Hayvonot dunyosini muhofaza qilish yo’llari
4000 so'm

Slayd 1
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish yo’llari
Slayd 2
Reja:
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish tushunchasi va xususiyatlari.
Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi va tartibi
Ov qilish va baliq ovlashni huquqiytartibga solish.
Slayd 3
Slayd 4
Hayvonot olami deganda biz hayvonot olamida mavjud bo’lib tabiiy erkin sharoitda yashayotgan hayvon galalarini, shuningdek suv va cho’lda yashovchi barcha yovvoyi hayvonlarning majmuasini tushunamiz. Hayvonot olamiga berilgan bu ta’rif 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi qonunning mazmunidan kelib chiqadigan hayvonot olami yuridik tushunchasining aynan o’zidir.
Hayvonot dunyosi muhofazasini ikki ma’noda tushunmoq lozim.
Hayvonot olamini muhofaza qilish;
Hayvonot olamini huquqiy muhofaza qilish.
Bu tushunchalar ko’rinishidan bir xildagi maqsad ya’ni muhofazani nazarda tutsada, ammo ma’no va mazmun jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Slayd 5
Hayvonot olamini muhofaza qilish deganda, har bir fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolarining hayvonot olami obyektlarini asrash va «Qizil kitob»ga kiritilgan yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turlarini o’zining onglilik darajasiga ko’ra uni kelajak avlodga yetkazishni burch deb bilishi va himoya etishidir.
Slayd 6
Hayvonot dunyosini huquqiy muhofaza qilish deganda, Konstitutsiya, qonunlar va qonun osti me’yoriy hujjatlarda o’z aksini topgan davlatning vakolatli organi tomonidan sanksiyalangan, ya’ni bajarilishi umummajburiy ahamiyatga ega bo’lgan normalarda o’z aksini topgan qoidalar va bu qoidalar asosida hayvonot olamini huquqiy nuqtai nazardan himoya etishdir. Chunonchi, hayvonot olamini huquqiy muhofaza qilishda huquqning roli beqiyosdir. Bu borada Davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlarda muhofaza etiladigan territoriyalarni belgilash, muhofaza qilish haqida qonunlar chiqarish bu qonunlarning amalga oshirilishini ta’minlash va boshqalar kiradi.
O’rta Osiyo regioni o’z hayvonot va o’simlik olamining xilma-xilligi va boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, O’zbekistonda 650 dan ortiq umurtqali hayvonlar, shu jumladan sut emizuvchilar – 99 tur, qushlar – 410 tur, sudralib yuruvchilar – 57 tur, suvda va quruqlikda yashovchilarning – 3 turi uchraydi.
Slayd 7
O’zbekiston «Qizil kitobi»ga umurtqali hayvonlarning nodir va yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan jami 63 turi va kenja turi kiritilgan bo’lib, ular orasida 22 tur sut emizuvchi hayvon, 31 tur qush, 5 tur sudralib yuruvchi hayvon va 5 tur baliq bor.
Ta’kidlash joizki, hayvonot dunyosini muhofaza qilish xususiyati shundan iboratki, ular asosan tabiatning barcha obyektlari, boyliklari faoliyatining ma’lum mutanosiblikda saqlanishi bilan bog’liq.
Slayd 8
«Tabiatni muhofaza qilish» (1992 y.), «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi (1997 y.), Oliy Majlisning «Noyob va yo’q bo’lib ketayotgan o’simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tartibga solish to’g’risida» (1993), «O’zbekiston Respublikasiga yirtqich qushlar olib kelinishini va ularning chetga chiqarilishini tartibga solish to’g’risida»gi (1996), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2004 yil 508-sonli «Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to’g’risida»gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlarining chiqarilishi respublikamizdagi hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Slayd 9
Slayd 10
Yuqoridagi qonun hujjatlarii quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitida yoki sun’iy yaratilgan yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Shu o’rinda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi Qonunning 30- moddasida «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlari» ko’rsatilgan.
Slayd 11
Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi va tartibi
Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi deb fauna huquqida belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarning hayvonot olami obyektlaridan foydalanish sohasida huquq va majburiyatlarni ta’minlaydigan me’yorlar yig’indisiga aytiladi.
Hayvonot olamidan foydalanish huquqi tushunchasini to’liq tushunish uchun hayvonot olamidan foydalanish turlari xaqida to’xtalib o’tish lozim. Hayvonot olami obyektlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilinishini amalga oshirish uchun bu muhim ahamiyatga ega. Shu o’rinda «Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi Qonunning 17- moddasi diqqatga sazovordir.
Slayd 12
Shundan kelib chiqib, hayvonot olamidan foydalanishni quyidagicha turlarga bo’lish mumkin:
ov qilish;
baliq ovlash;
hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;
hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish;
hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin
Hayvonot dunyosidan foydalanish hayvonot dunyosi obyektlarini ularning yashash muhitidan ajratib olib yoki ajratib olmasdan amalga oshirilishi mumkin
Slayd 13
Slayd 14
Yuridik va jismoniy shaxslar, alohida hollarda chet el fuqarolari hayvonot olamidan foydalanish huquqi subyektlari bo’lishi mumkinligi ta’kidlangan.
Silliq stvolli va qirqma miltiqlarni, ularga o’q-dorilarni fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xarid qilish, shuningdek, ularni saqlash va olib yurish Ichki ishlar vazirligi tasdiqlagan o’q otish qurollarini va ularga o’q-dorilarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olish, olib yurish va foydalanish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hayvonot olamidan foydalanish huquqiga ovchilar va baliq ovlash jamiyatlaridan birining a’zosi bo’lgan, 18 yosh-ga yetgan, joriy yil uchun belgilangan miqdorda a’zolik ba-dallarini va davlat bojini to’lagan barcha fuqarolari o’q otish va boshqa ovchilik qurollari, ruxsat etilgan boshqa ov-chilik qurol-yarog’lari bilan ov qilish huquqiga egadir.
Slayd 15
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, ular birinchidan tegishli huquq va majburiyatlari davlat mulk huquqining obyekti bo’lgan hayvonot olami fondiga nisbatan amalga oshiriladi; ikkinchidan, bu yerdagi ayrim foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida ham boshqaruv organi, ham foydalanuvchi yoki egalik qiluvchi organ bo’lib hisoblanadilar; uchinchidan, foydalanuvchilar maxsus foydalanuvchilar, ya’ni maxsus boshqaruv organlariga bo’ysinadigan organlarga hamda xo’jalik yuritish mastaqilligiga ega bo’lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari-ga bo’linadi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik faoliyati subyekti hayvonot olami fondiga nisbatan to’liq hukmronlikni amalga oshira olmaydilar.
Slayd 16
O’zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va ro’yxatdan o’tkazilgan xorijiy fuqarolar hayvonot dunyosidan umumiy asoslarda foydalanish huquqiga egadir.
Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun O’zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining ruxsatnomasi asosida beriladi. Hayvonot dunyosidan foydalanish umumiy va maxsus tarzda amalga oshiriladi. Umumiy foydalanish ekologiya huquqining prinsiplaridan kelib chiqqan holda bepul amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanishda jismoniy yoki yuridik shaxslar ushbu obyektlarga qonunda belgilangan tartibda ta’sir etib bepul foydalansa unda umumiy ahamiyatga ega.
Slayd 17
Masalan, barcha suv havzalarida fuqarolarga sport va havaskorlik maqsadida shaxsiy iste’mol uchun belgilangan qoidalarga amal qilgan holda bepul baliq ovlashga ruxsat etiladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish letsenziya asosida amalga oshirilib, pullik tizim amalda bo’lgan holda hukumat tomonidan amalga oshiriladi. A’zolik badallarini va davlat bojini to’laganlik to’g’risida belgi qo’yilgan ovchilik bileti, belgilangan tartibda belgilangan litsenziya, ruxsatnoma yoki yo’llanma sport-havaskorlik maq-sadida ov qilish huquqini beruvchi guvohnoma hisoblanadi.
Istisno hollarda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga yo’llanmalar, belgilangan ruxsatnomalar bo’yicha ov qilish huquqi berilishi mumkin.
Qonunning 16-moddasiga binoan hayvonot dunyosidan foydalanuvchilariga quyida keltirilgan huquqlar beriladi va majburiyatlar yuklatiladi:
Slayd 18
Huquqlar:
hayvonot dunyosi obyektlaridan ularni berib qo’yish shartlariga muvofiq foydalanish;
tutib olingan hayvonot dunyosi obyektlariga va ulardan olingan mahsulotga nisbatan mulkdorlik bo’lish;
yuridik shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlaridan belgilangan normalar doirasida foydalanish uchun ruxsatnomalar berish va shartnomalar tuzush;
ov va baliq mahsulotini qayta ishlash hamda hayvo-not dunyosi obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarish;
hayvonot dunyosi obyektlaridan ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlardan foydalanish hamda ularni sotish-ga;
sun’iy ravishda yetishtirilib, tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan hayvon turlaridan foydalanish
Slayd 19
Majburiyatlar:
hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan normalari va muddatlariga rioya etishlari;
hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini ta’minlashlari;
hayvonot dunyosidan tabiiy galalarining butligi buzilishiga yo’l qo’ymaydigan va foydalanishga berib qo’yilmagan hayvonlarning saqlab qolinishini ta’minlaydigan usullar bilan foydalanishlari;
hayvonlarning yashash muhiti buzilishiga yo’l qo’ymasliklari;
hayvonlar miqdorini hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishlari;
hayvonot dunyosini tiklash va takror yetishtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari kabilar
Slayd 20
Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish.
Ov qilish – tabiiy erkin holatda yashaydigan yovvoyi hayvonlarni va qushlarni tutish maqsadida izlash, iziga tushish va quvlab borib tutishga harakat qilish yoki uni ushlab olish (otish, tutib olish)ga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Ta’kidlash lozimki, ov qilishda umumiy qoidaga ko’ra asosan umurtqali hayvonot olami obyektlari ovlanishi nazarda tutiladi. Ov sanoat, havaskorlik va sport maqsadida olib borilishi mumkin.
Baliq ovlash- baliq va umurtqasiz suv hayvonlarini tutish baliq ovlash deb hisoblanadi.
Slayd 21
Slayd 22
Ovchilik-baliq ovlash xo’jaligi xalq xo’jaligining tarmog’i bo’lib, yovvoyi hayvonlarni qo’riqlash va ko’paytirish, shuningdek, havaskorlik, sport ovchiligi va baliq ovlash yo’LI bilan ulardan oqilona samarali foydalanish uning vazifasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi ovchilar va baliq ovlovchilar jamiyatlaridan birining a’zosi bo’lgan o’n sakkiz yoshga yetgan, joriy yil uchun belgilangan miqdorda a’zolik badallarini va davlat bojini to’lagan jismoniy shaxslar o’q otish va boshqa ovchilik qurol-yarog’i bilan ov qilish huquqiga egadir.
O’zbekiston Respublikasi suv havzalarida jismoniy va yuridik shaxslar sport va havaskorlik maqsadida shaxsiy iste’mol uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda bepul baliq ovlashga ruxsat beriladi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, qo’riqxonalar, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo’jaliklari bundan holi hisoblanadi.
Slayd 23
Respublikamiz fuqarosi bo’lgan shaxslar yoki chet el fuqarolari yoxud fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga ham yo’llanmalar, belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar (ruxsatnoma) bo’yicha ov qilish huquqi berilishi mumkinligi qonunchilikda mustahkamlangan.
Slayd 24
Vazirlar Mahkamasining «Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xo’jaligini yuritish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq, yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun O’zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining ruxsatnomasi asosida quyidagi tartibda beriladi:
ov qilish va baliq ovlash uchun xorijiy fuqarolarning O’zbekiston Respublikasiga kelishi, bu yerda bo’lishi va O’zbekiston Respublikasidan ketishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
«O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami», 2004 yil, 44-son, 459-modda.
Slayd 25
Ov qilish uchun buyurtmanoma, shuningdek havonot dunyosidan foydalanish uchun to’lov to’langanligi to’g’risidagi hujjat xorijiy fuqarolarga ruxsatnoma berish uchun asos hisoblanadi, xorijiy fuqaroning o’zi yoki uning manfaatlarini ifodalovchi shaxs tomonidan jo’natiladigan mazkur buyurtmanomada ovlanadigan hayvonlar turlari va ov qilish muddatlari ko’rsatiladi;
Ovlash uchun ov qurolidan foydalanuvchi xorijiy fuqaro qurollar va o’q-dorilarni respublikaga olib kirish uchun O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruxsatnomasini olishi zarur.
O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosi obyektlari ayrim turlarini, shu jumladan tuvdog’ qushini ovlash uchun O’zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida beriladi.
Slayd 26
Slayd 27
Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, o’ljalarni va shu kabilarni respublikadan olib chiqib ketishga ruxsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish bo’yicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar to’g’risidagi dalolatnoma asosida beriladi.
Ovchilik–baliq ovlash joylarida qurol-yarog’, ov qushlari, qopqonlar, to’r materiallari va ov qiladigan hamda baliq tutadigan boshqa asbob anjomlar bilan yoki ovlangan ov mahsuloti va tutilgan baliq bilan bo’lish, shuningdek, yig’ilgan qurol–yarog’ bilan yo’llarda bo’lish ov qilish va baliq ovlash hisoblanadi.
Ov va baliq ovlash ilmiy, madaniy-ma’rifiy, xo’jalik, shuningdek, sport-havaskorlik maqsadlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlash O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi huzuridagi hayvonot va o’simlik olamini muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda bepul yoki qonun osti me’yoriy hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi.
Slayd 28
«Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi qonunda ov qilish va baliq ovlash bilan bog’liq munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solingan. Ushbu qonunda ov qilish va baliq ovlashning man qilingan usullari ham yoritilgan.
Ov qilish va baliq ovlashda umumxavfli qurollar va usullarni qo’llash man etiladi.
Falokatga uchragan va o’zi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlarni ov qilish man etiladi (20-modda).
Ta’qiqlangan muddatlarda ovchilik baliq ovlash mahsulotlarini sotish va sotib olish. Shuningdek, ruxsat berilmagan usulda portlatish qurilmalarni qo’llash yoki elektr toki va hokazo.
Slayd 29
Slayd 30
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 31
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.