Pedagoglarning innovatsion faoliyatida o’yin texnologiyalari

4000 so'm


Pedagoglarning innovatsion faoliyatida o'yin texnologiyalari

 

 

Slayd 1

Pedagoglarning innovatsion faoliyatida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish.

Slayd 2

O‘yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘grisida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog‘liq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o‘yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. O‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishidagi mantaqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi. O‘yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg‘ulari avval faqat kattalar ishtirokida namoyon bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan o‘yinning o‘zi bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Go‘dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti xarakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko‘mak berish ishtiyoqi tug‘iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o‘ta boshlaydi. Ma’lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi.

Slayd 3

Maktabgacha tarbiya davri shaxsning haqiqiy tarkib 111 topishi (voyaga yetish) davri bo‘lganligi uchun ham shunday muhim bir davrdir. Hayotning birinchi yili mobaynida bolaning tevarak-atrofdagi muhitga munosabati jiddiy ravishda o‘zgaradi. Bola kattalar bilan aloqada bo‘lishi natijasida uning o‘rgatishga qarab o‘z ixtiyorlarini qondiradigan narsa bilan mustaqil harakat qila boshlaydi. Dastlab u kattalar bilan birgalikda, so‘ngra ularning rahbarligida harakat qiladi, undan keyin ovqat yeyish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid ishlarni mustaqil bajara oladi. Hayotning 2 yilida kattalar bilan munosabatlarda o‘zgarish ro‘y beradi.

Slayd 4

O‘qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchanlik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi. V. A. Slastenin o‘qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi. O‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
• intellektual – ijodiy tashabbus;
• bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;
• ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujuddan yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;
• axborotlarga tashnalik, muammolardagi g‘ayri odatiylikka va yangilikka bo‘lgan his-tuyg‘u, professionalizm, bilishga bo‘lgan chanqoqlik. Texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vosita va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo‘naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi.

Slayd 5

Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni jadal shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin.

Slayd 6

Professor N. Saidahmedovning fikricha, «Texnologiya shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o‘zida mujassamlashtirgan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo‘lib, erkin ijod qilishga undaydi: – samarador o‘quv-bilish faoliyatining asoslarini topish; – uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo‘qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko‘ra intensiv (jadal), mumkin qadar ilmiy asosda qurish; – talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish; – o‘qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo‘qotish; – ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash; – texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o‘zlashtirish va boshqalar.

Slayd 7

B. G. Ananyev, N. V. Kuzmina, A. A. Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo‘g‘rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, yetuklik bosqichlari to‘g‘risida fikr yuritadilar. Ular yetuk insonlaming professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga yetishdagi balandliklardan qocha olish masalalari bilan shug‘ullanganlar V. A. Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko‘rishiga olib keladigan subyektiv va obyektiv omillarini asoslab berdi. Obyektiv omillarga olingan ta’limning sifatini, subyektiv omillarga esa 112 insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi ma’suliyatini, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.

Slayd 8

Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi:
• Iste’dod nishonalari;
• Uquvlilik;
• Qobiliyat;
• Iste’dod;
• Oila tarbiyasi sharoiti;
• O‘quv yurti;
• O‘z xatti-harakati. Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: • ijodiy individuallik; • o‘sish va takomillashish jarayoni; • o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.

Slayd 9

Pedagoglarning innovatsion faoliyati Innovatsion faoliyat — bu ta’lim jarayonida yangi g‘oyalar, texnologiyalar, usullar, metodikalar va vositalarni joriy etish orqali samaradorlikni oshirish faoliyatidir. Pedagogning innovatsion faoliyatiga quyidagilar kiradi: Yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish; Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni o‘rganish va qo‘llash; Tajriba asosida o‘z uslubini yaratish; O‘quvchilarning individual xususiyatlariga mos dars tashkil etish;

Slayd 10

Didaktik o‘yinlar Ma’lum bir mavzuni o‘zlashtirish uchun ishlab chiqilgan maxsus o‘yinlar. Masalan: «Kim chaqqon?», «Topmoq-top», «Bilim savdosi», «Aqliy duel».
Rol o‘ynash o‘yinlari (rollye oyunlar) O‘quvchilar muayyan rollarga kirib, o‘zaro munosabatga kirishadi. Masalan: sud jarayoni, ilmiy ekspeditsiya, intervyu olish.
Biznes/o‘yin modeli asosidagi mashqlar Rejalashtirish, muammo yechish, tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Masalan: «Firma ochish», «Sotuv strategiyasi», «Bozorni tadqiq qilish».
Axborot-kommunikatsion o‘yinlar (raqamli o‘yinlar) Kompyuter, planshet yoki interaktiv doska orqali o‘tkaziladi. Masalan: Kahoot, Quizizz, Wordwall, LearningApps, Genially. 5. Imitatsion o‘yinlar (taqlidiy) Real hayotdagi jarayonlarni model qilish orqali o‘quvchilarni muammolarni hal qilishga o‘rgatadi. Masalan: «Saylov», «Majlis», «Kasalxona vaziyati», «Yig‘ilish».
O‘yin texnologiyalarining turlari

Slayd 11

Afzalliklar
Izoh
Faollashtiradi
O‘quvchi darsda ishtirok etishga intiladi, faolligi oshadi
Ijodkorlikni rivojlantiradi
Mustaqil fikr yuritadi, kreativ bo‘ladi
Motivatsiyani kuchaytiradi
Baholash emas, natijaga erishish qiziqtiradi
Tayyor bilim emas, izlanish
O‘yin orqali bilimni o‘zi izlab topadi
Hamkorlikni shakllantiradi
Jamoa bilan ishlash, eshitish, fikr aytish madaniyati rivojlanadi
Stressni kamaytiradi
Do‘stona va erkin muhitda dars o‘tadi
O‘yin texnologiyalarining afzalliklari

Slayd 12

Dars jarayonida qo‘llash bosqichlari O‘yin texnologiyasini samarali qo‘llash uchun pedagog quyidagi bosqichlarni amalga oshiradi: Dars mavzusi va maqsadini aniqlash Mos o‘yin shaklini tanlash (interaktiv, didaktik, raqamli) O‘yin qoidalari va rol taqsimotini tushuntirish O‘yin jarayonini boshqarish, yo‘naltirish Refleksiya va tahlil: O‘yin yakunida muhokama, xulosa chiqarish Baholash: faollik, ishtirok, to‘g‘ri yechimlar asosida baholash.

Slayd 13

Muammo
Yechim
Dars vaqti yetarli emas
O‘yinlarni qisqa va maqsadga yo‘naltirilgan qilish
Pedagog tayyor emas
Malaka oshirish, vebinarlar, tajriba almashish
Texnik vositalar cheklangan
Raqamli emas, an’anaviy o‘yinlardan foydalanish
O‘yin tartibga solinmagan
Oldindan qoidalarni tushuntirish va nazorat qilish
Muammolar va yechimlar

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Pedagoglarning innovatsion faoliyatida o’yin texnologiyalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar