Psixik jarayonlar va miya aloqadorligi

4000 so'm


Psixik jarayonlar va miya aloqadorligi

 

 

Slayd 1

Psixik jarayonlar va miyaning o‘zaro aloqadorligi

Slayd 2

Reja:
Insonda miya va psixik jarayonlarni shakllanishi
Psixik jarayonlar va miya faolligini o’zaro munosabatlari
Psixologik fanlarda o’ziga xoslik va qonuniyatlarni shakllanishi
Xarakat inson faoliyatining o’ziga xosligi sifatida
Xatti harakatni qurilish darajalari

Slayd 3

Xarakat inson faoliyatining o’ziga xosligi sifatida
Faoliyat – bu subyektning olam bilan o’zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o’zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning obyektda ifodalanishi, shuningdek, subyektning voqyelik bilan o’z munosabatlarini ro’yobga chiqarishi sodir bo’ladi.
Faoliyatning istalgan oddiy akti subyekt faolligining ifodalanish shakli bo’lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo’lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo’naltirilishini bildiradi.
Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo’lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o’zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin.
Faoliyat predmetlilik va subyektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug’ullanadigan hodisalarga aytiladi.
Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo’lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o’quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko’nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi.
Faoliyat subyekti bo’lib odam, individ hisoblanadi.

Slayd 4

Faoliyatning predmeti va subyektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog’liq.
Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi.
Faoliyat natijalari bo’lib, moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo’lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi. Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
Faollikning ichki motivga ega shaklidir;
Inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama yetuk mahsulotning yaratilishi;
Insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
Insonning faoliyati o’zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo’ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o’zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi.

Slayd 5

Leontyevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. Shaxs» asarida (M. , 1982) Bayon etilgan. Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to’liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi. Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. Yuqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. Shunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizasiya va eksteriorizasiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi.
Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab.
Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri.
Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi.
Ta’rifga ko’ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin. Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo’yish va uni ushlab qolish ko’rinishidagi ong aktini o’z ichiga oladi.

Slayd 6

Ikkinchi xususiyat: harakat – bu bir vaqtning o’zida hulqatvor akti ham bo’lib hisoblanadi. Shunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi konsepsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko’rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat. Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini «harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo’ygan holda tasdiqlaydi. Faollik va ta’sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelib chiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang’ich nuqtasi tashqi muhitga yoki subyekt organizmiga joylashtirilishi lozim. To’rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli dunyoga «olib chiqadi». Harakat doimo maqsad bilan bog’liq bo’ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, harakat esa maqsadning amalga oshishini ta’minlaydi.

Slayd 7

Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa keng hajmliligini keltirish mumkin. Yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo’linadi, ular ham o’z o’rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo’linishi mumkin va h. k. Shunga mos ravishda har bir yetarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning harakatlar tizimida turli darajalarga o’tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar bilan telefon orqali bog’lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo so’zlashuv telefon tarmog’iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz lozim va h. k. Kabinaga kirgandan so’ng, abonent bilan bog’lanishingiz kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to’g’ri keladi (III tartib): tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo’ladi va h. k. Muolaja – bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. Muolaja deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi.

Slayd 8

Masalan, ikkita ikki xonali sonlarni ko’paytirish amalini xotirada va misolni ustuncha shaklida yozgan holda yechish mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal bo’ladi. Qo’llaniladigan muolajalarning xususiyati nimaga bog’liq bo’ladi? Avvalambor, ular harakat amalga oshiriladigan sharoitlarga bog’liq. Agar harakat maqsadning o’ziga javob bersa, muolaja maqsad qo’yilgan sharoitlarga javob beradi. Bunday sharoitlarga tashqi vaziyatlardan tashqari, shuningdek, faoliyat ko’rsatayotgan subyektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi. Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko’zlangan maqsad masala deb ataladi. Masala yechish jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni ham, muolajalarni ham ko’rsatish lozim. Muolajalarning asosiy xossasi ularning kamroq anglanganligi yoki umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar ongli maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab beradigan harakatlardan tamomila farq qiladi.

Slayd 9

Muolajalar ikki turga bo’linadi: ba’zilari adaptasiya, moslashish, bevosita taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlarni avtomatlashtirish vositasida paydo bo’ladi. Birinchi turdagi muolajalar anglanmaydi, ularni ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil qilish mumkin emas. Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida joylashadi. Ular osongina dolzarb anglanuvchilarga aylanishi mumkin. Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to’shaluvchi» muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo’lgan ongli va anglanmagan faoliyatlar o’rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo’nalgan harakati muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o’zgarishini anglata-DI. Chegaralarning pastga harakatlanishi esa, aksincha, muolajalarning harakatga aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo’linishini bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi g’oya tug’ildi, va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan, mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz.

Slayd 10

Siz ko’plab, ya’ni, aqliy, nutqli va h. k. Muolajalar bilan ta’minlangan harakatni amalga oshirgan bo’lasiz. Ularning barchasi birgalikda g’oyani bayon qilish faoliyatini amalga oshirgan bo’ladilar. Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja – psixofiziologik vazifalarni ko’rib chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlarning fiziologik ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo’lgan his etish, o’tmish taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor vazifalar haqida so’z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam o’rin tutgan tug’ma va hayotning birinchi oylarida yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga tug’ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat tomonidan belgilangan bo’ladi. Psixofiziologik vazifalar psixik vazifalarni amalga oshirish uchun faoliyat vositalarini zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi.

Slayd 11

Masalan, biror ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab qolishning maxsus usullaridan foydalanamiz. Lekin agarda biz yodda saqlab qolish layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega bo’lmaganimizda, bu faoliyatni amalga oshira olmagan bo’lardik. Mnemik vazifalar tug’ma bo’ladi. Bola tug’ilishi bilanoq katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, bu oddiy axborot bo’lib, keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada saqlanishi zarur bo’lgan axborot hajmidan tashqari, yodda saqlashning sifat ko’rsatkichlari ham o’zgaradi. «Korsakov sindromi» deb ataladigan (uni ilk marotaba o’rgangan mashhur rossiyalik psixiatr S. S. Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda aynan mnemik vazifa oqsaydi. Bu kasallikda voqyealar, hatto, bir necha daqiqa avval sodir bo’lganlari ham umuman yodda saqlanib qolmaydi. Bunday bemorlar, masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun ovqatlanganmi yoki yo’qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor onasiga kitobiy asarning o’ziga yoqib qolgan parchasini hozirgina o’qib berganini yodidan chiqarib yuborib, beto’xtov o’qib berardi va, shu asnoda bir necha o’n martalab takrorlardi.

Slayd 12

Agar bunday bemor biror matnni yod olishga urinib ko’rsa, u shu zahotiyoq matn bilan birga yod olishningrni o’zini ham yodidan chiqarib yuborishi mumkin. Shunday qilib, psixofiziologik vazifalar faoliyat jarayonlarining organik ustqurmasini tashkil etadi, deb xulosa yasash mumkin. Ularga tayanmay turib, harakatlar va muolajalarning bajarilishidan tashqari vazifalar belgilanishining ham imkoniyati mavjud emas. Istalgan faoliyat tuzilishida ichki va tashqi tarkibiy qismlarni ajratish mum-kin. Ichki tarkibiy qismlarga markaziy asab tizimi tomonidan boshqariladigan faoliyatlarda ishtirok etadigan anatomik va fiziologik tuzilmalar hamda jarayonlar, shuningdek, faoliyatni boshqarishga taalluqli psixologik jarayonlar va holatlar kiradi. Tashqi tarkibiy qismlarga esa faoliyatni amaliyotda bajarish bilan bog’liq turli harakatlarni kiritish mumkin (N. A. Bernshteyn). Faoliyatning taraqqiy etib va o’zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy qismlarning ichkilariga tizimli o’tishi amalga oshiriladi. Bunda interiorizasiya, avtomatizasiya va eksteriorizasiya ham kuzatiladi.

Slayd 13

Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o’ylab olishga kira-DI. Qanday harakat qilishni o’ylayotgan inson qanday yo’l tutadi? Qandaydir harakatning ro’yobga chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko’rib chiqadi. Ularga qarab, o’zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. Yoki boshqa misol, ko’p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, vaqtdan o’zib, o’sha hodisani bo’lib o’tganday tasavvur qiladi. Natijada o’zini yuzida baxtli tabassum bilan o’tirganini ko’radi. Bu misollar insonning ichki faoliyatiga misol bo’la oladi. U o’zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat codir bo’lish shakli bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar yordamida uyg’otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o’zining muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi.

Slayd 14

Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga oshirilishidan, real mahsulot o’rniga g’oyaviy natija hosil bo’lishidan iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga o’tkazilish yo’LI bilan paydo bo’lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o’zlashtirib olib, real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o’yinida donalarning yurishi o’zlashtirilib, ularning oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o’ylab olish imkoniyati tug’iladi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan to’qnashdilar.

Slayd 15

Xatti harakatni qurilish darajalari
Yehtiyoj – bu tirik organizmlar faolligining boshlang’ich shakli. Tirik organizmda davriy ravishda zo’riqishning ma’lum holatlari yuzaga keladi; ular organizmning ma’lum hayotiy faoliyatini davom ettirishi uchun zarur bo’lgan moddalarning obyektiv yetishmovchiligi bilan bog’liq. Organizmda normal faoliyat ko’rsatishi uchun zarur sharoitlarni tashkil etuvchi biror narsaning obyektiv yetishmovchiligi holatlari ehtiyojlar deb ataladi. Bunday ehtiyojlar sirasiga ozuqaga, suvga, kislorodga bo’lgan ehtiyojlar va boshqalar kiradi. Insondagi, shuningdek, yuqori tuzilgan hayvonlarda tug’ma bo’lgan ehtiyojlar haqida so’z yuritilganida, sodda biologik ehtiyojlarga yana ikkitasini qo’shib qo’yish lozim. Bu, birinchidan, o’zi kabilar bilan, va birinchi navbatda, yoshi katta individlar bilan aloqaga bo’lgan ehtiyojdir. Bolalarda bu juda erta namoyon bo’ladi. Onaning tovushi, yuzi, qo’l harakatlari – bolada paydo bo’ladigan ijobiy reaksiyani keltirib chiqaruvchi birlamchi seskantiruvchilar. Bu 1,5-2 oylik bolada kuzatiladigan «jonlantirish majmuasi»dir. Insondagi ijtimoiy aloqalar yoki muloqotga bo’lgan ehtiyoj yetakchi ehtiyojlardan biri bo’lib hisoblanadi.

Slayd 16

Bola hayotining dastlabki oylari va yillarida unga mehribonlik qiluvchi onaga va yaqinlarga bo’lgan ehtiyoj. Vaqt o’tishi bilan bu manzara o’zgara boshlaydi, chunki avvalgi ehtiyoj tengdoshlar jamoasida hurmatga sazovor bo’lishga intilish bilan almashinadi. Do’stga, maslakdosh insonga, ruhlantiruvchi ustozga ehtiyoj ortadi. Keyinchalik esa hayotda o’z o’rnini topish, ta’lim olish, jamiyat e’tirofini qozonishga va boshqalarga intilish paydo bo’ladi. Insonda tug’ma xususiyatga ega bo’lib, organik ehtiyojlarga taalluqli bo’lmagan ikkinchi ehtiyoj – bu tashqi taassurotlarga ehtiyoj, yoki keng ma’noda bilishga ehtiyoj hisoblanadi. O’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, yangi tug’ilgan chaqaloqlar hayotining birinchi soatlaridan boshlab ko’rish, eshitish, tovush seskantiruvchilariga javoban ta’sir ko’rsatibgina qolmasdan, ularni o’rganadilar ham. Xususan, yangi seskantiruvchilarga nisbatan ularda jonliroq javob reaksiyalari paydo bo’ladi. Ikki-uch oylik chaqaloqlarda bilishga ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi tajribalar o’tkazildi. Bolaga so’rg’ich berib, uni rezinali nay orqali televizorga ulab qo’ydilar. Bunda so’rg’ich pnevmatik o’tkazgich vazifasini bajaradi.

Slayd 17

Hulq-atvor tomonidan esa bunday holat notinchlikda, turli jismlarni izlash, tanlashda ifodalanadi. Masalan, mashhur bolalar shifokori B. Spok farzandlari ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan ota-onalarni ortiqcha ishtahalarining asl sababi haqida chuqur fikr yuritishga chaqiradi. Uning fikricha, ota-onalarning e’tibori va mehribonligi yetishmaganida bolalar o’zlarini shunday tutadilar. Bunday bolalar qoniqmaslik holatini boshidan kechirib, uni aniqlashtira olmaydilar va ovqatga ruju qo’yadilar!Izlash faoliyati davomida, odatda, ehtiyojning jism bilan uchrashuvi sodir bo’ladi va shu bilan ehtiyoj «hayotidagi» birinchi bosqich o’z nihoyasiga yetadi. Yehtiyoj tomonidan o’z jismini «bilib olish» jarayoni ehtiyojning jismga ega bo’lishi nomini olgan. O’zining sodda shakllarida u «imprinting mexanizmi», ya’ni, yodda qolish sifatida ma’lum. Imprintingga misol – yangi tuxumdan chiqqan g’ozda yonidan o’tib ketayotgan jismning iziga tushish reaksiyasining uyg’onishi: u har bir harakatlanayotgan jismning, u jonsiz bo’lsa ham, ortidan keta boshlaydi.

Slayd 18

Xuddi onasi ortidan yurganday (K. Lorens tajribalari). Jismga ega bo’lish jarayonida ehtiyojning ikki asosiy xususiyati namoyon bo’ladi. Birinchisi, ushbu ehtiyojni qondira olish xususiyatiga ega bo’lgan jismlarning dastlabki juda keng tarkibiy qismidan, ikkinchisi – ehtiyojni birinchi bo’lib qondirgan jismda tezda qayd etishdan iborat. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, ehtiyojlarni qayd etish fakti bolalarni tarbiyalash amaliyotida yaxshi tanish. Masalan, bola hayoti birinchi yilining oxirida ozuqasiga turli qo’shimchalar kiritish tavsiya etiladi. Aks holda bola bo’tqa va sutga o’rganib qolib, keyinchalik go’sht, tuxum va shunga o’xshash mahsulotlarni og’ziga olishdan bosh tortishi mumkin. Ko’pincha o’g’il bolaning ota-onasi haqli ravishda uning yonidagi o’rtoqlaridan, qiz bolaning ota-onasi esa uning didiga mos keladigan yigitdan xavotir oladilar. Ular ichki tuyg’ulari orqali o’z farzandlarining tanloviga keyinchalik ta’sir ko’rsata olmasliklarini anglaydilar, bu aynan ehtiyojlarning tezda qayd etilishi sababli sodir bo’ladi. Shunday qilib, ehtiyojning jism bilan uchrashuvi vaqtida uning jismga ega bo’lishi sodir bo’ladi.

Slayd 19

Qisqacha, motivlar va shaxs aloqasi muammosida to’xtalamiz. Inson motivlari sohasi tomonidan shaxs ko’lami va uning fe’l-atvori aniqlanadi. Odatda, motivlarning zinapoyali munosabatlari to’laqonli anglanmaydi. Ular motivlar kelishmovchiligi yuzaga keladigan vaziyatlarda oydinlashadi. Juda ko’p holatlarda hayot turli motivlarni to’qnashtirib, insondan ularning birini: moddiy manfaatdorlik yoki ishga bo’lgan qiziqish, shaxsiy muhofaza yoki g’urur va h. k. Larni tanlashga majbur qiladi. Ndi motivlar rivoji kabi muhim masalani ko’rib chiqamiz. Bu masala, avvalo, shaxs tarbiyasi va o’zini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyat tahlilida harakatning tabiiy yo’nalishi quyidagicha bo’ladi: ehtiyojdan motivga, so’ngra maqsad va harakat tomon (Ye M M H). Voqyeiy faoliyatda esa muntazam ravishda teskari jarayon ro’y beradi: faoliyat davomida yangi motivlar va ehtiyojlar shakllanib boradi (F M e). Faoliyat nazariyasida motivning maqsad tomon harakat mexanizmi yoki maqsadning motivga aylanish mexanizmi mavjud.

Slayd 20

Maqsadga qaratilgan harakatlar. Inson hulq-atvorida funksional jihatdan bog’liq bo’lgan qo’zg’atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo’zg’atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo’llaniladigan tushunchalar orasida motivasiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo’lib hisoblanadi. «Motivasiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivasiya» so’zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinasiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko’pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag’batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo’llaniladi. Biz motivasiya tushunchasini birinchi ma’noda qo’llaymiz. Shunday qilib, motivasiyani inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo’lgan sabablar yig’indisi sifatida belgilash mumkin.

Slayd 21

Hulq-atvorning paydo bo’lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo’nalganlik va ko’zlangan maqsadga erishilgandan so’ng yakunlanishi, kelajakdagi voqyealarga moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivasion jihatdan tushuntirishni talab etadi. «Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivasiyaga muvofiq amalga oshiriladi. Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang’ich va yakuniy holatlari sifatida subyekt hulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo’ladi.

Slayd 22

Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h. k. Lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag’batlar haqida so’z yuritiladi. Ba’zan inson hulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozisiyalari deb ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozision va vaziyatli motivasiyalar haqida hulq-atvorni determinasiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so’z yuritiladi. Shuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozision va vaziyatli determinasiya sifatida ko’rib o’tiladi. Dispozisiyalar o’z mohiyatiga ko’ra motivlardir. Motiv motivasiyadan farqli o’laroq, – bu hulq-atvor subyektining o’ziga tegishli bo’lgan, uning ma’lum harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko’rinishda ko’pchilik dispozisiyalarni ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin. Mavjud bo’lgan dispozisiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi hisoblanadi.

Slayd 23

Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma’lum sharoitlarda ularga normal yashash va rivojlanishi uchun yetishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun yetishmovchilik bilan bog’liq bo’lgan qoniqmaslik hissi bilan bog’liq Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo bo’lishining davriyligi va usuli kiradi. Shaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga bog’liq mazmuni, ya’ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma’naviy madaniyat obyektlarining yig’indisidir. Yehtiyojdan keyingi motivasion ahamiyatga ega bo’lgan tushuncha – bu maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog’liq bo’lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning motivasiyali qo’zg’atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.

Slayd 24

Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori qo’zg’atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar ham ko’rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo’lgan, to’g’ridan-to’g’ri bir xil, ayni damda dolzarb bo’lgan ehtiyoj bilan bog’lanmagan, alohida motivasion holatga aytiladi. Muammo ma’lum maqsadga erishishga yo’naltirilgan harakatni bajarishda organizm yengib o’tishi zarur bo’lgan to’siqlarga duch kelganida paydo bo’ladi. Tilaklar va maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va ko’pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o’zgarishlariga javob beradigan motivasion subyektiv holat. Inson hulq-atvori motivasiyasi ongli va ongsiz bo’lishi mumkin. Bu inson hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi. Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo’lishi mumkin.

Slayd 25

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 26

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Psixik jarayonlar va miya aloqadorligi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar