Shaxs tushunchasi va psixologik nazariyalar

4000 so'm


Shaxs tushunchasi va psixologik nazariyalar

 

 

Slayd 1

Shaxs.

Slayd 2

Reja:
Shaxs haqida tushuncha
Endopsixika va ekzopsixika haqida tushuncha
Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi

Slayd 3

Shaxs haqida tushuncha
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta – sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub’ektga aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya’ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim. A. V. Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E. G’ozievning «Umumiy psixologiya» darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma’nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi.

Slayd 4

Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
M. G. Davletshin tahriri ostida chiqqan «Psixologiyadan qisqacha izohli lug’atda» individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma’nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi.
Keltirilgan ta’riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.
Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjudligini ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligi ta’kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi.

Slayd 5

Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning voqelikka ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan «ichki psixik» («endopsixik» – yunoncha endo ichki degan ma’noni bildiradi) degan g’oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko’ra, «endopsixika» shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan «endopsixika» aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning «endopsixik» qismi bo’lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qaramaqarshi bo’lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob’ektiv munosabatini belgilaydi. «Endopsixika» o’z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo’r berish xislatlarini ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi. Tabiiy asosga ega bo’lgan «endopsixika» biologik shart-sharoitlarga bog’liq bo’lsa, «ekzopsixika» aksincha ijtimoiy voqeliklar ta’sir ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.

Slayd 6

Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari
Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‘rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin. Ularni quyidagi tizimda yaqqol ko‘rish imkoniyatini beradi.
Shaxsni o‘rganish Borasidagi Nazariyalar
Sotsiogenetik
Ijtimoiylashuv nazariyasi
O‘rganish nazariyasi
Rollar nazariyasi
Biogenetik
(S. Xoll, E. Krechmer, Z. Freyd va boshqalar)
Psixogenetik
Psixodinamik
Kognitiv
Personal

Slayd 7

Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o’zi biologik yetilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F. Myuller va Gekkellar kashf qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyasini tashkil qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, biologik qonunga ko’ra shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyatni tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya edi.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo’lmish amerikalik psixolog S. Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb «rekapitulasiya qonuni»ni (filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi.

Slayd 8

Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydni shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog’liqdir. Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo’lgan nazariya sosiogenetik nazariya hisoblanadi. Sosiogenetik yondashuvga binoan shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shartsharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
G’arbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o’zgalar bilan munosabat muloqot o’rnatishda sezilarli iz qoldiradi.

Slayd 9

AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko’pincha ko’nikmalarni egallash, bilimlarni o’zlashtirishdan iborat bo’lib, uning samarasi qo’zg’atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning tarafdorlari E. Torndayk va B. Skinnerlar hisoblanadi.
K. Levin tomonidan tavsiya qilingan «fazoviy zarurat maydoni» nazariyasi psixologiya fani uchun (o’z davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K. Levinning nazariyasiga ko’ra, individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi.
Psixologiyaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lishi emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E. Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egaligini ta’kidlaydi.
Kognitiv yo’nalishning asoschilari qatoriga J. Piaje, J. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.

Slayd 10

J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellekt davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. Sobiq sovet psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontev, B. G. Ananev, L. I. Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu masala bilan shu?ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi bo’yicha yondashuvda muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan so’ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta’rif berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va yo’nalishlarini ko’rsatib berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L. S. Vigotskiy); motivasion yondashish (L. I. Bojovich); faoliyatga ko’ra munosabat (D. B. Elkonin); shaxsning ijtimoiylashuv xususiyatiga e’tiboran (A. V. Petrovskiy); shaxsning tutgan pozisiyasini hisobga olib (D. I. Feldshteyn) va hokazo.

Slayd 11

Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. Quyida mualliflar tomonidan keltirilgan ta’riflar tahlillarining keltirib o’tamiz.
A. G. Kovalyovning fikricha, shaxs – bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti ham sub’ektidir. A. N. Leont’ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va unga shunday ta’rif beradi: shaxs faoliyat sub’ektidir. K. K. Platonovning talqiniga binoan jamiyatda o’z rolini anglovchi, jamiyatning qishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurro ochishga harakat qilgan S. L. Rubinshteyn ta’rificha, shaxs – bu tashqi ta’sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o’zaro farqlanib turuvchi tushunchalar qo’llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish, har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.

Slayd 12

Odam sut emizuvchilar sinfiga dahldorligi biologik jonzot ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi, uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniga ham egadir
Shaxs mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Jamiyatda rivojlanuvchi til yordami bilan boshqa kishilar bilan (muloqot) muomalaga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi
Individuallik -har qanday insonning betakror, o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.

Slayd 13

K. K. Platonov ta’limotiga ko’ra shaxs tuzilishi quyidagicha shaklga ega:
Yo’nalganlikosttuzilishi – shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko’lami (hajmi) darajalarini farqlash lozim.
Ijtimoiytajriba osttuzilishi – ta’lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi.
Psixologikaks ettirish shakllari osttuzilishi – ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
Biologikshartlanganlik osttuzilishi – miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi. A. G. Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega:
Yo’nalganlik – voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
Imkoniyatlar – faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta’minlovchi tizim, o’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimi irodaviy va ma’naviy sharoitlarga ajraladi.
Mashqlarto’plami – hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish
(Korreksiyalash), o’zini-o’zi nazorat qilish, o’zini-o’zi boshqarishni ta’minlaydi.

Slayd 14

Sobiq sovet psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir qator manbalar keltirilgan.
Jumladan, S. L. Rubinshteyn bo’yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega:
Yo’nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
Bilimlar,ko’nikmalar, malakalar – hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
Individualtipologik xususiyatlar – temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.
Ehtiyoj, qiziqish, ideal faoliyatdagi yetakchi

Slayd 15

Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. «Endopsixika» shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funktsiyalarning o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa o‘z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi. Shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Yo»nalganlik deb, shaxs faoliyatini yo‘naltiruvchi va xususiy vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo‘lgan barqaror motivlar yig‘indisiga aytiladi. Havas – bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki yetarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat.

Slayd 16

Istak faoliyat motivi sifatida ehtiyojning yetarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo‘llari ham anglanadi. Intilish istak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo‘shilganida yuzaga keladi. Qiziqish – bu shaxsning yo‘nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta’minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. E’tiqodlar – bu shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. Shaxs mayli – bu avvalgi tajribada shakllangan, ob’etni aynan ma‟lum shaklda idrok qilish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik, moyillik. Malaka – deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xattiharakatlarga aytiladi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta’sir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi.

Slayd 17

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 18

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Shaxs tushunchasi va psixologik nazariyalar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar