Suv resurslari muhofazasi biologiya
4000 so'm

Slayd 1
Suv resurslari va ularning muhofazasi.
Slayd 2
Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga ega va muhit ularga doimiy ravishda ta’sir etadi. Organizm, populatsiya yoki tur yashaydigan, ularga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan, muhitning biotik va abiotik sharoitlarining majmuasi yashash muhiti deb ataladi.
Slayd 3
Har bir tirik organizmning yashash muhiti tabiatning biotik va abiotik tarkibiy qismlari – komponentidan tarkib topadi. Ekologiyada tabiatning biotik va abiotik komponentlari omillar deyiladi.
Slayd 4
Muhit – tirik organizmlarni o‘rab turuvchi va ularga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi omillar yig‘indisidir. Organizmlar muhitdan hayotiy jarayonlar uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni qabul qiladi hamda muhitga moddalar almashinuvi mahsulotlarini ajratadi.
Slayd 5
Evolutsiya jarayonida barcha tirik organizmlarda yashash muhitiga nisbatan o‘ziga xos morfologik, fiziologik, etologik va boshqa moslanishlar – adaptatsiyalar paydo bo‘lgan. Adaptatsiya (lotincha «adaptatio» – moslanish) – tirik organizmlarning muayyan yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi hisoblanadi.
Slayd 6
Ekologik omillar uchta guruhga: abiotik, biotik va antropogen omillarga bo‘linadi. Muhit va tirik organizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’sirlari «organizm – muhit» sistemasidagi asosiy qonuniyatlardan hisoblanadi. Tirik organizmlar muhitdan o‘zlari uchun kerakli moddalarni oladi va muhitga turli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Slayd 7
«Organizm – muhit» tizimidagi asosiy qonuniyatlar V.I.Vernadskiy tomoni dan kashf etilgan bo‘lib, organizm va uning yashash muhiti birligi qonuni deb ataladi. Hayot tirik organizmlar va yashash muhitining bir butunligi asosida ular o‘rtasidagi moddalar va energiya almashinuvi natijasida rivojlanib boradi.
Slayd 8
Tirik organizmlar ham o‘z navbatida muhitga katta ta’sir ko‘rsatadi, bu birinchi navbatda organizmning shu muhitda yashayotgani bilan belgilanadi. Tirik organizmlar oziqlanadi, nafas oladi, atrof-muhitga moddalar almashinuvi qoldiqlarini ajratadi, o‘sadi, rivojlanadi, harakatlanadi.
Slayd 9
Yer yuzida tirik organizmlar uchun to‘rt xil yashash muhiti mavjud: suv muhiti, quruqlik-havo muhiti, tuproq muhiti va tirik organizm muhiti (parazit va simbiontlar uchun). Har bir muhit o‘ziga xos shart-sharoitlarga ega
Slayd 10
Tirik organizmlar bir yoki bir nechta muhitda yashashi mumkin. Hayot dastlab paydo bo‘lgan muhit suv muhiti hisoblanadi. Tarixiy rivojlanish jarayonida tirik organizmlar quruqlik-havo muhitida yashashga o‘tgan. Natijada yangi muhit sharoitiga moslashgan o‘simlik va hayvonlar paydo bo‘lgan.
Slayd 11
Suv muhiti. Yer yuzidaeng keng tarqalgan yashash muhiti bo‘lib, okeanlar, kontinentlarning suv havzalari va yerosti suvlarini o‘z ichiga oladi.
Suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar(yunoncha «hydor» – suv, «bios» – hayot) deyiladi.
Slayd 12
O‘simliklarning suv muhitiga moslanishlari. Sho‘r suvlarda faqat suvo‘tlar uchraydi. Bu o‘simliklar yorug‘lik tanqisligiga qo‘shimcha pigmentlar hosil qilish bilan moslashadi. Ular turli chuqurlikda yashashga moslashgan: suv havzalarining sayoz qismlarida yashil suvo‘tlar, chuqurroq qatlamlarida qo‘ng‘ir suvo‘tlar, eng chuqur qismida qizil suvo‘tlar uchraydi.
Slayd 13
Hayvonlarning suv muhitiga moslanishlari. Suv muhitining hayvonot dunyosi o‘simliklar dunyosiga nisbatan boy. Suv muhitida yashovchi organizmlar quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi: plankton, nekton, bentos. Bu guruhlar morfologik, fiziologik va etologik moslanishlari bilan farq qiladi
Slayd 14
Plankton (yunoncha «planktos» – sayyor, ko‘chib yuruvchi) – suv qa’rida yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko‘chib yuruvchi organizmlar hisoblanadi. Ularga sodda hayvonlar, bo‘shliqichlilar, mayda qisqichbaqasimonlar, baliq tuxumlari va chavoqlari misol bo‘ladi.
Slayd 15
Nekton (yunoncha»nektos» – suzuvchi) – suvda faol harakatlanadigan, suv oqimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, katta masofalarni suzib o‘ta oladigan organizmlardir. Ularga boshoyoqli molluskalar, baliqlar, kitsimonlar, kurakoyoqlilar misol bo‘ladi.
Slayd 16
Bentos (yunoncha»benthos» – chuqurlik) – suv tubida yoki suv tubidagi qum orasida yashovchi organizmlar. Bentos organizmlarda suzuvchanlikni ka may tiruvchi moslanishlar, masalan, chig‘anoq (molluskalar), xitin qobiq (qisqichbaqa, krab, omar, langustlar), suv tubiga yopishuvchi moslamalar (zuluk lar so‘rg‘ichlari) mavjud.
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.