengaytirish, yangi dalillarni egallash.
Takrorlash va malaka hosil
3. Bilimlar doirasini kengaytirish.
1. Ikki yoki undan ortiq mavzuga oid bilim, dalillarni esga tushirish.
1. Ikki yoki undan ortiq mavzuga oid dalil, bilimlarni taqqoslash.
2. Dalil, bilimlardan umumiy xulosa chiqarish.
2. Umumiy xulosa chiqarish.
3. Tushunchalararo biluv muammolarini bajarish.
Slayd 10
Keltirilgan jadval bo’yicha biluv muammolarining ona tili darslarida bajaradigan funktsiyalarini tartibga tushiramiz.
O’quvchilarni yangi mavzuni o’rganishga tayyorlash uchun o’tkaziladigan biluv muammolari o’quvchilar diqqatini mavzuga oid dalillarga jalb qilish, dalillar ustida faoliyat ko’rsatish, o’rganilayotgan hodisa bo’yicha dalillarni faollashtirish, hodisaning o’rganilayotgan nuqtai nazarlarini qayd qilish uchun zarur bo’ladi. Ta’lim shu yo’sinda tashkil etilganda ta’limning maqsadi o’quvchilar uchun malum darajada aniqlashadi. Bu esa o’quvchilarni bilishga qiziqtiradi, mustaqil faoliyat ko’rsatishga etaklaydi.
Yangi mavzuni bevosita idrok etish, yangi axborotlarni qabul qilish bosqichida o’tkaziladigan biluv muammolari o’quvchilarni mavzuni ongli o’rganishga etaklaydi. O’quvchi faoliyatining evristik-topqirlik qobiliyatini rivojlantiradi, o’quvchilarni mustaqil xulosalar chiqarishga etaklaydi.
Slayd 11
Yangi mavzuga oid bilimlarni dastlabki mustahkamlashni mo’ljallab o’tkaziladigan biluv muammolari bilim, faoliyat usullarini yangi o’quv holatlariga faol tatbiq qilishni taminlaydi. O’quvchi bilim, faoliyat usullari xususida o’ylab, tatbiq qilish shart-sharoitlarini tahlil qilib faoliyat ko’rsatadi. Bu bilim, faoliyat usullari bilan o’quv muammolari o’rtasida bog’lanishning hosil bo’lishiga, mavzu doirasida ko’nikmaning shakllanishiga olib keladi. Shunday qilib, dastlabki dars turida o’quvchilarni mavzuni o’rganishga tayyorlash, mavzuga oid bilimlarni bevosita idrok etish, idrok etilgan bilimlarni ilk bor mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan biluv muammolari faol ta’limni amalga oshirishning samarali vositasiga aylanadi.
Slayd 12
Nazorat uchun savollar:
Ta’limni raqamlashtirish sharoitida o’quv-biluv muammolari nimalardan iborat?
Ta’lim jarayoni tsikl(davr)lari va dars turlarining o’ziga xos xususiyatlari nimalar?
Dars turlari va ularning asosiy bosqichlarini ayting.
Yangi mavzuni o’rganishga tayyorlashdagi biluv muammolari nimada?
Yangi axborotlarni qabul qilish bosqichidagi biluv muammolari nimalardan iborat?
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.